Молиявий натижалар хисоби


Ilmiy-texnika taraqqiyoti omillari


Download 310.5 Kb.
bet3/4
Sana02.12.2023
Hajmi310.5 Kb.
#1780862
1   2   3   4
Bog'liq
Marketing muhiti va uning tuzilmasi.

Ilmiy-texnika taraqqiyoti omillari hamisha marketingning diqqat markazida bo‘lishi lozim. Har qanday yangilik eskirgan namunalarini siqib chiqarishi bilan tahdid soladi, bu esa, agar tadqiqotlar va ishlab chiqarishlar jarayoniga yetarlicha e’tibor qaratilmasa, ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Marketing xizmati firma faoliyatining ishlanmalari yo‘nalishlarini aniqlash va muqobillarini qidirib topish bo‘yicha barcha kuchlarni ishga solishi kerak. ITTKI sharoitida ayniqsa, turli xil malakalar va ratsionalizatorlik takliflarinijoriy etishning ahamiyati ortadi.
Siyosiy omillarga avvalo, davlatorganlari tomonidan qabul qilinadigan normativ (me’yoriy) hujjatlar, davlat tomonidan ularga rioya qilinishining nazorati mamlakatda barqarorlik qobiliyatning xarakteri va shuningdek, turli xil jamoatchilik tashkilotlari kiradi. Qonunlarni bilish firma uchun bozorni to‘g‘ri mo‘ljallay olish, investitsiyalash yo‘nalishlarini tanlash, joriy qonunchilik doirasida ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish (maksimallashtirish) imkoniyatlarini qidirishga yordam beradi. Davlat tomonidan qonunlarga rioya qilinishini nazorat qilish bir tomondan, qonunga bevosita amal qilinishini, ikkinchi tomondan tadbirkorlarga ularniixtiyoriy bajarish maqsadga muvofiqligini anglab yetishlariga yordam berishdir.
Madaniy muhit omillari ko‘p tomondan jamiyat a’zolarining muomalasi (xulq-atvori, fe’lini) belgilaydi. Jamiyat tomonidan qabul qilingan me’yorlar bu jihatdan juda katta kuchga ega (dinlar, an’analar, qonunlar). Marketing ikkilamchimadaniy qimmatlik (qadriyat) largagina ta’sir etishga qodir. Marketingning vazifasi madaniy muhitda tendensiyalarni aniqlash va firma faoliyatini ungayo‘naltirishdan iborat.
Firmaning mikro muhiti bevositafirmaning o‘ziga va uning mijozlarga ta’sir o‘tkaza olish imkoniyatlariga bevosita munosabatda bo‘ladigan kuchlardan iborat. Marketing xizmati rahbarlari faqat iste’molchilarning ehtiyojlari bilan band bo‘lib qolmasliklari lozim. Ular mikro muhitning hamma omillarini hisobga olishlari lozim. Firmaning makro muhiti uning mikromuhitining keng (hamma) elementlari
(unsurlari) ga ta’sir etuvchi ijtimoiy kuchlari bilan ifodalanadi.
Firmaning mikromuhitiga ta’sir etuvchi makromuhiti 6 ta asosiy kuchlardan shakllanadi.
1.Aksariyat mol yetkazib beruvchilar.
2. Firma.
3. Marketing bo‘yicha vositachilar.
4. Mijozlar.
5. Raqobatchilar.
6. Firmada aloqada bo‘lgan auditoriyalar.
Mijozlar (xaridorlar) guruhlari bozorning 5 ta turi doirasida shakllanishi mumkin: iste’mol bozori, ishlab chiqaruvchilar bozori, vositachilik bozori, davlat muassasalari bozori va xalqaro bozor.
Bozorning har bir turidasotuvchi bilishi zarurbo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlar mavjud, shu bois firma o‘z mijozlarini sinchiklab o‘rganishi zarur.
Raqobatchilar–bir xil tovar va xizmat turlarini ishlab chiqaruvchi turdosh firmalar yoki individual tadbirkorlardir.

Download 310.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling