Mundarija Kirish I bob. Moliyaviy investitsiyalar auditining nazariy asoslari


Download 28.71 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi28.71 Kb.
#1557357
Bog'liq
New Документ Microsoft Word (2)


Mundarija Kirish…………..…………………………………………………………………..3 I BOB. Moliyaviy investitsiyalar auditining nazariy asoslari
1.1. Moliyaviy investitsiyalarning audit obyekti sifatidagi tasnifi va tavsifi……...9 1.2. Moliyaviy investitsiyalar auditining maqsadi va vazifalari…………………..20 1.3. Moliyaviy investitsiyalar auditining axborot manbalari va ketma-ketligi……24 II BOB. Moliyaviy investitsiyalarning auditining amaliy jihatlari va uni yaxshilash yo’llari
2.1. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning auditi…………………………30 2.2. Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarning auditi…………………………43 2.3. Moliyaviy investitsiyalar auditini yaxshilash yo’llari………………………..48 Xulosa va takliflar……………………………………………………………….51 Foydali adabiyotlar ro’yxati…………………………………………………….59

Mavzu: “Moliyaviy investitsiyalarning auditi”. (MCHJ “Sam-Praga-Piva” QK misolida) Reja Kirish


I BOB. Moliyaviy investitsiyalar auditining nazariy asoslari
1.1. Moliyaviy investitsiyalarning audit obyekti sifatidagi tasnifi va tavsifi.
1.2. Moliyaviy investitsiyalar auditining maqsadi va vazifalari.
1.3. Moliyaviy investitsiyalar auditining axborot manbalari va ketma-ketligi. II BOB. Moliyaviy investitsiyalarning auditining amaliy jihatlari va uni yaxshilash yo’llari
2.1. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning auditi.
2.2. Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarning auditi.
2.3. Moliyaviy investitsiyalar auditini yaxshilash yo’llari.
Xulosa va takliflar
Foydali adabiyotlar ro’yxati Ilovalar
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida respublikamiz iqtisodiyotida ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda, yangi tarmoqlar bunyod etilmoqda, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni oshib bormoqda. Iqtisodiy o‘sishga katta miqdorida investitsiyalar ajratilmoqda. Respublikamiz iqtisodiyotiga safarbar etilgan yirik miqyosdagi investitsiyalar import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishning barpo qilinishi va yangi mahsulot turlarining o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq bo‘lib kelmoqda. Bunday o‘zgartirishlar jahon xo‘jaligiga kirib borish, mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishish imkoniyatlarini yaratadi. Investitsiyalashning ustuvor yo‘nalishlarini aniq belgilash, ilmiy asoslangan investitsiya qarorlarini qabul qilish investitsiya faoliyatini oqilona tartibga solish asosida ichki va tashqi moliyaviy manbalarning barcha shart-sharoitlarini hisobga olgan holda investitsiyalarni jalb qilish milliy iqtisodiyotning kelajagini belgilaydi. Mamlakatimiz investitsiya faoliyatida, ayniqsa, xorijiy investitsiyalar ishtiroki kuchayib bormoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov bevosita xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida fikr bildirib, «Bir oddiy haqiqatni yaxshi tushunib olish kerakki, O‘zbekistonga kiritilayotgan investitsiyalar, ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelayotgan sarmoyalar oqimi har bir kishi, umuman jamiyat hayoti uchun suv va havodek zarur» 1 , – deb baholaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib iqtisodiyot uchun investitsiyalarning muhim ahamiyat kasb etishi, korxonalarda investitsiyalar hisobi va auditi masalalariga alohida e’tibor berish ustuvor vazifaga aylanadi. Shu nuqrai-nazardan ushbu kurs ishining mavzusi “Moliyaviy investitsiyalarning auditi” deb nomlandi va mavzuning dolzarbligi quyidagilarda namoyon bo’ladi.  Moliyaviy investitsiyalarning to’g’ridan-to’g’ri moliyaviy natijalarga ta’sir qilishi;  Moliyaviy investitsiyalarning soliq va soliqqa tortish bazasiga bevosita aloqadorligi;  Moliyaviy investitsiyalarning boshqa korxonalar faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatishi. Shunday ekan, moliyaviy investitsiyalarning buxgalteriya hisobida to’g’ri aks ettirilishi, ular bo’yicha soliq hisob-kitoblarining o’z vaqtida hisoblanishi va amalgam oshirilishini nazorat qilish, ya’ni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish zarur. Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Moliyaviy investitsiyalar, ularning iqtisodiy mazmuni, investitsiyalar hisobi va auditi masalalariga so’nggi yillarda jiddiy e’tibor berilmoqda. Bu borada O’zbekiston va dunyoning yetakchi olimlari, jumladan, To’laxadjayeva M.M, Urazov K.B., Musayev H.N., Zaynalov J.R., 1 Karimov I.A. «Iqtisodiy islohot mas’uliyatli bosqich». T.: “O‘zbekiston”. 1999 y. 46b. 5 G’ozibekov D.G’., Dustmuratov R., Fayziyev Sh., Mamatov Z.T., Ilhomov Sh.I., Xudoyberdiyev A.X., Arens A., Lobbek D.J., Andreev V.D. va boshqalar moliyaviy investitsiyalar auditiga keng to’xtalib, bu mavzuda o’zlarining nomzodlik dissertatsiyalari, monografiyalari, o’quv-qo’llanmalari, darsliklari va ilmiy maqolalarini chop ettirmoqdalar. Mavzuning ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi. Mazkur kurs ishi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga mos keladi va mazkur doirada bajarilgan. Ishning maqsadi va vazifalari. Ushbu kurs ishining maqsadi-moliyaviy investitsiyalar auditining nazariy va amaliy jihatlarini alohida xo’jalik yurituvchi subyekt misolida tadqiq etish va uni yaxshilash bo’yicha takliflar ishlab chiqish. Bundan tashqari kurs ishi bajarishdan investitsiyalar hisobi va auditiga oid bilimlarni mustahkamlash ham ko’zda tutilgan. Ushbu maqsaddan kelib chiqib kurs ishi oldiga quyidagi vazifalar qo’yildi:  bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalarning iqtisodiy mazmuniga ko’ra tasniflash va uni ochib berish;  investitsiyalar auditining nazariy va amaliy masalalarini yoritish;  iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida moliyaviy investitsiyalar auditining vazifalarini ishlab chiqish;  korxonada moliyaviy investitsiyalar auditini tashkil etishning nazariy va amaliy jhatlarini yaxshilash bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. Izlanishlar obyekti va predmeti. Kurs ishining tadqiqot obyekti bo’lib, MCHJ “Samarqand-Praga-Pivo”XIIK hisoblanadi. Izlanishning predmeti esa bozor munosabatlari sharoitida moliyaviy investitsiyalar auditini tashkil qilish va uni yaxshilashdir. Ishning tarkibi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat bo’lib, jami hajmi ___ betni tashkil qiladi. 6 I bob. Moliyaviy investitsiyalar auditining nazariy asoslari 1.1. Moliyaviy investitsiyalarning audit obyekti sifatidagi tasnifi va tavsifi. O’znekiston davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardan boshlab milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning o’ziga xos yo’nalishlari belgilab olindi. Bugungi kunda rivojlangan ivestitsion faoliyatning yo’lga qo’yilishi hukumatimiz olib borayotgan oqilona investitsiya siyosatining natijalaridan biri ekanligini yurtboshimiz ta’kindlab o’tganlaridek: “Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish, eksport imkoniyatini kengaytirish sohasida belgilangan yo’nalishlar kuchli investitsiya siyosatini o’tkazish bilangina ro’yobga chiqadi!”2 Investitsiyalarning iqtisodiy mazmun-mohiyatini ochib berishda ko’plab iqtisodchi olimlar o’rtasida xilma-xil fikrlar mavjud. Jumladan, investitsiyalarning iqtisodiy mazmun-mohiyatini moliyaviy kategoriya sifatida talqin etgan prof. D.G’. G’ozibekov ularga quyidagicha ta’rif bergan: “Investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablag’lar olish, ularni asosli holda safarbar etish, risklar darajasini hisobga olgan holda capital qiymatini saqlash va ko’zlangan samarani olishdan iborat bo’ladi”3 Prof. N.H. Haydarovning fikricha: “Investitsiya –bu mulk shaklidan qat’iy nazar, tadbirkorlik asosida faoliyat ko’rsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslar yoki davlatning iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida o’z boyliklarini qonun doirasida bo’lgan har qanday tadbirkorlik faoliyatiga sarflashidir!” O’zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrdagi “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi (qayta tahrir qilingan) qonuniga ko’ra “Investitsiya –iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga kiritilgan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqdir” sifatida ta’riflangan. Shundan kelib chiqib, “Investitsiya” deganda daromad (foyda) olish va ijtimoiy nafga erishish maqsadida moddiy va nomoddiy ko’rinishdagi aktivlar va pul mablag’larini turli sohalarga qonun doirasida sarflash tushuniladi. Raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar mavjud bo’sh pul mablag’laridan samarali foydalanishlari va ularni investitsiya faoliyatiga jalb qilgan holda qo’shimcha foyda olishlari muhim hisoblanadi. Shundanb kelib chiqib, korxonalarning boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlariga sarflagan mablag’lari (investitsiyalari)ni hisobda to’g’ri aks ettirish va ular bilan bog’liq hisob-kitoblarni o’z vaqtida va to’g’ri olib boorish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu esa bevosita ushbu obyektlarni hisobga olish, ular bo’yicha soliqlarni to’g’ri hisoblanishi va o’z vaqtida to’lanishini tekshirish, ya’ni audit qilish muhimligini ko’rsatadi. Shuning uchun investitsiyalar auditning muhim obyekti hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi va auditning obyekti sifatida investitsiyalarni quyidagicha tasniflash mumkin (1.1.1-chizma): 4 2 Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo’nalishlari. –T.: O’zbekiston, 1993, 16-17 betlar. 3 G’ozibekov D.G’. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. –T.: Moliya, 2003, 26-bet. 4 Urazov K.B. Investitsiyalarning buxgalteriya hisobi va soliqqa tortilishi.—T.: “Iqtisodiyot va huquq dunyosi”, 2003, 6-bet. 7 Birinchidan, qo’yilish obyektiga qarab iqtisodiyotning bo’g’inlariga ko’ra mamlakatda amalga oshirilayotgan investitsiyalar makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot darjalaridagi investitsiyalarga bo’linadi. Makroiqtisodiyot darajasidagi investitsiyalar bu davlat investitsiya dasturida o’z aksini topgan bo’ladi. Ular davlat investitsiyalari hisoblanadi. Mikroiqtisodiy darajadagi investitsiyalar xalq xo’jaligining quyi bo’g’ini bo’lgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi. Ikkinchidan, kiritilish doirasiga ko’ra ichki va tashqi investitsiyalar. Ichki investitsiyalar deyilganda, mamlakatning ichidagi investorlar, ichki manbalar va davlat investitsiya dasturida ko’zda tutilgan investitsiyalar tushuniladi. Tashqi investitsiya agar u makro darajada bo’lsa, boshqa mamlakatlardan, xorijiy investorlar tomonidan kiritilgan mablag’lar, agar u mikrodarjada bo’lsa, korxonalarga boshqa korxonalrdan kiritilgan sarmoyalar tushuniladi. Uchinchidan, kiritilish sohalariga ko’ra investitsiyalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalariga kiritilgan investitsiyalarga bo’linadi. To’rtinchidan, kiritilish muddatiga ko’ra uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar mavjud. Uzoq muddatli investitsiyalarga bir yildan ko’p muddatga kiritiladigan barcha turdagi investitsiyalar kiradi. Qisqa muddatli investitsiyalar esa bir yilgacha bo’lgan muddatda kiritiladi. Beshinchidan, kiritish shakliga ko’ra investitsiyalar nominal va real investitsiyalarga bo’linadi. Nominal investitsiyalar deganda pul shaklida mablag’lar majmuasi tushunilsa, real investitsiyalar deyilganda pul mablag’larining ishlab chiqarish omillariga aylanishi tushuniladi. Oltinchidan, kapitallashuviga ko’ra investitsiyalar capital va moliyaviy investitsiyalarga bo’linadi. Kapital investitsiyalar korxonalarning kelajakda asosiy vositasiga yoki ularning balans qiymatini oshishiga olib keladigan mablag’lardir. Moliyaviy investitsiyalar esa qaytarib olinadigan va ma’lum vaqtgacha qo’shimcha daromad olish maqsadida boshqa korxonalarga kiritiladigan mablag’lar hisoblanadi. Moliyalashtirish manbasiga ko’ra o’z mablag’lari evaziga va qarz mablag’lari evaziga amalga oshiriladigan investitsiyalar bo’ladi. Iqtisodiyotni erkinlashuvi va liberallashuvi korxonalarning moliya bozorlarida ham faol ishtirok etish imkoniyatini yaratmoqda. O’z xarakteriga ko’ra moliyaviy investitsiyalar korxonalarning tashqi investitsiyasiga kiradi. Ushbu turdagi investitsiyalarga prof. K.B. Urazov quyidagicha ta’rif bergan: “Moliyaviy investitsiyalar –bu korxonalarning boshqa korxonalarga ularning quvvatini oshirish va buning evaziga kelgusida o’zlari ham naf ko’rish, qo’shimcha daromad olish maqsadida kiritgan mablag’lari majmuasi”. 5 O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti 12-son BHMSda esa bu investitsiyalarga “Moliyaviy investitsiyalar –xo’jalik yurituvchi subyekt tasarrufidagi daromad olishga (foiz, royalty, dividend va ijara haqi shaklida) mo’ljallangan, investitsiya qilingan sarmoya qiymatining ortishi yoki investitsiya qiluvchi kompaniya boshqa naf olish uchun foydalaniladigan aktivlar” deb ta’rif berilgan.6 Moliyaviy investitsiyalar turli belgilariga qarab tasniflanadi (1.1.2-chizma). 5 Urazov K.B. Investitsiyalarning buxgalteriya hisobi va soliqqa tortilishi.—T.: “Iqtisodiyot va huquq dunyosi”, 2003, 10-bet. 6 O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartlari to’plami. –T.: “Norma”, 2010, 197-bet. 8 Muddatiga ko’ra uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar mavjud. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar bir yildan ortiq muddatda amalga oshiriladigan investitsiyalar. Qisqa muddatli investitsiyalar –muomala muddati 12 oydan oshmaydigan va oson realizatsiya qilinbadigan investitsiyalar. Kiritilish yo’nalishiga ko’ra moliyaviy investitsiyalar xo’jalik yurituvchi subyektlarning turlari bo’yicha alohida guruhlanadi. Jumladan quyidagilar:  Aksiyadorlik jamiyatlariga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar.  Sho’ba xo’jalik jamiyatlariga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar.  Chet el kapitaliga ega korxonalarga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar.  Qaram xo’jalik jamiyatlariga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar.  Boshqa turdagi jamiyatlarga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar. Ko’rinishi bo’yicha barcha moliyaviy investitsiyalarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:  Qimmatli qog’ozlarga kiritilgan investitsiyalar.  Qarz sifatida kiritilgan investitsiyalar.  Kredit sifatida kiritilgan moliyaviy investitsiyalar.  Ta’sis badali sifatida kiritilgan moliyaviy investitsiyalar. Bulardan tashqari 1.1.2-chizmada keltirilgan moliyaviy investitsiyalarning boshqa turlari ham mavjud. Moliyaviy investitsiyalar asosan qimmatli qog’ozlar sotib olish yo’li bilan kiritiladi. 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq «qimmatli qog‘ozlar - bu ularni chiqargan shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlovchi, dividend yoki foiz ko‘rinishida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxsga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi pul hujjatlaridir». Yuqorida qayd etilgan qonunga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlarga:  aksiyalar;  obligatsiyalar;  xazina majburiyatlari;  depozit va xazina sertifikatlari;  veksellar;  hosilaviy qimmatli qog‘ozlar kiradi (1.1.1-chizma) . Hosilaviy qimmatli qog’ozlar bugungi kunda moliya bozorlarida juda keng tarqalmoqda. Ular quyidagi uch turga bo’linadi (1.1.2-chizma). Optsion Varrant Fyuchers Hosilaviy qimmatli qog’ozlarning turlari 9 1.1.2-chizma. Hosilaviy qimmatli qog’ozlarning turlari. 10 Opsion (lotincha optio so‘zidan olingan bo‘lib, tanlov degan ma’noni anglatadi) - bu bitimda ishtirok etayotgan tomonlarning biriga qimmatli qog‘ozlar ma’lum bir miqdorini muayyan vaqt mobaynida belgilangan narxda sotib olish yoki kontragentga sotish huquqini beruvchi shartnomadir. Kontragent esa, mukofot evaziga ushbu huquqni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Varrant (nemischa warrant so‘zidan) - bu uning egasi ma’lum muddat davomida yoki ma’lum bir kunda varrantlar emitenti tomonidan dastlabki chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni harid qilish huquqini olganligi tasdiqlovchi hujjat. Fyuchers (inglizcha future so‘zidan olingan bo‘lib, kelajak ma’nosini anglatadi) kelishilgan miqdordagi qimmatliklarni ma’lum vaqt mobaynida bitim tuzish vaqtida belgilangan narxda yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomalarni o‘zida namoyon qiladi. Respublikamiz amaliyotida uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni yo‘naltirishning asosiy vositasi aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog‘ozlarini harid qilish hisoblanmoqda. Umuman olganda, moliyaviy investitsiyalar korxonalarning bo’sh pul mablag’laridan samarali foydalanishlarida muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy investitsiyalardan daromad olinar ekan ularni audit obyekti sifatida tan olish va nazorat (auditorlik nazorat) qilish ham alohida ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy investitsiyalar auditining maqsadi, vazifalari, ketma-ketligi va boshqa xususiyatlari to’g’risida keyingi sahifalarda kengroq ma’lumot beriladi. 11 1.1.1-chizma. Qimmatli qog’ozlarning turlari va mazmuni/ Qimmatli qog’ozlar tarkibi va mazmuni Aksiya (gollandcha actie so‘zidan olingan bo‘lib, qimmatli qog‘oz degan ma’noni anglatadi) - bu aksiyadorlik jamiyatining ustav fondiga muayyan hissa qo‘shganlikdan guvohlik beruvchi, uning egasiga foydaning bir qismini olish va, odatda, ushbu jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beruvchi qimmatli qog‘ozdir. Obligatsiya (lotincha obligatio so‘zidan olingan bo‘lib, majburiyat ma’nosini anglatadi) - bu uning egasi qarz berganligidan guvohlik beruvchi, unga ushbu qimmatli qog‘ozning nominal qiymatini unda ko‘rsatilgan muddatda belgilangan (qat’iy) foiz to‘langan holda qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozdir. Veksel (nemischa Wechsel so‘zidan) - bu veksel beruvchining yoki vekselda ko‘rsatilgan boshqa to‘lovchining vekselda ko‘zda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga ma’lum miqdordagi summani to‘lash haqidagi so‘zsiz majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozdir. Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar - bu shartnomalar bo‘lib, ular bo‘yicha bir tomon qimmatli qog‘ozlarning ma’lum bir miqdorini ma’lum muddatda kelishilgan narxda sotib olish yoxud sotish huquqi yoki majburiyatini oladi. Depozit sertifikatlari (inglizcha certifikate of deposit)- bu pul mablag‘larini omonatga qo‘yilganligi to‘g‘risida, omonatchiga belgilangan muddat tugagandan so‘ng depozit summasi va unga tegishli foizlarni olish huquqini beruvchi kredit muassasasining guvohnomasidir. Xazina majburiyatlari - bu ularning egalari tomonidan byudjetga pul mablag‘larini berganliklarini tasdiqlovchi hamda ushbu qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishning butun muddati davomida belgilangan daromadni olish huquqini beruvchi davlat qimmatli qog‘ozlaridir. Ular jismoniy shaxslar uchun chiqariladigan qimmatli qog‘ozlardir. 12 1.2. Moliyaviy investitsiyalar auditining maqsadi va vazifalari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy investitsiyalar pul mablag‘lari qadrsizlanishining oldini olish, qo‘shimcha daromad olish va boshqa korxona faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish maqsadida amalga oshiriladi. Moliyaviy investitsiyalar ma’lum korxonalar tomonidan boshqa bir korxonalarga ham qo’shimcha daromad olish ham shu korxonada tegishli miqdorda boshqaruv huquqini qo’lga kiritish maqsadida yo’naltirilishi mumkin. Erkin iqtisodiy sharoitda ushbu turdagi investitsiyalardan nafaqat ijobiy manfaat olish balki ba’zida boshqa g’arazli maqsadlarda, ayniqsa, boshqaruv bilan bog’liq bo’lganda, foydalanish hollari ham kelib chiqishi mumkin. Ana shuning uchun ham moliyaviy investitsiyalar auditning muhim obyekti sifatida etiladi. Moliyaviy investitsiyalar auditining maqsadi—korxonalarda moliyaviy investitsiyalar hisobining to’g’ri yo’lga qo’yilganligi, qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilayotganligi, olinayotgan daromadlarning hisoblash tamoyiliga muvofiq tan olinayotganligi va ular bilan bog’liq soliqlarning to’g’ri hisoblanib, o’z vaqtida to’lovlarning amalga oshirilayotganligini tekshirib, xolisona baho berishdan iborat. Bugungi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida esa moliyaviy investitsiyalar auditining maqsadi investitsiya kiritayotgan va undan manfaatdor bo’layotgan korxonalarning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilishi maqsadga muvofiqdir. Ushbu maqsadlardan kelib chiqib moliyaviy investitsiyalar auditi quyidagi vazifalarga ega bo’ladi (1.1.1-jadval). 1-jadval Moliyaviy investitsiyalarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish chog‘ida hal etiladigan vazifalar Auditorning vazifalari Tekshiriladigan masalalar 1. Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish va nazorat qilishning holatini tekshirish. Korxona aktivlarini moliyaviy investitsiyalar qatoriga olib borishning to‘g‘riligi. Muomalalarni hujjatlashtirishni tekshirish. Moliyaviy investitsiyalarni baholashning to‘g‘riligi. Moliyaviy investitsiyalarni inventarizatsiya qilish. Buxgalteriya hisoboti ko‘rsatkichlarining sintetik va analitik hisob ma’lumotlariga mosligi. 2. Moliyaviy investitsiyalar harakatini buxgalteriya hisobida aks ettirishga doir muomalalar sintetik hisobining to‘liqligi va to‘g‘riligi hamda soliq qonunchiligiga rioya qilinishini Moliyaviy investitsiyalar kirimi va hisobdan chiqarilishini sintetik hisob registrlarida aks ettirish. Qimmatli qog‘ozlar analitik hisobini tashkil etish. Moliyaviy investitsiyalarni hisobdan chiqarishga doir muomalalar bo‘yicha soliq qonunchiligiga rioya qilinishi. Qimmatli qog‘ozlar qadrsizlanishining oldini olish maqsadida rezerv tashkil etishga doir muomalalarni 13 tekshirish aks ettirish. Qarz shartnomasi bo‘yicha berilgan mablag‘lar hisobi. 3. Moliyaviy investitsiyalarga doir daromadlarning to‘liq aks ettirilishi va ularning soliqqa tortilishini tekshirish Hisoblangan daromadlarni aks ettirish. Ushbu muomalalarni soliqqa tortishning to‘g‘riligini tekshirish. Tekshiriladigan masalalar bo‘yicha yetarli dalillarga ega bo‘lish ko‘rsatilgan faktlarni mustaqil baholash, yo‘l qo‘yilgan xato - kamchiliklarni hamda amaldagi me’yoriy hujjatlar va buxgalteriya hisobi qoidalaridan chetga chiqishlarni aniqlashga imkon beradi. Bundan tashqari inqiroz sharoitidan kelib chiqib, moliyaviy investitsiyalarning auditi quyidagi vazifalarni ham hal etishi kerak.  Moliyaviy investitsiyalarning maqsadli amalga oshirilganligini tekshirish va tahlil qilish;  Kiritilgan moliyaviy investitsiyalardan foydalanilayotgan korxonalarda investorlarning boshqaruv bilan bog’liq ishtirokini tekshirish va tahlil qilish (asosan ichki auditorlar tomonidan);  Moliyaviy investitsiyalar samaradorligini tekshirish va tekshirish natijalarini tahlil qilgan holda takliflar ishlab chiqish;  Inqirozga qarshi choralar dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, korxonalarga xorijiy investorlarni jalb qilish bo’yicha taklif va tavsiyalar berish. Audit jarayonida yuqoridagi vazifalar to’la hal qilinishi va qo’yilgan maqsadga to’la erishilishi korxonalarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Buning uchun auditorlar ham o’zlariga qo’yilgan vazifalarni to’liq bajarishlari lozim. Umuman olganda, moliyaviy investitsiyalar auditi yuqorida ta’kidlagan maqsaddan kelib chiqib, belgilan vazifalarni hal etishga qaratiladi. 14 1.3. Moliyaviy investitsiyalar auditining axborot manbalari va ketma-ketligi. Moliyaviy investitsiyalar audit qilinganda auditor bir qancha axborot manbalaridan foydalanadi. Moliyaviy investitsiyalarni auditorlik tekshiruvida foydalaniladigan axborot manbalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: * moliyaviy investitsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortishni hamda auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishni tartibga soladigan me’yoriy hujjatlar; * buxgalteriya hisobotlari; * korxonaning hisob siyosati; * moliyaviy investitsiyalarni hisobga oladigan sintetik va analitik hisob registrlari; * moliyaviy investitsiyalarni aks ettiradigan dastlabki hujjatlar. Korxonaning hisob siyosati to‘g‘risidagi buyrug‘i bo‘yicha auditor quyidagilar bilan tanishishi mumkin: * boshqa korxonalarning ustav kapitalida ishtirok etishdan olingan daromadlarni oddiy yoki operatsion faoliyatdan olingan daromadlar qatorida tan olish; * moliyaviy investitsiyalarni aks ettirish uchun foydalaniladigan ishchi schyotlar rejasi; * qo‘llaniladigan buxgalteriya hisobi shakli va korxona buxgalteriyasida tuziladigan hisob registrlari ro‘yxati; * moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish bilan bog‘liq dastlabki hujjatlarning hujjatlar aylanishi (hujjatlar aylanish grafigi) bilan; * korxonaning moliyaviy investitsiyalari, qarz shartnomalarini rasmiylashtirishga ruxsat etilgan shaxslar ro‘yxati; moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish uchun korxona tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan dastlabki hujjatlar shakllari; Buxgalteriya hisobining yagona jurnal-order shaklidan foydalanadigan korxonalarda jurnal-orderlar qo‘llanilib, ularda hisobga qabul qilingan dastlabki hujjatlardagi axborotlar to‘planadi va muomalalar aks ettiriladi. Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishda kompyuter dasturlaridan foydalanilganda schyotlar bo‘yicha debet va kredit oborotlarining bosmadan chiqarilgan yozma nusxasining ma’lumoti tuziladi. Moliyaviy investitsiyalarning analitik hisob registri sifatida «Qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish daftari» tavsiya etiladi. Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha muomalalar quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi: ta’sis shartnomasi (boshqa korxonalar ustav kapitaliga investitsiyalar qilishda), qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi shartnomasi, qarz shartnomasi, depozit jamg‘arma uchun shartnoma, qimmatli qog‘ozlarni garovga qo‘yish shartnomasi, oddiy shirkat shartnomasi (hamkorlikdagi faoliyat shartnomasi) va boshqalar. Auditor ushbu ko‘rsatilgan shartnomalar qoidalarining qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq muomalalarni tartibga soladigan boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga mos kelishini tekshirishi lozim. 15 Moliyaviy investitsiyalar auditida ma’lumot manbasi sifatida foydalaniladigan dastlabki hujjatlarga quyidagilar kiradi: qimmatli qog‘ozlarni qabul qilishtopshirish dalolatnomasi, hamkorlikdagi faoliyatga qo‘shiladigan ulushni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, umumiy ishni yurituvchi hamkor tomonidan mulklarni qabul qilish to‘g‘risidagi avizo, pul shaklidagi ulushlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi to‘lov-topshiriqnomasi va bank ko‘chirmasi (naqd pulsiz hisobkitoblarda) yoki kassa chiqim orderi va kassa kirim orderining kvitansiyasi (naqd pullik hisob-kitoblarda), qimmatli qog‘ozlar qiymatini to‘lash uchun beriladigan mulklar (aktivlar)ni rasmiylashtirish schet-fakturasi va nakladnoyi, qimmatli qog‘ozlar va qat’iy hisobda turadigan blankalarning inventarizatsiya ro‘yxati va boshqa hujjatlar. Yuqoridagi axborot manbalari va ularda aks ettirilgan ma’lumotlar auditorlarni axborotga bo’lgan talablarini to’la qondirishi va audit jarayonida auditorlar ushbu axborotlar bilan ta’minlanishi auditning sifatini oshiradi va korxona uchun ham foydali bo’ladi. Korxonaning barcha aktivlarini audit qilganda ma’lum ketma-ketlikka rioya qilinadi. Shu jumladan, moliyaviy investitsiyalar auditining ketma-ketligi ham o’ziga xos ko’rinishga ega bo’ladi. Bu quyida o’z aksini topadi (1.3.1-chizma). 1.3.1-chizma. Moliyaviy investitsiyalar auditining ketma-ketligi. Moliyaviy investitsiyalarning qoldiqlari aniqlanadi Moliyaviy investitsiyalarga doir muomalalarning to’g’ri hujjatlashtirilganligini tekshirish Moliyaviy investitsiyalar harakatini schyotlarda to’g’ri aks ettirilganligi tekshiriladi Moliayaviy investitsiyalar bo’yicha daromad va xarajatlarning to’g’ri hisoblanganligi va tan olinganligi tekshiriladi Audit natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish Moliyaviy investitsiyalar qiymatining moliyaviy hisobotda to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish 16 Moliyaviy investitsiyalarni audit qilganda yuqoridagi ketma-ketlikka amal qilish va shu asosda audit o’tkazilganda, har bir bir bosqichda ko’plab ishlar qilinadi. Ular quyidagilardan iborat:  moliyaviy investitsiyalarni haqiqatda mavjudligi, butligi, ularning qiymati to’g’ri hisoblanganligi tasdiqlanadi;  moliyaviy investitsiyalar hisobida amaldagi qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlardan chetlanishlar aniqlanadi va isbotlanadi;  chetlanishlarni bartaraf etish va korxonada moliyaviy investitsiyalar hisobini yaxshilashga qaratilgan takliflar beriladi. Umuman olganda, moliyaviy investitsiyalarni yuqorida ko’rsatilgan ketmaketlik asosida o’tkazish va har bir bosqichda bajarilishi lozim bo’lgan ishlarni to’liq amalga oshirish auditorlik xulosasining to’g’ri va ishonchli bo’lishini tya’minlaydi. Ushbu bobda investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni, audit obyekti sifatidagi tasnifi va tavsifi, ular auditining maqsadi, vazifalari, auditning axborot manbalari va moliyaviy investitsiyalar auditining ketma-ketligi atroflicha yoritildi. Moliyaviy investitsiyalar auditining amaliy jihatlar to’g’risida keyingi bobimizda so’z yuritamiz. 17 II bob. Moliyaviy investitsiyalarning auditining amaliy jihatlari va uni yaxshilash yo’llari 2.1. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning auditi. Har qanday faoliyat, xususan auditorlik faoliyati ham samarali bo‘lishi uchun dastavval, uning puxta va aniq rejasi yoki dasturini tuzish lozim. Ularning mazmuni qo‘yilgan maqsad va uni bajarish uchun belgilangan aniq vazifalardan kelib chiqadi. Investitsiyalar auditini rejalashtirish chog‘ida auditorlik tashkiloti tomonidan qo‘llaniladigan me’yorlar №3 «Auditni rejalashtirish» nomli auditorlik faoliyatining milliy standarti (AFMS) bilan belgilanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, audit rejasini puxta tuzmasdan sifatli auditorlik tekshiruvi o‘tkazish mumkin emas. Amalda, investitsiyalar auditini rejalashtirish jarayoni auditorlik tashkiloti bilan xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘rtasida shartnoma tuzilgunga qadar boshlanadi. Bu holat ko‘p hollarda, agar mijoz bilan shartnoma tuzilmasa, auditni rejalashtirish bilan bog‘liq xarajatlar qaysi manbalar hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanishi to‘g‘risidagi savolni yuzaga keltiradi. Keyinchalik shartnoma tuzilgan holda auditni dastlabki rejalashtirishga doir ishlar qiymati o‘tkaziladigan auditorlik xizmatining umumiy qiymatiga qo‘shiladi, aks holda u auditorlik tashkilotining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi lozim. Rejalashtirish auditorlik tekshiruvini boshlang‘ich bosqichi bo‘lib, auditorlar reja tuzilgunga qadar bevosita tekshiruv jarayonini boshlamasliklari lozim. Standartga muvofiq auditni rejalashtirish quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: a) auditni dastlabki rejalashtirish; b) auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish; v) audit dasturini tayyorlash va tuzish. Bugungi kunda korxonalarda moliyaviy investitsiyalar auditini o’tkazishda auditning dastlabki va umumiy rejasini tuzishda turli xildagi yondashuvlar mavjud. Hozirda moliyaviy faoliyat korxonalarning asosiy bo’lmagan faoliyatiga kiradi va ushbu faoliyat bilan bog’liq operatsiyalar uncha ko’p bo’lamaganligi sababli auditni dastlabki va umumiy rejalarini tuzish muhim ahamiyat kasb etmaydi. Auditor faqatgina auditning dasturini tuzib unga muvofiq auditni o’tkazishi ham mumkin va amaliyotda bunday holatlarni ko’plab uchratamiz. Biroq bozor munosabatlarining tobora rivojlanib borishi moliya bozorining birlamchi va ikkilamchi bozorlarini vujudga kelishi, moliyaviy faoliyat bilan shug’ullanuvchi bir qancha yirik korxonalarning paydo bo’lishiga olib keldi. Jumladan, banklar, investitsiya kompaniyalari va investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi sug’urta kompaniyalarida moliyaviy investitsiyalar auditi o’tkazilganda auditning dastlabki, umumiy rejalari va dasturini tuzish g’oyat muhim ahamiyatga ega. Biroq, biz bugungi kunda ko’proq ishlab chiqarish korxonalarining investitsiya faoliyatining auditi masalalariga to’xtalib, xo’jalik yurituvchi subyektlarda uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar auditi masalalarini kengroq yoritamiz. 18 Biz quyida MCHJ “Sam-Praga-Pivo”XIIK misolida uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar auditini ko’rib chiqamiz. Ushbu korxona to’g’risidagi batafsil ma’lumotlar 4-5-6 ilovalarda keltirilgan. Korxona bilan tanishish va uni o’rganish jarayonida shu narsa ma’lum bo’ldiki, ushbu korxonada moliyaviy investitsiyalar bo’yicha audit o’tkazilmagan. Buning asosiy sababi korxonaning uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarining so’nggi yillarda keskin kamayib ketishidir (2.1.1-rasm). MCHJ “Sam-Praga-Pivo”XIIKda uzoq muddatli investitsiyalarning o’sish dinamikasi, ming so’mda 0 10000 20000 30000 40000 50000 60000 2005 2006 2007 2008 2009 2010 Запад 2.1.1-rasm. MCHJ “Sam-Praga-Pivo”XIIKda uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning o’sish dinamikasi. Shuning uchun ushbu korxonada moliyaviy investitsiyalar auditi o’tkazilmaganligini inobatga olib, biz mustaqil ravishda korxonadagi moliyaviy investitsiyalarning holati, samaradorligi, ulardan olinayotgan daromadlarning to’g’ri tan olinayotganligi va soliqqa tortilayotganligini audit qilish bo’yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqmoqchimiz. Yuqorida moliyaviy investitsiyalar auditining ketma-ketligini ko’rsatib o’tdik (1.3.1-chizma). Unga muvofiq korxonada audit jarayonini o’tkazishimiz mumkin. Buning uchun, avvalo, auditning umumiy dasturini tuzish maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz va 2-ilovada Audit dasturining biz tomonimizdan tavsiya etilayotgan variantini keltirdik. Audit o’tkazishdagi ketma-ketlikka muvofiq, dastavval, moliyaviy investitsiyalarning qoldiqlari aniqlanadi. Bu naqd inventarizatsiya qilish orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy investitsiyalar BHMS№19 “Inventarlashni tashkil etish va o’tkazish”ga muvofiq qimmatli qog’ozlarning haqiqatda mavjudligi tekshirilganda quyidagilar aniqlanadi:7  qimmatli qog’ozlar to’g’ri rasmiylashtirilgani;  qimmatli qog’ozlar butligi (haqiqatda mavjudligini buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslash orqali);  qimmatli qog’ozlar bo’yicha olingan daromadlarning buxgalteriya hisobida o’z vaqtida va to’liq aks ettirilishi. 7 O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartlari to’plami. –T.: “Norma”, 2010, 242-bet. 19 Belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq agar qimmatli qog’ozlar korxonaning kassasida saqlanilsa, xuddi kassadagi pul mablag’lari kabi inventarizatsiyadan o’tkaziladi. Bu jarayonda qimmatli qog’ozlar varaqma-varaq sanash yo’li bilan tekshiriladi. Tekshiruv alohida har bir emitent bo‘yicha dalolatnomada seriyasi, raqami va umumiy summasi ko‘rsatilgan holda o‘tkaziladi. Har bir qimmatli qog‘ozning rekvizitlari buxgalteriyada yuritiladigan ro’yxatlar, reestrlar yoki daftarlarning ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Moliyaviy investitsiyalar bo’yicha haqiqiy qoldiqlar aniqlangandan so’ng ular bo’yicha ro’y bergan xo’jalik operatsiyalarining to’g’ri hujjatlashtirilganligi tekshiriladi. Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishda qo‘llaniladigan dastlabki hujjatlarning rasmiylashitirilishini tekshirishda shuni hisobga olish zarurki, qimmatli qog‘ozning o‘zi - qat’iy shakldagi hujjat bo‘lib, uning shakli va majburiy rekvizitlari qimmatli qog‘ozlarning ma’lum turlari uchun qonunchilik bilan belgilangan talablarga mos kelishi lozim. Qimmatli qog‘ozlarda majburiy rekvizitlarning yo‘qligi yoki qimmatli qog‘ozning belgilangan shaklga mos kelmasligi uning yaroqsizligidan dalolat beradi. Shuning uchun auditor qimmatli qog‘ozlar blankalarini shaklan tekshirish bilan birga, mohiyatan ham tekshiruvdan o‘tkazadi. Shuningdek, qimmatli qog‘ozlar qiymat ko‘rsatkichlari arifmetik tekshiruvdan ham o‘tkazilishi zarur. Moliyaviy investitsiyalarga doir xo’jalik operatsiyalarini hujjatlashtirishda quyidagi hujjatlardan foydalaniladi (2.1.1- jadval). 2.1.1-jadval Moliyaviy investitsiyalarga oid xo’jalik operatsiyalarini hisobga olishda ishlatiladigan hujjatlar va ularning mazmuni № Hujjatning nomi Nima maqsadda ishlatilishi 1. Schyot-faktura Qimmatli qog’ozlar sotib olinganda, ularni sotayotgan korxona tomonidan tuziladi, qimmatli qog’ozlarning soni va bahosini aks ettiradi 2. Ta’sis shartnomasi, ustav, ta’sischilar yig’ilishi bayonnomasi Ta’sischilardan ta’sis badali sifatida kirim qilinadigan moliyaviy investitsiyalarning miqdorini aks ettiradi va ularni hisobga olishda asos bo’ladi 3. Chiqim kassa orderi Qimmatli qog’ozlar naqd sotib olinganda tuziladi 4. To’lov topshiriqnomasi Qimmatli qog’ozlar naqdsiz pul ko’chirish yo’li bilan sotib olinganda investitsiya kiritayotgan korxona tomonidan tuziladi 5. Bank ko’chirmasi Qimmatli qog’ozlarni sotib olish yoki sotish uchun hisob-kitob schyotidan pul mablag’larining to’langanligi yoki unga kelib tushganligini tasdiqlovchi hujjat 20 6. Avizo-xabar Kiritilgan moliyaviy investitsiyalar bo’yicha hisoblangan va to’lanadigan dividend summasi to’g’risida investorga kelgan ma’lumot (xabarnoma) 7. Inventarizatsiya dalolatnomasi Korxonaning kassasida saqlanayotgan qimmatli qog’ozlarning inventarizatsiya qilish natijasida tuziladigan hujjat Auditor audit jarayonida ushbu hujjatlarning to’g’ri tuzilganligi va asosliligini tekshiradi. Audit ketma-ketligiga muvofiq auditor keyingi bosqichda moliyaviy investitsiyalarning analitik va sintetik hisobining korxonada to’g’ri yuritilganligini tekshiradi. 21-son BHMSga muvofiq uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar 0600 –“Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar” tizimidagi 0610, 0620, 0630, 0640, 0690 kabi schyotlarda yuritiladi. Auditor korxonaning hisob siyosati to‘g‘risidagi buyrug‘iga ilova qilingan ishchi schyotlar rejasidagi moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish uchun foydalaniladigan schyotlar rejasi bilan tanishadi hamda analitik hisobning tuzilishi qimmatli qog‘ozlarni sotuvchikorxonalar bo‘yicha moliyaviy investitsiyalar to‘g‘risidagi, qarz oluvchi - korxonalar bo‘yicha mamlakat hududidagi va xorijdagi ob’ektlarga qilingan investitsiyalar to‘g‘risidagi axborotlar qay darajada ta’minlashini baholashi kerak. Auditor moliyaviy investitsiyalarning analitik va sintetik hisobiga oid operatsiyalarni quyidagi buxgalteriya yozuvlari orqali tekshiradi (2.1.2-jadval): 2.1.2-jadval* T/R Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bog’lanishi debet Kredit 1. Moliyaviy investitsiyalar asosiy vositalar berish yo’li bilan kiritilganda 0610 9210 2. Moliyaviy investitsiyalar nomoddiy aktivlar va materiallar berish yo’li bilan xarid qilinganda 0610 9220 3. Moliyaviy investitsiyalar mahsulot, tovar, ish, xizmatlarni berish yo’li bilan kiritilganda 0610 9010, 9020, 9030 4. Moliyaviy investitsiyalar qimmatli qog’ozlarni xarid qilish yo’li bilan kiritilganda 0610 5010- 5530 5. Uzoq muddatli investitsiyalar qisqa muddatli investitsiyalar tarkibiga o’tkazilganda 5810-5830 0610-0690 6. Qimmatli qog’ozlarning xarid va nominal qiymatlari o’rtasidagi farq: 0610 9590 21 a) nominal qiymati xarid qiymatidan yuqori bo’lganda b) xarid qiymati nominal qiymatdan yuroqi bo’lganda 9690 0610 7. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning qaytarilishi 5110-5530 0610 8. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar tarkibidagi qimmatli qog’ozlarning sotilishi 9220 0610 *Izoh: 21-son BHMS talablari asosida tayyorlangan. Muallif ishlanmasi. Auditor uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar bo’yicha xo’jalik operatsiyalar yuqoridagi jadvaldagi yozuvlarga muvofiq kelganligini tekshiradi. MCHJ “SamPraga-Pivo”XIIKda uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar bo’yicha qilingan yozuvlar (5-ilovaga qarang) tekshirilganda 21-son BHMS talablaridan chetlanish aniqlanmadi. Korxonaning moliyaviy investitsiyalardan oladigan daromadlari 9520 - «Dividend ko‘rinishidagi daromadlar», 9530 - «Foiz ko‘rinishidagi daromadlar» va 9560 - «Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan olinadigan daromadlar» schyotlarida hisobga olinadi va «Mahsulot ( ish, xizmat)lar tannarxiga qo‘shiladigan mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) va realizatsiya xarajatlarining tarkibi hamda moliya natijalarini shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom» ga muvofiq moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar qatoriga kiritiladi. Auditor ushbu daromadlarning belgilangan tamoyillar (hisoblash) ga muvofiq tan olinganligi va hisobda to’g’ri aks ettirilganligini tekshiradi. Biz o’rganayotgan korxonada 2010 yil 31 dekabrda olingan moliyaviy yordamga quyidagi buxgalteriya yozuvi qilingan (5-ilovaga qarang): Debet 0610 –“Qimmatli qog’ozlar”, 83150 so’m. Kredit 9590 –“Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari”, 83150 so’m. Ushbu yozuv to’g’ri amalga oshirilgan va 21-son BHMS talablariga mos keladi. Korxonaning moliyaviy investitsiyalardan olgan barcha daromadlari soliqqa tortish maqsadida ikkita guruhga bo‘linadi: * umum qabul qilingan tartibda realizatsiyadan tashqari daromadlar tarkibida soliqqa tortiladigan daromadlar (hamkorlikdagi faoliyatdan olingan daromadlar); * maxsus tartibda soliqqa tortiladigan daromadlar. Bularga aksiyador - korxonaga tegishli va bu qimmatli qog‘ozlar egasining emitent - korxona foydasini taqsimlashda ishtirok etish huquqini tasdiqlovchi aksiyalar bo‘yicha olingan daromadlar; O‘zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog‘ozlari va mahalliy organlar qimmatli qog‘ozlari; O‘zbekiston Respublikasi hududida tashkil qilingan boshqa korxonalar ustav kapitalida hissa qo‘shib ishtirok etishdan olingan daromadlar. Bunday daromadlar belgilangan foiz stavka bo‘yicha soliqqa tortiladi va daromadlarni to‘lash manbalaridan to‘lanadi. Yuqorida aytib o’tilgan ishlar bajarilgandan so’ng moliyaviy investitsiyalar bo’yicha joriy hisob registrlaridagi ma’lumotlar moliyaviy hisobotdagi 22 ma’lumotlar bilan taqqoslanadi. Bunda auditning solishtirish usulidan keng foydalaniladi. Ushbu jarayon yakunlangandan so’ng, audit natijalari auditor tomonidan tuzilgan auditorlik hisobotida umumlashtiriladi va hisobotni tuzgan auditorlar, auditorlik tashkiloti rahbarining imzosi bilan tasdiqlanadi. Ushbu hisobotga asosan korxonada o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijasida auditorlik xulosasi beriladi va u auditorlik tashkiloti rahbarining imzosi bilan tasdiqlanadi. Audit nazariyasidan bizga ma’lumki, jahon amaliyotida auditorlik xulosasining to’rtta, mamlakatimizda esa ikkita: ijobiy va salbiy, turlari mavjud. Auditorlik xulosasining tuzilishi va mazmuni 3-ilovada keltirilgan. Xulosa qilib aytganda, korxonalarda uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar auditi yuqorida keltirilgan ketma-ketlik va ko’rsatilgan jarayonlardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. 23 2.2. Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarning auditi. Korxonalar o’z faoliyatlarida qisqa muddatli investitsiyalarni amalga oshiradilar. BHMS №12 “Moliyaviy investitsiyalar hisobi”da qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarga quyidagicha ta’rif berilgan: “Qisqa muddatli (joriy) investitsiyalar –muomala muddati 12 oydan oshmaydigan oson realizatsiya qilinadigan investitsiyalar”. 8 Bu xarakterdagi investitsiyalar ko’pincha qisqa muddatda qimmatli qog’ozlarni sotib olish, boshqa korxonalarga belgilangan foizlarda (ba’zan, foizsiz ham bo’lishi mumkin, korxonalar o’rtasida tuziladigan shartnomaga bog’liq) beriladigan qisqa muddatli qarzlar va boshqa joriy investitsiyalar kiradi. Biz tadqiq etayotgan MCHJ “Sam-Praga-Pivo”XIIKda 2009 yildan boshlab qisqa muddatli investitsiyalar amalga oshira boshlangan. Korxona ma’lumotlariga ko’ra ushbu korxonada qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarning barchasi qisqa muddatli qarzlar hisobiga amalga oshirilgan (4-5-ilovalar). Qisqa muddatli investitsiyalar auditi ham xuddi uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar auditi singari amalga oshiriladi. Faqatgina qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar auditining asosiy farqli tomoni ushbu turdagi investitsiyalarning analitik va sintetik hisobini tekshirishdir. Korxonalarda qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga olish, ular bo’yicha analitik va sintetik hisobni yuritish uchun 21-son BHMSda 5800—“Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar” tizimida quyidagi analitik schyotlar ko’zda tutilgan:  5810—“Qimmatli qog’ozlar”.  5820—“Berilgan qisqa muddatli qarzlar”.  5890—“Boshqa joriy investitsiyalar”. Auditor qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar bo’yicha sodir bo’lgan xo’jalik operatsiyalarini quyidagi buxgalteriya yozuvlari asosida tekshirishi maqsadga muvofiq (2.2.1-jadval). 2.2.1-jadval* Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarga oid buxgalteriya yozuvlari № Operatsiyaning mazmuni Schyotlarning bog’lanishi debet kredit 1. Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar asosiy vositalar va boshqa aktivlar berish yo’li bilan kiritildi 5810 9210, 9220 2. Qimmatli qog’ozlar mahsulot, ish, xizmatlar berish yo’li bilan kiritildi 5810 9010-9030 8 O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartlar to’plami. –T.: “Norma”, 2010, 198-bet. 24 3. Qimmatli qog’ozlar sotib olindi (naqd va naqdsiz) 5810 5010, 5110- 5530 4. Qisqa muddatli investitsiyalar uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar tarkibiga o’tkazildi 0610 5810 5. Qimmatli qog’ozlar sotildi 5110 5810 6. Korxona kreditorlik qarzini qimmatli qog’ozlar berish yo’li bilan qopladi 6990 5810 7. Inventarizatsiya natijasida qimmatli qog’ozlarning kamomadi 4730 5810 8. Qisqa muddatli investitsiyalarning qaytarilishi 5110 5810-5890 *Izoh: 21-son BHMS talablari asosida tayyorlandi. Muallif ishlanmasi. MCHJ “Sam-Praga-Pivo”XIIKda qisqa muddatli investitsiyalar bo’yicha qilingan buxgalteriya yozuvlari (5-ilovaga qarang) tekshirilganda 21-son BHMS talablaridan chetlanish aniqlanmadi. Odatda korxonalar qisqa muddatli investitsiya sifatida boshqa korxonaga kelishilgan foizlar asosida pul mablag’lari ko’rinishidagi qarzlarni berishlari mumkin. Bunday hollarda hisoblangan foizlarga quyidagicha buxgalteriya yozuvi qilinadi. Debet 4830 –“Olinadigan foizlar” Kredit 9530—“Foiz ko’rinishidagi daromadlar”. Auditor audit jarayonida ushbu yozuvning to’g’ri amalga oshirilganligini va olingan daromadning soliqqa to’g’ri tortilganligini tekshirib ko’radi. Ushbu masalalar tekshirilib bo’lingandan so’ng auditor joriy hisob registrlaridagi ma’lumotlarni moliyaviy hisob ma’lumotlari bilan solishtirib, tekshirib ko’radi. Bunda auditor moliyaviy hisobotning 1-shakli “Buxgalteriya balansi”, 2-shakl “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot”, 4-shakl “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot”lardan foydalanadi. Audit jarayoni yakuni odatdagidek auditorlik hisobotini tuzish va o’zining xolisona bahosini, ya’ni auditorlik xulosasini berish bilan yakunlanadi. Umuman olganda, qisqa nuddatli investitsiyalar auditi uzoq muddatli investitsiyalar auditi kabi amalga oshiriladi. Audit jarayonida, avvalo, qimmatli qog’ozlarning originalligi, to’liq rasmiylashtirilganligi, ularga mablag’larning maqsadli sarflanganligi, korxonalar o’rtasidagi shartnomalar yuridik va o’zaro teng manfaatlilik jihatidan to’g’ri tuzilganligi, olingan daromadlar bo’yicha soliqlarning o’z vaqtida Soliq Kodeksi talablari asosida hisoblanganligi va to’langani tekshiriladi. Bundan tashqari uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarning baholanishi va qayta baholanishi, qayta baholash usullarining korxona Hisobsiyosatida o’z aksini topganligi ham auditor tomonidan sinchiklab tekshirilishi lozim. 25 2.3. Moliyaviy investitsiyalar auditini yaxshilash yo’llari. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos yo’li tanlandi. Buning natijasida mamlakatda bir qancha yangi faoliyat turlari vujudga keldi. Shulardan biri auditorlik faoliyatidir. Istiqlol yillarida ushbu soha jadal sur’atlar bilan rivojlandi. Endilikda, rezpublikamizda audit va auditorlik faoliyatining huquqiy asoslari to’liq yaratildi. O’zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to’g’risi”dagi Qonunining qabul qilinishi (2000 yil 26 may) fikrimizning yorqin isboti bo’la oladi. Biroq ushbu sohani yanada rivojlantirish borasida hali qilinishi zarur bo’lgan ishlar mavjud. Bu ishlarning mazmuni o’rganib chiqilib, ular bo’yicha quyidagi takliflarni bermoqchimiz:  “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonunga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish. Unga ichki audit, uning mazmuni, maqsadi va amal qilish sohasini aniq ko’rsatish.  Auditorlik tashkilotlarining huquqlarini yanada kengaytirish va ularning xizmatlar bozoridagi faoliyatini yanada rivojlantirish;  Audit sohasidagi kadrlar masalasiga alohida e’tibor berish. Oliy o’quv yurtlarida “Audit” yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan talabalarning kelajakda auditor bo’lib ishlashiga amaliy yordam ko’rsatishni yanada kengaytirish.  Auditor malaka sertifikatini olish tartibini soddalashtirish va bu sohada “Audit” mutaxassisligi bo’yicha tahsil olgan talabalarga imtiyozlar berishni yo’lga qo’yish. Yuqoridagi fikrlar respublika miqyosida auditorlik faoliyatini rivojlantirshga qaratilgan. Biroq bizning ushbu ishni yozishdan maqsadimiz moliyaviy investitsiyalar auditini yaxshilash bo’yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat edi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida moliyaviy investitsiyalar auditini yaxshilashga qaratilgan quyidagi takliflarni ishlab chiqdik:  Korxonalarning investitsiya faoliyatini kuchaytirish va uni hisobini tashkil qilishda ichki auditning rolini oshirish;  Investitsiya faoliyati bilan shug’ullanuvch yirik korxonalarda moliyaviy investitsiyalar auditi o’tkazilganda auditning dastlabki va umumiy rejasi, auditorlik dasturini to’liq tuzishga alohida e’tibor berish;  Bugungi kunda korxonalarda kompyutelashtirilga hisob yuritilayotganligini inobatga olib, audit o’tkazishda ham zamonaviy usullardan va hisob yuritish dasturlaridan keng foydalanish;  Moliyaviy investitsiyalar samaradorligini aniqlash bo’yicha auditorlik tahlilini o’tkazish va korxonaning kelgusi investitsiya faoliyatiga zarur bo’lgan taklif va tavsiyalar berish;  Korxonadagi ichki rezevlarni auditolik tahlili natijasida aniqlash va qo’shimcha investitsiya kiritishni ta’minlashga qaratilgan takliflarni berish;  Moliyaviy investitsiyalar auditi natijasi bo’yicha beriladigan auditorlik xulosasining mzmunini boyitish (odatda, amaliyotda qisqa xulosalar 26 beriladi) hamda korxonada investitsiyalar hisobining alohida xususiyatlari; ijobiy va salbiy jihatlarini yoritib berish. 27 Xulosa va takliflar Iqtisodiyotni erkinlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishga bir qancha omillar ta’sir etadi. Mana shu omillardan eng muhimlaridan biri bu iqtisodiyotga qilinayotgan investitsiyalar hajmidir. Iqtisodiyotga investitsiyalarning keng jalb qilinishi natijasida quyidagilarga erishish mumkin. Birinchidan, iqtisodiyotga investitsiyalarning kiritilishi dastavval ishlab chiqarishning oshishiga olib keladi. Ishlab chiqarish hajmining o’sishi o’z-o’zidan ishsizlik, YaIM, inflatsiya va iqtisodiy o’sishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ikkinchidan, investitsiyalarning kiritilishi pul aylanish tezligiga ham ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiyotda pul qanchalik tez aylansa, daromad shunchalik yuqori bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan korxonalarning asosiy maqsadi ham yuqori daromad olib, maksimal foydaga erishishdir. Uchinchidan, pul mobilizatsiyasini ta’minlashda, ayniqsa jismoniy shaxslar qo’lidagi pul mablag’larining o’z vaqtida, maqsadli ishlatilishi, ya’ni investitsion loyihalarni moliyalashtirishda aholi qo’lidagi bo’sh pul mablag’larining keng jalb qilinishi ham aholi daromadlarining oshishiga ham korxonalar faoliyati kengayishiga olib keladi. To’rtinchidan, investitsion loyihalarni amalga oshirish natijasida jamiyat uchun ijtimoiy va iqtisodiy samaraga erishiladi. Masalan, meditsina sohasini rivojlantirish uchun sarflangan pul mablag’lari jamiyatda insonlar salomatligini ta’minlash nuqtayi nazardan ijtimoiy naf, aholiga pullik tibbiy xizmatlar ko’rsatish nuqtayi nazardan iqtisodiy naf hisoblanadi. Bugungi kunda korxonalarga jalb etilayotgan investitsiyalarning hajmi mamlakatda yaratilgan investitsion muhitga va investorlarning sarflayotgan mablag’laridan foyda olish imkoniyatini yuqori darajada kafolatlanishiga bog’liqdir. Respublikamizda bu borada qator ishlar amalga oshirilgan va hozirda ham davom etmoqda. Shunday bo’lsa ham iqtisodiyotimizga jalb qilinayotgan investitsiyalarning hajmini yanada oshirish borasida hali ko’plab ishlar amalga oshirilishi lozim deb o’ylaymiz. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida investitsiyalar hajmini yanada oshirish bilan bog’liq quyidagi takliflar kelib chiqdi:  Mamlaktda investitsiya faoliyatini tashkil etish va investorlar uchun yanada ko’proq imkoniyatlar yaratish uchun mavjud huquqiy bazani yanada takomillashtirish;  Xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish maqsadida zamonaviy talablarga javob beradigan xizmat ko’rsatish komplekslarini yaratishga chet el investitsiyalarini yanada kengroq jalb etish;  Qishloq xo’jaligi va sanoat korxonalarida zamonaviy mashina va uskunalarni, texnika va texnologiyalarni agrosanoatda taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasiga asoslangan holda xorijiy investorlar tomonidan jalb etishni yanada kuchaytirish;  Qishloq joylarida kichik-biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda, zamonaviy uylar qurishda ichki investitsiyalar bilan birga tashqi investitsiyalarni ham ko’proq jalb etish; 28  Xorijiy investitsiya asosida faoliyat yuritayotgan va eksport uchun mahsulot ishlab chiqarayotgan korxonalar sonini oshirish maqsadida davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va rag’batlantirishlarni yanada kuchaytirish. Korxonalarda investitsiyalarning samaradorligini oshiqishda va korxonalar foydasini maksimallashtirishda investitsiyalarni buxgalteriya hisobida to’g’ri yuritilishini audit qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Biz mazkur ishda investitsiyalarning iqtisodiy mazmun-mohiyatini, ularning tasniflanishi va tavsifini, MCHJ “Sam-Praga-Pivo”XIIK , misolida uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar auditining nazariy va amaliy jihatlarini yoritishga harakat qildik va bunga erishdik deb o’ylayman. Ushbu ishni yozishdan asosiy maqsad— moliyaviy investitsiyalarning mohiyati, tasnifi, investitsiyalar auditining maqsadi, vazifalari, ketma-ketligi, uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar auditining nazariy va amaliy jihatlarini o’rganishdan iborat edi. Shunga asosan, ishning 1-bobida investitsiyalarning mohiyati, ular auditining maqsadi, vazifalari va ketma-ketligi masalalari yoritilgan bo’lsa, uning 2-bobida esa MCHJ“SamPraga-Pivo”XIIK misolida uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar auditining nazariy va amaliy jihatlari yoritildi. Kurs ishini yozish natijasida biz MCHJ “Sam-Praga-Pivo”XIIKda buxgalteriya hisobining yuritilishini auditor sifatida emas, balki xolis bir kuzatuvchi sifatida tekshirganimizda (nazoratning kuzatuv usulidan foydalangan holda) quyidagilarni aniqladik. 1. Korxonaning sof foydasi 2008-2010 yillarda oldingi yillarga nisbatan pasaygan. 2. Korxonaning asosiy vositalari oxirigi uch yilda ko’payish tendensiyasida. 3. Korxonaning uzoq muddatli investitsiyalar hajmi so’nggi uch yilda keskin kamayib ketgan, buning hisobiga 2009-2010 yillarda qisqa muddatli investitsiyalar hajmi oshib ketgan. 4. Korxona xorijiy investitsiya ishtirokida tashkil etilgan va qo’shma korxona bo’lsa ham ishlab chiqargan mahsulotini eksport qilmaydi (garchi 20 turdagi mahsulot ishlab chiqarsa ham). 5. Korxonada zamonaviy texnika vositalari, jumladan, kompyuter jihozlari, transport vositalari, dasturiy ta’minotlardan foydalanish koeffitsiyenti yuqori. 6. Korxona hisob siyosatida uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning qayta baholanishi uchun 12-son BHMSda ko’zda tutilgan usullardan birini tanlab taqdim etmagan. Yuqorida ta’kidlanganidek, oxirgi yillarda korxonaning asosiy ko’rsatkichlari pasayishining asosiy sabablaridan biri (bizning fikrimizcha) so’nggi yillarda jamiyatda direktorlik lavozimida qo’nimsizlikning vujudga kelishi, ya’ni rahbarlarning bir necha marotaba almashinishi degan xulosaga keldik. Chunki har qanday xo’jalik yurituvchi subyektda ham boshqaruvda sustkashlikka yo’l qo’yish va tegishli qarorlarni o’z vaqtida qabul qilmaslik oqibatda korxona ko’rsatkichlarining pasayishiga olib keladi. Olib borilgan tekshiruvlar va kuzatuvlar natijasida korxona investitsiyalar hisobini yaxshilash (auditorlik kuzatuvining natijasi sifatida) va korxonaning faoliyatini yanada rivojlantirishga oid quyidagi takliflarni beramiz: 29  Korxonada samarali boshqaruvni tashkil etish va buxgalterlarni boshqaruvda ishtirokini kuchaytirish;  Korxonada chet el investitsiyalarini jalb etish va eksport uchun mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish bilan xorijiy valyutaga ega bo’lish va foydani ko’paytirish;  Korxona ishlab chiqargan mahsulotini o’zi sotishi uchun o’ziga tegishli magazinlar sonini ko’paytirish;  Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni maqsadli ravishda ko’paytirish (Bugungi kunda jahondagi ko’plab investitsion kompaniyalar uzoq muddatga investitsiya kiritishni afzal ko’rishmoqda) va ularni qayta baholashning usulini hisob siyosatida aks ettirish;  Qisqa muddatli investitsiyalarning ko’payish trendini saqlab qolish, ularni turlariga mos hisobda aks ettirish;  Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarga mablag’ sarflayotganda nufuzli kompaniyalar, banklar va aksionerlik jamiyatlarining qimmatli qog’ozlarini sotib olishga ko’proq e’tibor berish;  Boshlang’ich qiymatini qoplagan ba’zi asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni sho’ba korxonalarga uzoq muddatli investitsiya sifatida kiritish;  Investitsiyalarga oid boshlang’ich hujjatlarni tuzishda kamchiliklarga yo’l qo’ymaslikka harakat qilish.  Korxonada ichki auditorlik xizmati faoliyatini kuchaytirish va shu orqali buxgalteriya hisobini yanada yaxshilash. Umuman olganda, MCHJ “Sam-Praga-Pivo”XIIK Samarqand viloyatidagi yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Viloyatda bandlikni ta’minlash va hududiy ishlab chiqarish hajmini oshirishda ushbu korxona alohida o’rin tutadi. Bir so’z bilan aytganda korxonada buxgalteriya hisobi 1-S dasturida olib boriladi va yuqori saviyada tashkil etilgan. Korxonada buxgalteriya hisobi respublikada amalda bo’lgan qonun hujjatlari asosida yuritilmoqda. Bizning fikrimizcha, korxonada taskil qilingan hisob tizimiga ijobiy baho berish mumkin. 30 2-ilova* “Tasdiqlayman” Auditorlik tashkilotining rahbari:_____________ “10” mart 2012 yil. Audit dasturi Tekshiriladigan xo’jalik subyekti MCHJ “Sam-Praga-Pivo”XIIK Audit davri 10 martdan 15 martgacha Auditni o’tkazishga ketadigan vaqt 40 kishi/soat Auditorlik guruhining rahbari_________________________ Bajaruvchi________________________________________ Rejalashtirilgan auditorlik xatari (riski)_________________ Rejalashtirilgan natijalarning haqiqiylik darajasi__________ № Tekshiriladigan masalalarning mazmuni Auditorning ishchi hujjatlari Tekshirish usullari 1. Moliyaviy investitsiyalar qoldiqlarini buxgalteriya balansi, aylanma qaydnoma va Bosh kitobdagi qoldiqlarga mos kelishini aniqlash Buxgalteriya balansi, aylanma qaydnoma, Bosh kitob Solishtirish usuli orqali 2. Moliyaviy investitsiyalarning to’g’ri kiritilganligini aniqlash O’zaro shartnomalar To’liq tekshirish va tahlil qilish orqali 3. Moliyaviy investitsiyalar bo’yicha xo’jalik operatsiyalarining to’g’ri hujjatlashtirilganligini aniqlash Shartnomalar, schyotfakturalar, kirimkassa orderi To’liq tekshirish orqali 4. Moliyaviy investitsiyalar bo’yicha xo’jalik operatsiyalarining schyotlarda to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish Jurnal-orderlar, hisob registrlari, mashinogrammalar Kuzatish va solishtirish usullari orqali 5. Moliyaviy investitsiyalardan olingan daromadlarning to’g’ri tan olinganligi va soliqqa tortilganligini tekshirish Buxgalteriya hisobi registrlari, soliq hisob-kitobi (raschyoti) Taqqoslash usuli va tekshirish orqali 6. Investitsiya faoliyati natijasida olingan pul Hisob registrlari, “Moliyaviy hisobot” Taqqoslash va solishtirish usullari 31 mablag’larining “Pul oqimlari to’g’risida”gi hisobot ma’lumotlari bilan taqqoslash orqali 7. Moliyaviy investitsiyalar auditi natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish Auditorning ishchi yozuvlari Auditorlik guruhining rahbari (auditor): *Izoh: Ushbu namunaviy dastur H.N.Musayevning “Audit” darsligidagi 4-ilova asosida tayyorlandi (muallif ishlanmasi). 32 3-ilova9 “Tasdiqlayman” Auditorlik tashkilotining rahbari:______________ “__”________ 200__y. (sana) Auditorlik xulosasi (“Hisob-kitob” schyotidagi pul mablag’larining auditi bo’yicha ijobiy xulosanin
Download 28.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling