Moliyaviy iqtisodiyot


Fond birjasi Fond birjasi


Download 0.79 Mb.
bet4/5
Sana31.03.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1313144
1   2   3   4   5
Bog'liq
4 mavzu moliyaviy iqtisodiyot (1)

Fond birjasi

Fond birjasi

  • - bu: muntazam reglamentlangan rejimda faoliyat yurituvchi ulgurji bozoming alohida tashkiliy-huquqiy shakli bo‘lib, unda tovar sifatida birja ekspertizasidan o'tgan va savdoga kiritilgan qimmatli qog'ozlar hisoblanadi;
  • - sotuvchi va xaridomi bir-biri bilan uchrashtirish yo‘li orqali qimmatli qog'ozlami savdosiga ko'maklashuvchi mexanizm;
  • - qimmatli qog'ozlar savdosini tashkillashtiruvchi va bunda savdo qatnashchilari uchun yetarli va qulay sharoitlar yaratuvchi yuridik shaxs;
  • - qimmatli qog'ozlarga bo'lgan talab va taklifga binoan belgilangan tartib-qoida (davlat qonunlari hamda birja Ustavi va ichki me’yoriy hujjatlari), ochiqlik va oshkoralik asosida savdolami ma’lum vaqtda o'tkazadigan joy (savdo maydoni);
  • - qimmatli qog'ozlaming bozor kursini (narxini) belgilovchi, muntazam va ochiq tarzda joriy birja kotirovkalarini e’lon qilib boruvchi tashkilot.

Fond birjasi fazosini uch zonaga ajratish mumkin:

  • Fond birjasi fazosini uch zonaga ajratish mumkin:
  • - birjaning o‘ziga (xo'jaligiga);
  • - brokerlik idoralari va birja a’zolari vakolatxonalariga;
  • - mijozlar zonasiga.
  • Birjaviy faoliyat tamoyillari savdo tizimlari tamoyillariga mos.
  • Jahon amaliyotida birjalar tijorat va notijorat tashkilotlar shaklida tashkil etiladi.

Birja listingi - bu qimmatli qog'ozlami birja byulleteniga kiritilishi bilan birja savdosiga ruxsat berish prosedurasi. Birja listingini o‘tkazish tartibi birja savdolari tartibi bilan belgilanadi.

  • Birja listingi - bu qimmatli qog'ozlami birja byulleteniga kiritilishi bilan birja savdosiga ruxsat berish prosedurasi. Birja listingini o‘tkazish tartibi birja savdolari tartibi bilan belgilanadi.
  • Birja a’zolari - bu birja tomonidan o'matilgan tartibda birjadan brokerlik joyini olgan (yoki sotib olgan) yuridik shaxslar. Davlat organlari va ularning xizmatchilari birja a’zosi bo‘la olmaydi. Birja a’zolarining huquq va majburiyatlari tegishli qonun hujjatlari, birja Ustavi va birja savdosi tartiblari bilan belgilanadi.
  • Brokerlik joyi (o'rni) - bu birja savdolari va birja faoliyatida qatnashish huquqi. Bu huquq odatda birja a’zosi tomonidan sotib olinadi.
  • Birja savdolari - bu birja tomonidan o'tkaziladigan qimmatli qog'ozlar savdolari. Birja savdosi markazlashgan tarzda barcha qatnashchilarga savdoda bir vaqtning o'zida ishtirok etish imkoni bilan o'tkaziladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling