Aylanma kassada yakun chiqarish tartibi
Download 0.62 Mb.
|
AYLANMA KASSADA YAKUN CHIQARISH TARTIBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aylanma kassa tushunchasi
- Aylanma kassada yakun chiqarish tartibi
AYLANMA KASSADA YAKUN CHIQARISH TARTIBITayyorlovchi: 7bi-20 guruh talabasiomonturdiyev zokirREJA:
Aylanma kassa tushunchasiAylanma kassa — bank ish kuni davomida kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olish, sanab-saralash, o‘rab-bog‘lash hamda ularni boshqa qimmatliklardan alohida saqlash va chiqim qilish uchun bank kassa tarmog‘ida tashkil etilgan kirim va chiqim kassalari yoki kirim-chiqim kassasi;Aylanma kassa bank binosida tashkil etilib, bank mijozi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kassa xizmatlarini ko‘rsatadi hamda unga tegishli bo‘lgan barcha banknot va tangalar hisobi 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘ida yuritiladi.Aylanma kassada yakun chiqarish tartibiBank tomonidan kassa xizmati ko‘rsatilayotgan mijozlarning soni va bajarilayotgan kassa operatsiyalarining hajmidan kelib chiqqan holda bank kassa tarmog‘ida kirim va chiqim kassalari yoki birlashtirilgan holda kirim-chiqim kassasi tashkil etilishi mumkin.Bank aylanma kassasida bajarilgan kassa operatsiyalari bo‘yicha har bir bank ish kuni oxirida yakun chiqarilishi lozim. Buning uchun ish kuni yakunida kirim va chiqim kassalari kassirlari, to‘liq bo‘lmagan dasta va bog‘lamlardagi naqd pullarni kassa mudirining ko‘rsatmasiga binoan kassirlardan biriga birlashtirish uchun topshiradi. Bunda, naqd pullar qoldig‘ini topshirayotgan kassir o‘zining 155-shakldagi kitobiga topshirilayotgan naqd pullar summasini qayd etadi hamda qabul qilib oluvchi kassirga imzo qo‘ydirgan holda naqd pullar qoldig‘ini unga topshiradi.Kassirlar tomonidan joylangan tangali qopchalar va paketlar boshqa (tangalar qoldig‘ini jamlayotgan) kassir tomonidan donalab sanalmasdan, qopcha ustidagi va paket ichidagi yozuvlariga qarab jamlanadi.Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling