Moliyaviy hisobot reja: Moliyaviy hisobotning maqsad va vazifalari Moliyaviy hisobotlarni tuzish tartibi


Download 29.97 Kb.
bet2/6
Sana10.02.2023
Hajmi29.97 Kb.
#1188331
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MOLIYAVIY HISOBOT(1)

Hisoblash. Daromadlar va xarajatlar buxgalteriya hisobida e’tirof etiladi va kelgan davrda tushishi yoki paydo bo’lishiga qarab (pul mablag’larini olish yoki to’lash asosida emas) moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi.
Ikkiyoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish. Ikkiyoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish deganda shu narsa tushuniladiki, xo’jalik yurituvchi subyektlar ikkiyoqlama yozuv tizimi asosida buxgalteriya operatsiyalarini qayd etishi kerak, ikkiyoqlama yozuv shundan iboratki, bitta operatsiya bo’yicha bitta summaning o’zi buxgalteriya hisobining ikkita hisobvaraqlarida - bittasining debetida va boshqasining kreditida aks ettiriladi.
Uzluksizlik. Xo’jalik yurituvchi subyekt uzluksiz ishlaydigan, ya’ni belgilangan kelajakda ishlashni davom ettiradigan subyekt deb hisoblanadi. Uning o’z faoliyatini tugatish yoki faoliyat ko’lamini ancha qisqartirish niyati ham, zarurati ham yo’q deb taxmin qilinadi.
Xo’jalik operatsiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan baholash. Barcha operatsiyalar va voqealar moliyaviy hisobotlardagi axborotlarni umumlashtirish maqsadida pul bilan baholanadi.
Ishonchlilik. Axborot, unda jiddiy xatolar va taxminlar bo’lmasa va unga foydalanuvchilar asoslanishsa, ishonchli bo’ladi. Operatsiyalar yoki voqealarning ishonchliligi boshlang’ich hisob-kitob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak.
Extiyotkorlik. Qarorlar qabul qilishda ehtiyotkorlik qoidasiga rioya qilish aktivlar va daromad qaytadan baholanmasligi, majburiyatlar yoki xarajatlar esa yetarlicha baholanmasligiga yo’l qo’ymaslik maqsadida noaniqlik sharoitida baho chiqarish uchun zarurdir.
Mazmunining shakldan uzunligi. Agar hisob-kitob hujjatlarida va moliyaviy hisobotda axborot operatsiyalar va voqealarning mazmunini ishonchli darajada aks ettirsa, bunday axborot uning huquqiy shakli bilangina emas, balki mohiyati va iqtisodiy realligi bilan muvofiq holda hisobga olinishi va taqdim etilishi zarur.
Ko’rsatkichlarning qiyosiyligi. Moliyaviy axborot foydali va mazmunli bo’lishi uchun, bir hisobot davridagi axborot boshqa hisobot davridagisi bilan qiyoslanadigan bo’lishi kerak. Foydalanuvchilar xo’jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalaniladigan hisob-kitob siyosatidan, ana shu siyosatdagi barcha o’zgarishlardan va shunday o’zgarishlarning natijalaridan xabardor bo’lishlari lozim.

Download 29.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling