Reja : Birja risklari. Defolt va soliqqa tortish riskining aktivlarga ta’siri. Aktivlar qiymatini maksimallashtirish


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana02.04.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1321650
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Risk 8



Reja

1. Birja risklari.
2. Defolt va soliqqa tortish riskining aktivlarga ta’siri.
3. Aktivlar qiymatini maksimallashtirish.
4. Moliyaviy risk darajasini ehtimoliy baholash.
Mavzu: Aktivlar riski (2 soat)


1. Birja risklari
Birja riski birja bitimlaridan yo‘qotishlar
xavfini o‘zida aks ettiradi. Bu risk o‘z
ichiga tijorat bitimlari bo‘yicha to‘lovsizlik
riskini oladi.
Deyarli barcha birjalar faolligi bozorlarda
yuzaga
kelgan
vaziyatga,
shuningdek,
birjachilarning faoliyati va professionalizmga
bog‘liq ravishda
bitta riskka emas, balki
risklar majmuiga duchor bo‘ladi.


Risklar
yo‘q
bo‘lgan
holda
daromad
olish
kafolatlangan birja faoliyati yo‘q. Birja savdolarining har
bir ishtirokchisi mavjud riskka oid muammolarni hal
etish orqali daromad olishga harakat qiladi va bevosita
risklar bilan bog‘liq vaziyatlardan qochish uchun barcha
choralarni ko‘radi.
Birja savdosidagi risklarning xarakterli xususiyati
shundaki,
ular
barcha
ishtirokchilarga,
hatto
birja
savdosiga bevosita aloqador bo‘lmaganlarga ham ta’sir
ko‘rsatadi.


Birja savdosida risklar mohiyatini to‘liqroq tushunish
uchun analitik funksiya orqali risk mavjudligi mumkin
bo‘lgan yechim variantlaridan birini tanlab olish kerakligi
muhum
sanaladi.
Shunga
bog‘liq
ravishda,
birja
ishtirokchilari qarorlar qabul qilish jarayonida barcha
mumkin bo‘lgan variantlarni tahlil qilib, eng rentabelli va
kam riskli variantni tanlashadi.
Fond va valyuta birjalarida risk ko‘pincha pulning
xarid qobiliyatini pasayishi bilan bog‘liq bo‘ladi (kelajakda
pul xuddi bugungidek ayni sifatdagi birja tovarlari va
xizmatlarini o‘sha miqdorda “xarid” qila olmaydi).


Kelajakdagi narxlar bo‘yicha o‘z taxminlarini hisobga
olgan holda foyda olishga intiluvchi birjachilarning moliya
bozoridagi hatti-harakatlarining individual va ommaviy
psixologiyasi ham risk omili sanaladi.
Birjadagi risklar muammosiga yechim topish birja
bitimining
ishtirokchilari
uchun
qanday
risk
darajasi
mumkinligi bilan belgilanadi. Birjachi riskka har xil
munosabatda bo‘lishi: riskni yoqtirmasligi, unga befarq
bo‘lishi yoki riskni afzal ko‘rishi mumkin.


Munosabat mezoni sanaluvchi risk uchun mukofot birjachi
ehtiyoji sanaladi. Riskni yoqtirmaydigan birjachilar ehtimoliy
noaniqlik uchun kompensatsiya talab qilishga har doim moyil
bo‘ladi. Riskka neytral munosabatda bo‘lganlar mukofotga ham
befarq bo‘ladi, riskni afzal ko‘rganlar esa keskin hissiyotlarni
boshdan kechirish uchun hatto zarar ko‘rishga tayyor turadi.
Har bir professional birjachi qaror qabul qilishning o‘ziga xos
usullariga ega bo‘lib, shu asosda qanday darajadagi risk o‘zi uchun
qoniqarli ekanligi yoki riskdan qanday chetlab o‘tish mumkinligini
belgilaydi. Birja o‘yinlarida tajribaga ega bo‘lgan professionallar har
bir risk omilini oldindan aniqlay olishadi va faqatgina risk uchun
mukofot olish imkoniyati mavjud bo‘lgandagina o‘yinga kirishadilar.


Birja risklari to‘g‘risida qaror qabul qilish natijasida birja
savdosi ishtirokchilari kutilmagan yoki riskni oshiruvchi omillarni
noto‘g‘ri baholash tufayli zarar ko‘rishi mumkin. Shuning uchun
risklarni baholashda ekspertlar birinchi navbatda qaror natijasida
birja savdosi qatnashchilari uchun yo‘qotishlar ehtimolini ko‘rib
chiqishi kerak bo‘ladi. Risklarni baholashda kutilmagan natija
ehtimoli va butun umumiy jihatdan ustuvorligi bo‘yicha har bir
riskning darajasi kabi mezonlar ancha maqbul sanaladi.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling