Moliyaviy hisobot to‘g‘risidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi
Download 22.81 Kb.
|
Moliyaviy hisob
Auditorlik xulosasining tarkibi
39. Auditorlik xulosasining tarkibiy tuzilmasi quyidagi qismlardan iborat: auditorlik xulosasining nomi; adresati; kirish qismi; qayd etish qismi; yakuniy qismi; auditorlik xulosasini berish sanasi; auditor (auditorlar) va auditorlik tashkiloti rahbarining imzosi, auditorlik tashkilotining muhri (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda). 40. Auditorlik tashkiloti modifikatsiyalangan fikr bildirgan taqdirda u auditorlik xulosasining majburiy elementlariga qo‘shimcha ravishda: mazkur Standartning 50-55-bandlariga muvofiq tartibda, alohida maxsus qismni kiritishi shart va u auditorlik tashkilotining fikrini ifodalovchi yakuniy qismdan oldin joylashtiriladi; mazkur Standartning 56-61-bandlariga muvofiq tartibda qo‘shimcha tushuntirish qismini kiritishi mumkin va u auditorlik tashkilotining fikrini ifodalovchi auditorlik xulosasining yakuniy qismidan keyin joylashtiriladi. 41. Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasi shaklining bir xilligiga rioya qilishi kerak. 42. Auditorlik xulosasining nomi, auditorlik tashkiloti tomonidan bildirilgan fikrdan kelib chiqib, quyidagilardan biri bo‘lishi lozim: ijobiy fikr bildirilgan auditorlik xulosasi; salbiy fikr bildirilgan auditorlik xulosasi; izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik xulosasi; fikr bildirish rad etilgan auditorlik xulosasi. 43. Auditorlik xulosasi auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga yo‘llangan bo‘lishi lozim va unda buyurtmachining rekvizitlari ko‘rsatilishi kerak. 44. Auditorlik xulosasining kirish qismi quyidagi axborotlarni o‘z ichiga oladi: auditorlik tashkilotining rekvizitlari, agar mavjud bo‘lsa — elektron pochta manzili (e-mail); auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya raqami, berilgan sanasi va litsenziyani bergan organning nomi, litsenziya bo‘yicha o‘tkaziladigan auditorlik tekshiruvlarining turlari; auditorlik tashkilotining davlat ro‘yxatiga olingani to‘g‘risidagi guvohnoma raqami; auditorlik tashkilotining hisob-kitob raqami, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami; auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun asos, shuningdek auditorlik tekshiruvining shakli (majburiy yoki tashabbus); auditorlik tekshiruvida ishtirok etgan auditor (auditorlar)ning, shuningdek auditorlik tashkiloti rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi, auditor malaka sertifikatlarining berilgan sanasi va raqami. Download 22.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling