[
OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari.
Ikkilamchi xomashyo;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
[
TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish;
2.Iqtisodiyot / Sanoat]
PDF-faylidagi rasmiy manba
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
IShLATILGAN TEXNIK MOYLARNI TOPShIRISh, TO‘PLASh, ULAR UChUN HISOB-KITOB QILISh, ULARNI SAQLASh VA TAShISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Motor moylarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 22-maydagi PQ–1759-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek ishlatilgan texnik moylarni sanoat asosida so‘zsiz va samarali utilizatsiya qilishni va atrof muhitning muhofazasini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ishlatilgan
texnik moylarni topshirish, to‘plash,
ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi ushbu qarorning amal qilishi yuzasidan doimiy monitoringni va bajarilishini tahlil qilishni ta’minlasin,
shuningdek, zaruriyat bo‘lganda, ishlatilgan texnik moylarni topshirish, to‘plash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.