Молиявий натижалар хисоби


Download 310.5 Kb.
bet2/4
Sana02.12.2023
Hajmi310.5 Kb.
#1780862
1   2   3   4
Bog'liq
Marketing muhiti va uning tuzilmasi.

Tashqi marketing muhiti mikromuhit va makromuhitdan tashkil topadi.
Makromuhit (ingl. Macroenvironment) — umumiyligicha mikromuhitga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy tashqi omillar (demografik omillar, madaniy muhit omillari, siyosiy omillar, ilmiy-texnik omillar, tabiiy omillar, iqtisodiy omillar). Marketing tizimi ma’lum muhitda ishlagani uchun unga turli omillar ta’sir ko‘rsatadi:
1. Demografik omillar.
2. Iqtisodiy omillar.
3. Tabiiy omillar.
4. Ilmiy-texnik omillar.
5. Siyosiy omillar.
6. Ma’naviy muhit omillari.
Sanab o‘tilgan tashqi omillar firma natijaviy ko‘rsatkichlariga turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Demografik omillarni o‘rgana borib, marketing aholi orasidagi tug‘ilish, yosh strukturalari malakalarini ko‘rib chiqishi zarur. Bu iste’molchilarga mo‘ljallangan ishlab chiqaruvchi qancha va qanday tovarlar ishlab chiqarishni bilishi bilan bog‘liq. Masalan, tug‘ilishning nisbatan pasayishi aholining keksayishiga olib keladi, bundan bolalar uchun tovarlarga talab kamayadi va katta yoshli aholi uchun esa mos tovarlarga ehtiyoj ortadi. Demografik va ziyatlarni tadqiq qiluvchilar uchun zamonaviy oilalar tendensiyalarini, ya’ni nikohga kiruvchilarning o‘rtacha yoshini, oiladabolalarning o‘rtacha yoshi, ajrashishlar sonini bilish muhim. Oilaning har bir guruhi uchun turli tovarlar va xizmatlar talab qilinadi. Migratsiya masalalarini o‘rganish firmaning bo‘linmalari va filiallarini joylashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Odamlarning ma’lumotlilik darajasining o‘zgarishi, u qancha yuqori bo‘lsa, yuqori sifatli va aniq mahsulotlarga, matbuot nashrlariga va intellectual mehnat mahsulotlariga talab ham shuncha yuqori bo‘lishini ko‘rsatadi. Iqtisodiy omillarning ham o‘zigayarasha ahamiyati yuqori. Firmaning potensial xaridori qanchaligini, ular qancha Tovar sotib olishlarini ham bilish – aniqlay olishi muhim. Aholining to‘lovga
qodirlik talablariga ko‘plab omillar, jumladan, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi darajasi, ish haqi miqdori,inqiroz va ishsizlik kabilar ham ta’sir etadi. Shuningdek, daromadlarning aholining turli xil guruhlari orasida taqsimlanish strukturasini bilish ham muhim. Bunday taqsimlanishning bir tekisda bo‘lmasligi – obyektiv holat. Shuning uchun firma xizmat ko‘rsatish uchunbozorning ma’lum bir segmentini
tanlashda o‘z xaridorlarining moddiy ahvolidan kelib chiqishi kerak. Tabiiy omillar har qanday tashkilot faoliyatida, ayniqsa, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish global masalaga aylanganda o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Ayniqsa, ishlab chiqaruvchilar oldida xomashyolar, energetik resurslar yetishmasligi bois juda katta muammolar kelib chiqadi, shuning uchun ular ilmiytadqiqot va qidiruv ishlari bilan shug‘ullanuvchi firmalar faoliyatini o‘rganishga katta e’tibor qaratadilar.Binobarin, marketing xizmati firma faoliyati uchun zarur resurslarni qidirib topish bilan bog‘liq muammolar tadqiqotlari bilan shug‘ullanishlari zarur, chunki tadqiqotdan foydalanish tobora davlat nazorati ostiga o‘tmoqda va firmalar o‘z faoliyatlarida bu omilni hisobga olishlari zarur.

Download 310.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling