Молиявий сиёсат деб нимага айтилади
Download 13.6 Kb.
|
Пул сиёсати
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy siyosatning o’ziga xos bo’lgan eng asosiy xususiyati shundan iboratki
- Инвеститсиён сиёсат Бож сиёсати. Moliyaviy siyosatning yo’nalishlaridan yana biri pul siyosatidir.
Молиявий сиёсат деб нимага айтилади. Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyoj-larini qondirish va uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yo’naltiriladigan maqsad va vazifalarning yechilishini aniqlash moliyaviy siyosat deyiladi. Moliyaviy siyosatning o’ziga xos bo’lgan eng asosiy xususiyati shundan iboratki, bu siyosat mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga va iqtisodiy muvaffaqiyatlarga uzluksiz ravishda ta’sir ko’rsatib turishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari Буджет сиёсати Солиқ сиёсати Пул сиёсати Кредит сиёсати Бахо сиёсат Инвеститсиён сиёсат Бож сиёсати. Moliyaviy siyosatning yo’nalishlaridan yana biri pul siyosatidir. Agar muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga (pulning aylanish tezligini hisobga olgan holda) mos kelmasa, pul massasining etmagan qismi qog’oz pullar (pullarning surrogati) hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan to’ldiriladi. Va, aksincha, agar pul massasi unga bo’lgan talabdan ortiq bo’lsa, yo pul massasining mamlakatdan chetga chiqishi (oqishi) yoki milliy valyutaning qadrsizlanishi sodir bo’ladi. Tabiiy ravishda, bu variantlarning barchasi mamla-katning qonunchiligiga ham bevosita bog’liq, ya’ni mamlakatda xorijiy valyutaning muomalada bo’lishiga ruxsat beriladimi yoki yo’qmi, milliy valyuta konvertatsiya qilinadimi yoki yo’qmi? va h.k. Mamlakat ichida o’z milliy puli bilan parallel ravishda xorijiy valyutaning muomalada bo’lishi qator salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunda, eng avvalo, oldi-sotti operatsiyalarining muayyan qismi xorijiy vayutada amalga oshiriladi, buning oqibatida muomalada milliy valyutaning hissasi haqidagi tasavvur butunlay buzilib ketadi. Shunga bog’liq ravishda pul massasi, iqtisodiy ahvol haqidagi raqamlar ham obyektiv borliqni buzib ko’rsatadi va h.k. O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi ______________________________________________________________________ Tovarlar massasi cheklanganda pul emissiyasi boshqa mamlakatlarning pul birligiga nisbatan milliy pul birligining qadrsizlanishiga olib keladi. Emissiya siyosati va milliy valyutaning barqarorligi pul siyosatining yo’nalishlaridir. Emission siyosat muomala uchun zarur bo’lgan pulning miqdorini aniqlashdan tashqari yana boshqa bir yo’nalishga ega. Bu yo’nalish byudjet daromadlarini ko’paytirishdir. Ana shu yo’nalish alohida ehtiyotkorlikni talab etadi. Chunki ma’lum bir miqdoriy chegaradan o’tilganidan so’ng pul tizimi inflyatsiyaga moyil (ta’sirchan) bo’lib qoladi, ya’ni byudjet daromadlarining real qadrsizlanishi sodir bo’lishi mumkin. Agar qandaydir bir sabablarga ko’ra davlat o’z pul tizimini tartibga solishga qodir bo’lmasa, mamlakatning iqtisodiy xavfsiz-ligiga putur yetadi. Download 13.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling