Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida umumiy masalalar


Download 1.63 Mb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1519446
  1   2   3   4   5
Bog'liq
BHXS №1 “MOLIYAVIY HISOBOTLARNI TAQDIM ETISH” STANDARTINING MAZMUNI

Andijon mashinasozlik instituti

Andijon mashinasozlik instituti

Iqtisodiyot fakulteti

Buxgalteriya hisobi yo’nalishi 2-kurs K-80-21-guruh

talabasi Sobitxonov Abu Laysning

“Moliyaviy hisobot” fanidan tayyorlagan

MUSTAQIL ISHI

BHXS №1 “MOLIYAVIY HISOBOTLARNI TAQDIM ETISH” STANDARTINING MAZMUNI VA QO’LLANILISHI

Reja:

  • 1. BHXS №1 “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish” standartining mazmuni va qo’llanilishi
  •  2. BHXS (IAS) 7 “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot” standartining mazmuni va qo’llanilishi
  •  3. BHXS (IAS) 8 “Hisob siyosatlari, hisoblab chiqilgan baholardagi o’zgarishlar va xatolar”
  •  4. BHXS (IAS) 10 “Hisobot davridan keyingi hodisalar”. BHXS (IAS) 21 “Valyuta kurslaridagi o’zgarishlarning ta’sirlari”

1. BHXS №1 “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish” standartining mazmuni va qo’llanilishi

  •  BHXS (IAS) 1 “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish” standarti umumiy foydalanish uchun mo’ljallangan moliyaviy hisobotlarni taqdim etish asosini xo’jalik sub’ektining oldingi davrlardagi moliyaviy hisobotlari hamda boshqa xo’jalik sub’ektlarining moliyaviy hisobotlari bilan qiyosiyligini ta’minlash maqsadida belgilaydi. U moliyaviy hisobotlarni taqdim etishga nisbatan umumiy talablarni, ularning tuzilishiga oid ko’rsatmalarni hamda ularning mazmuniga doir minimal talablarni o’rnatadi. Xo’jalik sub’ekti mazkur standartni umumiy foydalanish uchun mo’ljallangan moliyaviy hisobotlarni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXSlari) muvofiq tayyorlashda va taqdim etishda qo’llashi lozim. Boshqa MHXSlar muayyan operatsiyalar va boshqa hodisalarni tan olish, baholash va oshkor etish bo’yicha talablarini belgilaydi.

Xo’jalik sub’ekti mazkur Standartda foydalanilgan hisobot nomlaridan tashqari nomlardan foydalanishi mumkin. Masalan, xo’jalik sub’ekti “foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobot” o’rniga “umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobot” nomidan foydalanishi mumkin. Moliyaviy hisobotlar xo’jalik sub’ektining moliyaviy holatini, moliyaviy natijalarini va pul oqimlarini haqqoniy tarzda taqdim etishi lozim. Haqqoniy taqdim etish operatsiyalarning, boshqa hodisalarning va sharoitlarning oqibatlarini Kontseptual asosda keltirilgan aktivlar, majburiyatlar, daromadlar va xarajatlarning ta’riflariga va tan olish mezonlariga muvofiq haqqoniy taqdim etishni talab etadi. MHXSlarni, zarur bo’lganda qo’shimcha ma’lumotlarni oshkor etish bilan birga, qo’llash haqqoniy taqdim etishni ta’minlaydigan moliyaviy hisobotlarga olib keladi deb ko’zda tutiladi.

  • Xo’jalik sub’ekti mazkur Standartda foydalanilgan hisobot nomlaridan tashqari nomlardan foydalanishi mumkin. Masalan, xo’jalik sub’ekti “foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobot” o’rniga “umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobot” nomidan foydalanishi mumkin. Moliyaviy hisobotlar xo’jalik sub’ektining moliyaviy holatini, moliyaviy natijalarini va pul oqimlarini haqqoniy tarzda taqdim etishi lozim. Haqqoniy taqdim etish operatsiyalarning, boshqa hodisalarning va sharoitlarning oqibatlarini Kontseptual asosda keltirilgan aktivlar, majburiyatlar, daromadlar va xarajatlarning ta’riflariga va tan olish mezonlariga muvofiq haqqoniy taqdim etishni talab etadi. MHXSlarni, zarur bo’lganda qo’shimcha ma’lumotlarni oshkor etish bilan birga, qo’llash haqqoniy taqdim etishni ta’minlaydigan moliyaviy hisobotlarga olib keladi deb ko’zda tutiladi.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling