Reja : Birja risklari. Defolt va soliqqa tortish riskining aktivlarga ta’siri. Aktivlar qiymatini maksimallashtirish
A va B aksiyalari daromadliligining ehtimollik taqsimoti
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Risk 8
A va B aksiyalari daromadliligining ehtimollik taqsimoti
Iqtisodiyot holati B aksiyalari daromadlilik stavkasi A aksiyalari daromadlilik stavkasi Ehtimollik o‘sish 50% 30% 0,20 Normal 10% 10% 0,60 Pasayish – 30% – 10% 0,20 A va B aksiyalarining daromadlilik ehtimollari taqsimoti Bunda ikkala aksiyalar uchun ehtimollik ko‘rsatkichlari bir xilligi, lekin B da daromadlilik tebranishlarining diapazoni kengligiga e’tibor qaratish lozim. Agar iqtisodiyotda o‘sish sur’ati qayd etilsa, B aksiyalari o‘z aksiyadorlariga 50% daromadlilik, A aksiyalari esa faqat 30% daromadlilik keltiradi. Lekin agar iqtisodiy ahvol yomonlashsa, B aksiyalari daromadliligi – 30% gacha, A aksiyalari esa – faqat – 10% gacha tushib ketadi. Boshqacha aytganda, B aksiyalariga investitsiyalarning daromadlilik ko‘rsatkichlari kuchliroq o‘zgaradi, o‘z navbatida esa, ular riskliroq hisoblanadi. Avval qayd qilinganidek, aksiyalarning daromadlilik ko‘rsatkichlari o‘zgaruvchanligi ularning ehtimoliy diapazoni va favqulodda qiymatlar paydo bo‘lish ehtimoliga bog‘liq. Daromadlilikning ehtimoliy ko‘rsatkichlarini olish ehtimolliklari taqsimotida o‘zgaruvchanlikni hisoblash va o‘lchash uchun moliyada o‘rtacha kvadratik og‘ish σ (standart og‘ish) juda keng qo‘llanilib, bizning misolimizda uni quyidagicha aniqlash mumkin: 𝝈 𝟐 = 𝒊=𝟏 𝒏 (𝒓 𝒊 − 𝑬(𝒓 𝒊 )) 𝟐 𝑷 𝒊 Bu yerda matematik kutish (o‘rtacha qiymat) quyidagiga teng: 𝑬 𝒓 𝒊 = 𝒊=𝟏 𝒏 𝒓 𝒊 𝑷 𝒊 Standart og‘ish qancha katta bo‘lsa, aksiyalarning o‘zgaruvchanlik ko‘rsatkichi shuncha yuqori bo‘ladi. A va B aksiyalari uchun E A (r i ) = E B (r i ) = 10%. A aksiyalari uchun standart og‘ish quyidagiga teng: 𝝈 𝑨 𝟐 = 𝟎, 𝟐 𝟑𝟎% − 𝟏𝟎% 𝟐 + 𝟎, 𝟔 𝟏𝟎% − 𝟏𝟎% 𝟐 + 𝟎, 𝟐 −𝟏𝟎% − 𝟏𝟎% 𝟐 𝝈 𝑨 = 𝟏𝟐, 𝟔𝟓% B aksiyalari uchun standart og‘ish quyidagiga teng: 𝝈 𝑩 𝟐 = 𝟎, 𝟐 𝟓𝟎% − 𝟏𝟎% 𝟐 + 𝟎, 𝟔 𝟏𝟎% − 𝟏𝟎% 𝟐 + 𝟎, 𝟐 −𝟑𝟎% − 𝟏𝟎% 𝟐 𝝈 𝑩 = 𝟐𝟓, 𝟑𝟎% |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling