Moliyaviy hisobotlarda moliyaviy koeffitsientlardan foydalanish
Moliyaviy koeffitsentlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar
Download 0.66 Mb.
|
MOLIYAVIY HISOBOTLARDA MOLIYAVIY KOEFFITSIENTLARDAN FOYDALANISH
2.Moliyaviy koeffitsentlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar.
Tahlil chog‘ida ko‘pincha aktivlar daromadliligi normasi (mehyori)ni boshqa ikki koeffitsentlar ifodasi sifatida tasavvur qilish foydali hisoblanadi: Aktvlar aylanuvchanligi Sotish rentabelligi Sotish hajmi АDK FSTОКF Aktivlar bahosi(qiymati) Sotish hajmi SDK ААК Aktivlar daromadliligi ko‘rsatkichi koeffitsenti(ADK)ning sotuvlar daromadliligi ko‘rsatkichi(SDK) va aktivlarning aylanuvchanligi koeffitsentlari(AAK) orqali ifodalanishi mumkinligi quyidagi dalil bilan tasdiqlanadi: turli sohada faoliyat yuritadigan firmalarning sotuvlar rentabelligi va aktivlar aylanuvchanligi koeffitsentlari mutlaqo har xil bo‘lishi va shu bilan birga, aktivlar daromadliligi ko‘rsatkichlari bir xil bo‘lishi mumkin. Masalan, odatda, supermarketlarning sotuvdan rentabellik ko‘rsatkichlari past, aktivlar aylanuvchanligi ko‘rsatkichlari yuqori bo‘ladi. Qimmat zargarlik buyumlari qimmat do‘koniga esa buning aksi xos. Ammo ikkala do‘konning aktivlar daromadliligi koeffitsenti bir xil bo‘lishi mumkin. Aytilganlarni misolda ko‘rish uchun, keling, aktivlar daromadliligi koeffitsenti bir xil, yahni 10,0%ga teng ikkita firmani ko‘rib chiqamiz. Birinchi firma – bu supermarketlar tarmog‘i, ikkinchisi esa – kommunal xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan firma bo‘lsin. Jadvaldan ko‘rinib turganidek, supermarketlar tarmog‘ining sotuvdan daromadlilik koeffitsenti “past” (2,0%) va u o‘z aktivlarini yiliga besh marta aylantiribgina aktivlar daromadliligi ko‘rsatkichini 10,0%li ko‘rsatkichga olib chiqadi. Ko‘p kapital talab qiladigan kommunal xizmatlar sohasiga kelsak, bu sohada ishlaydigan firmaning aktivlar aylanuvchanligi koeffitsenti yiliga atigi 0,5 martaga teng bo‘lsada, sotish rentabelligi yuqori, yahni 20,0% bo‘lgani uchun u ham 10,0%lik aktivlar daromadliligi koeffitsentiga ega. Moliyaviy koeffitsentlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar. Korxona turlari SDK* AAK=ADK Supermarketlar tarmog‘i 0.02 5.0 0.10 Kommunal xizmatlar korxonasi 0.2 0.5 0.10 Yuqorida bayon etilganlardan asosiy mahno(xulosa) shuki, sotuvlar daromadliligi yoki aktivlar aylanib turishi koeffitsentining pastligi, albatta, firmaning moliyaviy muammolari bor degani emas. Bu koeffitsientlarning ikkalasini kompaniyaning faoliyat sohasini inobatga olgan holda o‘rganish kerak. Bundan tashqari, bir faoliyat sohasi doirasida ham doimiy farqlar bor. Masalan, Rolls Royce dilerlik tarmog‘i va CHevrolet tarmog‘ining aktivlar daromadliligi koeffitsenti ko‘pincha bir xil bo‘lsada, Rolls Royce dilerlik tarmog‘ining joriy rentabellik ko‘rsatkichlari yuqoriroqligi va aktivlar aylanib turishi koeffitsenti pastroqligi bilan ajralib turadi. Aktivlar daromadliligi koeffitsenti qarz olingan mablag‘ bo‘yicha foiz stavkasidan yuqori bo‘lsa moliyaviy “dastak” koeffitsenti oshganda kapital daromadliligi koeffitsenti ham oshadi. Bu – tushunarli, albatta, chunki: agar aktivlar daromadliligi koeffitsenti qarz olingan mablag‘ bo‘yicha foiz stavkasidan yuqori bo‘ladigan bo‘lsa, firma investitsiya qilgan kapitaldan foyda oladi va foyda summasi firma o‘z kreditorlariga to‘lashi kerak bo‘lgan summadan yuqori bo‘ladi. SHu tufayli ortiqcha mablag‘ hosil bo‘ladi va bu mablag‘ firma aktsiyadorlari o‘rtasida taqsimlanadi. Demak, kapital daromadliligi koeffitsenti ortadi. Agar aktivlar daromadliligi koeffitsenti qarz olingan mablag‘ bo‘yicha foiz stavkasidan past bo‘ladigan bo‘lsa, u holda aktsiyadorlar bunday mablag‘ni yollamaslikni afzal ko‘radilar. Masalan, faraz qilaylik, “A” kompaniyasi moliyaviy “dastak”dan foydalanadi. Aksincha, “B” kompaniyasi esa undan foydalanmaydi. Keling, kompaniyalar kapitalining daromadlilik koeffitsentini ikki xil vaziyatda, yahni foiz stavkasi (1) 10,0% va (2) 15,0% bo‘lganda solishtiramiz. Natijalar quyidagi jadvalda aks ettirilgan. 2.Rentabellik (nem. rentabel — daromadli, foydali) — korxona yoki tadbirkorlikning daromaddorligi, samaradorligi; mikroiqtisodiy miqyosdagi iqtisodiy faoliyatning samaradorligi. Rentabellik korxona yoki tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijalarini baholashda qoʻllaniladigan asosiy koʻrsatkich. Rentabellik foyda olib ishlashning qiyosiy, yaʼni sarf-xarajatlarga nisbatan aniqlanadigan koʻrsatkichi boʻlib foizlarda ifodalanadi. Uzoq muddatli va joriy xarajatlar (mashina, uskuna, binolar, inshootlar, xom ashyo, yoqilgʻi, materiallar, butlovchi qismlar, ish kuchi va boshqa sotib olish) mazmunan har xil boʻlganidan ular qanday natija berganligini bilish uchun Rentabellikning 4 ta asosiy koʻrsatkichlari qoʻllaniladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida iqtisodiy oʻsishning intensiv omillarini kuchaytirish asosida Rentabellikni oshirishga, foydani maksimumlashtirishga zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Bozor talab qilgan xaridorgir tovarlarni ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, xom ashyo va materiallar sarfini qisqartirish, resurslarni tejab-tergab ishlatish asosida joriy harajatlarni kamaytirish, mehnat unumdorligini muttasil oshirib borish, kapital tarkibini shakllantirish, mehnat motivatsiyasini kuchaytirish (ishchi-xizmatchilar mehnatini ragʻbatlantirish mehnat unumdorligini oshirishga, tejamkorlikni taʼminlashga intiladi). Rentabellikni oʻstirishning asosiy omillaridir. Bu omillarni qoʻllash korxona darajasida boshqarib boriladi. Shu maqsadda Rentabellik monitoringga yuritiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida iqtisodiy oʻsishning intensiv omillarini kuchaytirish asosida Rentabellikni oshirishga, foydani maksimumlashtirishga zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Bozor talab qilgan xaridorgir tovarlarni ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, xom ashyo va materiallar sarfini qisqartirish, resurslarni tejab-tergab ishlatish asosida joriy harajatlarni kamaytirish, mehnat unumdorligini muttasil oshirib borish, kapital tarkibini shakllantirish, mehnat motivatsiyasini kuchaytirish (ishchi-xizmatchilar mehnatini ragʻbatlantirish mehnat unumdorligini oshirishga, tejamkorlikni taʼminlashga intiladi). Rentabellikni oʻstirishning asosiy omillaridir. Bu omillarni qoʻllash korxona darajasida boshqarib boriladi. Shu maqsadda Rentabellik monitoringga yuritiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida iqtisodiy oʻsishning intensiv omillarini kuchaytirish asosida R.ni oshirishga, foydani maksimumlashtirishga zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Bozor talab qilgan xaridorgir tovarlarni ishlab chiqarish, i.ch.ni modernizatsiyalash, xom ashyo va materiallar sarfini qisqartirish, resurslarni tejab-tergab ishlatish asosida joriy harajatlarni kamaytirish, mehnat unumdorligini muttasil oshirib borish, kapital tarkibini shakllantirish (aylanma kapital), mehnat motivatsiyasini kuchaytirish (ishchi-xizmatchilar mehnatini ragʻbatlantirish mehnat unumdorligini oshirishga, tejamkorlikni taʼminlashga intilishni paydo etadi) R.ni oʻstirishning asosiy omillaridir. Bu omillarni qoʻllash korxona darajasida boshqarib boriladi. Shu maqsadda R. monitoringga yuritiladi. 3. Moliya sohasida oʻz mablagʻlari qarzlari yoki boshqa majburiyatlari boʻlishi mumkin boʻlgan aktivlarga egalik qilishdir. Oʻz mablagʻlari — bu korxona ixtiyorida boʻlgan, ichki manbalar hisobidan shakllanadigan mablagʻlar. Xususiy kapital buxgalteriya hisobi uchun aktivlar qiymatidan majburiyatlarni ayirish yoʻli bilan oʻlchanadi. Misol uchun, agar kimdir 24 000 dollarlik avtomobilga ega boʻlsa va mashinani sotib olish uchun ishlatilgan kredit boʻyicha 10 000 dollar qarzi boʻlsa, 14 000 dollarlik farq kapital hisoblanadi. Xususiy kapital bitta aktivga, masalan, avtomobil yoki uyga yoki butun biznesga nisbatan qoʻllanilishi mumkin. Oʻz faoliyatini boshlashi yoki kengaytirishi kerak boʻlgan biznes belgilangan jadval boʻyicha qaytarilishi shart boʻlmagan naqd pul yigʻish uchun oʻz kapitalini sotishi mumkin. Agar aktivga biriktirilgan majburiyatlar uning qiymatidan oshib ketgan boʻlsa, farq taqchillik deb ataladi va aktiv norasmiy ravishda „suv ostida“ yoki „teskari“ deb ataladi. Davlat moliyasida yoki boshqa notijorat sharoitlarda kapital „sof pozitsiya“ yoki „sof aktivlar“ sifatida tanilgan. 4. Moliya tizimi — iqtisodiyot pul sektorining bir qismi, moliya amaliyoti. Moliya tizimi faqat moliya munosabatlarini emas, balki moliyaga taalluqli siyosiy, tashkiliy munosabatlarni ham qamrab oladi. Bu tizim tarkibiga quyidagilar kiradi: a) moliya obyektini hosil etuvchi pul fondlari yoki moliya resurslari; b) korxonalar, xonadonlar, davlat idoralari va nodavlat tashkilotlaridan iborat moliya munosabatlarining subyektlari — ishtirokchilari; v) moliya mexanizmi, yaʼni moliya munosabatlarida qoʻllaniladigan va pul bilan bogʻliq vositalar (foyda, zarar, rentabellik, likvidlik, byudjet, byudjetdan tashkari fondlar, subsidiya, subvensiya, dotatsiya, sanatsiya, moliya normativlari, moliyaviy sanksiya va boshqalar); g) moliya institutlari va davlatning moliya idoralari (moliya kompaniyalari, moliya jamgʻarmalari, moliya vazirligi, uning mahalliy boʻlinmalari, soliq idoralari, gʻaznachilik xizmati, soliq politsiyasi va boshqalar); d) moliya bozori — fond bozori, sugʻurta xizmati bozori, valyuta bozori; e) moliya siyosati — iqtisodiyot subyektlarining moliyaga oid yoʻl-yoʻriqlari va xatti-harakati. Moliya tizimi iqtisodiy tizimning muhim unsuri, uning yordamida iqtisodiyot tartiblanadi, iqtisodiy oʻsish ragʻbatlantiriladi. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar mamlakat iqtisodiyotida sodir bo‘lgan iqtisodiy jarayonlar, hodisalar va ularning natijasini miqdor va sifat jihatdan ifodalab beradi. Shu sababli, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari, jumladan uchunchi iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda iqtisodiy ko‘rsatkichlar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, belgilab olingan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha erishilgan yutuqlar, yo‘l quyilgan kamchiliklar, milliy iqtisodiyotda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar iqtisodiy ko‘rsatkichlarda aks etadi. Ushbu ma’lumotlar asosida iqtisodiy ko‘rsatkichlarning holatiga baho beriladi, ularning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar hisob-kitob qilingan holda yaxshilash imkoniyatlari bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bu esa, iqtisodiy ko‘rsatkichlar iqtisodiy jarayonlarni baholashda, ularning o‘zgarishlarini aniqlashda, ayniqsa tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Bugungi kunda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni to‘g‘ri talqin qilgan holda foydalanish moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarishda oqilona qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Shu sababli, tahlilni tashkil etish va o‘tkazishda iqtisodiy ko‘rsatkichlar va ularning tasnifi to‘g‘risida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lish lozim. Iqtisodchi olimlarning o‘quv-uslubiy va ilmiy asarlarida iqtisodiy ko‘rsatkichlar va ularning tasniflanishi yoritilgan bo‘lib, jumladan iqtisodchi olim M.Q.Pardaev “Iqtisodiy ko‘rsatkichlar deganda, iqtisodiy jarayonlar, hodisalar va ularning natijasini miqdor va sifat jihatidan ifodalaydigan nomi va o‘lchamlarga ega bo‘lgan birliklar tushuniladi” 16 deb ta’riflaydi.Ushbu ta’rifdan ko‘rinadiki, iqtisodiy ko‘rsatkichlar iqtisodiy jarayonlar va ularning natijalarini miqdor va sifat jihatdan ifodalaydigan nomiga hamda o‘lchamlarga ega bo‘lishi lozim ekan. Haqiqatdan ham iqtisodiy ko‘rsatkich iqtisodiy jarayonni miqdor yoki sifat jihatdan ifodalovchi nomga va ma’lum bir o‘lchamga ega bo‘lishi kerak. Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyektning hisobot davridagi moliya-xo‘jalik faoliyati yakunini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkich sof foyda yoki ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq iqtisodiy jarayonni ifodalovchi ko‘rsatkich mahsulot hajmi hisoblanadi.Umumiy ko‘rsatkichlarga tannarx, foyda, rentabellik, samaradorlik, mehnat unumdorligi, ishchi kuchi, daromad, xarajat, yalpi tushum, sof tushum kabi ko‘rsatkichlar kiradi. 5. 2023-yilda jahonda moliyaviy barqarorlik xatarlari oshdi. AQSh va Yevropa moliyaviy tizimlarida yuzaga kelgan noaniqlik bir qator banklarning moliyaviy yo‘qotishlarga uchrashiga olib keldi. Bu esa, moliyaviy bozorlarda tahlika uyg‘onishiga va tebranuvchanlikning oshishiga, investorlarda xatarga moyillikning pasayishiga va natijada, ba’zi banklarning defoltga uchrashlariga sabab bo‘ldi. 2022-yilda O‘zbekiston bank tizimining moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari tashqi va ichki xatarlarga nisbatan bardoshliligini ko‘rsatdi. Xususan, bank tizimida kapital monandliligi koeffitsiyenti Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan minimal talablarga nisbatan yuqori shakllangan bo‘lib, banklarning iqtisodiyotni kreditlar bilan ta’minlash hamda potensial shoklar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni qoplash uchun yetarli darajada kapital bilan ta’minlanganini ko‘rsatdi. 2022-yil yakuniga O‘zbekistonda bank tizimining moliyaviy stress holati yaxshilandi. Iqtisodiy faollikning tiklanishi va moliya bozorining barqaror shakllanishi hamda moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi natijasida 2022-yil II choragidan boshlab moliyaviy stress indeksida pasayish trendi kuzatildi. 2022-yilda muammoli kreditlarning jami kreditlardagi ulushi pasayishda davom etdi. Xususiy banklarda muammoli kreditlar hajmining tushishi hamda davlat ulushi mavjud bo‘lgan banklarda kredit qoldig‘ining oshishi hisobiga bank tizimida muammoli kreditlar ulushi kamaydi.Shuningdek, O‘zbekistonda muammoli kreditlarning jami kreditlardagi ulushi Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari bo‘yicha o‘rtachasidan pastroq shakllandi. Aholining kredit faolligi sezilarli tarzda ortib bormoqda.Bu esa, ularning qarz yuki darajasi oshishi, xatarlarning to‘planib borishi va qarzdorlarning moliyaviy holatining yomonlashishi bilan bog‘liq xatarli holatlarning ko‘payishiga olib kelishi mumkin. 6. Moliyaviy rezervlarni jalb qilishda moliyaviy leverijdan foydalanish katta ahamiyatga yega. Kompaniyaning aylanmasiga turli shakllarda qarz mablag‘larini jalb qilish yevaziga rentabellik-ning о‘sishiga moliyaviy leverij deyiladi. Moliyaviy leverij XYUS qarz kapitalining XYUS о‘z kapitaliga nisbatini kо‘rsatuv-chi moliyaviy faollik koyeffitsiyenti orqali ifodalanadi. Uni formula orqali quyidagi tarzda kо‘rsatish mumkin: K= K: K, Bu yerda: K– moliyaviy faollik koyeffitsiyenti yoki moliyaviy leverij; K – qarziy kapital; K – о‘zlik kapitali. Bu kо‘rsatkich kо‘pchilik hollarda moliyaviy richag (dastak) kо‘rsatkichi deb ham yuritiladi va bunda qо‘shimcha qarz kapitalini jalb qilishning richagi (dastagi) bо‘lib, kompaniyaning о‘zlik ka-pitali maydonga chiqayotganligi nazarda tutiladi. Bank ssudalari va kreditorlik qarzlari kо‘rinishlarida jalb qilingan qarz kapitalidan foydalanish ular jalb qilingunga qadar yerishilgan rentabellik darajasidan kо‘ra yuqoriroq bо‘lgan rentabellik dara-jasiga yerishishni ta’minlasagina samarali bо‘lishi mumkin. Bu, о‘z navbatida, XYUSdan qarz mablag‘larini yanada samaraliroq foydalanish imkonini beruvchi biznes-loyihalarni ishlab chiqish-ni talab qiladi. Faqat shu holdagina moliyaviy leverij yoki mo-liyaviy richag (dastak) samarasi vujudga kelishi mumkin. Rentabel-likning yangi darajasi XYUS kreditdan foydalanganligi uchun bank kreditining foizini va qaytarilish muddati о‘tkazib yubo-rilgan kreditorlik qarzlari uchun tо‘lovlarni tо‘lashni yetarli darajada (hatto ancha oshgan holda) qoplashi kerak. Qarziy mablag‘-lardan foydalanish XYUSning maksimal qо‘shimcha foyda olishini ta’minlamog‘i lozim. Moliyaviy leverij samarasini olish va uni taqsimlashning umumiy kо‘rinishi quyidagi chizmada keltirilgan: taqsimlashning umumiy kо‘rinishi Biznesni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida kapitalni tо‘ldirishning barcha manbalaridan (kredit-lar va kreditorlik qarzlaridan) maksimal foydalanishga moliya-viy faoliyatni yо‘naltiribgina qolmasdan, moliyaviy menejment makrodarajada ham moliyaning asosiy – kompaniyaning barcha xо‘ja-lik-ishlab chiqarish faoliyatini pul mablag‘lari bilan ta’minlash – funksiyasini aniq bajarishi ham kerak. Agar ana shu prinsip amalga oshirilsa va moliyaviy xizmat hisob-kitob hisobvarag‘iga pullarning doimiy ravishda tushib turishini ta’minlasa, tо‘lash muddati kelgan talabnomalar bо‘yicha tо‘lovlarni о‘z vaqtida amalga oshirsa, tо‘lovlarning uzoq muddatli uzaytirilishiga yо‘l qо‘yma-sa, bu XYUSning mustahkam moliyaviy holati va sog‘lom tо‘lovga qobilligining asosiy belgisidir. XYUSning tо‘lov qobiliyati darajasini oshirish uchun debi-torlik qarzlarini qisqartirish, moliyaviy resurslarning aylani-shini tezlashtirish, ta’sirchan marketing strategiyasi va baho siyo-satidan foydalanish, mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish xa-rajatlarini qisqartirish, ishlab chiqarishni boshqarishda yangi texnologiyalar va boshqaruvning innovatsion tizimlarini joriy yetish bо‘yicha choralarning kompleks tizimi ishlab chiqilishi kerak. 7. Bank foiz stavkasi - bank ssudasidan foydalanganlik uchun belgilangan haq miqdori; qarz summasiga nisbatan foiz hisobida undiriladi. Uning miqdori kredit turi, muddati va qarzning vaqtida qaytarilishiga bogʻliq. Tijorat va davlat banklari Markaziy (milliy) bank boshchiligida kreditlar uchun belgilaydigan Bank foiz stavkasi s. miqdori foiz stavkalarning butun bir tizimini tashkil etadi. Davlat shu tizimga investitsiyalar darajasi va pul muomalasini tartibga soladigan yoʻnalishda taʼsir koʻrsatadi, yaʼni qulay iqtisodiy konʼyunkturani yaratadi. Bank foiz stavkasi s. qarzning kaysi tarzda va qanday berilishiga ham bogʻliq. Uzoq muddatli qarzning Bank foiz stavkasi s. past, qisqa muddatlisiniki yuqori boʻladi. Qarz yordam tarzida berilganda ham Bank foiz stavkasi s. imtiyozli boʻladi. Agar korxona va tashkilotlarni oʻz qoʻlidagi mablagʻni yaxshi ishlatishga undash zarur boʻlsa, Bank foiz stavkasi s. oshiriladi. Bank foiz stavkasi s.ning minimal va maksimal darajasi bor. Minimal darajadagi Bank foiz stavkasi s. bankning harajatlarini qoplab, zarar koʻrmasligini taʼminlashi kerak, maksimali esa bankka el qatori foyda koʻrishni taʼminlashi lozim. Bank omonat depozitlar uchun toʻlaydigan foiz stavkalari ssudadan foydalanganlik uchun belgilangan foiz stavkalaridan past boʻladi, bu esa banklarning foyda olib ishlashini taʼminlaydi. Markaziy banka asosiy stavkasi - pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlaridan biri hisoblanadi. Banklararo pul bozoridagi foiz stavkalari, shuningdek, Markaziy bank tomonidan bank tizimiga likvidlikni taqdim etish bevosita asosiy stavkaga bog'liq. Shunday qilib, asosiy stavka iqtisodiyotdagi foiz stavkalari darajasiga, shuningdek, aholi va biznesning iste'mol va investitsion (sarmoya kiritish) qarorlariga ta'sir ko'rsatgan holda ichki talab va inflyatsiya darajasi o'zgarishida ahamiyat kasb etadi. Asosiy stavka qanday va kim tomonidan belgilanadi? Asosiy stavka darajasi Markaziy bank boshqaruvi majlislarida pul-kredit siyosati sharoitlari, joriy va kutilayotgan inflyatsiya darajasi hamda makroiqtisodiy holatni inobatga olgan holda belgilanadi. Odatda, agar inflyatsiya darajasi ko'tarilsa, Markaziy bank ham asosiy stavkani ko'taradi. Agar inflyatsiya darajasi pasaysa, bunda Markaziy bank asosiy stavkani pasaytiradi. 8. Moliyaviy barqarorlik – bu moliyaviy tizimning, yaʼni moliya muassasalari, bozorlar va bozor infratuzilmalarining ehtimoliy shoklar va nomutanosibliklarga bardosh bera olishi, shu bilan birga moliyaviy vositachilik funktsiyalarini bajara olmaslik ehtimolini pasaytirish qobiliyatidir. Moliyaviy barqarorlik maqsadi alohida moliya muassasasi emas, balki butun moliya tizimi barqarorligini taʼminlashdan iborat. Moliyaviy barqarorlik iqtisodiyotning barqaror rivojlanish asosi hisoblanadi. Moliyaviy tizim, qachonki banklar, boshqa kredit tashkilotlari va moliya bozorlari uy xoʼjaliklari va tadbirkorlik subʼektlariga bir maromda ishlayotgan tizimning keskin sustlashishiga yoʼl qoʼymasa, iqtisodiyotdagi ishtiroki va uning oʼsishi uchun zarur moliyaviy investitsiyalar taqdim eta olsagina barqaror hisoblanadi. Аks holda nobarqaror tizimda iqtisodiy shoklar real iqtisodiyotga noxush taʼsir koʼrsatishi, kreditlashni izdan chiqarishi va kutilganidan ziyod xatarga olib kelishi, bandlikning qisqarishi va iqtisodiy faollikni susaytirishi mumkin. Moliyaviy nobarqarorlik sharoitida moliya tizimi iqtisodiyot uchun zarur moliyaviy xizmatlarni taqdim eta olmaydi. Masalan, yirik moliya tashkilotidagi qiyinchiliklar moliyaviy nobarqarorlikni yuzaga keltirishi mumkin. Bundan tashqari, bitta muassasadagi muammolar banklararo operatsiyalar tufayli tizimning bir-biriga oʼzaro qattiq bogʼlangan boshqa tashkilotlariga ham tarqalishi mumkin. Muassasalarning umumiy faoliyati butun moliya tizimi uchun xavfni, yaʼni tizimli xavfni yuzaga keltirishi, ishonchli boʼlib tuyulgan alohida tashkilotni ham moliyaviy nobarqarorlikka olib kelishi mumkin. Moliyaviy barqarorlik va uni tahlil qilish markaziy banklar hamda moliya tizimini tartibga soluvchi organlarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bank sektori Oʼzbekiston moliya tizimining eng muhim boʼgʼini boʼlganligi sababli, uning barqarorligini taʼminlash Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalari sirasiga kiradi. Markaziy bank bank tizimidagi oʼzgarishlarni kuzatib boradi va baholaydi, shuningdek, tizimli xavflar toʼplanishini kamaytirish va bank tizimining barqarorligini taʼminlash choralarini koʼrib boradi. Markaziy bank yiliga ikki marta Moliyaviy barqarorlik sharhini chop etadi, unda bank tizimining barqarorligi, makromoliyaviy zaiflik va xatarlar tahlil qilinadi va baholanadi. Ushbu sharhni chop etishdan koʼzlagan asosiy maqsad – jamoatchilik xabardorligini hamda bu sohada Markaziy bankning shaffofligi va hisobdorligini oshirishdan iborat. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Elmirzayev va boshqalar. Moliya bozori. Darslik. Iqtisod-moliya. Toshkent. 2019. 2. S.P.Abdullaev. Mamlakatimizda iqtisodiy o'sishni ta'minlashda moliya bozori salohiyatidan foydalanish yo'nalishlari. 2021 y. 3. Abdullaeva Sh.Z. Bank ishi. Darslik. Iqtisod-moliya, 2020. 4. Rashidov O.Yu. va boshqalar Pul, kredit va banklar, Toshkent 2018 y. 298-bet. 5. Moliya fanidan o‘quv qo‘llanma tuzuvchilar Sharapova .M , Ismailova N Bafoyev .O , Toshkent 2018. 243bet 6. Xo‘jaev Y. Tashqi iqtisodiy faoliyatda sug‘urta. O‘quv qo‘llanma.-T.: Soliq akademiyasi, 2021. Swot tahlil SAVOLLAR. 1. Moliya tizimining sohalari va bo‘g‘inlari. 2. Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari. 3. Xorijiy iqtisodchilarning moliyaga oid nazariyalari. 4. Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan metodlar. 5. Moliyaviy rejalashtirish va moliyaviy bashoratlash. Moliyaviy bashoratlash ta’rifi. 6. Umumdavlat miqyosida moliyaviy boshqaruv tizimi va boshqaruv organlari faoliyati. 7. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo’nalishlari). 8. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar davlat moliya tizimining bo’g’inlari. 9. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funktsiyalari bilan belgilanishi. 10. Firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar. Firmaning ta’rifi va unga xos bo‘lgan xususiyatlar. 11. Moliyaviy siyosatning moliya tizimi orqali amalga oshirilishi va uning printsiplari. 12. Moliya vazirligi, G’aznachilik tizimi organlari, Markaziy bank, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi va boshqalar. Ularning moliyaviy boshqaruv sohasidagi vakolatlari va vazifalari. 13. Moliyaviy rejalashtirish turlari: strategik moliyaviy rejalashtirish. 14. Innovatsiyalar va texnologiyalarning rivojlanishi. 15. Riskni “o‘tkazish” variantlari: xejirlashtirish; sug‘urtalash; diversifikatsiya. 16. J.M.Keynsning yetmayotgan talabni to’ldirish formulasi. 17. Moliyaviy nazoratning predmetini ifodalovchi moliyaviy ko’rsatkichlar. 18. Moliyaviy nazorat sohalari: davlat moliyaviy nazorati; nodavlat moliyaviy nazorati. 19. O’rta muddatli (5-10 yillik) moliyaviy bashoratlash va uzoq muddatli (10 yildan ortiq) moliyaviy bashoratlash. 20. Moliyaviy boshqaruvning asosiy metodologik printsiplari, konkret metodlari va shakllari. Riskni “o‘tkazish” va iqtisodiy (moliyaviy) samaradorlik: mavjud riskni samarali qabul qilish; risk va resurslarni taqsimlash. Moliyaviy vositachilarning umumiy tarkibi. MOLIYA FANIDAN TEST SAVOLLARI 1.Moliyaviy boshqaruvning shakllari quyidagilardan qaysi biri? A. Moliyaviy rejalashtirish, B. Bashoratlash va dasturlashtirish C.Moliyaviy nazorat D. tashkillashtirish 2.Moliyaviy boshqaruvning umumiy boshqaruv organi qaysi? A. Prezident devoni B. Vazirlar mahkamasi, D. Oliy majlis C. Markaziy bank 3.Moliyaviy boshqaruvning markaziy organi qaysi? A. Moliya vazirligi, B. Vazirlar mahkamasi C. Oliy majlis D. Hisob palatasi 4.Nazorat organlarining yillik reja jadvali qaysi hukumat organi tomonidan ishlab chiqiladi. A. Respublika nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash, B. Hisob palatasi D. Oliy majlis C. Vazirlar mahkamasi 5.Taftish natijalari qaysi xujjatlar bilan rasmiylashtiriladi? A. Dalolatnoma, B. ma’lumotnoma C. Bildirishnoma D. Xabarnoma 6. Moliyaviy rejalashtirishning maqsadi nima? J:ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta'minlash va moliya-kredit tizimi oldidagi majburiyatlarni bajarishdir 7.Moliyaviy rejalashtirishning asosiy ob’ektlariga nimalar kiradi? A. Bankdagi omononatlar, markoiqtisodiy o’sish va moliyaviy resurslar B. Ishchixodimlar, moliyaviyresurslarvamoliyaviyko’rsatkichlar C. Moliyaviy resurslar, moliyaviy ko’rsatkichlar va xo’jalik-moliyaviy faoliyat D. Ishchixodimlar, ijtimoiy tadbirlar va moliyaviy ko’rsatkichlar 8.Moliyaviy rejalashtirish necha bosqichga bo’linadi? A. 3 B.2 C.4 D.5 9.Korxonada moliyaviy rejalashtirish nechta turdagi moliyaviy hisoblarni o’z ichiga oladi? A.2 B.3 C.4 D.5 istiqbolli, joriy, operatsion. 10. Moliyaviy rejalashtirish amaliyotida qanday usullardan foydalaniladi? J:hisoblash va analitik, koeffitsientlar usuli, me'yoriy, balans balansi, rejalashtirilgan hisob-kitoblarni optimallashtirish, pul oqimi, maqsadli yo'naltirilgan, iqtisodiy va matematik modellashtirish va boshqalar.
GOLOSARY
In the process of analyzing the financial situation of the enterprise, it is especially important to analyze its liquidity and solvency. The liquidity of the enterprise's balance sheet is understood as the degree of coverage of the liabilities indicated in the balance sheet of the liquid funds on the balance sheet. Grouping of balance sheet assets according to the level of liquidity: the most solvent assets, quick-selling assets, slow-selling assets, hard-selling assets. short-term liabilities, long-term liabilities, permanent liabilities. The company's solvency is considered the most important indicator, it represents the stability of the company's financial situation. Solvency of the enterprise depends on the maintainability of its working capital, the state of quick money (liquid) current assets and their effective use. These include: - current (general) liquidity ratio. It represents how many soums of financial resources invested in current assets correspond to one soum of current liabilities. - intermediate (term) liquidity ratio. It describes the share of cash, accounts and other assets in current liabilities. - absolute liquidity ratio. This indicator describes the share of funds in short-term liabilities. A financially stable enterprise means an enterprise that covers the funds invested in the enterprise's assets at the expense of its own funds, does not allow overdue receivables and payables, and fulfills its obligations on time. The importance of financial stability ratios is mainly important for creditors. They include indicators of independence, financial dependence and financial stability: - coefficient of independence. This indicator describes that the company's funds are not dependent on debt funds. It is determined by the ratio of own funds to the total amount of economic funds; - coefficient of financial dependence. This indicator shows how much economic funds correspond to one soum of the company's own funds and is defined as the ratio of economic funds to its investment. - coefficient of financial stability. It is defined as the ratio of own funds to debt funds. Korxona moliyaviy holatini tahlil qilish jarayonida ayniqsa, uning likvidligi va to‘lovga layoqatliligini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Korxona balansining likvidligi deganda, balansdagi likvid mablag‘larning balansida ko‘rsatilgan majburiyatlarni qoplash darajasi tushuniladi.Aktivlarning likvidligi - balans likvidligining aksi bo‘lib, vaqt bo‘yicha aktivlarning pul mablag‘lariga aylanishi tushuniladi. Likvidlilik darajasi bo‘yicha balans aktivini guruhlashtirish:eng ko‘p to‘lov qobiliyatli aktivlar, tez sotiladigan aktivlar, sekin sotiladiga aktivlar, qiyin sotiladigan aktivlar.Balans passivlari ularni to‘lash muddatlari darajasi buyicha quyidagicha guruxlashtiriladi: eng tez to‘lanadigan majburiyatlar, qiska muddatli passivlar, uzoq muddatli passivlar, doimiy passivlar.Korxonaning to‘lov qobiliyati eng muhim ko‘rsatkich hisoblanib, u korxona moliyaviy holatining barqarorligini ifodalaydi. To‘lov qobiliyati korxonaning o‘z aylanmma mablag‘larining saqlanuvchanligi, tez pulga aylanadigan (likvid) aylanma aktivlarning holatiga ulardan samarali foydalanishiga bog‘liq. Bularga quyidagilar kiradi: - joriy (umumiy) likvidlik koeffitsiyenti. U aylanma aktivlarga qo‘yilgan moliyaviy resurslarning necha so‘mi joriy majburiyatlar bir so‘miga to‘g‘ri kelishini ifodalaydi. - oraliq (muddatli) likvidlilik koeffitsiyenti. U joriy majburiyatlardagi pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va boshqa aktivlar ulushini tavsiflaydi. - mutlaq likvidlik koeffitsiyenti. Bu ko‘rsatkich pul mablag‘larining qisqa muddatli majburiyatlardagi ulushini tavsiflaydi. Moliyaviy barqaror korxona deganda, korxona aktivlariga qo‘yilgan mablag‘larni o‘z mablag‘lari hisobiga qoplaydigan, muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlariga yo‘l qo‘ymaydigan hamda o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajaradigan korxona tushuniladi. Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyentlarining ahamiyati asosan kreditorlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.. Ularga mustaqillik, moliyaviy qaramlik va moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari kiradi: - mustaqillik koeffitsiyenti. Ushbu ko‘rsatkich korxona mablag‘larining qarz mablag‘lariga qaram emasligini tavsiflaydi. U o‘z mablag‘larining xo‘jalik mablag‘lari umumiy summasiga nisbati tariqasiga aniqlanadi; - moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti. Ushbu ko‘`rsatkich korxonani o‘z mablag‘larining bir so‘miga qancha xo‘jalik mablag‘lari too‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi va xo‘jalik mablag‘larining o‘z sarmoyasiga nisbati sifatida aniqlanadi;. - moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti. U o‘z mablag‘larining qarz mablag‘lariga nisbati sifatida aniqlanadi. oliyaviy yangiliklar UZcard va HUMO bankamatlarini birlashtirish tòliq ishga tushurildi. 13.07.2023. Òzbekistondagi 26 ta bank 3.8 mlrd sòm jarimaga tortilagani malum boldi. 02.07.2023 Òzbekistonda yangi bank ochilishi malum qilindi. 05.05.2023 Markaziy bank 5-may kuni "yangi bank" ochilishini e'lon qildi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling