Moliyaviy menjmentning uslubiy asoslari


Moliyaviy menjmentning mohiyati, maqsadi va vazifalari


Download 103 Kb.
bet2/3
Sana06.02.2023
Hajmi103 Kb.
#1169702
1   2   3
Bog'liq
moliyaviy menejment

Moliyaviy menjmentning mohiyati, maqsadi va vazifalari

Tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy menejmenti shakllanayotganda tadbirkorlikning moliyaviy munosabatlarini, faoliyat doirasini yuqori darajada rivojlantirish va bu faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarni muvaffaqiyatli hal etish va ijobiy natijalarga erishish tadbirkorlik subyektlari moliyaviy boshqaruvini samarali yo‘lga qo‘yilishini taqazo etadi. Shunday ekan, tadbirkorlik subyektlarini bosqichma-bosqich shakllantirish va ular yaxshi moliyaviy natijalarga erishish uchun subyektlarda moliyaviy menejmentning tizimini vujudga keltirish muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy menejment - moliyaviy resurslar harakatining jarayoni bo‘lib, xo‘jalik subyektlari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni va moliyaviy resurslarni boshqarishga yo‘naltirilgan.


Moliyaviy menejment moliyaviy mexanizmning asosiy vositalari va usullari yordamida moliyaviy boshqaruv maqsadlarini, bu maqsadlarning belgilashning o‘ziga xos jihatlarini subyektda moliyaviy resurslarining shakllantirilishi, taqsimlanishi va bu vositalardan samarali foydalanilishini hamda ularning pul mablag‘larining aylanishidagi tashkiliy tomonlarini aks ettiradi. Tadbirkorlik moliyaviy menejmentida shuningdek, boshqaruv strategiyasi va taktikasiga katta e’tibor beriladi.
Subyektning moliyaviy strategiyasida qo‘yilgan bosh maqsadlarga erishish borasidagi sa’y-harakatlar davomida umumiy yo‘nalishlardan va vositalardan samarali foydalanish yo‘llari belgilanadi va amalga oshiriladi. Bu maqsadlarga erishish uchun ularga asoslangan holda yangi yo‘nalishdagi maqsadlar ishlab chiqiladi. Moliyaviy taktikada esa, belgilangan sharoitda kutilayotgan yutuqlarga erishish uchun aniq usullarni tanlash va ulardan samarali foydalanish yo‘llari ishlab chiqiladi.
Moliyaviy menejment boshqaruv tizimi sifatida ikki asosiy tizimdan: boshqariluvchi yoki boshqaruv obyekti tizimi va boshqaruvchi yoki boshqaruv suyektlaridan iborat bo‘ladi.
Moliyaviy menejmentda boshqaruv obyektiga subyektning jami pul oqimlarining harakati, qiymat aylanishi, moliyaviy resurslarining harakati, hamda moliyaviy faoliyati jarayonlarida ularning sarflanishi kiradi.
Moliyaviy menejmentning boshqaruv subyekti esa, alohida bir guruh moliya menejerlarining guruhini moliyaviy apparat va subyekt boshqaruvchilarini o‘z ichiga oladi.
Tadbirkorlik subyektlari bozor xo‘jaligi tizimining muhim tarkibiy qismidir. Shu bois bu sohaning muvaffaqiyatli taraqqiyotiga erishish masalasi asosiy muammolardan hisoblanadi. Mazkur masalani yechish imkonini beruvchi muhim yo‘nalishlardan biri kichik tadbirkorlikning amaliy faoliyatidagi boshqaruv tamoyillari va usullaridan kengroq foydalanishdir. Hozirgi sharoitda aynan mana shu omil tadbirkorlik subyektlarini boshqarishning eng samarali yo‘llarini ko‘rsatmoqda. Bozor sharoitida tadbirkorlikning moliyaviy menejmenti ko‘p qirrali muammo ekanligidan, dastlab boshqaruv tizimida moliyaviy menejmentning o‘rnini izohlab o‘tish muhim.
Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lganligi uchun moliyaviy boshqaruv va uning asoslari jamiyat taraqqiyoti uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
Bozorda o‘rin egallashga intiluvchi subyektning menejmentida kamida uchta ketma-ket bosqich bajarilishini ta’minlash lozim:
subyektning bozorda o‘rnashib qolish va moslashuvchanligi;
subyektning barqaror muvozanatga erishishi;
subyekt ishlab chiqarishning miqdoriy va sifat jihatidan o‘sishini ta’minlash.
Bu vazifalar subyektning samarali qarorlar ishlab chiqish va ularning ijrosini ta’minlash jarayonidagi munosabatlarining yuqori darajada tashkil qilinishini talab etadi.
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini samarali amalga oshirish va ular taraqqiyotining muhim omillaridan biri uning faoliyatidagi turli davrlarda amal qiluvchi moliyaviy imkoniyatlardan foydalana olish darajasidir.
Shu bois moliyaviy menejmentning bosh maqsadlari va vazifalari kichik tadbirkorlik faoliyatida moliyaviy ta’minoti muammosi mohiyati va mazmunidan kelib chiqadi. Tadbirkorlik moliyaviy menejmentining bosh maqsadi ham subyekt boshqaruvchilari, ya’ni mulkdorlarining joriy va kelajakda yuqori moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lishni ta’minlashdan iborat.
Tadbirkorlik faoliyati moliyaviy ta’minoti muammosining mohiyatini mablag‘ni jalb etish, joylashtirish va undan foydalanishni ham o‘z ichiga olgan kapitalni boshqarish jarayonini tashkil etish, deb qaralsa, u holda moliyaviy menejment tushunchasini subyektlarni moliyalashtirish shartlari, tamoyillari, uslublari va shakllarining birligiga asoslangan moliyalashtirish jarayonini boshqarish tizimi sifatida ifodalash mumkin.
Tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy menejmenti tizimida moliyaviy menejment tamoyillarini va moliyaviy tahlil usullari asosida boshqaruv qarorlarini, odatda, uchta asosiy toifaga bo‘lish mumkin:
amaldagi ishlab chiqarish yoki tijorat shartlariga tegishli qarorlar, ya’ni joriy vazifalarni tartibga solish;
tadbirkorlikka xos moliyaviy qarorlarni qabul qilish, yangi bo‘linmalarni tashkil etishga harakat qilish, yangi sarmoyalarni jalb etish va yangi bozor segmentlarini o‘zlashtirish;
yangi xalqaro sharoitdagi darajalarga erishish uchun subyektni strategik vazifalarining tashkiliy shakli va maqsadlarini o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashtirishni ta’minlaydigan alohida qarorlar ishlab chiqish va hokazolar.
Hozirgi sharoitda subyektlar faoliyatining moliyaviy imkoniyatlarini tashkil etish va ulardan samarali foydalanishda yetarli moliyaviy resurslarning hajmini shakllantirish, ulardan subyektlar rivojlanishining asosiy faoliyati yo‘nalishlarida foydalanishni ta’minlash, yuqori foyda olish darajasini va doimiy moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Subyekt moliyaviy menejmentining uchta asosiy funksiyasini ajratib ko‘rsatish mumkin: moliyaviy mablag‘larni takror ishlab chiqarish; resurslarni taqsimlash; ularning ishlatilishi ustidan nazorat qilish.
Moliyaviy menejment takror ishlab chiqarish funiksiyasining maqsadi takror ishlab chiqarish jarayonida kapitalni doiraviy aylanishining barcha bosqichlarida moddiy va moliyaviy resurslar harakatini balanslantirishni ta’minlashdan iborat.
Moliyaviy menejment takror ishlab chiqarish funksiyasining bajarilish samaradorligi subyektning foydaliligi va balans barqarorligi orqali ajralib turadi.
Moliyaviy menejmentni taqsimlash funksiyasining maqsadi pul fondlari shakllanishini, ishlatilishini va kapitalning samarali tarkibini asrashdan iborat. Bunda taqsimot, dastlab moddiy xarajatlar, mehnatga haq to‘lash va eskirish xarajatlarini qoplash talab etiladi.
Moliyaviy menejmentni nazorat funksiyasining maqsadi olinadigan daromadlarning ishlab chiqarishni va mahsulotni sotish hajmini kengaytirishga qaratilgan pul mablag‘lari fondi tarkibiga mos kelish darajasini aniqlashdan iborat. Subyekt daromadlari va xarajatlarining mos kelmasligi ham pul mablag‘lari, ham moddiy resurslar ishlatilishida ma’lum mutanosiblik o‘rnatilishini talab etadi. Moliyaviy menjment nazorat funksiyasining bajarilishi subyekt fondlariga qilinadigan ajratmalarning to‘laligi va o‘z vaqtida ajratilishini, fondlarning belgilangan miqdordagi tarkibiga rioya qilishni, hamda moliyaviy resurslardan foydalanishda tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchiliklarning nazoratini o‘z ichiga oladi.
Tadbirkorlik subyektlari moliyaviy menejmentining asosiy vazifalarini qo‘yidagi tarkibda ajratib ko‘rsatish mumkin:
dastlabki bosqichda subyektning biznes-rejasi asosida moliyaviy resurslarga ehtiyojni aniqlash va moliyalashtirishning samarali usullari asosida tanlash;
subyektning joriy rivojlanishi maqsadlarida moliyaviy majburiyatlarini bajarishga imkon beruvchi naqd pul oqimlari, daromadlar va xarajatlarning harakatini nazorat qilishga asoslangan moliyaviy resurslar bilan joriy, ya’ni, tezkor rejalashtirish va tartibga solish, unda moliyaviy menejmentning taqsimlash funksiyasi bajariladi. Shuningdek, joriy to‘lovlarni moliyalashtirish manbaasi sifatida mahsulotni sotishdan tushgan mablag‘lar maydonga chiqadi. Bu vazifalarni bajarishda subyekt aktivlari tarkibining tahlili, kredit va sarmoyalarning samaradorligi, strategik vazifalarni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
Subyekt moliyaviy strategiyasi mablag‘larni jalb etish va moliyaviy resurslardan qanday foydalanish, boshqa tashqi omillarni hisobga olgan holda barcha moliyaviy aktivlardan foydalanishning yuqori darajasiga erishishni ta’minlash masalalarini belgilaydi.
Moliyaviy menejerlar subyektning resurslarini boshqarish bo‘yicha barcha muhim qarorlarni ikki nuqtai nazardan qarab chiqishlari lozim: birinchidan, mazkur qarorlarning moliyaviy holatga qanday ta’sir ko‘rsatishini tahlil etish; ikkinchidan, ta’sischilarning bunday qarorlarga bo‘lgan munosabati.
Har qanday sharoitda ham subyektning moliyaviy menejmenti vazifalarida moliyalashtirish usullarini tanlab, chetdan jalb qilinayotgan resurslar, kredit mablag‘larini jalb etish, ichki va tashqi manbalarga asoslangan moliyalashtirish kabi usullarni o‘rganish katta ahamiyatga ega.
Hozirgi sharoitda subyektlar moliyaviy menejmentining muhim tarkibiy elementlaridan biri bu moliyaviy hisobotlarni tuzish va shular asosida moliyaviy holatni tahlil qilishdir. Moliyaviy holatning tahlili nafaqat rahbarlari va mulkdorlari uchun, balki subyekt bilan iqtisodiy munosabatlar tizimining turli sohalari bo‘yicha aloqador bo‘lgan xo‘jalik subyektlarining moliyaviy faoliyati uchun ham muhimdir.

3. Subyektlar moliyaviy menejmentining mexanizmi va


strategiyasi(12677)1
XX asrning 2 yarimi jahon xo‘jaligida revolyutsion ham evolyutsion burilish davri bo‘ldi. Natijada ilmiy texnik taraqqiyotning keskin avj olishi va jahon xo‘jaligida tovar ishlab chiqarishning keskin o‘sishi barcha sohalarda bo‘lganidek boshqaruvning ilmiy konsepsiyalarida ham taraqqiyotlar bo‘lishiga olib keldi. Natijada zamonaviy moliyaviy menejment konsepsiyasi mustaqil shakllana boshladiki uning asosiy muammosi sifatida subyektlarning moliyaviy munosabatlari, pul mablag‘lari aylanishini ichki va tashqi omillarining ta’siriga asoslangan holda samarali tashkil etish masalalarini o‘z ichiga ola boshladi.
Bozor iqtisodiyoti xo‘jalik subyektlari orqali ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida bozordagi talab va taklif, aniq istyemolchilarning talablari, ishlab chiqaruvchi uchun maksimal foyda olish imkoniyatini tug‘diruvchi mahsulot ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi.
Boshqaruvning bozor shart-sharoitlari, O‘zbekistonning iqtisodiy istiqbollari va mentaliteti uchun xususiyatli hisoblanuvchi boshqaruv tizimini shakllantirishni, mamlaktimizda shakllantirilayotgan bozor iqtisodiyoti aholi uchun real iqtisodiy erkinlikning mavjud bo‘lishini nazarda tutadi. Menejment subyektlarning boshqaruvning samarali tizimi sifatida bunday imkoniyatlarga egaligini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlari, korxonalarining tashqi muhitini o‘rganish (tadibrkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari, tovarlar, xizmatlar, moliyaviy bozorlar, baholarni shakllantirish tizimlari, buxgalteriya hisobi tizimlari) va ularning asosiy faoliyat sohalarini o‘rganishning tahlili (marketing tadqiqotlari, moliyaviy menedjment, ishlab chiqarish, sotish jarayonlari, buxgalteriya hisobi va personallarni boshqarish) shuni ko‘rsatadiki, ba’zi subyektlar imkoniyat darajasida bunday tashqi muhitning o‘zgarishlari natijasidagi noananaviy yangi muammolarni an’anaviy usullar vositasida o‘ziga xos faoliyat sohalarini moslashtirishga harakat qiladilar.
Shuning uchun zamonaviy shart sharoitlarda ayrim subyektlarning oldida asosiy vazifa sifatida tashqi muhitning o‘zgarishlariga o‘z faoliyat sohalarini tezlik bilan moslashtira olish va vujudga kelgan muammolarni osonlik bilan o‘z foydasiga hal etish masalasi yuzaga keladi. Xuddi shuningdek har qanday subyektning asosiy faoliyat sohalaridan biri moliyaviy menejment hisoblanadi. Moliyaviy menejment–subyektlarda moliyaviy resurslar va kapitallarni boshqarish hisoblanadi.
Moliyaviy menejment faoliyatining turi sifatida 2 ta yirik sohani ko‘rish mumkin:
-subyektning rahbariyati tomonidan qarorlar asosida moliyaviy resurslar va kapitallarni boshqarishni o‘z ichiga oluvchi ichki xo‘jalik faoliyati;
-korxona va boshqa xo‘jalik subyektlari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni o‘rnatish jarayonida amalga oshiriladigan moliyaviy resurslar va kapitallarni boshqarishning tashqi jarayoni.
Boshqaruv tizimi boshqarilayotgan obyektlarga zaruriy ta’sirini ta’minlaydi. Boshqaruv faoliyati odatda tashkilotning ma’sul shaxslari o‘rtasida va maxsus bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlanadi. Boshqaruv tizimining bo‘g‘inlari chiziqli, funksinal, chiziqli – funksional, funksional- chiziqli va boshqa turli kombinatsiyalarda bo‘lishi mumkin.
Moliyaviy menejment – subyektlar boshqaruvining umumiy maqsadlariga erishishga yo‘naltirish uchun amal qiladigan tizimdir Rossiyalik iqtisodchi olim L.Pavlovaning ta’kidlashicha, «moliyaviy menejment bir tomondan aniq qonuniyatlar va ahamiyatga ega bo‘lgan boshqariluvchi tizim, ikkinchi tomondan esa – korxona umumiy boshqaruv tizimining bir qismi bo‘lgan boshqaruvchi tizimdir»1 deb ta’kidlaydi. Bunda boshqariladigan tizim hisoblanuvchi moliyaviy menejment sezilarli ravishda davlatning soliqlar, baho, mehnat haqi va boshqa dastaklari vositasidagi ta’sir etish sohasi nazarda tutiladi. Boshqariluvchi tizim sifatida esa moliyaviy menejment boshqaruv qarorlari oqimlarga ta’sir etuvchi boshqaruv obyekti hisoblanishi nazarda tutiladi.
Albatta moliyaviy menejment davlatning eski moliya-kredit mexanizmi vositasidagi ma’muriy boshqaruv mexanizmini aks ettirmaydi, chunki moliyaviy menedjment iqtisodiy erkinlikka asoslangan iqtisodiy tizim sharoitida faoliyat yurituvchi xo‘jalik subyektlari o‘zaro ichki manfaatlariga asoslangan holdagi boshqaruv tizimi eski boshqaruv tizimi kamchiliklarini bartaraf etish imkoniyatiga egadir. Masalan, Iqtisodchi A.Birmanning fikricha «Keyingi 10 yillikning asosiy kamchiligi, rejalashtirish, rag‘batlantirishish va boshqarish tizimidagi kamchiliklar hisoblanib, boshqaruvning amaldagi holati korxonalar o‘zlarining zahiralarini yashirishga, rejani bajarish imkoniyatiga ega bo‘lish va tegishli moddiy mukofotlarni olish uchun tashabbusni ushlab turishga harakat qilganlar»2. Muallifning bu fikrida iqtisodiyotni samarali boshqarishning asosiy dastagi sifatida moliyaning muhim rol o‘ynashi ta’kidlanadi. Moliyaviy boshqaruvning zamonaviy tizimi hisoblangan moliyaviy menejmentning asosiy maqsadi iqtisodiy subyektlar o‘rtasida o‘zaro ijtimoiy adolatlilik tamo-yillari asosida iqtisodiy manfaatlarning taqsimotiga erishish hisoblanadi.
Moliyaviy menejmentning muhim uslubiy asosi sifatida uni tashkil qilishning umumiy tamoyillarini aniqlab olish hisoblanadi. Bu o‘z navbatida moliyaviy menedjmentning harakat faoliyatini aniqlab olish uchun, uni amal qilishini umumiy mezonlarini aniqlab olish uchun zarur hisoblanadi. Shuni hisobga olish kerakki, moliyaviy menejment subyektlarning ichki doirasida emas, balki doimiy ravishda budjet, budjetdan tashqari fondlar, banklar va boshqa kreditorlar, moliya kredit muassalalari, institutsional investorlarning o‘zaro munosabat-larida ham aks etadi..
Ayrim hollarda, moliyaviy menejment, rejalashtirish, rag‘batlantirish, alohida elementlarning o‘zaro muvofiqligi, variativligi, maqsadli yo‘naltirilganligi kabilarni o‘z ichiga oluvchi boshqaruvni tashkil qilishning umumiy tamoyillari bilan ham birining ta’sir doirasida bo‘ladi. Albatta biz ta’kidlaganimizdek, moliyaviy menejment tizimining shakllanishi xo‘jalik subyektlarining iqtisodiy mustaqilligi ya’ni tadbirkorlik faoliyatining keng imkoniyatlarini shakllanishi bilan belgilanadi. Bunda, budjet bilan o‘zaro soliqli munosabatlar tizimining shakllanishi, subyektlar asosiy va aylanma mablag‘larni shakllantirishda kredit va investitsion usullarning shakllanishi, bozor mexanizmlari asosida ularning iqtisodiy faoliyatidagi turli xatarlar bo‘yicha mas’uliyat, foydani taqsimlash imkoniyatini subyektlarning ixtiyorigaga o‘tishi va boshqa omillar hisoblanadi. Shuning uchun ham moliyaviy menejment konsepsiyasini o‘rganishning asosi tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi deb ta’kidlashimiz mumkin.
Tadbirkorlik bu mulkdan foydalanish, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish natijasida tizimli foyda olishga yo‘naltirilgan mustaqil, hamda xatar bilan bog‘liq faoliyatdir. Moliyaviy menejment bilan xo‘jalik yuritishga samarali ta’sir etuvchi moliyaviy jarayonlar o‘zaro bog‘liqdir.
Moliyaviy menejment subyektlarning moliyaviy faoliyatida moliyaviy resurslardan foydalanish va ularning samarali yo‘nalishlarini tanlab olishni o‘z ichiga olib, bu jarayon tahlil, rejalashtirish, boshqaruv, moliyaviy qarorlarning qabul qilish jarayoni bilan bog‘liqdir. Buni qo‘yidagi (1-chizma) orqali ko‘rib o‘tishimiz mumkin.
Moliyaviy menedjmentning tarkibi 1-chizma
Kompleks vazifalar

Sotish, foyda, kapitallarning harakati, rentabellik, asosiy fondlar, aylanma mablag‘lar, moliyaviy holat, daromad va xarajatlarning balansi va boshqalar


Funksional seksiyalar


Rejalashtirish

Tahlil

Tartibga solish

Pers
pektiv reja


lashtirish
Tezkor rejalashtirish
Tezkor
Reja
lashti
rish

Tezkor
tahlil


Kompleks tahlil
Doimiy rejani to‘g‘rilash

Doimiy qarorlar


Alternativ qaror
lar
Murakkab qaror
lar
Yuqoridagi moliyaviy menejmentning kompleks vazifalari iqtisodiy faoliyatning moliyaviy natijalarini mohiyati nuqtai nazardan baholash elementlarini o‘z ichiga oladi. Chunonchi mahsulotni sotish natijasida olingan tushumning tarkibida foydaning salmog‘i, subyektning mavjud aktivlari tarkibida ishchan aktivlarning salmog‘i ya’ni aylanma va asosiy kapitallarning salmog‘i va boshqa tizimli baholash asosida moliyaviy boshqaruv mexanizmini tashkil qilish moliyaviy menejmentning kompleks vazifalari qatoriga kiradi.
Boshqaruvning moliyaviy mexanizmini amal qilishi moliyaviy ko‘rsatkichlar va jarayonlar haqidagi analitik, rejali axborotlarni shakllantirish, o‘rganish va tartibga solish bilan uzviy ravishda bog‘liq. Aksariyat hollarda moliyaviy rejalashtirish va moliyaviy tahlil subyektda amalga oshirilayotgan moliyaviy ishlarning mustaqil sohalari ham hisoblanadi. Joriy va tezkor moliyaviy ishlar esa o‘z navbatida rejalashtirish va tahlilga asoslanadi.
Shuni alohida ta’kidlaymizki, tahlil bloki uzluksiz ravishda axborotlarni yig‘ish, hisobini yuritish va umumlashtirishni o‘z ichiga oladi. Rejalashtirish blokida esa har qanday biznes rejaning oxirgi xulosasi tayyorlanadi.
Moliyaviy menejmentning vazifalari, tamoyillarini aniqlab beruvchi moliyaviy boshqaruvning o‘ziga xos 3 jihatlarini mavjud:
1. Moliyaviy menedjment uchun moliyaviy – huquqiy shart sharoitlar yaratib beruvchi tashkiliy jihatlar;
2. Boshqaruv qarorlarining mezonlari sifatida oxirgi foyda va rentabellik moliyaviy ko‘rsatkichlarini tanlab olish;
3. Daromadlari va xarajatlar balansi orqali har qanday iqtisodiy faoliyat samaradorligining doimiy nazorati.
Yuqoridagi moliyaviy menejmentning 3 asosiy jihatlariga asoslangan holda shuni ta’kidlash lozimki moliyaviy menejmentning samarali faoliyati avvalo boshqaruv qarorlari uchun zaruriy axborotlar bilan ta’minlanishiga asoslanadi.
Iqtisodiy subyektlar pul mablag‘larini shakllantirish, mavjud moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish va yalpi daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonini kompleks boshqaruv tizimini o‘z ichiga oluvchi moliyaviy menejment tizimi hozirgi kunda muhim iqtisodiy ahamiyatga egadir.
Menejment tizimida har qanday vazifani hal qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda kamida 4 turdagi ta’minot talab qilinadi: iqtisodiy, matematik, texnik va moliyaviy ma’lumotlar ta’minoti moliyaviy boshqarish uchun zaruriy qaror qabul qilinadi ularning to‘liq iqtisodiy asoslangan axborotlar asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Bundagi asosiy masala olingan ma’lumotlarni o‘ziga xos xususiyatlari, ahamiyati va ularni korxonalarda takror ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi omillar ta’sir darajasi nuqtai nazardan guruhlash, ko‘rsatkichlar tizimini shakllantirishda tegishli manba sifatida foydalanish korxonalarning kelgusi takror ishlab chiqarish jarayonini jadallashtirish va resurslardan imkoniyat darajasida samarali foydalanish uchun moliyaviy qaror qabul qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Boshqarish tizimida boshqaradigan tizimlar va boshqariladigan tizimlar o‘ziga xos rol o‘ynaydi. Boshqariladigan tizimlar o‘ziga xos obyektlarga ega bo‘lib bunday obyektlar sifatida subyektlarning aktivlari va passivlari ko‘rib o‘tiladi.
Moliyaviy boshqaruv tizimini umumiy tarzda tizimlashtiradigan bo‘lsak quyidagi shaklga ega bo‘ladi:
-umumiy moliyaviy tahlil va rejalashtirish;
-subyektlarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash (subyektning moliyaviy manbalarini boshqarish);
-moliyaviy resurslarni taqsimlash (investitsion siyosat va aktivlarni boshqarish).
Moliyaviy boshqarish faolitining bunday sohasiga ajratilishining mantiqi subyektning mulkiy va moliyaviy holatini aks ettiruvchi hisobot shakllarining asosi sifatida buxgalteriya balansi hisoblanadi.
Ishbilarmon faollik asosi subyektning iqtisodiy potensialini o‘sib borishi hisoblanadi. +andaydir investitsiya loyihalariga kapital jamg‘arish vositasida tadbirkor aniq davr mobaynida avanslangan kapitalni qaytarib olishni balki ko‘zlangan foydani olishni ko‘zda tutishi lozim. Bunday foydani baholash ya’ni mazkur loyiha foydalimi yoki yuqmi?- degan dilemmani yechish investitsiyalardan kelgusi tushumlarni bashorat qilishga asoslanadi.
Bunday pul oqimlarini boshqarish uchun zarur bo‘lgan qarorlarni qabul qilish moliyaviy xo‘jalik faoliyatining natijalarining dinamik ko‘rsatkichlari hisoblanuvchi buxgalteriya hisobining axborotlar tizimiga tayanadi.
Moliyaviy xo‘jalik faoliyatining axborotlar ta’minoti o‘ziga xos murakkab tarkibini tashkil qiladi va turli omillarni: boshqarish darajasi, axborotlarning maqsadli yo‘nalishi, ulardan foydalanuchilarnig tarkibi bilan aniqlanadi. Subyektlar darajasida boshqaruv qarorlari qabul qilishning asosiy axborotlar manbai buxgalteriya hisobotlari hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining funksiyasi nafaqat xo‘jalik faoliyati faktlarini qayd etish tizimi hisoblanadi balki hisoblangan natijalarning ishonchlilik tabiatini ko‘zda tutuvchi moliyaviy hisob- kitoblarning texnologiyalari hisoblanadi.
Moliyaviy hisob-kitob texnologiyalari dastlabki ishlab chiqarish munosabatlarining paydo bo‘lishi bilan shakllangan bo‘lib mustaqil fan sifatida tegishli moliyaviy hisob-kitob texnologiyalari to‘g‘risidagi bilimlar X1X asrlarda paydo bo‘ldi. Bu davrlarda moliyaviy hisoblash texnologiyalari «tijorat hisob-kitoblari», «tijorat arifmetikasi» tushunchalari bilan taniqli bo‘lgan. XIX asrda tezlik bilan sodir bo‘lgan iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy taraqqiyot ishlab chiqarish jarayonidagi axborotlarni shu qadar ko‘paytirdiki bunday axborotlarni boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun yig‘ish va ularni qayta ishlash masalasi muammoga aylanib qoldi.
Subyektlarda samarali ishlab chiqarish jarayonini boshqarish va kam xarajat qilgan holda yuqori foyda olish masalalari aynan shu davrdagi raqobat muhitining shakllantirgan zaruriyati bo‘lib qoldi. Ayniqsa XX asrning 2 yarmidagi ilmiy texnik taraqqiyotning sodir bo‘lishi, insoniyat oldiga yangi muammolarni kundalang qilib qo‘ydiki, bunday muammolar qatoriga resurslar taqchilligining paydo bo‘lishi, dunyo iqtisodiyotidagi keskin integratsiya, kontinentlar o‘rtasidagi murakkab bog‘liqliklar, ishlab chiqaruvchi subyektlar o‘rtasidagi keskin raqobat va boshqa global muammolar kiritilib turli xil ishlab chiqarish munosabatlarini ekstensiv rivojlantirishni emas, balki intensivlashtirishni zarur qilib qo‘ydi. Bunday sharoitda samarali boshqarish to‘g‘risidagi yangi nazariyalar paydo bo‘ldi. Boshqarish degan so‘z bu albatta qaror qabul qilish degan tushunchani anglatadi. Boshqarish – aniq natijalarga erishish uchun obyektga maqsadli yo‘naltirilgan holda ta’sir qilishning shakllari va usullarining yig‘indisidir. Boshqarish inson faoliyatining barcha sohalariga xosdir. Shuningdek, boshqarish tizimining muhim sohalaridan biri moliyaviy faoliyatni boshqarish hisoblanadi.
Subyektlar moliyasini boshqarish subyektning moliyaviy faoliyatini boshqarish sifatida sotishdan tushgan tushum va uning taqsimot obyektlari moliyaviy boshqarishning asosiy obyekti hisoblanadi.
Moliyaviy boshqaruvni ma’lum bir uslub va tamoyillarga hamda rag‘batlantirish hamda sanksiyalarga tayanib maxsus apparat amalga oshiradi. Ma’lumki, u yoki bu yo‘nalishdagi vazifalarni bajarishda turli xil yo‘nalishdagi yechimlar mavjud bo‘ladi, ammo ularni samarali yechishning o‘ziga xos bo‘lgan muammolarini bor imkoniyatlardan tez va samarali foydalanish yoxud, yangi davr talabiga mos bo‘lgan uslublarni joriy etib ko‘zlangan maqsadga erishishdir.
Har qanday boshqaruv tizimiga xos bo‘lgani kabi, moliyani boshqarishda ham obyektlar va subyektlar mavjud bo‘ladi.
Moliyani boshqarishning obyekti bo‘lib turli moliyaviy munosabatlar hisoblanadi. Masalan: davlat budjeti, pensiya fondi, subyektlarning ixtiyoridagi markazlashmagan fondlar va sug‘urta munosabatlari hisoblanadi. Moliyaviy munosabatlarning turkumlanishidan kelib chiqib, ushbu obyektlarga quyidagi moliyani boshqaruv subyektlari mos keladi, bularga moliya organlari va soliq nazoratchilari, moliya xizmat (bo‘lim)lari va sug‘urta organlari kiradi.



Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling