Moliyaviy hisobot auditining maqsadi va uning asosiy tamoyillari.(200-son axs) Moliyaviy hisobot auditi fanining maqsadi, vazifalari va me’yoriy-huquqiy asoslari. «Moliyaviy hisobot auditi»
Auditorlik tekshiruvi jarayonida moliyaviy hisobotni baholash mezonlari
Download 21.41 Kb.
|
200 son Bolbekov Humoyun
2. Auditorlik tekshiruvi jarayonida moliyaviy hisobotni baholash mezonlari
Dalillarni olish jarayonida auditor qanday materiallarni nima maqsadda tekshirayotgani haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishi zarur. Shundan so‘ng auditor auditorlik amaliyotida auditorlik dalillarini yig‘ishni tezlashtirish uchun tasodifiy xatolarni ma’lum mezonlar tizimini qo‘llab, baholashga majbur. Quyidagi 1.2-jadvalda moliyaviy hisobot moddalarini baholash mezonlari keltirilgan. 1.2-jadval Moliyaviy hisobot moddalarini baholash mezonlari
Mavjudlik mezonlarini, odatda buxgalteriya hisoblari (hisobraqamlari) bo'yicha saldoni tekshirish yo'li bilan tasdiqlash mumkin. Masalan, kassadagi pul mablag‘larining inventarizatsiyasi natijalari hisobot sanasiga pul mablag‘lari mavjudligi haqida auditorlik dalilini olish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Kelib chiqishining aniqligi mezoni buxgalteriya hisobi aylanma hisobraqamiga tegishli, chunki aylanmalar mijozning xo‘jalik hayoti faktlarini ro‘yxatga oladi va tavsiflaydi. Huquq va majburiyatlar mezoni mijozning aktivlari va passivlarini yuridik (huquqiy) jihatdan rasmiylashtirishga tegishli. Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyektning balansida aks etgan passiv yuridik kuchga ega bo‘lgan shartnomalar, kontraktlar, to‘lov va tovar hujjatlari yoki boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim. To‘lalik mezoni auditorning amaliy faoliyatida etarlicha murakkab realizatsiya qilinadi, chunki buxgalteriya hisobraqamlari saldo va aylanmalari asosidagi tekshiruvida etarlicha ishonch bilan hamma xo‘jalik muomalalari hisobga olingan, deyish qiyin. Qoidaga ko‘ra, ushbu mezonning tasdiqlanishi ikki shartning belgilanishi bilan bog‘liq: hisobga tegishli hamma muomalalar buxgalteriya hisobi registrida aks etganmi va hisob registriga kiritilgan hamma saldo hamda aylanmalar to‘liq hajmda moliyaviy hisobotga kiritilganligi. Buxgalteriya hisobotlarini baholanishi mezonlariga mos kelishini aniqlashda hisobotning hamma moddalari me’yoriy hujjatlar talablari va mijoz tomonidan tanlangan “Hisob siyosati” talablariga muvofiq baholanganligini tasdiqlash kerak. Shuningdek, auditor baholashning qo‘llangan variantini moliyaviy hisobot tuzish masalalari nuqtai nazaridan asoslanganligini tasdiqlashi lozim. Aniqlik mezoni buxgalteriya hisobida mijozning xo‘jalik yuritish faoliyatining vaqtinchalik aniqlangani faktlari qo‘yib yuborilganligi qabul qilingani bilan bog‘liq, ya’ni bu faktlar ular haqiqiy o‘rniga ega bo‘lgan hisobot davriga tegishli. Hisobotlarni taqdim va oshkor qilish mezonlariga mos kelishini aniqlashda alohida ko‘rsatkichlarga nisbatan o‘zaro aloqador ko‘rsatkichlar kompleksi sifatida hamma buxgalteriya hisobotlariga ham isbotlanishga ega bo‘lishi kerak. Download 21.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling