Moliyaviy hisobot reja: Moliyaviy hisobotning maqsad va vazifalari Moliyaviy hisobotlarni tuzish tartibi
Download 29.97 Kb.
|
MOLIYAVIY HISOBOT(1)
O’z vaqtida taqdim etish. Hisobot axborotining asossiz darajada kechiktirilishi bilan u o’zining iqtisodiy ahamiyatini yo’qotadi. Axborotni o’z vaqtida taqdim etish uchun bitimning yoki boshqa voqeaning barcha jihatlari ma’lum bo’lgunga qadar hisobotga zarurat paydo bo’lishi mumkin, bu esa uning ishonchliligini buzadi. Boshqa tomondan, agar hisobot barcha jihatlar ma’lum bo’lgunicha kechiktirilsa, hatto eng ishonchli axborot ham foydalanuvchilarga katta foyda keltirmaydi, chunki ular ilgariroq qaror qabul qilishga majbur bo’ladilar. Ahamiyatlilik bilan ishonchlilik o’rtasida mutanosiblikka erishish maqsadida iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qanday qilib eng yaxshi tarzda qondirish masalasini hal etish kerak.
Aktivlar, xususiy sarmoya va majburiyatlar buxgalteriya balansida xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalarini aniqlash bilan bevosita bog’liq bo’lgan elementlaridir. Daromadlar va xarajatlar faoliyat natijalari to’g’risidagi hisobotda xo’jalik yurituvchi subyektning ko’rsatkichlarini aniqlash bilan bevosita bog’liq bo’lgan elementlaridir. Pul mablag’larining harakati to’g’risidagi hisobot faoliyat natijalari va buxgalteriya balansi elementlaridagi o’zgarishlar to’g’risidagi hisobotning elementlaridir. Aktivlar, majburiyatlar, xususiy sarmoya, rezervlar, daromadlar va xarajatlar moliyaviy holatni aniqlash bilan bevosita bog’liq elementlardir. Ular quyidagi tarzda aniqlanadi: 1. Aktivlar – subyekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir. 2. Majburiyatlar – shaxsning (qarzdorning) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayan ishni amalga oshirish, masalan, mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, pul to’lash va boshqa majburiyatlaridir yoxud muayan xatti-harakatdan tiyilib turish majburiyatidir, kreditor esa qarzdordan o’z majburiyatlarini bajarishini talab qilishga haqlidir; 3. Xususiy sarmoya – subyektning majburiyatlarni chegirib tashlagandan keyingi aktivlaridir; 4. Zaxiralar – kelgusida muayan xarajatlarga sarflanishi mumkin bo’lgan xususiy sarmoyaning bir qismidir; 5. Daromadlar – hisobot davrida aktivlarning ko’payishi yoxud majburiyatlarning kamayishidir; 6. Xarajatlar – hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud majburiyatlarning ko’payishidir; 7. Moliyaviy natijalar – xo’jalik yurituvchi subyektning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakunidir. Download 29.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling