Moliyaviy investitsiyalarning auditi


Moliyaviy investitsiyalar auditining maqsadi va vazifalari


Download 21.79 Kb.
bet3/5
Sana19.12.2022
Hajmi21.79 Kb.
#1032411
1   2   3   4   5
Bog'liq
Audit Samandar

2. Moliyaviy investitsiyalar auditining maqsadi va vazifalari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy investitsiyalar pul mablag‘lari qadrsizlanishining oldini olish, qo‘shimcha daromad olish va boshqa korxona faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish maqsadida amalga oshiriladi. Moliyaviy investitsiyalar ma’lum korxonalar tomonidan boshqa bir korxonalarga ham qo’shimcha daromad olish ham shu korxonada tegishli miqdorda boshqaruv huquqini qo’lga kiritish maqsadida yo’naltirilishi mumkin. Erkin iqtisodiy sharoitda ushbu turdagi investitsiyalardan nafaqat ijobiy manfaat olish balki ba’zida boshqa g’arazli maqsadlarda, ayniqsa, boshqaruv bilan bog’liq bo’lganda, foydalanish hollari ham kelib chiqishi mumkin. Ana shuning uchun ham moliyaviy investitsiyalar auditning muhim obyekti sifatida etiladi. Moliyaviy investitsiyalar auditining maqsadi—korxonalarda moliyaviy investitsiyalar hisobining to’g’ri yo’lga qo’yilganligi, qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilayotganligi, olinayotgan daromadlarning hisoblash tamoyiliga muvofiq tan olinayotganligi va ular bilan bog’liq soliqlarning to’g’ri hisoblanib, o’z vaqtida to’lovlarning amalga oshirilayotganligini tekshirib, xolisona baho berishdan iborat. Bugungi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida esa moliyaviy investitsiyalar auditining maqsadi investitsiya kiritayotgan va undan manfaatdor bo’layotgan korxonalarning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilishi maqsadga muvofiqdir. Ushbu maqsadlardan kelib chiqib moliyaviy investitsiyalar auditi quyidagi vazifalarga ega bo’ladi (1.1.1-jadval).
1-jadval

Moliyaviy investitsiyalarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish chog‘ida hal etiladigan vazifalar Auditorning vazifalari

Tekshiriladigan masalalar

1. Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish va nazorat qilishning holatini tekshirish.

Korxona aktivlarini moliyaviy investitsiyalar qatoriga olib borishning to‘g‘riligi.
Muomalalarni hujjatlashtirishni tekshirish.
Moliyaviy investitsiyalarni baholashning to‘g‘riligi.
Moliyaviy investitsiyalarni inventarizatsiya qilish.
Buxgalteriya hisoboti ko‘rsatkichlarining sintetik va analitik hisob ma’lumotlariga mosligi.

2. Moliyaviy investitsiyalar harakatini buxgalteriya hisobida aks ettirishga doir muomalalar sintetik hisobining to‘liqligi va to‘g‘riligi hamda soliq qonun-chiligiga rioya qilinishini

Moliyaviy investitsiyalar kirimi va hisobdan chiqarilishini sintetik hisob registrlarida aks ettirish.
Qimmatli qog‘ozlar analitik hisobini tashkil etish.
Moliyaviy investitsiyalarni hisobdan chiqarishga doir muomalalar bo‘yicha soliq qonunchiligiga rioya qilinishi.
Qimmatli qog‘ozlar qadrsizlanishining oldini olish maqsadida rezerv tashkil etishga doir muomalalarni


Download 21.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling