Moliyaviy hisobot to‘g‘risidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi


Download 22.81 Kb.
bet2/6
Sana17.02.2023
Hajmi22.81 Kb.
#1205018
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Moliyaviy hisob

modifikatsiyalangan fikr — bu auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasida quyidagi shakllardan birida ifodalangan fikri: salbiy fikr, izohlar bilan fikr, fikr bildirishni rad etish;
moliyaviy hisobot — buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan hisobot.
2. Mazkur standart talablari auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda va auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini taqdim etishda barcha auditorlik tashkilotlari va auditorlar uchun majburiy hisoblanadi.
3. Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda auditorlik xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq auditning xalqaro standartlarini qo‘llashi mumkin.
2- Auditorlik hisoboti
Auditorlik hisobotining tarkibi
4. Auditorlik hisobotining tarkibi quyidagi qismlardan iborat:
nomi (“Auditorlik hisoboti” yoki “Auditorlik tashkilotining hisoboti”: ikkala nom ham teng ahamiyatli);
kirish qismi;
tahliliy qism;
yakuniy qism.
5. Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi bilan kelishgan holda, auditorlik hisoboti qo‘shimcha qismlardan ham iborat bo‘lishi mumkin.
6. Auditorlik hisobotining har bir beti raqamlangan, auditorlik tekshiruvini o‘tkazgan auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan bo‘lishi shart.
7. Auditorlik hisoboti buyurtmachining rekvizitlarini ko‘rsatgan holda auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga taqdim etiladi.
Auditorlik hisobotining kirish qismi
8. Auditorlik hisobotining kirish qismida quyidagilar bo‘lishi lozim:
auditorlik tashkilotining rekvizitlari, shu jumladan auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning raqami va sanasi;


auditorlik tekshiruvida qatnashgan auditorlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, auditor malaka sertifikatining sanasi va raqami) va boshqa shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun asos va auditorlik tekshiruvining shakli (majburiy yoki tashabbus tarzida);
auditorlik hisobotini tayyorlashda asos bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga havola;
auditorlarning auditorlik hisobotini tuzish bo‘yicha va xo‘jalik yurituvchi subyektning auditorlik tekshiruviga taqdim etilgan moliyaviy hisobot bo‘yicha javobgarligi;
auditorlik tekshiruvi o‘tkazilayotgan moliyaviy hisobotga (shakli va moliyaviy hisobot davrini ko‘rsatgan holda) va u bilan bog‘liq moliyaviy axborotga havola;
xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining umumiy tavsifi.

Download 22.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling