Moliyaviy matematika fanidan on savollari va masalalar


Download 168.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana30.04.2023
Hajmi168.81 Kb.
#1415465
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-курс ММ ОН саволлар ва мисоллар (2)

II. Murakkab foizlar 
1. Investor $150 000 mablag’ni murakkab foizli yillik 12% stavka bilan 4 yilga 
joylashtirmoqchi. Investitsiya muddati tugashiga o’tkazilgan ja’mi to’lov qiymatini 
aniqlang.
2. Investor $1 000 000 mablag’ni murakkab foizli yillik 9% stavka bilan 6 yilga 
joylashtirmoqchi. Investitsiya muddati tugashiga o’tkazilgan ja’mi to’lov qiymatini 
aniqlang. 
3. $3 000 000 mablag’ni, 9 yilga mo’ljallangan shartnoma bo’yicha qarzlarni 
qaytarish tartibi quyidagicha: birinchi 2 yilda yillik 10% stavka bilan; keyingi 3 yil 
davomida yillik 20% stavka bilan; keyingi 4 yil davomida yillik 30% stavka bilan 
o’tkazish nazarda tutilgan. Qarz muddati tugashiga o’tkazilgan ja’mi to’lov 
qiymatini aniqlang (murakkab foizli stavka). 
4. $150 000 miqdoridagi mablag’ 5 yilga yillik 12% stavka bilan kreditga berildi. 
Foizlar har yarim yil oxirida o’tkaziladi. Qarz muddati tugashiga o’tkazilgan ja’mi 
to’lov qiymatini aniqlang.


5. $100 000 miqdoridagi mablag’ 4 yilga yillik 24% stavka bilan kreditga berildi. 
Foizlar har oy oxirida o’tkaziladi. Qarz muddati tugashiga o’tkazilgan ja’mi to’lov 
qiymatini aniqlang. 
6. Bank jamg’arma uchun har yili murakkab foizli yillik 23% stavka bilan foiz 
o’tkazadi. Foizlar har chorak oxirida o’tkaziladi. 3 yildan so’ng 130 mln. so’m olish 
uchun mijoz bankga qancha mablag’ qo’yishi kerak?
7. Bank jamg’arma uchun har yili murakkab foizli yillik 15% stavka bilan foiz 
o’tkazadi. 3 yildan so’ng 600 mln. so’m olish uchun mijoz bankga qancha mablag’ 
qo’yishi kerak?
8. 5 mln. so’m miqdoridagi mablag’ 1,5 yilga yillik 14% stavka bilan kreditga 
berildi. Yillik inflyatsiya darajasi 4% bo’lsa, qarz muddati tugashiga o’tkazilgan 
to’lov qiymatini aniqlang (murakkab foizli stavka). 
9. 100 mln. so’m miqdoridagi mablag’ 2 yilga yillik 14% stavka bilan kreditga 
berildi. Yillik inflyatsiya darajasi 5% bo’lsa, qarz muddati tugashiga o’tkazilgan 
to’lov qiymatini aniqlang (murakkab foizli stavka; Tyil=365 kun). 
10. Mijoz 3 yildan so’ng 5 mln. so’m mablag’ini 8 mln. so’m qilib olishi uchun 
qanday murakkab foizli bank jamg’armasiga qo’yishi kerak bo’ladi?
11. Mijoz 1,5 yildan so’ng 4 mln. so’m mablag’ini 5 mln. so’m qilib olishi uchun 
qanday murakkab foizli bank jamg’armasiga qo’yishi kerak bo’ladi?
12. Bankning yillik foiz stavkasi 12% bo’lib, foizlarni har kvartalda o’tkazganida 
investorning 30 mln. so’mlik boshlang’ich mablag’i qancha muddatdan so’ng 50 
mln. so’m bo’ladi? 
13. Bankning yillik foiz stavkasi 15% bo’lib, foizlarni har kvartalda o’tkazganida 
investorning 50 mln. so’mlik boshlang’ich mablag’i qancha muddatdan so’ng 70 
mln. so’m bo’ladi? 
14. Foizlar har yarim yilda o’tkazilganda boshlang’ich mablag’ qanday yillik 
stavkada 3 yil ichida 1,5 barobar oshadi?
15. Foizlar har chorakda o’tkazilganda, boshlang’ich mablag’ qanday yillik stavkada 
3 yil ichida 2,5 barobar oshadi?



Download 168.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling