Moliyaviy investitsiyalarning auditi


Moliyaviy investitsiyalar auditining nazariy asoslari


Download 21.79 Kb.
bet2/5
Sana19.12.2022
Hajmi21.79 Kb.
#1032411
1   2   3   4   5
Bog'liq
Audit Samandar

Moliyaviy investitsiyalar auditining nazariy asoslari
1.1. Moliyaviy investitsiyalarning audit obyekti sifatidagi tasnifi va tavsifi.
O’znekiston davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardan boshlab milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning o’ziga xos yo’nalishlari belgilab olindi.
Bugungi kunda rivojlangan ivestitsion faoliyatning yo’lga qo’yilishi hukumatimiz olib borayotgan oqilona investitsiya siyosatining natijalaridan biri ekanligini yurtboshimiz ta’kindlab o’tganlaridek: “Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish, eksport imkoniyatini kengaytirish sohasida belgilangan yo’nalishlar kuchli investitsiya siyosatini o’tkazish bilangina ro’yobga chiqadi!”2
2 Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo’nalishlari. –T.: O’zbekiston, 1993, 16-17 betlar.
3 G’ozibekov D.G’. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. –T.: Moliya, 2003, 26-bet.
4 Urazov K.B. Investitsiyalarning buxgalteriya hisobi va soliqqa tortilishi.—T.: “Iqtisodiyot va huquq dunyosi”, 2003, 6-bet.
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmun-mohiyatini ochib berishda ko’plab iqtisodchi olimlar o’rtasida xilma-xil fikrlar mavjud. Jumladan, investitsiyalarning iqtisodiy mazmun-mohiyatini moliyaviy kategoriya sifatida talqin etgan prof. D.G’. G’ozibekov ularga quyidagicha ta’rif bergan: “Investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablag’lar olish, ularni asosli holda safarbar etish, risklar darajasini hisobga olgan holda capital qiymatini saqlash va ko’zlangan samarani olishdan iborat bo’ladi”3 Prof. N.H. Haydarovning fikricha: “Investitsiya –bu mulk shaklidan qat’iy nazar, tadbirkorlik asosida faoliyat ko’rsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslar yoki davlatning iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida o’z boyliklarini qonun doirasida bo’lgan har qanday tadbirkorlik faoliyatiga sarflashidir!” O’zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrdagi “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi (qayta tahrir qilingan) qonuniga ko’ra “Investitsiya –iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga kiritilgan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqdir” sifatida ta’riflangan.
Shundan kelib chiqib, “Investitsiya” deganda daromad (foyda) olish va ijtimoiy nafga erishish maqsadida moddiy va nomoddiy ko’rinishdagi aktivlar va pul mablag’larini turli sohalarga qonun doirasida sarflash tushuniladi.
Raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar mavjud bo’sh pul mablag’laridan samarali foydalanishlari va ularni investitsiya faoliyatiga jalb qilgan holda qo’shimcha foyda olishlari muhim hisoblanadi. Shundanb kelib chiqib, korxonalarning boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlariga sarflagan mablag’lari (investitsiyalari)ni hisobda to’g’ri aks ettirish va ular bilan bog’liq hisob-kitoblarni o’z vaqtida va to’g’ri olib boorish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu esa bevosita ushbu obyektlarni hisobga olish, ular bo’yicha soliqlarni to’g’ri hisoblanishi va o’z vaqtida to’lanishini tekshirish, ya’ni audit qilish muhimligini ko’rsatadi. Shuning uchun investitsiyalar auditning muhim obyekti hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi va auditning obyekti sifatida investitsiyalarni quyidagicha tasniflash mumkin (1.1.1-chizma):irinchidan, qo’yilish obyektiga qarab iqtisodiyotning bo’g’inlariga ko’ra mamlakatda amalga oshirilayotgan investitsiyalar makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot darjalaridagi investitsiyalarga bo’linadi. Makroiqtisodiyot darajasidagi investitsiyalar bu davlat investitsiya dasturida o’z aksini topgan bo’ladi. Ular davlat investitsiyalari hisoblanadi. Mikroiqtisodiy darajadagi investitsiyalar xalq xo’jaligining quyi bo’g’ini bo’lgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi. Ikkinchidan, kiritilish doirasiga ko’ra ichki va tashqi investitsiyalar. Ichki investitsiyalar deyilganda, mamlakatning ichidagi investorlar, ichki manbalar va davlat investitsiya dasturida ko’zda tutilgan investitsiyalar tushuniladi. Tashqi investitsiya agar u makro darajada bo’lsa, boshqa mamlakatlardan, xorijiy investorlar tomonidan kiritilgan mablag’lar, agar u mikrodarjada bo’lsa, korxonalarga boshqa korxonalrdan kiritilgan sarmoyalar tushuniladi. Uchinchidan, kiritilish sohalariga ko’ra investitsiyalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalariga kiritilgan investitsiyalarga bo’linadi.



Download 21.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling