Moliyaviy hisob Kurs ishi Mavzu: Korxonalarda davr xarajatlari hisobini tashkil qilish masalalari Bajardi
Korxonalarda davr xarajatlari hisobini boshlang‘ich hujjatlarda va hisob registrlarida aks ettirilishi
Download 109.81 Kb.
|
korxonalarda davr xarazhatlari hisobini tashkil qilish masalalari
4. Korxonalarda davr xarajatlari hisobini boshlang‘ich hujjatlarda va hisob registrlarida aks ettirilishiO‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi o‘g‘risida»gi onunining 9moddasi «Boshlang‘ich hisob ujjatlari» deb nomlanib, unda asosiy rekvizitlar bilan birga hujjatni tuzgan shaxsning javobgarligi hamda tasdiqlanmagan o‘zgartirishlar kiritish man etilishi ta’kidlangan. Buxgalteriya hisobida hujjatlashtirish jarayoni ahamiyati yuqori bo‘lib, uni hisob prinsiplari qatorida keltirish mumkin. Demak, buxgalteriya hisobining xususiyatlari va usullaridan biri har bir xo‘jalik operatsiyasini hujjatlarda rasmiylashtirishdir. Hujjatlar- bu amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarining yozma holdagi isboti. Buxgalteriya hisobida hujjat deb, bo‘lib o‘tgan xo‘jalik operatsiyasini yozma holda isbot etish uchun rasmiylashtirilgan ma’lum rekvizitli blankka aytiladi. Xo‘jalik operatsiyasini yoppasiga hujjatlashtirish buxgalteriya hisobining muhim xususiyatlaridan biridir (3-chizmaga qarang). 3-chizma. Buxgalteriya hisobida davr xarajatlari ma’lumotlari umumlashtirilish bosqichlarishshg piramidali ifodasi Davr xarajatlari muomalalarining buxgalteriya hisobi operatsiyalar amalga oshirilganligini qayd etuvchi boshlang‘ich hisob hujjatlari va ularning o‘tkazishga doir farmoyishlar asos bo‘ladi. Ya’ni barcha xo‘jalik opersiyalari boshlang‘ich hujjatlarda aks ettirilishi shart. Shu yo‘l bilan davr xarajatlari muomalalarini buxgalteriya hisobiga olish dastlabki hujjatlar orqali amalga oshiriladi. Boshlang‘ich hisob hujjatlari xo‘jalik operatsiyalari amalga oshirilayotgan vaqtda yoki operatsiyalar amalga oshirilib bo‘linganidan keyin tuziladi. Hisobot davriga tegishli bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalari, agar ular amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bo‘lsa, tegishli boshlang‘ich hujjat rasmiylashtirilib, buxgalteriya hisobida aks ettpriladi25. Davr xarajatlarining dastlabki hujjatlashtirish tarkibi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi: 1. xo‘jalikning sotish xarajatlarini boshlang‘ich hujjatlarda aks ettirish jarayoni; 2.ma’mury-boshqaruv faoliyati xarajatlarini dastlabki hujjatlash-tirilishi jarayoni; umumxo‘jalik xarajatlariningbirlamchi hujjatlashtirilishi tartibi: innovatsion ahamiyatga doir, kelgusi davr soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlarning dastlabki hujjatlashtirilishi tarkibidan iborat. Mazkur yo‘nalishlardagi hujjatlashtirish tartibi va tarkibi yuqorida keltirilgan jarayonlarning hususiyatlariga bog‘liq tarzda bir-birlaridan farqlanishadi va ayni vaqtda umumiy ahamiyat kasb etishadi. Davr xarajatlari yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilgan opresiyalarni ifodalovchi boshlang‘ich hujjatlardagi ma’lumotlar buxgalteriyaga ke.lib tushadi, so‘ng analitik hisob schotlarida jamlanilib, yig‘indi sifatida sintetik hisob schotlarida umumlashtiriladi. Davr xarajatlarini buxgalteriyada hisobini yuritish uchun, 21-sonli BXMS26ga muvofiq 9400-«Davr xarajatlari hisobi schotlari» tranzit schoti belgilangan. Mazkur hisob schoti ma’lumotlari quyidagi subschotlar orqali umumlashtiriladi va nazoratga olinadi: 9410-«Sotish xarajatlari»; 9420-«Ma’muriy xarajatlar»; 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar»; 9440-«Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari (xarajatlarning turlari bo‘yicha)». Keltirilgan davr xarajatlarining tarkibiy schotlari xarajat moddalari bo‘yicha analitik schotlarga ham ega. Vaholanki, ularni har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyat yo‘nalishlariga ko‘ra mustaqil belgilash huquqiga ega. Davr xarajatlarini schotlarda ikki yoqlama yozuvlar vositasida aks ettirish, dastlabki hujjatlar asosida tuzilgan oraliq hujjatlar ma’lumotlari ko‘rsatkichlariga tayanadi. Boshqacha qilib tasvirlasak, oraliq hujjatlar xo‘jalik opresiyalarini qayd qilib boruvchi buxgalteriya hisobi schotlaridagi ikki yoklama yozuvlarning hujjatlarda ifodalanib borishidir. Jumladan, davr xarajatlarini boshlang‘ich hujjatlarda aks ettirlishidan tortib, to hisobot tuzish davrgacha bo‘lgan jarayonini quyidagicha tasvirlashimiz mumkin. Davr xarajatlarini tashkil qiluvchi va bir kecha tegishli xarajat moddalaridan iborat xarajat guruxlarining har biri, hottoki, tegishli opresiyalarni aks ettiruvchi xarajat moddalarining dastlabki hujjatlashtirilish jarayoni hususiyatlariga ko‘ra bir-birlaridan farqlanishadi. Ushbu hujjatlashtirish tizimi jarayonini davr xarajatlarining tarkibiy guruxlaridan biri sanalgan 9420-«Ma’muriy xarajatlar». Jumladan, ma’muriy xarajatlarning nazoratini kuchaytirish va hisobini yuritishdagi aniqlikni ta’minlash maqsadida 21-son BXMSning 9420-«Ma’muriy xarajatlar» schotiga quyidagi analitik schotlarni kiritishni tavsiya qilamiz: 9421-«Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlar»; 9422-«Mehnatga haq to‘lash fondidan ajratmalar»; 9423-«Umumma’muriy asosiy vositalarning amortizatsiyasi bo‘yicha xarajatlar»; 9424-«Umumma’muriy asosiy vositalarning ijarasi bo‘yicha xarajatlar»; 9425-«Umumma’muriy asosiy vositalarni sug‘urtalash xarajatlari»; 9426-«Umumma’muriy nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi bo‘yicha xarajatlar»; 9427-«Yuqori tashkilotlarni saqlash xarajatlari»; 9429-«Boshqa ma’muriy xarajatlar». Foizlar ko‘rsatkichlaridan ma’lumki, tilga olingan xarajat moddalari umumiy miqdorning deyarli yarmidan iborat. Xarajat moddalaridan birini tashkil qiluvchi hamda mineral o‘g‘it ishlab chiqaruvchi korxonaining davr xarajatlari miqdorida salmoqli ulushga ega bo‘lgan 9421-«Mexnatga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlar» analitik schoti hisob-kitoblarini hujjatlarda to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirish boshqaruv samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’muriy xodimlarga ish xaqi hisoblash jarayonini hujjatlashtirish tartibini uch bosqichga ajratish mumkin. Ya’ni: hisob muomalalarini boshlang‘ich hujjatlarda aks ettirish; dastlabki hujjatlar umumlashmasi natijasi sanalgan oraliq hujjatlashtirish; natijaviy hujjat-hisobotdan iborat. Ma’muriy xodimlarga ish xaqi hisob-kitobi jarayonini hujjatlash-tirishga asos bo‘luvchi dastlabki hujjatlar sirasiga: xodimlar shtat jadvali, xodimning ishga qatnashishini ro‘yxatga olish tabeli, turli hildagi mukofotlashga asos hisoblanuvchi raxbariyat buyruqlari, bemorlik varaqasi, daromad solig‘i shkalasi kiradi. Mazkur hujjatlashtirish ish xaqi hisoblashning birinchi bosqichini tashkil qiladi. Ikkinchi bosqichda ish xaqi hisoblanganligini aks ettiruvchi oraliq ishlanma jadval tuzilib, unda ish xaqiga nisbatan turli hildagi ushlanmalar ifodalanadi. Va nihoyat uchinchi bosqichda oraliq hujjatdagi umumlashma ma’lumotlar hisobot shakllariga o‘tkaziladi. Xodimlar bilan hisob-kitoblarni tahliliy (analitik) hisobga olish, shuningdek, mehnatga haq to‘lash fondini hisobga olish mehnatni va ish haqini hisobga olishga doir amaldagi qoidalarga muvofiq bajariladi. Alohida hisob-kitob (hisob-kitob-to‘lov) qaydnomalari ma’lumotlari korxona bo‘yicha mehnatga hak to‘lash fondidan foydalanishni va statitik hisobotni tuzishni nazorat qilishni ta’minlaydigan bandlarda umumlashtiriladi. Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarni sintetik hisobga olish (6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar») bir necha jurnal orderda amalga oshiriladi. Masalan: ish haqi va hokazolarni hisoblab yozish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar (6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar» schoti krediti bo‘yicha qaydlar) korxonalarda 10-jurnal-order (0200-«Asosiy vositalarning eskirishi», 0500-«Nomoddiy aktivlarning eskirishi», 1000-«Materiallar», «Arzon baholi va tez eskiradigan buyumlar», «Arzon baholi va tez eskiradigan buyumlarning eskirishi», 2000-«Asosiy ishlab chiqarish», 2100-«O‘zi ishlab chiqargan yarim tayyor mahsulotlar», 2300-«Yordamchi ishlab chiqarish», 2500«Umumiy ishlab chiqarish xarajatlari», 2600-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar», 3100-«Kelgusi davr xarajatlari», 6510-«Mulkiy va shaxsiy sug‘urta bo‘yicha hisob-kitoblar», 6710-«Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisobkitoblar», 9430-tarkibidagi «Boyliklarning ishdan chiqishi natijasida kamomadlar va yo‘qotishlar» schotlari krediti bo‘yicha.) va 15-qaydnomada aks ettiriladi. 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar» schoti bo‘yicha ish haqini to‘lashga doir operatsiyalar va boshqa debet oborotlari 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar» schoti bilan o‘zaro bog‘liq schotlar krediti bo‘yicha oborotlarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan jurnal-orderlarda aks ettiriladi. Hisob-kitob (hisob-kitob-to‘lov) qaydnomalari ma’lumotlarini jamlash (bir joyda ifodalash) uchun «Hisoblangan ish haqini uning tarkibi va toifalari bo‘yicha jamlash, ma’muriy xodimlar, xizmatchilar va asosiy faoliyat xodimlari bilan hisob- kitoblarnk jamlash» ishlanma jadvalidan foydalanish mumkin. Ishlanma jadvalda sanab o‘tilgan xodimlar guruxi xo‘jalikdagi xodimlar strukturasini tashkil etadi. Eslatib o‘tish joiz, xodimlar strukturasi deyilganda, butun xodimlar tarkibida ayrim soxadagi xodimlarning salmog‘i tushuniladi. Jumladan, xodimlar strukturasi tarkibida boshqaruv xodimlarini ajrata olish, xo‘jalikda tasdiqlangan xodimlar ro‘yxati jadvalida belgilangan tarkib asosida amalga oshiriladi. Hisoblangan ish haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni jamlash qaydnomasi amaliyotda ko‘pgina xo‘jaliklarda, buxgalteriya hisobi avtomatlashtirilgan holda yuritilsada, hisobchi xodimlar tomonidan qo‘lda, «ish haqini hisoblash kitobi» standart formasida olib boriladi. Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblarni yuritish jadvali elektron hisoblash mashinalari yordamida avtomatlashgan holda bajarilishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda ish haqi bo‘yicha faqatgina boshlang‘ich hujjatlardagi ma’lumotlar kiritiladi. Bajarilishi lozim bo‘lgan qolgan barcha hisob-kitoblar avtomatlashgan holda mustaqil yuritiladi. Xususan, unda ushlanadigan soliqlar va majburiy to‘lovlar uchun analitik hisobni ham, davomi sifatida qo‘shib olib borilishini alohida ta’kidlash joiz. Ushbuavtomatlashgan programma xo‘jaliqsa xodimlarning ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblarni yurituvchi hisobchi xodimlarning mehnat samaradorligini oshiradi, vaqtni tejaydi, shu bilan birgalikda mazkur vazifani boshqa hisobchi xodimlarga biriktirish asosida ma’muriy xarajatlarning hisob apparati xodimlari qisqarishi evaziga kamaytirilishiga erishish mumkin. Demak, buxgalteriya hisobi avtomatlashgan holatda yuritilganda ham umumxo‘jalik ahamiyatiga ega yoki xo‘jalik bo‘limlarida amalga oshirilgan davr xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, dastlabki hujjatlar hamda oraliq jadvallar asosida, mazkur xarajatlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan 15-qaydnomada 9400-«Davr xarajatlari» schotida aks ettiriladigan xarajatlar hisobga olinadi. 9400-«Davr xarajatlari» schoti debetida aks ettiriladigan xarajatlar qaydnomada tahliliy hisob va bog‘lanuvchi schotlar moddalari bo‘yicha ko‘rsatiladi, bu xil xarajatlarning kassadan, bank yokn hisobdor shaxslar orqali amalga oshiriladigan summalari hamda chet tashkilotlar xizmatlari va tayyor buyumlar qiymati bunga kirmaydi. Tayyor buyumlar 15-qaydnomada faqat tahliliy holatda keltiriladi, o‘zaro bog‘lanuvchi schotlar bo‘yicha ajratib ko‘rsatilmaydi. 9400-«Davr xarajatlari» schoti bo‘yicha oborotlarni yozish uchun 12-«Sexlar bo‘yicha umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish» qaydnomani to‘ldirishda foydalaniladigan hujjatlar va hisob-kitoblarning o‘zi asos bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur qaydnomaning maxsus bo‘limida 9400-«Davr xarajatlari» schoti krediti bo‘yicha oborotlar keltiriladi. Iqtisodchi olimlar tomonidan davr xarajatlarining tarkibiy guruhlari bo‘lgan: sotish xarajatlari, ma’muriy xarajatlar va umumxo‘-jalik xarajatlarini alohida-alohida hisob registrlarida yuritish orqali, ushbu xarajatlarni to‘g‘ri yuritish imkoniyatini hosil qilish bo‘yicha taklif berilgan27. Bizning fikrimizcha, yuqorida keltirilgani kabi, xar bir xarajat guruxiga alohida hisob registrini ochish, ortiqcha hujjatlar aylanishini keltirib chiqarib, hisobchi hodimlar mehnatini oshirish orqali ish smaradorligini pasayib ketishiga olib keladi. Vaholanki, davr xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtiruvchi va amalda qo‘llanilayotgan 15-qaydnomaning hozirgi holati ham davr xarajatlarining har bir xarajat guruxlari bo‘yicha, hattoki xarajat moddalari bo‘yicha ma’lumotlarni aks ettirish imkoniyatiga ega. Shunday ekan, bizningcha, xarajat guruxlari uchun alohida hisob registrlarini ochmasdan, balki 15-qaydnomani hozirgi holatida saqlash yoki boshqa maqsadlar yo‘lida takomillashtirish mumkin. Davr xarajatlarini hujatlashtirish tizimini bugungi kunda ham takomillashgan darajaga erishgan deb bo‘lmaydi. Chunki, korxonalardagi davr xarajatlari xo‘jalik bo‘yicha umumiy tarzda yig‘iladi va moliyaviy natija hisobidan qoplanadi. Bizningcha, davr xarajatlarining nazoratini kuchaytirish va maqsad-liligini ta’minlash uchun yuzaga kelish joylari va xarajat markazlari bo‘yicha ham hisobini, hujjatlashtirish tizimini shakllantirish zarur. Ushbu tartib moliyaviy natijaning yuqori yoki pastligiga qanday omillar salbiy yoki ijobiy ta’sir etganligiga, kaysi moddada kamroq xarajat qilib yaxshiroq natijaga erishganiga, zaruriy chora va tadbirlarni qo‘llashga, rahbariyatni real va tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlashga va xo‘jalik to‘g‘risida ma’lumotlardan tashqi foydalanuvchilar tomonidan to‘g‘ri baho berish imkonini beradi. Download 109.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling