Aylanma kassada yakun chiqarish tartibi


Kassirlar tomonidan joylangan tangali qopchalar va paketlar boshqa (tangalar qoldig‘ini jamlayotgan) kassir tomonidan donalab sanalmasdan, qopcha ustidagi va paket ichidagi yozuvlariga qarab jamlanadi


Download 0,62 Mb.
bet2/4
Sana26.01.2023
Hajmi0,62 Mb.
#1129305
1   2   3   4
Bog'liq
AYLANMA KASSADA YAKUN CHIQARISH TARTIBI

Kassirlar tomonidan joylangan tangali qopchalar va paketlar boshqa (tangalar qoldig‘ini jamlayotgan) kassir tomonidan donalab sanalmasdan, qopcha ustidagi va paket ichidagi yozuvlariga qarab jamlanadi.

Bunda, turli qiymatdagi tangalar yig‘ma qopchaga nikel tangalar alohida, jez tangalar alohida joylanadi.

Bank ish kuni yakunida kirim va chiqim kassalari kassirlari, kun mobaynida to‘plangan kassa hujjatlarining umumiy sonini va umumiy summasini o‘zlarining 155-shakldagi kitobida qayd etadilar.

Shundan so‘ng, kirim kassasi kassiri 109-shakldagi ma’lumotnoma bilan birga, o‘rab-bog‘langan naqd pul qoldiqlari summasini o‘zining 155-shakldagi kitobiga qayd etgan va kassa mudiriga imzolatgan holda unga topshiradi.

Chiqim kassasi kassiri esa 110-shakldagi ma’lumotnoma bilan birga, o‘rab-bog‘langan naqd pul qoldiqlari summasini o‘zining 155-shakldagi kitobiga qayd etgan va kassa mudiriga imzolatgan holda unga topshiradi.

Kassa mudiri kirim, chiqim va qayta sanash kassasi kassirlaridan naqd pullarni, 109 va 110-shakldagi hisobot ma’lumotlarini va kassa hujjatlarini, shuningdek, qayta sanash kassasi nazoratchisidan 176-shakldagi nazorat qaydnomasini qabul qilib olganidan so‘ng:

kassirlarning 109 va 110-shakldagi ma’lumotnomalarida aks ettirilgan kirim va chiqim summalarini buxgalteriya bo‘limining mas’ul xodimlari tomonidan tekshirilgan holda imzolanganligini;

kassirlarning 109 va 110-shakldagi ma’lumotnomalarida qayd etilgan yozuvlarni kassa hujjatlariga muvofiqligini, bank ish kuni oxiriga naqd pullar qoldig‘ini kassirlarning 155-shakldagi kitobida qayd etilgan yozuvlarga mosligini ya’ni, to‘g‘ri hisoblanib, aniq aks ettirilganligini;

kassirlar tomonidan topshirilgan hujjatlar soni va summasi, ularning 109 va 110-shakldagi ma’lumotnomalarida qayd etilgan yozuvlarga mos kelishini;

kassirlar tomonidan topshirilgan hujjatlar soni va summasi, ularning 109 va 110-shakldagi ma’lumotnomalarida qayd etilgan yozuvlarga mos kelishini;


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling