Reja: 1. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining vujudga kelish sabablari va ularni boshqarishning zarurligi 2. Korxonalarda debitorlik qarzlarini boshqarish 3. Kreditorlik qarzlarini boshqarish 1. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining vujudga kelish sabablari va ularni boshqarishning zarurligi 1. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining vujudga kelish sabablari va ularni boshqarishning zarurligi Debitorlik qarzlarining oʻz vaqtida va toʻliq kelib tushishi har bir tadbirkorlik sub’ektining faoliyatining uzviyligi, uzluksizligi va samarali yuritilishiga xizmat qiladi. Bunda oʻz oʻzidan xaridor va mijozlarning oʻz majburiyatlarini belgilangan tartibda ta’minlashiga erishishga e’tibor qaratish talab etiladi. Chunki debitorlik qarzlarining oʻz vaqtida kelib tushmasligi korxona va tashkilotlarda pul mablagʻlariga defitsitni yuzaga keltiradi. Natijada esa joriy faoliyatni moliyalashtirish uchun korxonaning aylanma aktivlarga boʻlgan ehtiyoji oshadi va oʻz navbatida kreditorlik qarzlarini oʻz vaqtida qoplay olmaslik natijasida toʻlovga qobiliyatlilik darajasi pasayishiga sabab boʻladi. Bundan koʻrinib turibdiki, har bir tadbirkorlik sub’ekti asosiy e’tiborini faqatgina debirorlik qarzlariga emas, balki kreditorlik qarzlariga ham qaratish zarurligi kelib chiqadi va keltirib oʻtilayotgan jihatlar korxonalar miqyosida debitorlik va kreditorlik qarzlarini boshqarishning zarurligini oʻzida ifodalaydi. Shuning uchun ham debitorlik va kreditorlik qarzlarini boshqarishda asosiy e’tibor ularning miqdor va vaqt jihatdan oʻzaro mosligini ta’minlashga qaratilishini ham qayd etib oʻtish zarur. Debitorlik qarzlarini boshqarishdan asosiy maqsad ularning kechikishiga yoʻl Debitorlik qarzlarini boshqarishdan asosiy maqsad ularning kechikishiga yoʻl
Do'stlaringiz bilan baham: |