Moliyaviy hisobot to‘g‘risidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi
Auditorlik hisobotining tahliliy qismi
Download 22.81 Kb.
|
Moliyaviy hisob
Auditorlik hisobotining tahliliy qismi
9. Auditorlik hisobotining tahliliy qismi auditor (auditorlar) tomonidan bajarilgan ishlar va auditorlik dalillarini olishga qaratilgan auditorlik amallari bayonini hamda quyidagilarning tekshirish natijalarini qamrab olishi lozim: qo‘llanilayotgan hisob siyosatini; xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki nazorat tizimini; buxgalteriya hisobi tizimi va moliyaviy hisobot tuzilishini; moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashning to‘g‘riligini; aktivlar saqlanishining ta’minlanganligini; moliyaviy koeffitsiyentlarning hisob-kitobi va uning tahlilini. 10. Auditorlik amallarini tanlash auditor (auditorlar) mulohazasining predmeti hisoblanib, u moliyaviy hisobotdagi muhim buzib ko‘rsatishlar bo‘yicha risklarni baholashga asoslanadi. 11. Hisob siyosatini tekshirish quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: qabul qilingan hisob siyosatining buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi va qabul qilingan hisob siyosatining asosli ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumot; auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati jarayonida hisob siyosatini qo‘llashdagi nomuvofiqliklarning bayoni. 12. Ichki nazorat tizimini tekshirish quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: ichki nazorat tizimi, uning moliyaviy hisobot ishonchliligini ta’minlashi va xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining xususiyatiga muvofiqligi to‘g‘risidagi ma’lumot; auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan ichki nazorat tizimining xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining ko‘lami va xususiyatiga ahamiyatli nomuvofiqliklarning bayoni. 13. Xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi tizimi va moliyaviy hisobot tuzilishini tekshirish quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi to‘g‘risidagi ma’lumot; auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashning belgilangan tartibini ahamiyatli buzilishlari bayoni. 14. Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etishini tekshirish quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobida to‘liq aks ettirilganligi va ularning buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi ma’lumot; auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan, moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga ahamiyatli nomuvofiqliklar va ularning moliyaviy hisobotga ta’sirining bayoni. 15. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashning to‘g‘riligini tekshirish quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: tuzilgan va tegishli organlarga taqdim etilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisob-kitoblari to‘g‘riligi to‘g‘risida ma’lumot; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashning belgilangan tartibini buzish holatlari, hamda soliq solinadigan bazani aniqlashdagi tafovutlar bayoni. 16. Aktivlar saqlanishini tekshirish natijalari xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq o‘tkazilgan aktivlar inventarizatsiyasiga asoslanishi va ularning haqiqatda mavjudligi, saqlanishi va inventarizatsiya natijalarining buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobida aks ettirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni qamrab olgan bo‘lishi lozim. 17. Moliyaviy koeffitsiyentlarning hisob-kitobi va ularning tahlili quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi: tekshirilgan moliyaviy hisobot asosida hisoblangan moliyaviy koeffitsiyentlar hamda bankrotlik alomatlari bo‘lganda majburiyatlarni qaytara olish koeffitsiyent ko‘rsatkichlari tahlili; o‘tkazilgan tahlil natijalaridan kelib chiqib, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holati to‘g‘risida ma’lumot. Hisob-kitob va tahlil uchun moliyaviy koeffitsiyentlarni tanlab olish auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi. Download 22.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling