Moliyaviy hisob va hisobot


Moliyaviy investitsiyalar


Download 140.87 Kb.
bet3/12
Sana27.01.2023
Hajmi140.87 Kb.
#1133661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
23.07.2022 HISOBOT

Moliyaviy investitsiyalar — xo‘jalik yurituvchi subyekt tasarrufidagi (foiz, royalti, dividend va ijara haqi shaklida) daromad olishga mo‘ljallangan, investitsiya qilingan kapital qiymatining ortishi yoki investitsiya qiluvchi kompaniyaning boshqa naf olish uchun foydalanadigan aktivlar.
Qisqa muddatli (joriy) investitsiyalar — muomalada bo‘lish muddati 12 oydan oshmaydigan oson realizatsiya qilinadigan investitsiyalar.
Uzoq muddatli investitsiyalar — qisqa muddatli (joriy) investitsiyadan tashqari barcha investitsiyalar.
Ko‘chmas mulkka investitsiya — investitsiya qiluvchi subyektning yoki investitsiya qiluvchi subyekt guruhiga kiruvchi boshqa subyektning ishlab chiqarish faoliyati davomida foydalanilmaydigan yer maydonlariga yoki imoratlarga investitsiyalar.
Joriy qiymat — bir-biriga qaram bo‘lmagan, lekin sotib olishni xohlagan xabardor xaridor bilan sotishni xohlayotgan xabardor sotuvchi o‘rtasida aktiv almashtiriladigan summa.
Bozor qiymati — bu investitsiyalarning aktiv bozorda aniqlanadigan summasi.
Bozordagi — bozor qiymati(yoki bozor qiymatini hisoblash imkonini beradigan boshqa biror ko‘rsatkich) aniqlanadigan aktiv bozorning mavjudligini bildiradi.
15900-“So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog'ozlarga qilingan investitsiyalar” «Investitsiyalar» hisobvaraqlarida bank tomonidan investitsiya maqsadlariga uzoq muddatli asosda sotib olingan qimmatli qog'ozlaming hisobi yuritiladi. Uzoq muddatli obligatsiyalar va boshqa uzoq muddatli qarz majburiyatlari odatda ulaming to‘lov muddati kelgunga qadar bankning foizli daromadining doimiy oqimi bilan ta'minlash uchun hisobvaraqlarida hisobda turadi.
Aktsiyalarga qilingan investitsiyalaming hisobi bank tomonidan tijorat faoliyati uchun sotib olingan 10700- «Oldi-sotdi qimmatli qog'ozlari» hisobvaraqlarida hisobga olinadigan aktsiyalardan tashqari barchasi 15913-«Korxonalaming qarz qimmatli qog'ozlari» hisobvarag'ida hisobga olinadi. Uzoq vaqt davomida egalik qiladigan aktsiyalar bankka o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, korxonalaming faoliyati va hisob siyosatining shakllanishiga ta'sir ko'rsatish imkonini beradi. Ulaming analitik hisobi sotib olingan qimmatli qog'ozlaming turlari va muddatlari bo'yicha hamda emitentlar bo'yicha alohida yuritiladi.
Sotib olingan qimmatli qog'ozlar xarid qiymati bo'yicha hisobga olinadi, unga ulami xarid qilish bilan bog'liq barcha xarajatlar (brokerlik va birja vositasi haqi va x.k.) shu jumladan, ko'zda tutilmagan xarajatlar kiritiladi va quyidagi buxgalteriya hisobi yozuvi amalga oshiriladi:
Dt 15900-“So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog'ozlarga qilingan investitsiyalar” hisobvarag'i,
Kt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar” yoki 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag'i.
Aktsiyadorlik jamiyatlarining aktsiyalariga obuna bo'lishda bank aktsiyalar qiymatining bir qismini to'lashi mumkin. Aktsiyalar qiymati va obuna bo'yicha kiritiladigan to'lov summasi o'rtasidagi farq summasi aniqlanadi va ular quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
Dt 15913- «Korxonalaming qarz qimmatli qog'ozlari» hisobvarag'i - aktsiyalar narxi,
Kt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” - to'lov summasi va 29826- “Aktsiyalar uchun obuna mablag'ini to'lash - Xususiy kapitalni” -obuna paytidagi aktsiya narxi hamda obuna to'lovi farqi sifatida hisobga olinadi. Bank obuna bo'yicha qolgan summani to'laganda:
Dt 29826- “Aktsiyalar uchun obuna mablag'ini to'lash - Xususiy kapitalni” hisobvarag'i,
Kt 16103-“Bosh bank / filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo’yicha olinadigan mablag’lar” yoki 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag'i.




Download 140.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling