Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida umumiy masalalar
Download 1.63 Mb.
|
BHXS №1 “MOLIYAVIY HISOBOTLARNI TAQDIM ETISH” STANDARTINING MAZMUNI
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot davr davomidagi pul oqimlarini operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatlar bo’yicha tasniflangan holda ko’rsatishi kerak. Operatsion faoliyat natijasida kelib chiqadigan pul oqimlarining summasi - xo’jalik sub’ekti, moliyalashtirishning tashqi manbalariga murojat qilmasdan, o’z operatsion faoliyatidan yuzaga kelgan qarzlarini to’lash, o’zining operatsion faoliyatini yurgizish qobiliyatini saqlash, dividendlarni to’lash va yangi investitsiyalar qilish uchun yetarli bo’lgan pul oqimlarini qay darajada hosil qilganligini aks ettiruvchi asosiy ko’rsatkichdir. Operatsion faoliyatidan oldingi davrlarda kelib chiqqan pul oqimlarining alohida tarkibiy qismlari to’g’risidagi ma’lumot, boshqa ma’lumotlar bilan birgalikda, operatsion faoliyat bo’yicha hosil bo’ladigan kelgusi pul oqimlarini prognoz qilishda foydalidir.
Xorijiy sho’’ba xo’jalik sub’ektining pul oqimlari, ushbu pul oqimlari sanasidagi funktsional valyuta bilan chet el valyutasi orasidagi ayirboshlash kursi bo’yicha funktsional valyutasiga o’tkazilishi (qayta hisoblanishi) lozim. Chet el valyutasida aks ettirilgan pul oqimlari BHXS 21 “Valyutani ayirboshlash kurslaridagi o’zgarishlarning ta’siri”ga muvofiq tarzda taqdim qilinadi. Bunda haqiqatdagi kursga taxminan teng bo’lgan ayirboshlash kursini qo’llashga ruxsat etiladi. Masalan, chet el valyutasidagi operatsiyalarni aks ettirish yoki chet el shu’ba xo’jalik sub’ektining pul oqimlarini bir valyutadan boshqa valyutaga o’tkazish uchun ma’lum davr uchun o’rtacha tortilgan ayirboshlash kursi qo’llanilishi mumkin. Biroq, BHXS 21-ga muvofiq chet el sho’’ba xo’jalik sub’ektining pul oqimlarini funktsional valyutaga o’tkazishda hisobot davrining ohiridagi ayirboshlash kursini qo’llashga ruhsat etilmaydi.
Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling