Moliyaviy hisob fanining predmeti va tamoyillari


Hisobotni tuzishga tayyorgarlik ko‘rish


Download 1.54 Mb.
bet3/3
Sana25.04.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1396450
1   2   3
Bog'liq
Hisobot

Hisobotni tuzishga tayyorgarlik ko‘rish Yillik va choraklik buxgalteriya hisobotlarini 0 ‘zbekiston Respublikasidagi qonunga asosan huquqiy shaxs hisoblangan korxonalar (investitsiyalari bilan ishlovchi korxonadan tash­ qari) mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tegishli tashkilotlarga topshirishlari lozim. Chet el investitsiyalari korxonasidan tashqari barcha kor­ xonalar chorak hisobotlarini kelgusi hisobot oyining 25 kuni- dan, yillik hisobotni esa keyingi hisobot yili 15-fevralidan kechiktirmay topshirishlari lozim. Chet el investitsiyalari bilan ishlaydigan korxonalar esa yillik hisobotni kelgusi hisobot yili 15-martidan kechiktirmay topshirishlari lozim. Yillik buxgalteriya hisobotiga 15-20 varaqdan ko‘p bo‘l- magan tushuntirish xati ilova qiUnadi.
Bu tushuntirish
xatida korxona faoliyati so‘nggi natijasiga ta’sir etgan asosiy omillar, koixona, buxgalter yillik hisoboti natijalari bo‘yicha qarorlar va sof foyda taqsimlanishi, buxgalteriya hujjatlari- ni tekshirish haqida auditor xulosasi ko‘rsatib o ‘tiladi. Agar yil boshiga boshlang‘ich balans o‘zgartirilgan bo‘lsa, u hol­ da tushuntirish xatida o‘zgartirish sabablari ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, unda hisobot yilidagidan boshqacha hisob siyo-  satini qo‘llashga qaror qilingan bo‘Isa, u haqida ham ma’lu­ mot beriladi. Buxgalteriya hisoboti shakllarida hamma ko‘rsatib o‘til- gan ko‘rsatkichlar aks ettiriladi. U yoki bu modda (qator) to‘ldirilmagan holda, agar ular korxonada tegishli aktivlar, passivlar, jarayonlar yo‘q bo‘lmagan, ishlatilmagan bo‘lsa, tegishli qatorga chizib qo‘yiladi.
Shakllar manzil qismi quyidagi tartibda to‘ldiriladi: Rekvizit «Korxona — korxona to‘liq nomi (ko‘rsatiladi tasdiqlangan hujjatlar asosida), (o‘matilgan tartibda ro‘y- xatdan o‘tkazilib, tasdiqlangan hujjatlar asosida) va uni kodi korxona va tashkilotlar umumittifoq guruhlashishiga (klassi- fikator) asosan ko‘rsatiladi (OKPO). Rekvizit. Tarmoq (faohyat turi) — tarmoq (ft) va uni kodi umumittifoq, xalq xo‘jaligi tarmoqlar, guruhlashishiga (OKONX) ko‘rsatiladi. Rekvizit. «Davlat mulkchiligining boshqaruvchi tashkilot» — bunda davlat yoki munitsipal korxona tarkibiga kiruvchi tashkilot nomi (agar bor bo‘lsa) va buxgalteriya hisoboti top-  shirilayotgan tashkilot ko‘rsatiladi. Rekvizit «Nazorat summasi» — korxonalar tomonidan to‘ldirilmaydi.
Chorak va yillik hisobotlami tuzishda investorlar, kredi­ torlar, aksiyadorlar, soliq inspeksiyalari, ta’sischilar, banklar, boshqaruvchi korxona va davlat qiziqishini hisobga olishi, xalqaro standartlar va 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti- ning amal qilayotgan ko‘rsatmalariga, 0 ‘zbekiston Respub-likasi Moliya Vazirligining 1996-dagi « 0 ‘zbekiston Respub­ likasida buxgalteriya hisobi haqida» gi 0 ‘zbekiston Respub­ likasi Qonuni, 0 ‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi, shuningdek, buxgalteriya hisob-kitoblar, hisoblar va hisobot- lar masalasiga tegishli ko‘rsatmalar va Prezident qonunlari talabiga javob berishiga e’tibor berish lozim. Korxona ichki bo‘limlari faoliyati hisobot shakllari ko‘rsatkichlarida ko‘rsatilishi lozim. Buxgalteriya hisobotini tuzishda hisob vaqti bo‘lib, hisobot davri so‘nggi kalendar kuni hisoblanadi. Yangi tuzilgan korxona hisobotda mablag‘ va ular manbalarini (sotib ohsh, olish qiymatida) o‘rnatilgan tartibda ular ro'yxatdan o‘tgan oy 1- kunidan, hisobot yili 31-dekabriga 1- davrga tuzadilar.
Hisobot yili 1-oktabridan keyin tuzilgan korxona esa 31-dekabrgacha bo‘lgan davrga hisobot tuzishdan ozod qilingan, ammo bu ko‘rsatilgan tartib yo‘qotilgan (boshqatdan tashkil qilingan) korxonalar asosida tuzilgan korxonalarga tegishli emas. Korxona balans moddalari aktiv va passivlari o ‘tkazilgan inventarizatsiyaga asoslangan bo‘lishi lozim. Bunda yillik hi­ sobotni tegishli organlarga topshirguncha doimiy amalda ish- lovchi inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya natijasida boyliklar haqiqiy holati bilan buxgalteriya hisobi ma’lumot­ lari farqini tartibga solishi lozim. Shuningdek, tekshirish da- lolatnomalari yoki o ‘zaro hisob-kitoblar qoldig‘ini tasdiqlash xatlari bilan rasmiylashtiriladigan debitorUk va kreditorlik qarzlari ham inventarizatsiya qilinishi lozim.
0 ‘tkazilgan inventarizatsiyalar soni va natijalari, shuning­ dek, agar o‘tkazilmagan bo‘lsa, sabablari yillik hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish xatida ko‘rsatib o‘tilishi kerak. Balansdagi moliyaviy, soliq tashkilotlari, bank muassasa- lari bilan hisob-kitob bo'yicha moddalar summalari, ular bilan kelishilgan bo‘lishi lozim. Shu hisob-kitob bo‘yicha balansda tartibga solinmagan summalarga yo‘l qo'yilmaydi. Korxona balansida hisobot ma’lumotlari bilan oldingi yil te­gishli davri ma’lumotlarini hisob siyosatidagi o‘zgarishlami (agar ular ro‘y bergan bo‘lsa) hisobga olgan holda sohshtirish ta’minlangan bo‘lishi kerak. Buxgalteriya hisoboti va balansida hech qanday tuzatish- lar, xatoliklar bo‘lmasligi kerak. Xatolar tuzatilgan holda, hi­sobot va balansga imzo chekkan shaxs, tuzatilgan muddatni ko‘rsatib, tegishli so‘zlami yozadi.
Hisobot ma’lumotlarining joriy yilda shuningdek o‘tgan yillar(ular tasdiqlangandan so‘ng)da xatoliklar aniqlansa, hi­ sobotda tuzatiladi, tuzatishlar hisobot davri ma’lumotlariga ham kiritiladi (choraklik, yil boshidan). Yillik buxgalteriya hisobotini tekshirish davomida daro- madlami yashirish yoki moliyaviy natijani muomala xara- jatlarga tegishli bo‘lmagan xarajatlami unga qo‘shish yo‘li kamayishi aniqlansa, oldingi yil buxgalteriya hisobi va hiso- botida tuzatish kiritilmaydi, balki qaysi tegishli hisobvaraqa- da aniqlangan bo‘lsa, shu hisobvaraqa bilan korrespondensi- yalanib, joriy yildan o‘tgan yil foydasi sifatida aks ettiriladi. Hisobot ma’lumotlarini ko‘rsatib o‘tilgan tuzatish tartibi, korxona va boshqa tashkilot tekshirish va inventarizatsiya natijasida aniqlangan xatoliklami tuzatishda qo‘llaniladi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, yillik hisobotni tuzishdan ol- din tayyorgarlik ishlari ko‘riladi va hisobot ma’lumotlarining to‘g‘riligini ta’minlash maqsadida korxonada inventarizatsi­ ya o'tkaziladi.
Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling