Молиявий рискларни бошқариш
Молиявий рисклар диверсификацияси ва уларнингасосий йўналишлари
Download 160.62 Kb.
|
Документ Microsoft Word
Молиявий рисклар диверсификацияси ва уларнингасосий йўналишлари
Молиявий рискларнинг ўзаро боғлиқлиги амалда барча турдаги рисклар кредит рискида мужассамлашганлигида намоён бўлади. Юқоридагилардан келиб чиқиб, молиявий рискларнинг ликвидлик, бозор,фоиз ва валюта рисклари каби асосий турларига тўхталиб ўтиш ўринлидир. Хусусан, ликвидлик рискини айнан кредит риски орқали аниқлаштириш мумкин. Ликвидлик коэффиценти маълум бир келгуси муддат оралиғида маблағларнинг кутилаётган оқими кириб келиши билан уларнинг сарфга йўналтирилган оқиминингўзаро нисбати сифатида намоён бўлади. Бу ўринда ўзаро нисбат қанча паст бўлса,ликвидлик риски мос даражада юқори бўлади. Рискка эҳтимоллик хос деб, унга салбий натижа сифатида қарайдиган бўлсак, унда ликвидлик таъминланган ҳолатда зарар кўриш эҳтимоли даражасини аниқлаштириш муҳим ҳисобланади. Бу ҳолатдазарар кўриш эҳтимоли қуйидаги 3 кесимда кечиши мумкин: — кутилаётган маблағлар оқими бўйича контрагентларнинг мажбуриятлари бажарилмаслиги; — контрагентларнинг фойдаланилмаётган захиралар бўйича мажбуриятларибажарилмаслиги; — жалб этилган маблағлар қайтарилиши талаб этилиши ёки улар контрагентлар фойдасига йўналтирилиши. Юқорида келтириб ўтилган дастлабки икки эҳтимоллик кредит рискининганъанавий талқинига мос келса, унинг учинчи кўриниши модификациялашганкредит риски сифатида қаралиши лозим. Контрагентнинг молиявий муаммолар қамровида қолиши унинг томониданмолия институтига олдиндан жойлаштирган маблаҚларини қайтариб олиш талабиқўйилиши эҳтимоли юқори даражада бўлишини, шунингдек, маблаҚ оқиминияқин муддатларда қайта йўналтириши эҳтимоли пастлигини кўрсатади. Молиявий активлар контрагентларнинг капитали ва фойдасининг маълум қисмига қўйилган талаб ҳисобланади. Мазкур талабнинг тўлиқҳажмда бажарилмаслиги контрагентга қўйилган молиявий талаблар қадрсизланиши эҳтимоли ортишимумкин. Молиявий активлар нархининг ўзгаришини белгилаб берувчи асосий омиллардан бири — контрагентнинг кредит риски ҳисобланади. Одатда, талаб давлат бюджетининг тақчиллиги ҳолатида ошади. Бу, ўз навбатида, кредит риски ортганлигини англатади. Фойдали ва муҳим инвестиция лойиҳалари амалга оширилиши ҳисобига юзага келган хусусий талаб ҳам кредит рискисифатида намоён бўлади. Бундай ҳолатда фоиз ставкалари ҳаракати кредит рискибилан ўзаро боғлиқликда кечади. Бу ўринда яна бир далилни, яъни қарз фоизикредит муносабатлари ривожланиши натижасида юзага келганлигини, «юқори риск— юқори фоиз» тамойили ҳам мазкур муносабат замирида шаклланганлигини келтириб ўтиш жоиздир. Молиявий рисклар фақат кредит рисклари орқали аниқланишива ҳал этилишини англатмайди. Умуман рискнинг мавжуд эмаслиги, айни вақтда риск йўқлиги — даромад йўқлигини англатади. Шу боис, рискни бозор имманенти сифатида батамом бартараф этиб бўлмайди. Аммо, рискларни баҳолаш, идентификациялаш ҳамда риск-менежментнинг шакл ва усулларини тизимли қўллаш орқалиулар юз бериши оқибатида кўрилиши эҳтимол бўлган йўқотиш(зарар)ларни камайтиришга эришиш мумкин. Бу жараёнда рискни минималлаштириш маълум сарфхаражатларни талаб этишига қарамасдан, субъектлар фаолияти самарасини белгилабберувчи асосий омил эканлигини ҳисобга олиш мақсадга мувофиқдир. Риск тушунчаси ва унинг моҳияти. Risk deganda tabiiy-iqlimiy, iqtisodiy va ijtimoiy hodisalar xususiyatidan kelib chiquvchi yo‘qotishlar xavfi ehtimoli tushuniladi. Keng ko‘lamli tushuncha sifatida riskni tarixiy, huquqiy, iqtisodiy yoki moliyaviy kategoriya sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Riskning quyidagi ta’rifi allaqancha kengroq hisoblanadi: risk – subyekt tomonidan ko‘plab (birdan ortiq) natijalarni qamrab oluvchi, konkret natijaning noaniqligi va hech bo‘lmaganda natijalardan biri xavfli bo‘lgan alternativalar mavjudligi holatida qabul qilinadigan qaror tavsifi. Risk - bu potentsial, son bilan o'lchanadigan yo'qotish ehtimoli. Risk tushunchasi loyihani amalga oshirish paytida noqulay vaziyatlar va oqibatlar ehtimoli bilan bog'liq bo'lgan noaniqlik bilan tavsiflanadi 2. Risk - yo'qotishlar, rejalashtirilgan daromadlarning yo'qolishi, foydaning etishmasligi ehtimoli. 3. Risk - bu kelajakdagi moliyaviy natijalarimizning noaniqligi. J.P.Morgan riskni kelajakdagi sof daromadga nisbatan noaniqlik darajasi sifatida belgilaydi. 5. Risk - yo'qotishlarga olib keladigan ehtimoliy hodisaning qiymat ifodasi. 6. Risk - salbiy oqibatlar, xavf, yo'qotish va shikastlanish xavfi. 7. Risk - agar faoliyatning holati va shartlari rejalar va hisob-kitoblarda nazarda tutilganidan farq qiladigan yo'nalishda o'zgarsa, faoliyat natijasida qiymatlarni (moliyaviy, moddiy tovar resurslarini) yo'qotish ehtimoli. Riskni aniqlash - bu identifikatsiyalash, tahlil qilish va qiyosiy baholashni birlashtirgan jarayon. Xavf butun tashkilot, uning bo'linmalari, alohida loyihalari, faoliyati yoki ma'lum bir xavfli hodisa uchun baholanishi mumkin. Shuning uchun, turli vaziyatlarda xavflarni baholashning turli usullari qo'llanilishi mumkin. Riskni baholash mumkin bo'lgan xavfli hodisalar, ularning sabablari va oqibatlari, ularning yuzaga kelishi va qaror qabul qilish ehtimoli to'g'risida tushunchani beradi: - tegishli choralarni ko'rish zarurati to'g'risida; - riskni kamaytirishning barcha imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish usullari to'g'risida; - riskni korib chiqish zarurati; - risklarning har xil turlari o'rtasidagi tanlov to'g'risida; - risklarni qayta ishlash harakatlarining ustuvorligi to'g'risida; - riskni maqbul darajagacha kamaytirish uchun risklarni qayta ishlash strategiyasini tanlash to'g'risida. Riskni identifikatsiya qilish - bu risk elementlarini aniqlash, ularning ro'yxatini tuzish va har bir risk elementini tavsiflash jarayoni. Risklarni aniqlashning maqsadi tashkilotning har bir belgilangan maqsadlariga erishishga ta'sir qilishi yoki ushbu maqsadlarga erishishni imkonsiz qilishi mumkin bo'lgan xavf va hodisalar manbalarining ro'yxatini tuzish. Riskni aniqlagandan so'ng, tashkilot loyiha, xodimlar, jarayonlar, tizimlar va boshqarish vositalarining muhim xususiyatlarini aniqlashi kerak. Risklarni aniqlash jarayoni tashkilot maqsadlariga erishishga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan xavfli hodisalar, vaziyatlar, holatlar yoki xavflarning sabablari va manbalarini va ushbu ta'sirlarning xususiyatlarini aniqlashni o'z ichiga oladi. Риск гуруҳлари, турлари ва хилма хиллиги. Risklarning turlari va ularning turkumlanishi Risklarning turkumlanishi deganda oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun ularni ma’lum belgilari bo‘yicha alohida guruhlarga ajratish tushuniladi. Risklarni turkumlashning quyidagi mezonlari mavjud: risklar xavf soluvchi obyektlar sinflari; riskni yuzaga kelish sabablari; risklarga ta’sir etish imkoniyati. Risk obyektlarining kompleks sinflari: ishchi kuchi; mol-mulk; sarmoya; axborot. Yuzaga kelish sabablaribo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadi: tabiiy hodisalardan kelib chiquvchi – suv toshqini, do‘l, yer qimirlashi, epidemiya va sh.k.; ijtimoiy-jamoat muhitdan kelib chiquvchi – aldov, jinoyat, ko‘zda tutilmagan ziyon yetkazish; texnikaviy muhitdan kelib chiquvchi – texnikaviy vositaning ishdan chiqishi; xo‘jalik jarayonlari va iqtisodiyotning holati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan - inflyatsiya, bozor kon’yunkturasi, bank foizi, valyuta kurslari va b. Riskka ta’sir etish imkoniyatibo‘yicha: ekzogen (tashqi) risklar, ularga ta’sir etish qaror qabul qiluvchi shaxs ta’siri ostiga tushmaydi va risklarni amalga oshishi natijasida yuzaga keluvchi zararlarni, oqibatlarini kamayishi bilan cheklanadi; endogen (ichki) risklar, qaror qabul qiluvchi shaxs ta’sir doirasida bo‘ladi, qaysiki ular uchun risklarni yuzaga kelish ehtimolligi kamayadi va ayrim hollarda butunlay bo‘lmaydi. Iqtisodiy muhitlar uchun xos bo‘lgan risklarning tasnifiy tizimi o‘z tarkibiga guruhlar, toyifalar, turlar, kichik turlar va xillarni oladi. Ularning chizmali ko‘rinishi 1-rasmda aks ettirilgan. Ehtimolli natijasi (riskli hodisa)bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadi: Haqiqiy risklar – salbiy yoki nolli natijani olish ehtimolligi: tabiiy, ekologik, siyosiy, transport va tijorat risklarining bir qismi (mulkiy, ishlab chiqarish, savdo). Spekulyativ risklar–ham ijobiy, ham salbiy natijani olish ehtimolligi: moliyaviy risklar. Risklarni yuzaga kelishining asosiy sabablaridan kelib chiqib, ular quyidagilarga bo‘linadi: tabiiy; ekologik; siyosiy; transport; tijorat. Tarkibiy belgisibo‘yicha tijorat risklari quyidagilarga bo‘linadi: > mulkiy, mulklarni o‘g‘irlik, sovuqqonlik, texnik va texnologik tizimlarda ortiqcha quvvat va b. sababli yo‘qotish ehtimolligi; > ishlab chiqarish,turli sabablar bilan ishlab chiqarishdagi to‘xtalishlar natijasida zarar ko‘rish ehtimolligi; > savdo, to‘lovlarning kechikishi, tovarlarni transportirovka qilish jarayonida to‘lovlarni rad qilish, tovarlarni yetkazib bermaslik va b. sababli zarar ko‘rish ehtimolligi. Moliyaviy risklar,pul mablag‘larini yo‘qotish ehtimolligi bilan bog‘liq. Moliyaviy risklar ikki turga bo‘linadi: pulning xarid quvvati bilan bog‘liq bo‘lgan risklar va sarmoyalarni qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lgan risklar (investitsion risklar). Pulning xarid quvvati bilan bog‘liq bo‘lgan risklar quyidagi xillardan iborat: Ø inflyatsion; Ø deflyatsion; Ø valyuta; Ø likvidlik. Investitsion risklar quyidagilardan iborat: > boy berilgan naf riski – bu qandaydir amalni (misol uchun, sug‘urtalash, xedjirlash, investitsiya va sh.k.) bajarilmasligi natijasida bilvosita moliyaviy zarar (foyda ololmaslik)ga olib keluvchi risk; > daromadlarni pasayish riski portfelli investitsiyalar, omonatlar va kreditlar bo‘yicha foizlar va dividendlar hajmining kamayishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Daromadlilikni pasayish riskiquyidagi xillardan iborat: ♦ foiz risklari – tijorat banklari, kredit muassasalari, investitsion institutlar tomonidan jalb qilingan mablag‘lari bo‘yicha to‘layotgan foizlarining taqdim etilayotgan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalaridan ko‘tarilib ketishi natijasidagi yo‘qotishlar xavfi. ♦ kredit riski – qarz oluvchi tomonidan asosiy qarzini va tegishli foizlarni to‘lanmaslik xavfi. Shuningdek kredit risklariga qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqargan emitentning ular bo‘yicha foizlarni yoki asosiy qarz summasini to‘lay olmaslik holatiga kelib qolish riski ham kiradi. Kredit bevosita yo‘qotishlar risklariga bo‘linishi mumkin Bevosita moliyaviy risklar quyidagi xillarga bo‘linishi mumkin: birja riski, selektiv risk, bankrotlik riski hamda kredit riski. Риск ҳусусиятлари ва уни юзага келтирувчи омиллар. Download 160.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling