Moliyaviy ishlarda xarajatlarni guruhlashning bir qancha turlaridan foydalaniladi :
Iqtisodiy mazmuni bo’yicha ; davlat tomonidan iqtisodiy tartibga solish darajasi bo’yicha ; ishlab chiqarish hajmiga bog’liqligi bo’yicha
Iqtisodiy mazmuni bo’yicha xarajatlar tarkibi :
Ishlab chiqarish va sotish xarajatlari moddiy xarajatlar , mehnat haqi , ijtimoiy ehtiyojlar uchun ajratmalar , asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi va boshqa xarajatlar
Har qanday usul qo’llanilganda ham ishlab chiqarish xarajatlarining rejasini tuzishdan maqsad -
Ishlab chiqarish tannarxini , keyinchalik esa sotilgan mahsulotlarning to’la tannarxini hisoblashdan iborat
To’g’ri hisob - kitob usuli
Ko’rsatilgan ishni bajaruvchi shaxslar uchun rejalashtirilgan ish haqi , unga nisbatan ijtimoiy fondlar uchun ajratmalar , amortizatsiya ajratmalari, vakillik xarajatlari kabi xarajatlarini qo’shishga asoslangan
Soddalashtirilgan usul
O’tgan yil tajribasidan kelib chiqqan holda ya’ni hisobot yili bo’yicha haqiqiy sotish xarajatlarini rejalashtirilayotgan yilda unga nisbatan sotish hajmining o’sish yoki pasayish koeffitsiyentiga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi
Xarajatlarni rejalashtirish usullari :
1. Kalkulyatsiya
2. Indikativ
3. Operatsion budjetlashtirish
4. Sof tushumdan foiz
Korxona daromadlari
Qandaydir ishlab chiqarish natijasida olingan pul yoki boshqa qiymatliklar , moliyaxo’jalik faoliyatining natijalari ; aksiyadorlarga to’lanadigan dividendlar va dizlar ; kapitalni ko’paytirishga olib keladigan iqtisodiy naf va h.k.
Umumiqtisodiyot nuqtayi nazaridan korxona daromadlari
Bir vaqtning o’zida davlat , korxona va xodimlarning daromadi sifatida izohlanadi
Moliyaviy boshqaruv nuqtayi nazaridan korxona daromadlari
Markazlashgan va markazlashmagan moliyaviy resurslarni shakllantirishni ta’minlaydigan , yalpi yoki sotilgan mahsulot qiymatining bir qismidan iborat
Buxgalteriya hisobi nuqtayi nazaridan korxona daromadlari
Aktivlarning pul yoki boshqa mablag’lar shaklida o’sishini va majburiyatlarni so’ndirishni aks ettiruvchi qiymat
Sof daromad
Yangidan yaratilgan qiymatning pul shaklidagi ko’rinishi bo’lib, korxonaning va davlatning moliyaviy resurslarini shakllantirish manbayi bo’lib hisoblanadi
Yaratilgan sof daromad
Yalpi daromaddan mehnat haqini ayirish bilan aniqlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |