Moliyaviy menejment fanidan taqdimot ishi


riskni maqbul darajada qabul qilishadi. Buni optimal riskni qabul qilish zonasi deyiladi va grafik ko‘rinishi 2-rasmda tasvirlangan


Download 363.4 Kb.
bet5/5
Sana28.12.2022
Hajmi363.4 Kb.
#1024262
1   2   3   4   5
Bog'liq
MOLIYAVIY MENEJMENT FANIDAN

riskni maqbul darajada qabul qilishadi. Buni optimal riskni qabul qilish zonasi deyiladi va grafik ko‘rinishi 2-rasmda tasvirlangan.
Ushbu riskni qabul qilish zonasini aniqlash zarurati esa riskni baholash muhimligini ifodalaydi. Shu yo‘l bilan korxonalar har bir riskni korxonaning umumiy maqsadiga erishish uchun ta’siri qanday bo‘lishini tushunadi va nazorat qiladi.
Optimal risk qabul qilish zonasi.
Riskni baholash mexanizmini ishga tushiradigan tepki vazifasini bajaruvchi hodisalar o‘z ichiga korxonadagi riskni boshqarish dasturini joriy etish, davriy yangilanish, yangi loyihani boshlash, qo‘shib olish, birlashish, tugatilish yoki yirik restrukturizatsiya qilishlar kiradi.
Ba’zi risklar yuqori dinamikaga ega hisoblanadi va muntazam nazorat qilishni hamda baholab borishni taqozo etadi. Boshqalari esa aychayin statik sanalib, davriy asosda nazorat bilan birga qayta baholab borishni talab qiladi.
Riskni baholash jarayonining bosqichlari
Riskni aniqlash (aynanlashtirish). Risk (yoki hodisa)ni aniqlash jarayoni riskni baholashdan oldingi bosqich bo‘lib, u xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, korporatsiyalar mutasaddilari hamda kapital qo‘yilmalari loyihalari uchun risk kategoriyalari (moliyaviy va strategik) va sub-kategoriyalari (bozor, kredit, operatsion va likvidlik)dan iborat bo‘lgan risk bo‘yicha to‘liq ma’lumot yig‘ish imkonini beradi. Bu bosqichda butun bir tarmoq korxona riskining tavcifini ishlab chiqishi uchun risklar majmuini aniqlashi kerak hisoblanadi. Har bir risk qamrab olinishi ijroiya boshqaruvi uchun biznesni ma’lum bosqichida muhim bo‘lsa-da, ushbu aniqlangan ro‘yxatdagi risklar ularning darajalariga qarab ustuvorligi boshqaruv va kengash fikrini asosiy risklarga qaratish uchun belgilanishini talab etadi. Risklarni ustuvorligi bo‘yicha tabaqalash esa riskni baholash orqali amalga oshiriladi.
Baholash mezoni. Riskni baholash jarayoni doirasidagi birinchi amal bu baholashning umumiy mezonlarini ishlab chiqish hisoblanadi. Risklar va imkoniyatlar odatda ta’sir ko‘rsatishi va sodir bo‘lish ehtimolligiga qarab baholanadi. An’anaviy risk tahlili bo‘yicha risk – ehtimollik va ta’sir darajasining funksiyasi sifatida ko‘riladi. Haqiqatdan ham bu o‘lchovlar muhim hisoblanadi, biroq kutilmagan hodisalar tez-tez sodir bo‘lsa, ko‘plab kutilgan hodisalar esa sodir bo‘lmay qoladi. Yomon tarafi shundaki, kutilmagan hodisalar katta tezlikka sodir bo‘ladi. Lekin ta’sir ko‘rsatish va sodir bo‘lish ehtimolligi alohida ko‘rilsa, umumiy holatni to‘liqligicha ifodalay olmaydi.
Baholash shkalasini ishlab chiqish. Taqqoslash standarti (mezoni)siz korxona risklarini umumlashtirish (yaxlitlash) va ularni o‘zaro taqqoslash imkoni bo‘lmaydi. Amaliyotda risklarni ta’sir ko‘rsatish, sodir bo‘lish ehtimolligi va shu kabi boshqa o‘lchovlariga qarab ularni shkalasini ishlab chiqiladi. Bu shkala hisoblash darajalari hamda ularning ifodalari (sabablari)dan iborat bo‘lib, turli mijozlar tomonidan izchil tushunish va tadbiq qilish uchun kerak bo‘ladi. Shkala qancha tavsifli bo‘lsa, shuncha ularning foydalanuvchilari tomonidan izohi (tushunilishi) izchil (barqaror) bo‘ladi. Bu erda muammo oddiylik va mukammallik orasidagi to‘g‘ri muvozanatni aniqlash hisoblanadi.
Ta’sir darajasi. Ta’sir(yoki oqibat) darajasi risk holati korxona faoliyatiga ta’sir ko‘lamini ko‘rsatadi. Ta’sir darajasini baholash mezoni o‘z ichiga moliyaviy, reputatsion, boshqaruv, xavfsizlik, tashqi omil, ishchi-xodim, mijoz va operatsion ta’sirlarni oladi. Korxonalar odatda ushbu keltirilgan sohalarning har biri bo‘yicha risk ta’sirini umumlashtirish orqali ta’sir darajasi aniqlanadi. Ba’zi korxonalar risk uchun ishlab chiqilgan shkalani, imkoniyatlar (daromadlar) uchun ham qo‘llashadi
Ehtimollik. Ehtimollik – bu ma’lum hodisa sodir bo‘lish ehtimolligi hisoblanadi. Ehtimollikni miqdoriy ifodalar orqali nisbiy (foizda) ehtimollik sifatida yoki sodir bo‘lish chastotasi sifatida ko‘rish mumkin. Sonli qiymatlardan foydalanilayotganda vaqt oralig‘ini yillik takrorlanishlar yoki loyiha hayot davriyligi orqali tasniflanishi kerak. Ba’zida korxonalar ehtimollikni «belgilangan davr oralig‘ida risk hodisasi bir necha marotaba sodir bo‘lish»i yoki «bo‘lmaslig»iga o‘xshash sifatiy ifodalar orqali ifodalashadi
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Download 363.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling