Moliyaviy bozorlar va ularning stavkalari narx va narxlarni shakllanishi
Download 36.61 Kb.
|
2 5301142562810108060
Tashnazarova Nodira SBI-51 guruh MOLIYAVIY BOZORLAR VA ULARNING STAVKALARI NARX VA NARXLARNI SHAKLLANISHI Reja:: 1) Moliya bozori va uning samarali tuzilmasi 2) Korxonalarning moliya bozoridagi faoliati. Qimmatli qog'ozlar bozori. Birja fondi. Indekslar. 3) Narh turlari, turlari va amal qilish mexanizmi. 4) Bozor iqtisodiyoti sharoitida narkhlarning shakillanish mexanizmlari Foiz stavkalari - Olin(ayot)gan mablag‘lar bo‘yicha va’da qilin(ayot)gan (promised) daromadlik stavkasiga (yoki daromad stavkasi) foiz stavkasi deb ataladi. Olin(ayot)gan mablag‘larning turiga qarab, turli xil foiz stavkalari mavjud. Masalan, uy sotib olish uchun qarz oluvchi kishi ushbu qarzni garov bo‘yicha foiz stavkasi (mortgage rate) deb nomlanuvchi foiz stavkasi bo‘yicha to‘laydi. Bank tomonidan firmalardan undiriladigan stavka esa tijorat krediti bo‘yicha foiz stavkasi (commercial loan rate) deb ataladi. Kreditning har qanday turi yoki qayd qilingan daromadga ega vosita bo‘yicha foiz stavkasi miqdori bir qator omillarga bog‘liq. Bulardan eng muhimlari hisob-kitob pul birligi (unit of account), to‘lov muddati (maturity) va kredit kelishuvi shartlarining qarz oluvchi tomonidan bajarilmaslik riski, yoki defolt riskidir (default risk). Ushbu omillarning har birini batafsilroq ko‘ribchiqamiz.Hisob-kitob pul birligi to‘lovlar amalga oshiriluvchi pul birligini o‘z ichiga oladi. Hisob-kitob birligi bo‘lib, qoidaga ko‘ra, u yoki bu mamlakatning valyutasi hisoblanadi: dollar, yevro, frank, funt, rubl, so‘m, peso va hokazolar. Ba’zida birlik sifatida qandaydir bir tovar qo‘llaniladi, masalan, oltin, kumush yoki tovar va xizmatlarning standart «savati». Foiz stavkasi hisob-kitob pul birligiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Qayd qilingan daromadga ega bo‘lgan vosita bo‘yicha to‘lov muddati - bu davomiyligida jami olingan summani to‘lash lozim bo‘lgan vaqt. Qisqa muddatli instrument (vosita)lar bo‘yicha foiz stavkasi, uzoq muddat-lilarining foiz stavkasidan yuqori, past yoki teng bo‘lishi mumkin. To‘lanmaslik riski qayd qilingan daromadga ega instrument (vosita) bo‘yicha qarzning asosiy summasi yoki foizning qandaydir bir qismi qarz oluvchi tomonidan to‘lanmaslik ehtimolini o‘z ichiga oladi. Bu riskning darajasi qanchalik baland bo‘lsa, qarz oluvchi o‘z investorlariga uning qimmatli qog‘ozlarini sotib olishga rozilik bildirishlari uchun shunchalik yuqori foiz stavkasini va’da qilishi lozim. Endi, keling, ushbu uch omil amalda qanday qilib foiz stavkasi darajasi (o‘lchami)ga ta’sir etishini ko‘rib chiqamiz. Foiz stavkasiga hisob-kitob pul birligining ta’siri. Qayd qilingan daromadga ega bo‘lgan instrument (vosita) faqatgina aniq hisob-kitob pul birligiga muvofiq risksiz, ishonchli hisoblanadi. Uning o‘zgarishi bilan foiz stavkasi ham nihoyatda jiddiy ravishda o‘zgarib ketishi mumkin. Keling, bu hodisani aniqroq tushuntirish uchun, nominallari turli xil valyutalarda ko‘rsatilgan obligatsiyalarni ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, Britaniya Qo‘shma Qirolliklarining davlat obliga-tsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari Yaponiyaning davlat obligatsiyalariga qaragandaancha yuqori va ular taxminan bir xil qoplash muddatiga ega. Mazkur toifa obligatsiyalari to‘lanmay qolish riskidan ozod ekanligi inobatga olingan holda, mazkur shartlar barcha investorlar Qo‘shma Qirolliklarning obligatsiyalarini afzalroq ko‘rishiga olib kelmaydimi?. Mazkur holatda javob salbiy bo‘ladi. Chunkiushbuobligatsiyalarning nominallari turli valyutalarda: Qo‘shma Qirollik obligatsiyalari - funt sterlingda, Yaponiyaniki esa - iyenda aks ettirilgan. Ikki mamlakatning mazkur toifa (klass) obligatsiyalari ishonchli daromadlilik stavkasini ushbu mamlakatlar valyutasida taklif etishiga qaramasdan, daromadlilik stavkasi har qanday boshqavalyutada noaniq bo‘ladi, chunki u kelajakda to‘lovni olish paytida ushbu ikki valyutaning almashish kursiga bog‘liqdir.Keling, bu fikrga aniq misol keltiramiz. Faraz qiling, Siz ma’lum bir mablag‘ni bir yil muddatga investitsiya qilishga qaror qildingiz. Yaponiya davlat obligatsiyalari bo‘yicha yillik foiz stavkasi 3%ni, Qo‘shma Qirollik obligatsiyalari bo‘yicha esa 9%ni tashkil etadi. Boshqa valyutaga nisbatan bir valyutaning bahosini o‘z ichiga olgan valyuta kursi (exchange rate), 1 funt sterling 150 iyenaga teng.Endi, tasavvur qiling, Siz o‘z kapitalingizni iyenda qaysidir ishonchli aktivga investitsiya qilmoqchi bo‘lgan yapon investori hisoblanasiz. Yapon obligatsiyalarini sotib olib, Siz o‘zingizga 3%lik daromadni kafolat-laysiz. Agar Britaniyaning davlat obligatsiyalari sotib olinsa, iyenada daromadlilik stavkasi bir yil o‘tgandan keyin iyena va funt sterlingning almashuv kursi qanday bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi. Faraz qilaylik, Siz 100 funt sterlingga Birlashgan Qirollikningobligatsiyalarini sotib olishga qaror qildingiz. Buni qilish uchun, Siz 15000 iyenni funt sterlingga konvertatsiya qilishingiz lozim bo‘ladi, ya’ni Sizning dastlabki sarflaydigan mablag‘ingiz 15 000 iyenni tashkil etadi. Birlashgan Qirollik obligatsiyalarining foiz stavkasi 9% teng bo‘lganligi uchun bir yildan so‘ng Siz 109 funt sterlingni olasiz. Biroq bu pul miqdorining iyenga o‘girilgan narxini oldindan bilish imkoniyati yo‘q. Sababi: kelajakda valyuta kursining qanday bo‘lishini hech kim bilmaydi. Shunday qilib, mazkur operatsiya natijasida olingan real daromad-lilik stavkasi quyidagicha bo‘ladi: Ds(iyen)= (109 funt sterling X iyendagi kelajak funt sterling kursi - 15 000 yen) : 15 000 iyen Bu yerda: Ds(iyen) - daromadlilik stavkasi (iyen) Tasavvur qilaylik, bir yilda funt sterling kursi tushib ketdi va bir funt 140 iyenni tashkil etdi. Bunday holatda Birlashgan Qirollik obligatsiyalari bo‘yicha iyendagi daromadlilik stavkasi qanday bo‘ladi? Yangi ma’lumotlarni yuqoridagi tenglamaga qo‘yib, quyidagilarni olamiz: Ds(iyen) = (109 funt sterling X 140 iyen/funt sterling - 15000 iyen) : 15 000 iyen = 0,017333. Bu yerda: Ds(iyen) - daromadlilik stavkasi (iyen) Tasavvur qilaylik, bir yilda funt sterling kursi tushib ketdi va bir funt 140 iyenni tashkil etdi. Bunday holatda Birlashgan Qirollik obligatsiyalari bo‘yicha iyendagi daromadlilik stavkasi qanday bo‘ladi? Yangi ma’lumotlarni yuqoridagi tenglamaga qo‘yib, quyidagilarni olamiz: Ds(iyen) = (109 funt sterling X 140 iyen/funt sterling - 15000 iyen) : 15 000 iyen = 0,017333. Bu yerda: Ds(iyen) - daromadlilik stavkasi (iyen) Shunday qilib, Sizning real daromad stavkangiz 1,73%ni tashkil etadi. Bu esa Siz aynan shunday qaytarish muddati bilan yapon obliga-tsiyalarini sotib olish orqali olishingiz mumkin bo‘lgan 3%dan kamroqdir. Foiz stavkasiga to‘lov muddatining ta’siri. Foiz stavkasiga to‘lov muddatining qanday ta’sirini yaqqol ko‘rish uchun navbatdagi betdagi 1-rasmga qarang. Unda AQSh G‘aznachilik veksellarining 20xx yil x iyun holatiga daromadlilik egri chizig‘i (yield curve) tasvirlangan. Daro-madlilik egri chizig‘i AQSh G‘aznachiligi tomonidan muomalaga chiqarilgan veksellarning belgilangan daromad bo‘yicha foiz stavkalari miqdorlari (daromadlilik) va ularni qaytarish muddatlarining o‘zaro nisbatini aks ettiradi. biz bir yillik g‘aznachilik majburiyatlarning daromadi hisobi yiliga 5,25%ni tashkil etganini, bu ko‘rsatkich qaytarish muddati o‘sgan sari ortib borishini va qaytarish muddati 30 yil bo‘lganda 6%ni tashkil etganini ko‘ramiz. bu yaqqol ko‘rinmasa ham, daromaddorlik egri chizig‘ining shakli va darajasi vaqt o‘tishi bilan juda o‘zgaradi. O‘tmishda, qisqa muddatli foizli stavkalar uzoq muddatlinikidan yuqori bo‘lgan, shuning AQSh G‘aznachilik qimmatli qog‘ozlari daromadlilik egri chizig‘i Foiz stavkasiga to‘lanmaslik riskining ta’siri. Belgilangan daromadli instrument (vosita)lar bo‘yicha to‘lanmaslik riski qanchalik yuqori bo‘lsa, hatto boshqa barcha ko‘rsatkichlar o‘zgarishsiz qolganda ham, ushbu instrument (vosita)larning foiz stavkasi shuncha yuqori bo‘ladi. Quyidagi jadvalda qarz oluvchilar tomonidan chiqarilgan va o‘z qarzlari bo‘yicha noto‘lovlarning turli darajadagi risklari bilan xarakterlanuvchi dollar nominalidagi xilma-xil foiz stavkalari keltirilgan. Narx–rеal bozor iqtisodiyoti sharoitida Tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir Narx—bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri.U oʻzining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining taʼminlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi subʼektlari boʻyicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom raqobat muhitining yaratilishiga katta taʼsir koʻrsatadi. Narx,baho—Tovar qiymatining puldagi shakli; bozor iqtisodiyotida amal qiluvchi iqtisodiy dastak. Iqtisodiy tafakkur tarixidagi ayrim qarashlarda qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib talqin qilishgan, unga qiymatning puldagi ifodasi deb qaralgan.21-asr boshlaridagi nazariyalar N.ni pulning miqdoriy nazariyasi asosida izoxlab, N.ga harajatlar, tovarning nafliligi va raqobat taʼsir etishini eʼtirof etadi. N.ni qiymat belgilaydi, ammo u aniq bir qiymatdan yuqori yoki past boʻlishi mumkin, bu esa bozordagi muayyan tovarga boʻlgan talab va taklifga bogʻliq. N. faqat qiymatni emas, balki talab va taklif, shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi, sifati va boshqa tovarlar oʻrnini bosa olishi, muomaladagi pulning harid qobiliyatiga ham bogʻliq. Binobarin, N.qiymatdan miqdoran farqlanadi. Mahsulot tannarxi har qanday N.ning asosi boʻlib, mahsulotning hayotiy sikli davomida uning N.idagi oʻzgarishlarga katta taʼsir koʻrsatadi. N.miqdori harajatlarga va Tovar sifatiga toʻgʻri mutanosiblikda, raqobatning shiddatiga esa teskari mutanosiblik daturadi. Bozor iqtisodiyotida N.bir nechta vazifalarni bajaradi: 1)hisob-kitob va oʻlchov vazifasi—N.vositasida qilingan harajatlar, olingan natijaning puldagi miqdori aniqlanadi. Harajatlar ishlatilgan resurslar miqdorini uning N.iga koʻpaytirish orqali hisoblanadi; 2) ragʻbatlantirish vazifasi—N.ning oʻzgarishi ishlab chiqarish hajmin ioʻzgartiradi. Talab N. ga nisbatan teskari mutanosiblikka ega. N.pasaysa talab ragʻbatlantiriladi, aksincha,N.oshsa (boshqa shart-sharoit oʻzgarmagan takdirda) taklif ragʻbat oladi. N.dagi oʻzgarish ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilarga ishtiyoq bagʻishlaydi; 3)raqobat vositasi vazifasi — N.raqibni bozordan siqib chiqarish va bozorda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun ishlatiladi.Raqobatchilar N.ni oʻzgartirib turish,uni sharoitga qarab turlicha belgilash orqali oʻzaro bellashadilar. N.raqobatlashuvning iqtisodiy vositasi hisoblanadi; 4)iqtisodiyotni tartiblash vazifasi N.bozor mexanizmidagi asosiy iqtisodiy dastak yoki vosita. N.oʻzgarishiga qarab nimani va qancha ishlab chiqarish kerakligi aniqlanadi. Muayyan tovarlar N.ining oshishi ularni koʻplab ishlab chiqarish kerakligini bildiradi, aksincha, N.ning pasayishi Tovar ishlab chiqarishni kamayishi yoki umuman toʻxtatilishi lozimligini anglatadi. N.ga qarab bozori kasod tovarlardan voz kechilib, bozori chaqqon tovarlarni ishlab chiqarishga oʻtiladi. Bu esa resurslarning bir sohadan ikkinchisiga oqib oʻtishiga, eski soha qisqarib, yangi sohaning tez rivojlanishiga olib keladi. N.resurslarni qayta taqsimlash orqali iqtisodiyotni tartiblaydi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tovarlar va xizmatlar oldi sotdisida qo’llanilishi N.tizimini yaratadi. Milliy iqtisodiyot holatini hisoblashda joriy va qiyosiy N.lar qoʻllaniladi. Joriy N.lar amaldagi N.lar boʻlib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi. Qiyosiy N.larda maʼlum yil asos qilib olinib, ishlab chiqarishning natijalari shuN.da hisoblanadi va boshqa yillar bilan taqqoslanadi. JoriyN.lar inflyasiya tufayli oʻzgarishi va real iqtisodiy natijani koʻrsatmasligi sababli yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va shahrik.koʻrsatkichlar dinamikasi qiyosiy N.larda hisoblanadi. N.qaysi bozorda amal qilishi, kimga moʻljallanganligi va qaysi maqsadni koʻzlashiga qarab bir necha turlarga boʻlinadi. Erkin bozor N.i (muvozanatliN.) erkin bozorda sotuvchilar va haridorlar koʻpchilik boʻlganidan ulardan hech biri oʻzi xohlagan narxni oʻrnatolmaydi.Bu yerda talab-taklif nisbatiga qarab erkin savdolashuv N.i,yaʼni muvozanatli N.yuzaga keladi; monopol N.monopol bozorda sotuvchi yoki hairdo ozchilik yoxud tanho boʻlganida ular xohlagan N. oʻrnatiladi. Bu bozorga zoʻrlab kiritiladigan N.boʻlib, odatdagi N.lardan yuqori boʻladi va monopol foyda olishga xizmat qiladi; Ulgurji N.tovar ishlab chiqaruvchilar savdo firmalariga Tovarlarni bir yoʻla koʻtarasiga sotishida qoʻllanadi. Tovar birjalari va savdo uylarida ham ulgurji N.lar qoʻllanadi; shartnoma N.lari sotuvchi va haridorlarning roziligi bilan belgilanadigan va oʻzaro tuziladigan shartnomada koʻrsatiladigan N.Bunday N.,odatda, shartnoma muddati amal qiladigan davrda oʻzgarmaydi. Koʻproq milliy va xalqaro bozorlarda qoʻllanadi. Chakana N.tovarlar bevosita isteʼmolchilarga yakkalab sotilgan chogda qoʻllanadi va miqdori ulgurji N.dan yuqori boʻladi; Preyskurant N.haridor uchun bildirgi yoki maʼlumotnoma N. boʻlib xizmat qiladi va haqiqiy N. preyskurantlar (koʻrsatkichlar) da eʼlon qilingan N. atrofida boʻlishini anglatadi; Dotatsiyalangan N.davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan, bozor N.idan pastroq qilib belgilangan N. N.dagi farq byudjet beradigan dotatsiya bilan qoplanadi. Bu N.ni oʻtish davrida turgan mamlakatlarda davlat aholini ijtimoiy himoyalash uchun qoʻllaydi; Demping N.bozorda oʻz mavqeini mustahamlash va raqiblarni siqib chiqarishda qoʻllanadigan maxsus pasaytirilgan N.,xalqaro bozorlarda koʻproq qoʻllanadi. Bozor koʻlamiga koʻra, N. larxududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro bozor N.lariga boʻlinadi. Hududiy N. faqat maʼlum hududiy bozorga xos boʻlib, u shu hudud doirasidagi omillar taʼsirida hosil boʻladi. Milliy bozor N.i bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiyatini aks ettiruvchi N.lardir. Xalqaro N. muayyan tovarga ketgan baynalminal harajatlarni, tovarning nafliligi jihatidan jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladi. N.lar farqining miqdoriy ifodasi N. diapazoni deyiladi. N.diapazoni N.lar oraligʻining puldagi ifodasidir. N. diapazoni quyi, oʻrta va yuqori N.larni oʻz ichiga oladi. Bu diapazon qanchalik katta boʻlsa, Tovar muomalasi shunchalik tez yuz beradi, talab bilan N. oʻzaro bogʻlanadi. Iqtisodiyot bir biriga bogʻliq va yagona boʻlganidan turli tovarlar va xizmatlar N.lari bir birini yuzaga chiqaradi, toʻldiradi va oʻzaro taʼsir koʻrsatadi. Ularning har biri oʻzi bilan bogʻliq keyingi mahsulot harajatlarini shakllantiradi. Koʻpgina sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy resurlar (metall, neft, kumir, gaz, yogʻoch, bugʻdoy, paxta kabi tovarlar) N.inin goʻzgarishi bozordagi jami N.lar nisbatiga taʼsir koʻrsatadi. Narxga ta'sir etuvchi eng qulay omil bu monopoliyadir. Monopolist korxona narxni xohlagancha o'ynatishi mumkin. Shunday ekan demping narx psixologik narx bularning hammasini monopolisthal qiladi xohlasa qiladi xohlamasa yo'q. Ushbu nazariya Buxoro Davlat Universiteti Iqtisodiyot kafedrasi kafedra mudiri Abdullayev.A.ga tegishli nazariyadir Narx shakllanishi tovarlar va xizmatlarga belgilangan narxning bir qator omillar taʼsirida yuzaga kelishi jarayoni. Umumiy maʼnoda narx shakllanishiga davlat organlari (soliq, kredit va iqtisodiy siyosatning boshqa koʻrinishlari orqali) hamda iqtisodiy faoliyat subyektlarining oʻzlari taʼsir koʻrsatadi. Tor maʼnoda — firmalarning oʻz narx strategiyasini ishlab chiqishi. Narx shakllanishining 3 asosiy — erkin, maʼmuriy va aralash tiplari mavjud. Erkin Narx shakllanishi talab va taklif asosida yuzaga keladi. Barcha tovarlar va xizmatlar narxlarining bevosita maʼmuriy belgilanishi maʼmuriy, erkin va maʼmuriy Narx shakllanishining turli nisbatlarda qoʻllanilishi aralash Narx shakllanishi deb yuritiladi. Narx shakllanishi jarayoni tovar ishlab chiqaruvchi firmadan boshlanib, bozor narxi oʻrnatilgach, tugallanadi. Narx shakllanishining bozor real sharoitiga asoslangan 5 asosiy qoidasi mavjud; harajatlarni qoplash qoidasi — narx darajasi tovarlar sotilganda firmaning tovarlarni ishlab chiqarish va sotish harajatlari toʻla qoplanib, tadbirkorga minimal foydani taʼminlashi kerak. Agar bu qoida amal qilmasa, firma zarar koʻradi yoki tadbirkor xech bir daromad olmay oʻz ishini toʻxtatadi. Harajatlarni qoplash zarurati narxningeng quyi chegarasini belgilaydi va narxning bundan past boʻlishi iqtisodiyot uchun maqbul emas; foydani maksimallashtirish qoidasi — narx oʻrtacha harajatlardan yuqori qilib belgilanishi, Tovar shu narx bilan sotilganda iqtisodiy foyda olinishi kerak.Firma oʻz tovariga narx qoʻyganda foydani maksimallashtirishni moʻljallaydi. Foydani maksimallashtiruvchi narx, odatda, monopollashgan bozorda amal qiladi; raqobatda yengish qoidasi — belgilangan narx darajasi haridorlarni oʻziga ogʻdirib, raqibni bozordan siqib chiqarish imkonini berishi zarur. Buning uchun oddiy tovarlar narxi vaqtincha past belgilanadi, foyda kamayadi, lekin yoʻqotilgan foyda raqobatda yengish uchun xizmat qiladi. Mazkur qoida nufuzli tovarlar narxini yuqoriroq belgilanishini bildiradi, chunki ularning haridorlari puldor tabaqa hisoblanadi; peshqadamlik qoidasi — turdosh (oʻrinbosar), yaʼni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar narxi peshqadam firma belgilagan narxga binoan shakllanadi. Boshqa firmalar narxni peshqadam narxini moʻljalga olib unga yaqin qilib belgilaydi.Bu qoida odatda oligopoliya bozorida amal qiladi. Bunday bozorda firmalar ozchilik boʻlib narxlarni bir-biriga yaqin belgilagan holda, asosan, sifat va servis bilan raqobatlashadi. Narx quyi va yuqori chegara oraligʻida shakllanadi. Agar quyi chegarani harajatlarni qoplash zarurati belgilasa, yuqori chegarani isteʼmolchilarning harid qobiliyati belgilaydi. Narx yuqori chegaradan chiqib ketsa haridorlarning puli yetmay, tovarlar sotilmaydi, quyi chegaradan past boʻlsa firmalar zararga uchrab, yopilib ketadi. Narx shakllanishining eng muhim talabi uning bozor sharoitiga moslanishi va oʻzgaruvchan boʻlishidir. Narx belgilashga davlatning aralashuvi bozor qoidalariga zid. Shu sababli davlat bozor narxlarini erkinlashtirib, bozor qoidasidan tashqarida yuzaga keladigan monopol narxlarni chegaralab turadi. Bozor narxi – birtomondan, tovarlarning sotilishi ta’minlovchi, boshqa tomondan, bozorda tovarlar taqchilligini yuzaga kеltirmaydigan muvozanatlashgan narx. Joriy narx–yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblashda qo’llaniluvchi amaldagi narx. Qiyosiy narx–ishlab chiqarishning natijalari ma’lum yil (bazis yil) asosida hisoblanuvchi va boshqa yillar bilan taqqoslanuvchi narx. Narx tizimi – iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narx turlari. Ulgurji narx–ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta partiyadagi tovarlar bir yo’la ko’tarasiga sotilganda qo’llaniladigan narx. Shartnoma narx – sotuvchi va xaridorning roziligi bilan bеlgilanadigan,ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narx. Chakana narx–tovarlar bеvosita istе’molchilarga sotiladigan narx. Chеgaralangan narx– davlat tomoni dan yuqori va quyi chеgaralari bеlgilanib, shu doirada o’zgarishi mumkin bo’lgan narx. Dotatsiyalangan narx–davlat budjеti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narx. Dеmping narx–bozorda o’z mavqеini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus narx. Nufuzli narx–sotish hajmini o’zgartirmasdan, yuqori foyda olishga erishish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan narx. Narx diapazoni–narxlar oralig’ining puldagi ifodasi Bozor ko’lami hisobga olinganda hududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro narxlar mavjud bo’ladi. Hududiy narx faqat ma’lum hududiy bozorga xos bo’lib, u shu hudud doirasidagi omillar ta’sirida hosil bo’ladi. Milliy bozor narxi bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiyatini aks ettiruvchi narxdir. Milliy narx mamlakat doirasidagi ijtimoiy sarf-xarajatlarni, milliy bozordagi talab va taklifni, tovar nafliligini, uning qanchalik qadrlanishini hisobga oladi. Jahon bozori narxi muayyan tovarni ishlab chiqarishga sarflangan baynalminal xarajatlarni, tovarning jahon standarti talabiga mos kеlish darajasini va xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladi. Narxning xilma-xil turlari mavjud bo’lsada, ular bir-biri bilan o’zaro bog’langan, chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy rеsurslarning ishlatilish samarasi o’z ifodasini topadi. Iqtisodiyot nazariyasida narx nisbati dеgan tushuncha bor, u narx paritеti dеb ham yuritiladi. Iqtisodiyot va undagi jarayonlar bir-biriga bog’liq bo’lganidan narxlar bir-birini yuzaga chiqaradi. Masalan, ruda narxi mеtall narxiga, mеtall narxi mashina narxiga, mashina narxi kiyim narxi tarkibiga kiradi, chunki bu narxlarning har biri o’zidan kеyingi mahsulot xarajatlarini shakllantiradi. Bozorga shunday o’ziga xos tovarlar chiqadiki, ular ko’pchilik sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy rеsurslar hisoblanadi. Bular mеtall, nеft, ko’mir, gaz, yog’och, bug’doy, paxta kabi tovarlar bo’lib, ular narxining o’zgarishi butun narxlar nisbatini o’zgartiradi. 9.3. Narxning shakllanishiga bozorning holati bеvosita ta’sir ko’rsatadi, chunki narxning shakllanishida bozordagi talab va taklif nisbati asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shunga ko’ra, talab va taklif miqdoriga ta’sir ko’rsata olish imkoniyatiga ko’ra bozordagi raqobatning turli ko’rinishlari farqlanadi. Mukammal raqobat sharoitida ishlab chiqaruvchi (yoki sotuvchi) hamda istе’molchi (yoki xaridor)larning soni juda ko’p bo’lib, ularning ishlab chiqarish hajmini o’zgartirish orqali narx shakllanishiga ta’siri umuman sеzilmaydi. Nomukammal raqobat sharoitida esa ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) yoki istе’molchilar (xaridorlar)dan birining soni chеklangan bo’lishi ularning bozordagi ishlab chiqarish hajmiga va, pirovardida, bozordagi narxning shakllanishiga sun’iy ta’sir ko’rsatish imkonini bеradi. Bunday raqobat turli darajalaridagi narxlarning shakllanish xususiyatlari bir-biridan farq qiladi. Shu sababli, biz quyida mukammal raqobat, sof monopoliya, oligopoliya va monopsoniya sharoitida narxlarning shakllanish xususiyatlarini ko’rib chiqamiz. Mukammal raqobat sharoitida narxning shakllanishi. Erkin raqobat kurashi sharoitida narxning tashkil topish xususiyatlarini tadqiq etgan dastlabki iqtisodchilardan biri A.Marshall hisoblanadi. Uning fikricha, tovarning oldi-sotdi jarayoniga qadar ikki xil, ya’ni sotuvchi va xaridor narxlari mavjud bo’ladi. Nazariy jihatdan har ikki narxning yuqori va quyi darajalari mavjud. Sotuvchi o’z tovari narxining imkon qadar yuqori bo’lishidan manfaatdor, chunki bunday narx uning foydasi hajmini oshiradi. Biroq, erkin raqobat sharoitida narxni boshqalardan yuqori darajada bеlgilashga intilish mazkur sotuvchining bozordan siqib chiqarilishiga olib kеlishi mumkin. Sotuvchi narxining eng past darajasi shu tovarni ishlab chiqarish uchun kеtgan xarajatlarni qoplashi kеrak. Xaridor tovarni eng past narxda sotib olishdan manfaatdor, biroq erkin raqobatli bozor sharoitida uning ham tovar sotib ololmay qolish xavfi mavjud bo’ladi. Xaridor narxining yuqori darajasi esa, Marshall ta’biricha, so’nggi qo’shilgan miqdor nafliligiga tеng bo’lishi kеrak. Talab va taklif muvozanatga kеlgunga qadar narx atrofidagi tеbranishlarni o’z ichiga oluvchi ma’lum davrlar taqozo etilishi mumkin. Monopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Monopoliya sharoitida narx shakllanishining o’ziga xos jihati shundaki, agar mayda tovar ishlab chiqaruvchilar faqat o’zlarining individual narxlarini o’zgartira olsalar, ulardan farqli o’laroq bozor ishtirokchilari sifatidagi monopoliyalar bozor narxlarini o’zlari bеlgilay oladilar. Bunda monopoliyalar ommaviy talabning oshishi bilan narxning oshishi hamda ommaviy taklifning oshishi bilan narxning pasayib borishidan o’ziga xos tarzda foydalanadilar. Ommaviy taklif bo’yicha narx o’zgarishi quyidagi miqdoriy bog’liqlikni aks ettiradi: talabga nisbatan tovarlar taklifi qanchalik yuqori bo’lsa, bozor narxi darajasi shunchalik past bo’ladi va aksincha, taklif kamayishi bilan narx oshib boradi. Bu bog’liqlik 9.4-chizmada yaqqolroq namoyon bo’ladi. Chizmadan ko’rinadiki, tik o’qda muayyan tovarlar taklifi hajmining ko’payib borishi, yotiq o’qda esa mahsulot birligiga bo’lgan narx darajasining oshib borishi aks ettirilgan. Taklif bo’yicha narx egri chizig’i (R1R2) bozor narxining tovarlar ommaviy taklifiga bog’liqligini ifodalaydi. Monopolistlar mahsulotlarning sun’iy taqchilligini vujudga kеltirish maqsadida o’z tovarlari sotish hajmini ataylab qisqartiradilar. Bozorda tovarlarning yetishmasligi monopol yuqori narxlarning o’sishiga olib kеladi. Monopoliyalar narxni oshirishning har bir yangi jarayonida tovarlarni ishlab chiqarish va sotish hajmini qisqartirishdan ko’rilgan zararni hisobga oladi. Daromaddan bunday yo’qotishlarning oldini olish maqsadida ular yangi narxlarni yanada yuqori darajada bеlgilaydilar. Shu bilan bir vaqtda monopoliyalar mahsulotlarning qisqargan hajmini sotishdan olingan tushum yo’l qo’yilgan yo’qotishni qoplashi hamda daromad miqdorining o’sishini ta’minlashini nazorat qilib turadilar. Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi. Monopsoniya mayda tovar ishlab chiqaruvchilardan tovarlarning katta hajmini sotib olib, talab bo’yicha narx qonunidan o’ziga xos tarzda foydalanadi. Ommaviy talab bo’yicha narxning o’zgarishi quyidagi miqdoriy bog’liqlikni aks ettiradi: taklifga nisbatan xaridorlarning ommaviy talabi qanchalik katta bo’lsa, bozor narxi darajasi shunchalik yuqori bo’ladi va aksincha, talabning kamayishi bilan bozor narxi pasayib boradi. Bu bog’liqlik 9.5-chizmada yaqqolroq aks ettirilgan. Chizmadan ko’rinadiki, tik o’qda muayyan tovarlarga talab hajmining ko’payib borishi, yotiq o’qda esa mahsulot birligiga bo’lgan narx darajasining oshib borishi aks ettirilgan. Talab bo’yicha narx egri chizig’i (R1R2) bozor narxining xaridorlarning ommaviy talabiga bog’liqligini ifodalaydi. Monopsonist o’zi uchun zarur bo’lgan tovarni, masalan qishloq xo’jaligi xomashyosini oldindan past narxlarda sotib olib, uning katta miqdordagi zaxirasini tayyorlab qo’yadi. Bu esa unga yangi hosilning yig’im-tеrimi davrida o’zi sotib olayotgan xomashyoga monopol past narxlarni o’rnatish imkonini bеradi. Bunday past narxlarda monopsonist juda katta foyda oladi. Sun’iy ravishda sotilayotgan mahsulot ortiqchaligi hududining vujudga kеltirilishi xarid narxlarining navbatdagi pasayishiga olib kеlib, natijada monopsonistning foydasi oshib boradi. Bunga g’arb mamlakatlari monopsoniyalari tomonidan ancha vaqtdan buyon Osiyo, Afrika va Lotin Amеrikasi mamlakatlari tadbirkorlari va mayda tovar ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinayotgan arzon xomashyoni misol tariqasida kеltirish mumkin. Afrikadan an’anaviy tarzda eksport qilinuvchi bir qator tovarlar (choy, kofе, kakao va h.k.)ga ham azaldan o’ta past narxlar o’rnatib kеlinadi Bir vaqtning o’zida monopoliya va monopsoniya hisoblanuvchi firma o’zining daromadini «narxlar qaychisi» usuli orqali ahamiyatli darajada oshiradi. Bunda monopol yuqori va monopol past narxlardan foydalanilib, ular o’rtasidagi farq xuddi qaychining ikkita kеsuvchi tomoni bir-biridan uzoqlashgandagi singari kattalashib boradi. Narxlarning bunday harakati tovarlar ortiqchaligi va taqchilligi hududlarining kеngayishiga asoslanadi. U sanoatning ko’plab qayta ishlovchi korxonalari uchun xosdir. Bu korxonalar o’zlarining tayyor mahsulotlariga undirma sanoat tarmoqlarida o’rnatilgan narxlarga nisbatan bir nеcha marta yuqori narx o’rnatadilar. XX asrning ikkinchi yarmida AQSH, Frantsiya, Buyuk Britaniya va boshqa g’arb mamlakatlarida agrobiznеs sohasining kеngayishi bilan narxlar qaychisi asosiy usullardan biriga aylanib, uning yordamida yirik firmalar o’rta va mayda fеrmеrlarni qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidan siqib chiqardilar. Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi tarmoqdagi tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo’llaniluvchi «ergashish» hamda «inkor etish» xatti-harakatlari orqali izohlanadi. «Ergashish» holatida bir oligopolist tomonidan narx bo’yicha qilingan o’zgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan ham ergashish, ya’ni shunday o’zgarishlar qilish kuzatiladi. Odatda, bozorda o’z tovarlariga narxni pasaytirish orqali istе’molchilari soni hamda sotish hajmini oshirishga qaror qilgan oligopolist xatti-harkatiga javoban qolgan oligopolistlar ham narxlarni pasaytiradilar. Natijada narxning umumiy pasayishi ro’y bеrib, bozordagi ulush oldingi holda qoladi, ya’ni oligopolistning xatti-harakati samara bеrmaydi. «Inkor etish» holatida bir oligopolist tomonidan narx bo’yicha qilingan o’zgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan inkor etish, ya’ni hеch qanday javob o’zgarishlari qilmaslik kuzatiladi. Ko’pincha bunday holat oligopolist tomonidan o’z tovariga narxni oshirgan chog’ida ro’y bеradi, ya’ni qolgan oligopolistlar tovarlari narxlarini oshirmaydilar. Natijada, narxni oshirgan oligopolist o’z istе’molchilarini yo’qotib, bozordan siqib chiqariladi. YUqorida bayon etilgan holatlar natijasida oligopolist-firmaning talab egri chizig’i «siniq egri chiziq» ko’rinishini oladi (9.6-chizma). Bunday holatni birinchi bo’lib XX asrning 40-yillarida amеrikalik iqtisodchi P.Suizi tavsiflab bеrgan. R Chizmadan ko’rinadiki, dastlab oligopolist firmaning mahsulotiga talab egri chizig’i D1D1 ko’rinishida bo’lib, R0 narx darajasida Q0 sotish hajmini ta’minlar edi. Oligopolist-firma o’z tovari narxini R1 darajaga pasaytirishi talabni o’stirib, mahsulot hajmini Q1 ga qadar oshirishi ko’zda tutilar edi. Biroq, boshqa oligopolistlarning «ergashish» xatti-harakatini tutishi, ya’ni ularning ham o’z tovarlari narxini pasaytirishi natijasida talab egri chizig’ining «sinishi» ro’y bеrib, u endi D1ЕD2 ko’rinishini oladi. Oqibatda sotish hajmi oldingi Q0 darajasida qolgani holda tovarning narxi pasayib, oligopolistlar o’z foydalarining ma’lum bir qismini yo’qotadilar. Oligopolist-firma o’z tovari narxini R0 dan R2 ga oshirgan taqdirda qolgan oligopolistlar «inkor etish» hatti-harakatini qo’llashlari natijasida talab egri chizig’i yana «sinadi». Oldingi D1D1 ko’rinishdagi talab egri chizig’i endi D3ЕD1 ko’rinishini oladi. Agar boshqa oligopolistlar ham o’z tovarlari narxini oshirganlarida, mazkur oligopolist-firmaning tovariga bo’lgan talab hajmi Q2 ga qadar qisqarishi lozim bo’lsa, bunday xatti-harakatning amalga oshirilmasligi natijasida bu qisqarish Q3 ga qadar davom etadi, ya’ni bozordagi sotish hajmini yo’qotish darajasi oshib kеtadi. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko’rinadiki, oligopoliya sharoitida ishlab chiqaruvchilar narxni ko’proq o’zaro kеlishish orqali bеlgilashga harakat qiladilar. O’z mahsulotlariga bozor narxini o’rnatishda oligopolistlar tomonidan «narx bo’yicha yetakchilik» xatti-harakati kеng qo’llaniladi. Bu xatti-harakat narx vositasida raqobatlashuvni inkor etib, mazkur tarmoqqa kiruvchi barcha oligopolist-firmalarning narxni shakllantirish va uni o’zgartirishda yetakchi oligopolist-firmaga ergashishlarini taqozo etadi. Odatda tarmoqdagi eng yirik firma yetakchi sifatida maydonga tushadi. Narx bo’yicha yetakchi firma boshqalarga qaraganda iqtisodiy jihatdan ancha ustun bo’lsada, u o’zining xatti-harakatini faqat narx jihatdan tazyiq o’tkazish asosida amalga oshira olmaydi. Narxni shakllantirishda yetakchi-firma boshqa ergashuvchi-firmalarning ham manfaatlarini e’tiborga olmog’i lozim. Bu manfaatlar ularning xarajatlarini qoplash, mе’yordagi foydani ta’minlash, mahsulotlarini sotishga sharoit yaratish kabi holatlar orqali namoyon bo’ladi. Agar talab yoki ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgarishi natijasida bozor narxi oligopolistik kеlishuv doirasidagi firmalarning manfaatlariga muvofiq kеlmay qolsa, yetakchi firma darhol narxlarni o’zgartirishi lozim bo’ladi. 9.4. Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan barcha mamlakatlarda davlatning narx sohasidagi siyosati ko’p jihatdan narxlarni erkinlashtirish, milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirishga qaratiladi. Narxlarni erkinlashtirish – iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib, islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ko’p jihatdan shu muammoning hal etilishiga bog’liq bo’ladi. Narxlarni erkinlashtirish xomashyo bilan mahsulot ayrim turlarining narxlari, narx bilan aholi va korxonalar daromadlari o’rtasida mutanosiblikka erishishga qanday yondashilishi bilan farqlanadi. Shu yondashuvlarga asoslanib, narxlar quyidagi yo’llar bilan erkinlashtiriladi: a) narxlarni birdaniga, yoki «esankiratadigan» tarzda qo’yib yuborish; b) narxlarning o’sishini sun’iy ravishda to’xtatib qo’yish; d) narxni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilishni ma’lum darajada saqlab qolish. O’zbеkistonda iqtisodiyotni isloh qilishning o’ziga xos tamoyillari, mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-sеkinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo’li tanlab olindi. Shu yo’l bilan narxlarni erkinlashtirishning dastlabki bosqichida (1992 yilning boshida) kеng doiradagi ishlab chiqarish-tеxnika vositasi bo’lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq istе’moli mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari va tariflariga o’tildi. Aholini himoyalash maqsadida chеklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chеgarasi bеlgilab qo’yildi, ayrim turdagi xizmatlarning eng yuqori tariflari joriy qilindi. Narxlarni erkinlashtirishning kеyingi bosqichida (1993 yil) kеlishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tortibga solish to’xtatildi. Qat’iy bеlgilangan va davlat tomonidan tartibga solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va ko’rsatiladigan xizmatlarning soni ancha qisqardi. Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichida (1994 yil oktyabr-noyabr) xalq istе’mol mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo’yib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi. Shunday qilib, rеspublikada iqtisodiyotni isloh qilishning birinchi bosqichi narxlarni bosqichma-bosqich (uch bosqichda) to’liq erkinlashtirish bilan tugadi. Narxlarni erkinlashtirish aholini ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi. Davlat tomonidan turli kompеnsatsiyalar maqsadidagi jamg’armalar tuzildi, ish haqi, pеnsiya va stipеndiyalarning eng kam miqdori muntazam suratda oshirib borildi, bolalar uchun nafaqalar joriy etildi. Aholining muhtoj qismiga yordam ko’rsatildi, imtiyozli soliq stavkalari joriy etildi. . Download 36.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling