Aylanma kassada yakun chiqarish tartibi

qayta sanash kassasi kassirlaridan qabul qilib olgan naqd pullari summasini 176-shakldagi nazorat qaydnomasida qayd etilgan umumiy summaga mos ekanligini tekshirib ko‘rishi lozim

Download 0.62 Mb.
bet3/4
Sana26.01.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1129305
1   2   3   4
Bog'liq
AYLANMA KASSADA YAKUN CHIQARISH TARTIBI

qayta sanash kassasi kassirlaridan qabul qilib olgan naqd pullari summasini 176-shakldagi nazorat qaydnomasida qayd etilgan umumiy summaga mos ekanligini tekshirib ko‘rishi lozim.

185. Tafovutlar aniqlanmasa, kassa mudiri qayta sanash, kirim va chiqim kassasi kassirlaridan qabul qilib olgan naqd pul summalari, 109 va 110-shakldagi ma’lumotnomalari hamda 176-shakldagi nazorat qaydnomasi asosida mazkur Yo‘riqnomaning 28-ilovasida ko‘rsatilgan 111-shakldagi kunlik kassa aylanmalari bo‘yicha yig‘ma ma’lumotnomani to‘ldirib, imzolaydi. So‘ngra, 109, 110 va 111-shakldagi ma’lumotnomalarni bosh buxgalterga taqdim etadi.

Bosh buxgalter 111-shakldagi ma’lumotnomaning umumiy summalarini 109 va 110-shakldagi ma’lumotnomalardagi yozuvlar bilan, shuningdek, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari (kirim va chiqim kassa jurnalidagi yozuvlar hamda kirim va chiqim kassa hujjatlari asosida haqiqatda amalga oshirilgan buxgalteriya o‘tkazmalari summalari) bilan taqqoslaydi. Tafovutlar aniqlanmasa, kassa mudirining 111-shakldagi ma’lumotnomasi bosh buxgalter tomonidan imzolanadi hamda 109 va 110-shakldagi ma’lumotnomalar bilan birga kassa mudiriga qaytariladi.

Bank ish kuni oxirida aylanma kassada qoladigan banknot va tangalarning umumiy summalari, 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘idagi naqd pullar qoldig‘i bilan taqqoslanishi lozim.

Bankning tegishli hisobvaraqlarida hisobi yuritilayotgan naqd pullari, pul omborida bir-biridan ajratilgan holda, alohida stellaj yoki seyflarda saqlanishi shart.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling