Moliyaviy boshqaruv hisobi


Tovar-moddiy zaxiralarni inventarizatsiyadan o‘tkazish Tovar-moddiy zaxiralarni inventarizatsiyasi


Download 1.02 Mb.
bet5/6
Sana06.04.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1333179
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Moliyaviy boshqaruv hisobi 02


3.Tovar-moddiy zaxiralarni inventarizatsiyadan o‘tkazish

Tovar-moddiy zaxiralarni inventarizatsiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 19-oktabrda EG/17-19-2075-son bilan tasdiqlangan (1999-yil 2-noyabrda 833-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (19-son BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish” da belgilangan tartibda o‘tkaziladi.


Inventarizatsiya natijasida aniqlangan tovar-moddiy zaxiralar kamomadi summasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda tabiiy yo‘qolish me’yorlari chegarasida, shuningdek kamomadning aniq aybdorlari aniqlanmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirish imkoniyati bo‘lmagan hollarda, uni moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan hisobot davridagi moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga kiritiladi.
Aniq aybdor shaxslar aniqlangan holda inventarizatsiya natijasida aniqlangan tovar-moddiy zaxiralar kamomadi summasi moddiy javobgar shaxs yoki aybdordan undiriladi.

Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish tizimlari

Mahsulot ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish jarayonining xarakteri va xususiyatlaridan kelib chiqib tovar-moddiy zaxiralar hisobi quyidagi: uzluksiz (doimiy) yoki davriy hisobga olish tizimlaridan biri bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.


Tovar-moddiy zaxiralarning uzluksiz hisobga olish tizimidan foydalanilganda tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish schyotlarida ularning kelib tushishi va chiqib ketishi bo‘yicha operatsiyalar batafsil aks ettirib boriladi. Tovar-moddiy zaxiralarni uzluksiz hisobga olish tizimida butun hisobot davri mobaynida tovar-moddiy zaxiralarning qoldig‘i summalari va sotilgan (chiqib ketgan) zaxiralarning tannarxi to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinishi mumkin
Sotilgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi, sotishning borishiga qarab sotilgan mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) tannarxini hisobga olish schyotlarida aks ettiriladi.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling