Moliyaviy menjmentning uslubiy asoslari


Subyektlarning moliyaviy faoliyatining tizimi va uni boshqarishning zarurligi


Download 103 Kb.
bet3/3
Sana06.02.2023
Hajmi103 Kb.
#1169702
1   2   3
Bog'liq
moliyaviy menejment

4. Subyektlarning moliyaviy faoliyatining tizimi va uni boshqarishning zarurligi.

O‘zbekiston Respublikasida 2001 yil 15 mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasida «tadbirkorlik faoliyati» tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi: “Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik)– tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat”1.


Tadbirkorlikni rivojlantirish O‘zbekistonda amalga oshirlayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bandlik muammosini hal etish, bozorning mo‘l-ko‘lligini ta’minlash hamda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishdagi imkoniyatlarini inobatga olib, mamlakatimizda kichik tadbirkorlikning rivojlanishiga alohida e’tibor berilmoqda.
Bunda tadbirkorlikning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlariga tayanilmoqda:
bozordagi talabga tez moslasha borib, sifatli mahsulot ishlab chiqarish qobiliyati;
nisbatan qisqa muddatlarda aholi ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabni qondira olishi;
dastlabki sarmoya hajmining nisbatan kamligi;
tez orada yangi ishchi o‘rinlari barpo etish va bandlik muammosini hal etishga ko‘maklashish imkoniyati;
biznes egasi (tadbirkor)ning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdagi bevosita ishtiroki va boshqalar.
2000 yilda mualliflar guruhi tomonidan e’lon qilingan “Inson taraqqiyoti to‘g‘risidagi ma’ruza”da2 kichik tadbirkorlikning iqtisodiy jihatlari hamda manfaatli xususiyatlari quyidagicha yoritiladi:
tadbirkorlik – aholining talay qismi uchun mehnatini qo‘llaydigan jabha va daromad manbai, yetarli malaka va tajribasi bo‘lmagan, egiluvchan jadvalli ish kunini istagan aksariyat mehnat resurslarini mashg‘ul etuvchi mehnat bozorining eng moslashuvchan qismi. Ayollar, ilk bor ish qidirayotgan yoshlar, ma’lumoti va mehnat tajribasi yuqori darajada bo‘lmagan shaxslar ko‘pincha faqat shu yerdan ish topishlari mumkin. Bu jabhada mashg‘ul kishilarning aksariyat qismi uchungina emas, balki ularning oila a’zolari uchun ham asosiy daromad manbai bo‘lishi kichik biznes milliy farovonlikning o‘sishi uchun muhim omilga aylanganidan dalolat beradi;
tadbirkorlik aholi orasida ish yuritish va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, uning bozor munosabatlariga moslashganlik darajasini oshirishda potensial samarali vositadir. U fuqarolarga nafaqat o‘z ishchi kuchi, balki o‘z mulki, jumladan, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mulk egasi bo‘lishiga imkon yaratib, o‘rta sinf-jamiyatning progressiv taraqqiyotini ta’minlashga qodir, demokratiya va ijtimoiy barqarorlikdan manfaatdor ijtimoiy qatlamning shakllanishi uchun asos yaratadi;
tadbirkorlik butun iqtisodiyotning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. U iste’mol talabining o‘zgarishlariga hammadan tez moslashadi, iqtisodiy vaziyatning tebranishlariga muvofiq tarzda o‘z faoliyatining ixtisosini tez va nisbatan asoratsiz o‘zgartira oladi;
tadbirkorlik iqtisodiyotning hududiy tuzilmasini yaxshilaydi.
Alohida shaxs uchun esa kichik biznes bilan shug‘ullanish band bo‘lish va daromad olishga, ishi va shaxsiy hayotini yaxlitroq birlashtirishga, o‘z qobiliyati va iste’dodini namoyon qilishga imkon yaratadi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan ajralib turadi. Tadbirkorlik subyektlariga mustaqillik berish ularda faoliyatining yakuniy natijalari uchun javobgarlik hissini oshiradi.
Keyingi yilarda mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi:
ulgurji va chakana savdo tizimi isloh qilinmoqda;
tadbirkorlik subyektlariga infratuzilma bo‘linmalari tomonidan xizmat ko‘rsatishning samarali tizimi yaratilmoqda;
tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini muhofaza qilish hamda tadbirkorlikning erkinligini kafolatlash tizimi shakllanmoqda;
tadbirkorlarni davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning yengillashtirilgan tartibi joriy etildi;
statistika va soliq hisobotining qisqartirilgan shakli kiritildi;
tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati erkinlashtirildi;
ish boshlovchi tadbirkorlar uchun dastlabki sarmoyani shakllantirish va boshqa shakllardagi yangi moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etildi va shunga o‘xshash qatortadbirlar amalga oshirilmoqda.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlarning huquqlari va manfaatlarini himoyalash borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida iqtisodiyotning bu tarmog‘i tobora mustahkamlanib, uning respublikamiz iqtisodiyotidagi o‘rni, ish bilan ta’minlash va mahsulot ishlab chiqarishdagi salmog‘i yildan-yilga oshib bormoqda. 2003 yil 1 yanvar holatiga YAMMda kichik tadbirkorlikning hissasi o‘tgan yildagidan 0,8 foizga oshib, 34,6% ga yetdi. Kichik tadbirkorlikning iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishdagi hissasi sanoatda 14,1, qishloq xo‘jaligida 76,4, umumiy chakana tovar aylanmasida 43,8, aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatishda 41,3, avtomobil transporti yuk aylanmasida 38,7, yo‘lovchi tashish hajmida 54,9 foizni tashkil etdi.
Respublikamizda 239,5 mingta kichik korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ular respublikada jami ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning 91,3 foizini, sanoatda 95,2, qishloq xo‘jaligida 96,4, qurilishda 95,2, savdo va umumiy ovqatlanishda 96,6 foizini tashkil etadi. Ta’kidlab o‘tish joizki, mamlakatimizda kichik tadbirkorlik subyektlari soni yil sayin ko‘payib bormoqda. Chunonchi, birgina 2002 yilda 47,2 ming kichik korxonalar ro‘yxatga olingan.
Ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlarining faollik darajasi ham oshmoqda. Ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlarining soni 2002 yilda 2001 yildagiga nisbatan 18,6 foizga oshgan bo‘lsa, faoliyat ko‘rsatayotganlari soni 21,4 foizga ko‘paydi. Xususan, 2002 yil davomida ro‘yxatda turgan 239,5 mingta kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarining 215,7 mingtasi yoki 90,1 foizi faoliyat ko‘rsatgan. Bu ko‘rsatkich 2001 yilda 88, 1999-2000 yillarda o‘rtacha 80, 1998 yilda 60,3 foizni tashkil etgan edi.
Tadbirkorlik subyektlarini shakllantirish koeffitsiyenti 2002 yilda 23,4 ga, tugatish koeffitsiyenti esa 4,8 ga teng bo‘ldi. Respublikamiz aholisining har 1000 nafariga to‘g‘ri keluvchi faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari 7,1 tadan 8,6 taga yetdi.
Iqtisodiyotning tadbirkorlik subyeklari respublika bo‘yicha 5086,4 ming kishini yoki aholining 54,5 foizini ish bilan ta’minlaydi. Kichik biznesning rivojlanishi evaziga 2002 yida 369,3 mingta yangi ishchi o‘rinlari yaratildi. Bu respublika bo‘yicha yangidan yaratilgan ish o‘rinlarining 84,6 foizini tashqil etadi.
Biznesning tashqi iqtisodiy faoliyati asta-sekin “tezlanish olmoqda”. Uning ulushi 2002 yilda umumiy eksport hajmida 7,5, import hajmida 29,4 foizni tashqil qildi. Korxonalarning tashqi savdo aylanmasi 900 mln. A+SH dollariga teng bo‘ldi. Ularning asosiy eksport mollari - qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, ishlov beruvchi, elektrotexnika mahsulotlari, xalq amaliy san’ati buyumlari bo‘lmoqda.
Hukumatimiz tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini kengaytirish uchun sharoit yaratmoqda. Ular texnologik asbob-uskunalarni olib kirishda import bojlarini to‘lashdan ozod etilgan. Bu, o‘z navbatida, jahon bozori uchun raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni eksportga chiqarish imkonini beradi.
Tahlillar kichik tadbirkorlikning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan quyidagi muammo va to‘siqlar ham mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Birinchidan, kichik tadbirkorlik sust rivojlanmoqda. Jami kichik tadbirkorlik subyektlarining (yakka tadbirkorlik va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 78,3 foizini mikrofirmalar tashqil etadi.
Ikkinchidan, kichik biznesning tarmoq tarkibida asosan qishloq xo‘jaligi (43 foiz), savdo va umumiy ovqatlanish (25,6 foiz) ko‘pchilikni tashkil etadi. Sanoat, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarida kichik biznesning rivojlanishi nisbatan sust kechmoqda. Bu, o‘z navbatida, kichik biznesning iste’mol bozorlarini nisbatan qisqa muddatlarda mahsulotlar bilan to‘ldirish imkoniyatlarini cheklab qo‘ymoqda.
Uchinchidan, kichik biznes respublikamiz hududlari bo‘yicha har xil rivojlanmoqda. Kichik biznes subyektlari Toshkent shahri (10,6 foiz), Samarqand (10,3 foiz) va Andijon (9,5 foiz) viloyatlarida ko‘proq ulushga ega.
To‘rtinchidan, kichik biznesning mahsulotni eksport qilish jarayonidagi ishtirokini qoniqarli deb bo‘lmaydi.
Bularga asosan quyidagi muommolar sabab bo‘lmoqda:
respublikada kichik tadbirkorlikning rivojlanishi uchun mavjud bo‘lgan mehnat, xom ashyo, ilmiy-texnik va boshqa salohiyatdan to‘liq foydalanilmayotganligi;
kichik tadbirkorlik subyektlarida daslabki sarmoya va ortiqcha mablag‘larning yetishmasligi;
bank kreditlari, xalqaro moliya tashilotlari kredit resurslaridan foydalanish shartlarining murakkabligi;
kreditni so‘g‘urtalash, kafolat bilan ta’minlash hamda uni qaytarish bilan bog‘liq muammolar;
kichik tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi bank tizimi va boshqa infratuzilmalarning yetarli darajada taraqqiy etmaganligi;
ishlab chiqarish vositalari va iste’mol bozorining yaxshi taraqqiy etmaganligi oqibatida mol yetkazib beruvchilar va haridorlar o‘rtasidagi munosabatlarning chigallashuvi;
kichik tadbirkorlik mahsulotlarining sifati yuqori emasligi oqibatida talabning pastligi;
ayrim hollarda mansabdor shaxslar tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquqlarining buzilishi va manfaatlariga putur yetkazilishi;
tadbirkorlik sohasida puxta tayyorlangan, savodli va ishbilarmon menejerlar va mutaxassislar tayyorlash tizimining nomukammalligi, kichik tadbirkorlik xodimlarining iqtisodiy va huquqiy bilim saviyasining pastligi va boshqalar.
Bu kabi muammolarni samarali hal etish uchun respublika hukumatining kichik tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan strategik dasturlarining amalga oshirilishini davom ettirish zarur. Bunday konsepsiya asosida nomutanosibliklarni bartaraf etishga, hududlarning iqtisodiy salohiyatidan samaraliroq foydalanishga imkon beruvchi tuzilmaviy o‘zgarishlar yotmog‘i lozim.
Tadbirkorlikni rivojlantirish konsepsiyasi quyidagilar asosida shakllantirilmog‘i zarur:
- tadbirkorlikni rivjlantirishning mintaqa – tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, barcha tarmoqlarda xususiy korxonalar, jamiyatlar, shirkatlar tuzish bo‘yicha shaxsiy tashabbuslarni rag‘batlantirish;
- subyektlarning kredit manbalari va sarmoyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, davlat tomonidan kreditni kafolatlash jamg‘armalarini yaratish;
tadbirkorlikka xizmat ko‘rsatuvchi bozor infratuzilmalarini yanada kengaytirish va rivojlantirish;
subyektlarning xom ashyo, texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotishning samarali tizimini yaratish;
tadbirkorlik ksubyektlarini tashkil etish va ular faoliyatining me’yoriy-huquqiy negizini takomillashtirish;
tadbirkorlik faoliyati ko‘rsatkichlarining hisobi va tahlili tizimini soddalashtirish;
tadbirkorlik uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;
tadbirkorlik qaltisliklari (risklari)dan himoyalanish tizimini ta’minlash uchun so‘g‘urta xizmatining ahamiyatini oshirish.
Tadbirkorlikni rivojlantirish konsepsiyasida asosiy e’tibor birinchi navbatda iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lgan kichik tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, tarmoq va hudud uchun zarur, ammo past rentabelli sohalarning rivoji uchun qulay imkoniyatlar yaratish, respublikaning ijtimoiy–iqtisodiy siyosatining yo‘nalishlari va maqsadlariga mos faoliyat yuritayotgan xo‘jalik tuzilmalarini rag‘bat-lantirish, hududiy ahamiyatga ega mahsulot ishlab chiqaruvchi kichik subyektlarga soliq imtiyozlari belgilash, lizing xizmati va investitsion xatarlarni so‘g‘urtalash tizimini kengaytirish va moliyaviy imkoniyatlari chegaralangan holda bank kreditlaridan foydalanishiga yo‘l ochuvchi sharoitlarni ta’minlash vazifalariga qaratilmog‘i kerak.
Tadbirkorlik sohasida band firmalar ko‘pincha yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni tashkil etishga urinishlari bilan ajralib turadi. Ular faoliyatining strategiyasi asosan quyidagilardan tashkil topadi:
birinchidan, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish asosida rivojlanayotgan firmalar raqobat ko‘rashidan manfaatdor emas. Shu sababli ular bozordagi yuqori foyda keltiradigan bo‘shliqni egallashga harakat qilib, tor darajada ixtisoslashgan mahsulot ishlab chiqarishga intiladilar.
ikkinchidan, bunday firmalar, masalan, elektronika bilan shug‘ullanuvchi firmalar, yirik kompaniyalardan butlovchi qismlarni sotib olish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga harakat qiladilar.
uchinchidan, ko‘pchilik firmalar ishlab chiqarish jarayonini yengillashtirish maqsadida yoki bitta turdagi mahsulot ishlab chiqarishga yoki bir turdagi texnologiyaga ixtisoslashadi. Ular ana shu mahsulot yoki texnologiyani iste’molchilarning talabiga moslashga harakat qilishadi. Yirik kompaniyalarga esa keng iste’molchilarning talabini qondirishga mos bo‘lgan andozali mahsulotlarni ishlab chiqarish xos. Kichik korxonalarning yirik korxonalardan farqi va afzalliklari ham ana shunda.
to‘rtinchidan, deyarli barcha kichik korxonalar mustaqillikni saqlab qolishga intilib, tashqaridan mablag‘ jalb etmaslikka harakat qiladi. Mutaxassislarning fikricha, kichik firmalar mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi rivojlanib borishi bilan mustaqillik hamda o‘ziga xos bo‘lgan ijtimoiy-madaniy muhitni shakllantirishga intiladilar.
Tayanch iboralar: Boshqaruv uslubi, moliyaviy boshqaruv tizimi, moliyaviy menjment tizimi, tuzulishi, moliyaviy ta’minot, subyekt boshqaruvi, subyektning moliyaviy mablag‘larining tuzilishi, moliyaviy reja, ichki moliyaviy nazorat, pulning davriy qiymati, baholash kotsepsiyasi, inflyatsiya omili, tavakkalchilik, tadbirkorlik, biznes.
Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling