Reja : Birja risklari. Defolt va soliqqa tortish riskining aktivlarga ta’siri. Aktivlar qiymatini maksimallashtirish


 Moliyaviy risk darajasini ehtimoliy baholash


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana02.04.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1321650
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Risk 8

4. Moliyaviy risk darajasini ehtimoliy baholash


Aytaylik, aksiyalarini xarid qilib, dividend komponenti 3% ni,
narx komponenti 7% ni tashkil etadi deb hisoblaymiz, bunda
kutilgan daromadlilik stavkasi 10% ga teng bo‘ladi: r = 3% + 7%
= 10%.
Aksiyalar
aktivlarining
riskliligini
o‘lchashda
keng
qo‘llaniladigan
birlik

bu
o‘zgaruvchanlik
(volatility).
o‘zgaruvchanlik aksiyalarning ehtimoliy daromadlilik stavkalari
diapazoni
va
ularni
olish
ehtimolligi
bilan
bog‘liq.
Daromadlilikning ehtimoliy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi diapazon
qancha keng bo‘lsa, favqulodda qiymatlar olish ehtimolligi
shuncha
katta,
aksiyalar
o‘zgaruvchanligi ko‘rsatkichi ham
shuncha yuqori.


Masalan, agar bizdan kelgusi yil uchun aksiyalari daromadliligini
baholash so‘ralsa, misol uchun baholash natijalari 10% bo‘lsin. Bunda
real daromadlilik biz aytgandan ko‘proq yoki kamroq bo‘lib chiqishi
bizni ajablantirmaydi. Daromadlilik juda past ham (-50%), juda yuqori
ham (+50%) bo‘lishi mumkin. Daromadlilikning ehtimoliy ko‘rsatkichlari
o‘rtasidagi farq qancha katta bo‘lsa, o‘zgaruvchanlik shuncha kuchli
bo‘ladi.
O‘zgaruvchanlik mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun, aksiyalar
uchun turli daromadlilik darajalarini olish ehtimolliklarining taqsimotini
ko‘rib chiqamiz. Daromadlilikning barcha ehtimoliy darajalariga noldan
(ushbu darajaga erishish ehtimolligining to‘liq yo‘qligi) birgacha (ushbu
daromadlilik albatta olinadi) bo‘lgan ehtimollik to‘g‘ri keladi.


Faraz qilaylik, kelgusi yilda daromadlilik 10% ni tashkil etishi bizga
mutlaq ma’lum. Bu holatda daromadlilikning faqat bitta ehtimoliy darajasi
mavjud va unga erishish ehtimolligi 1,0 ga teng.
Endi iqtisodiyot holatiga bog‘liq ravishda aksiyalari har xil
daromadlilik keltirishi mumkin deb taxmin qilaylik. Agar kelgusi yilda
iqtisodiyot o‘ssa, kompaniyaning sotuv hajmi va foydasi ham o‘sadi,
demakki, aksiyalariga investitsiyalarning daromadlilik stavkasi 30% ga
teng bo‘ladi. Agar iqtisodiyotda pasayish kuzatilsa, u holda daromadlilik
stavkasi 10% ni tashkil qiladi, ya’ni, aksiyador zarar ko‘radi. Agar iqtisodiy
holat shunchaki o‘zgarmasdan qolsa, haqiqatdagi daromadlilik 10% ni
tashkil etadi. Bizning gipotetik misolimizdagi ushbu holatlarning har biri
uchun ehtimollik bahosi 1-jadvalga keltirilgan va 1-rasmda tasvirlangan.



Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling