Moliyaviy boshqaruv tizimi. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari


Download 26.17 Kb.
bet3/3
Sana04.11.2023
Hajmi26.17 Kb.
#1748505
1   2   3
Bog'liq
Moliyaviy boshqaruv tizimi

Ks = Hmo : Rmo


Bu yerda: Ks – moliyaviy oqim samaradorligining
koeffitsienti;
Hmo – davriy koeffitsientga o’zgartirilgan (korrektirovka qilingan) haqiqatdagi moliyaviy oqim;
Rmo - rejadagi moliyaviy oqim.
Moliyaviy oqimlar moddiy resurslarning uchrashma harakatini o’zida aks ettiradi. Ular orqali iqtisodiyotning makro- va mikrodarajalarida (korxonalar, firmalar, korporatsiyalar va boshqalarda) mulkdan foydalanishning holati, dinamikasi va samaradorligi nazorat qilinadi.
Tushumlar va boshqa pul mablag’larining kelib tushi-shini (oqib kelishini) aks ettiradigan moliyaviy oqimlar ijobiy oqimlar deyiladi. Aksincha, pul mablag’larining oqib ketishini xarakterlaydigan moliyaviy oqimlar salbiy oqimlar deyiladi. Korxonaning moliyaviy ahvolini mustahkamlash uchun ijobiy moliyaviy oqimlar salbiy moliyaviy oqimlardan ancha yuqori bo’lishi kerak. Bunday sharoitda korxonaning ixtiyorida qoluvchi pul mablag’-larining miqdorini aks ettiruvchi sof moliyaviy oqimning bo’lishi ta’minlanadi. Sof moliyaviy oqim korxona moliyaviy salohiyatining o’sish, ular daromadlarining kapitalizatsiyalashuvi darajasini aniqlash, investitsion va innovatsion imkoniyatlarining manbai bo’lib hisoblanadi.
Korxona va korporatsiyalar sof moliyaviy oqimining o’sishi ular rentabelligi va investitsion samaradorligini oshirish imkoniyatlarini xarakterlaydi hamda moliyaviy ahvolini mustahkamlashning muhim shart-sharoiti hisoblanadi.
Makrodarajada moliyaviy ahvolni xarakterlaydigan quyidagi bir necha ko’rsatkichlar mavjud:


    • bir ishlovchi to’g’ri keladigan ishlab chiqarilgan YaIMning miqdori;


    • inflyatsiya darajasi va dinamikasi;


    • davlat byudjetining ahvoli (defitsit, profitsit);


    • oltin-valyuta zaxiralarining miqdori va dinamikasi.


Davlatning moliyaviy ahvoli mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy kompleksi faoliyatining natijasidir.


Jahon taraqqiyoti tendentsiyalarining ko’rsatishicha, hozirgi sharoitda davlat moliyaviy ahvolini mustahkam-lashning asosiy joriy va istiqboldagi rezervi ijtimoiy intellektning (sotsial kapitalning) to’planishi (jamg’ari-lishi) va uni iqtisodiy o’sishning innovatsion- investitsion strategiyasida foydalanish jarayonida samarali moddiy- lashtirish hisoblanadi. Sotsial xarakterdagi muammolarni (maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va boshqalarni) hal etish, hayotning sifat darajasini oshirish bilan birga-likda, iqtisodiy taraqqiyotning kuchli omili va buning oqibatida esa, mamlakat joriy va istiqboldagi salohiyatini mustahkamlashning muhim shartidir.
Davlat qarzlarini o’z vaqtida qaytarish (uzish) davlat-ning moliyaviy ahvolini ko’rsatuvchi muhim ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Murakkab moliyaviy vaziyatda davlat defolt, ya’ni bir tomonlama tartibda qabul qilingan xalqaro moliya-kredit majburiyatlardan bosh tortish e’lon qilishi mumkin. Bir vaqtning o’zida davlat qarzlarini restrukturizatsiya qilish va uning qaytarilish muddatlari bo’yicha kreditorlar bilan muvofiqlashtirilgan holda choralarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish kerak.
Korxonalar, firmalar va korporatsiyalar darajasida moliyaviy ahvol to’lovga qobillilik bilan, ya’ni bozor iqtisodiyotining boshqa sub’yektlari va soliq organlari oldida moliyaviy majburiyatlarini o’z vaqtida uzish imkoniyati bilan xarakterlanadi. To’lovga qobillik bu korxona barcha pul aktivlari (Pa) va to’lov muddati kelgan (yoki o’tgan) moliyaviy majburiyatlar (Mm) o’rtasidagi nisbat demakdir. Sog’lom ishlayotgan korxonalar uchun to’lovga qobillik koeffitsienti (TQk) doimo birdan yuqori (katta) bo’lishi kerak:
Pa
Tqk = --------- 1

Mm
Korxonaning moliyaviy holatini aniqlash uchun likvidlilik, aylanma aktivlarning o’z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanganlik ko’rsatkichi va boshqa shu kabi ko’rsatkichlardan foydalaniladi.


Ma’lum bir aniq sanada va iqtiqbolda korxona to’lov majburiyatlari va uning moliyaviy imkoniyatlari o’lchamini balanslashtirishning asosiy metodi moliyaviy oqimlar byudjetidir (balansidir). U o’z ichiga korxona ixtiyoriga kelib tushadigan pul mablag’lari va korxona tomonidan sarflanadigan pul mablag’larini oladi. Bu narsa doimiy ravishda korxona pul mablag’larining
harakatini nazorat qilish, ular dinamikasini baholash va bashoratlash imkonini beradi. Ana shunday byudjet asosida korxonaning to’lovga qobilligini boshqarish amalga oshiriladi.
Moliyaviy oqimlar byudjeti bu korxona to’lovga qobilligining kengaytirilgan koeffitsienti, demakdir. Agar uning chap tomoni (daromadlar qismi) o’ng tomoniga teng yoki undan katta bo’lsa, unda korxona to’lovga qobildir. Agar uning o’ng tomoni (xarajatlar qismi) chap tomonidan oshsa, u holda korxona to’lovga qobil emas hisoblanadi. Moliyaviy oqimlar byudjeti (balansi) pul mablag’larining tushilmalari va ularning sarflanish yo’nalishlari bo’yicha bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan rejali-istiqbolli hisob-kitoblar tizimidan iborat bo’lib, u byudjetlashtirish tizimiga (sotuvlar byudjeti, to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarajatlar byudjeti, investitsion byudjet va boshqalardan) asoslanadi.
Moliyaviy oqimlarning miqdoriy va sifat tavsif-nomalari orqali korxonaning faoliyati ifoda-lanadi. Ular ishlab chiqarish barcha omillari harakatining qiymatdagi ifodasidan iboratdir. Menejmentda sifat jihatdan farqlanuvchi boshqaruv tizimi - korxonani moliyaviy boshqarish tizimi shakllandiki, bu narsa moliyaviy oqimlar orqali ishlab chiqarish, mahsulot sotish, resurslarning aylanuvchanligi, xarajatlar, rentabellik va boshqa jarayonlarning boshqarilishini ko’zda tutadi.
Moliyaviy oqimlar byudjeti bu haqiqatda turli davriy muddatlarda hisoblanadigan korxonaning moliyaviy rejasidir. Turli davrlar uchun (kunlik, dekadalik, oylik, choraklik, yillik va uzoq istiqboldagi) moliyaviy oqimlarning bashoratli byudjetlarini tuzish korxonaning to’lovga qobillik darajasini oshirishga imkon beradi va kelajakda uning moliyaviy holati barqarorligini ta’min-laydi.
Download 26.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling