Mavzu: Buxgalteriya hisobotining mohiyati


Download 1.13 Mb.
Sana30.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1414426
Bog'liq
Byuxgalteriya hisobi

 Mavzu:Buxgalteriya hisobotining mohiyati

Bajardi: Eshmamatov Asqar

Guruh:MBR 86

Reja

  • Buxgalteriya hisobotining mohiyati va ahamiyati Buxgalteriya hisobotining turlari va ularning mazmuni
  • Buxgalteriya hisobotlarini tasdiqlash va topshirish

Buxgalteriya hisobida xo’jalik faoliyati natijasida sodir bo’layotgan barcha operatsiyalar hujjatlar asosida qayd qilinib boriladi.. Xo’jalikda operativ rahbarlik va mablag’lar harakatini nazorat qilish uchun shu ma'lumotlardan foydalaniladi. Lekin tuman, viloyat va respublikamiz tarkkiyotini belgilash uchun har bir xo’jalikning joriy hisob ma'lumotlari xali yetarli emas.

  • Chunki har bir xo’jalik buxgalteriya hisobi ma'lumotlari,faqat shu xo’jalik mulki bo’lgan mablag’lar holati va ularning manbaalarini ifodalaydi. Misol «asosiy vositalar» schyoti shu xo’jalikda kancha so’mga qanday turdagi asosiy vositalar borligini, ularning operatsiyalari natijasida qanday o’zgarganligini, "Materiallar" schyoti esa shu xo’jalikda kancha so’mlik va qanday turdagi,kancha xom-ashyo materiallar borligini va ularning harakatini bildiradi.
  • Xo’jalikka yaxshi rahbarlik qilish uchun, bu yil xom-ashyo materiallarimiz zahirasi utgan yildagidan ko’pmi yoki kammi, shuningdek ishlab chqarish xarajatlari va uning oy, yilda kancha va utgan oy, yilda kancha edi; ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko’paydimi, qaysi turlari ko’paydi, tayyor mahsulotlar qanday sotilayapti, ulardan qaysi turlarini ishlab chqarish foydalirok va hokazolar. Bu savollarga biror xudud bo’yicha javob olish uchun buxgalteriya hisobotlarini umumlashtirish zarur. Chunki shu kabi savollarga uxshash xalq xo’jaligiga rahbarlik qilish uchun kerakli bo’ladigan ko’pgina ma'lumotlarni beradi.
  • Korxona rahbarlari hisobot ma'lumotlari asosida faoliyat natijalarini,mablag’’larning joylanishi.debitor qarzlarning o’zgarishini va shu kabi ko’rsatkichlarni urganadi. Korxona xodimlari uchun mehnat haqi va iqtisodiy ragbatlantirishni yaxshilash uchun daromadlilik holati va uning o’zgarishi qiziqarli. Mol yetkazib beruvchilar, kreditorlar, banklar buxgalteriya hisobotlari ma'lumotlari asosida korxonaning to’lovga layokatligini, moliyaviy barqaror rivojlanayotganligini tahlil qiladi. Shuning uchun ham buxgalteriya hisoboti ma'lumotlari haqqoniy real voqeani (summani) aks ettirishi, daromad va xarajatlar hisobot davriga mos bo’lishi, hisobot ma'lumotlari o’zaro taqqoslama bo’lishlari, hamda uz muddatida to’zilgan bo’lishi lozim.
  • Hisobot ma'lumotlarining haqqoniyligi ta'minlash maqsadida yillik hisobot to’zishgacha korxona mablag’lari va ularni tashkil etuvchi manbaalarning asosiy qismi inventarizatsiyadan o’tkaziladi. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar buxgalteriya balansida eskirish summalari ayrilib qoldiq baholarida aks ettiriladi. Tovar moddiy boyliklar esa haqiqiy tannarxda aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobotini to’zish tartibi, uning tarkibi.hisobot shakllarining mazmuni, hisobotni taqdim etish masalalari BXMS-1 «Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot»da ko’rsatilgan.

Buxgalteriya hisobotining turlari va ularning mazmuni

  • Buxgalteriya hisobotlari qaysi davrda to’zilishiga qarab oyliq paklikva yillik hisobotlarga bo’linadi. Oylik buxgalteriya hisobotlari buxgalteriya balansi va ma'lumotnomalardan iborat qiladi. Buxgalteriya balansida hisobot oyi boshiga xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil manbaalarini qoldiqlari aks etgiriladi. Ma'lumotnomalarda esa xo’jalik faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari qanday bajarilganliklari ko’rsatiladi. Choraklik buxgalteriya hisobotining hajmi keng bo’lib, balansdan tashqari xo’jalik faoliyatyning turli ko’rsatkichlarini aks ettiruvchi bir necha jadvallardan iborat bo’ladi: № 1«Buxgalteriya balansi», № 2 «Moliyaviy natijalar to’q’risida hisobot”; № 2a «Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’q’risida ma'lumotnoma».

O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisoboti to’q’risida»gi qonunning 16-moddasiga muvofiq yillik moliyaviy (buxgalteriya) hisobot quyidagi shakllarni (formalarni) o’z ichiga oladi.

  • 1-shakl-«Buxgalteriya balansi»; 2-shakl-«Moliyaviy natijalar to’q’risida hisobot»; 3-shakl-yaAsosiy vositalar harakati to’q’risida hisobot»; 4-shakl-«Pul okimlari to’q’risida hisobot»; 5-shakl-«Xususiy kapital to’q’risida hisobot»;

Buxgalteriya hisobotlarini tasdiqlash va topshirish.

  •   To’zilgan buxgalteriya hisoboti shakllari bir necha nusxada tayyorlanadi. Barchasiga korxona rahbari va bosh buxgalter imzo chekadi hamda korxona muxri bilan tasdiqlaydi. O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’q’risda»gi qonunning 7-moddasiga muvofiq buxgalteriya hisobotlarining tayyorlanishi ishonchliligi va o’z muddatida topshirilishi uchun javobgarlik tashkilotda buxgalteriya hisobini tashkil kiluvchi xo’jalik sub'ektining rahbari zimmasiga yuklatiladi. Hissadorlik jamiyatlari va shu kabi xo’jalik yurituvchi sub'ektlar buxgalteriya hisobotlari hamda ularning asosiy ko’rsatkichlari muassislar yoki ularning vakillari umumiy yigilishda tasdiqlanadi.

Etiboringiz uchun rahmat


Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling