Moliyaviy natijalar hisobi
Moliyaviy natijalar natijalarning shakllanishi
Download 27.17 Kb.
|
Moliyaviy natijalar hisobi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sotishdan olingan sof tuShumni
- Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda
- Sof foyda
2. Moliyaviy natijalar natijalarning shakllanishi
Korxonalarda moliyaviy natijalarni shakllanishi quyidagicha amalga oshiriladi: YAF = SST-IT bu erda, YAF-sotishdan olingan yalpi foyda; SST-sotishdan olingan sof tuShum; IT-sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxi. Sotishdan olingan sof tuShumni aniqlash uchun esa, sotishdan tushgan tuShumdan, qo‘shilgan qiymat soligi, hamda aksiz soligi ayiriladi. Asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda quyidagicha aniqlanadi: AFF = YAF-DX+BD-BZ bu erda, AFF-asosiy faoliyatdan olingan foyda; YAF-yalpi foyda; DX-davr xarajatlari; BD-asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; BZ-asosiy faoliyatdan ko‘rilgan zararlar; Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda esa, quyidagicha aniqlanadi: UF = AFF+MD-MX bu erda, UF-umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda; MD-moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; MX-moliyaviy faoliyatdan olingan xarajatlar; Soliq to‘lagungacha olingan foyda quyidagicha aniqlanadi: STF = UF+FF-FZ bu erda, STF-soliq to‘lagungacha olingan foyda; UF-umumxo‘jalik faoliyatidan olingan yalpi foyda; FF-favqulodda vaziyatlardan olingan foyda; FZ-favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar. Sof foyda quyidagicha aniqlanadi: SF = STF-DS-BS bu erda, SF-sof foyda; STF-soliq to‘langungacha olingan foyda; DS-daromad soligi; BS-boshqa soliq va to‘lovlar. 3. Eksport operatsiyalari bo‘yicha moliyaviy natija Korxonada mahsulot eksporti amalga oshirildi va bunda eksporti bilan bog‘liq moliyaviy natija aniqlandi. Ushbu jarayonni misollar yordamida ko‘rib chiqamiz. Ishlab chiqarishdan tayyor mahsulot olindi. Dt 2810 “Ombordagi tayyor mahsulot”; Kt 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”. Xorijiy xaridorga mahsulot uchun schyot yuborildi (10000 x350 sum =3500000). Dt 4010 “Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”; Kt 9020 “Tovarlarni sotishdan olinadigan daromadlar”. Aytaylik sotuvchi korxonada 25 kundan so‘ng moliyaviy yil tugab, moliyaviy hisobot tuziladi, bu davrda kurs 390 sumga teng bo‘lgan, ya’ni 10000 x 390k3900000. Xorijiy xaridorga schyot yuborilgan davrdagi olinadigan to‘lov summasi bilan moliyaviy hisobot tuzish davridagi aks ettirilishi lozim bo‘lgan to‘lov summasining farqi 400000 sum (3900000-3500000). Ushbu kurs farqiga quyidagi buxgalteriya provodkasi beriladi. Dt 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”; Kt 9540 “Kurs o‘zgarishidagi ijobiy farq”. Xorijiy xaridorlardan to‘lov summasi olinganda kurs 370 sumga teng bo‘lgan. Schyotni aks ettirish summasi 3900 ming sum, olinish summasi esa 3700 ming sum ekanligini hisobga olsak, kursdagi farq salbiy bo‘lib, 200 ming sumni tashkil etishini aniqlash mumkin va to‘lov olinishi jarayonini buxgalteriya schyotlarida aks ettirilishi quyidagicha amalga oshiriladi. Dt 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyoti” 3700 ming Dt 9620 “Kurs o‘zgarishidagi salbiy farq” 200 ming Kt 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” 3900 ming. Bizga ma’lumki, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan Shug‘ullanuvchi korxonalar tovar eksportidan olingan valyuta mablag‘larini 50% ni Markaziy bankka sotishi amalga oshiriladi. Valyuta mablag‘larini bunday sotilishi Markaziy bankni valyuta rezervini tashkil etishni nazarda tutadi. Schyotlar rejasining yangisida valyuta schyoti uchun 2ta subschyot ajratilgan ular quyidagilardan iborat: 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotidagi mablag‘lar” 5220 “Xorijdagi valyuta schyotidagi mablag‘lar” Yuqorida aytilgandek, xaridordan olingan to‘lov summasi, valyutaning tranzit schyotiga kirim qilishi kerak va Markaziy bankka ushbu to‘lov summasining 50% ni sotilishidan so‘ng, valyuta tranzit schyotidan valyutaning joriy schyotiga o‘tkaziladi. Bizning keltirgan misolimizga ko‘ra, olingan to‘lov summasi 10000 AQSH dollari bo‘lib, uning 50% 5000 AQSH dollarni tashkil etadi. Mahsulot eksporti yuzasidan olingan to‘lov summasining 50% ni Markaziy bankga sotish kunida Markaziy bankning belgilangan valyuta kursi 1 AQSH dollari 380 sum qilib belgilangan. To‘lov kelib tushganda kurs 370 sum bo‘lganini hisobga olsak, valyuta kursining farqi quyidagicha aniqlanadi: 5000 x 370 sum=1850 ming 5000 x 380 sum=1900 ming 1900 ming-1850 ming=50000 sum Dt 5110 “Hisob kitob schyoti” Kt “Mamlakat ichidagi valyutaning tranzit schyoti” 1850 ming Kt 9540 “Kurs o‘zgarishidagi ijobiy farq” 50 ming Qolgan 5000 korxonaning mamlakat ichidagi valyutaning joriy qiymatiga o‘tkaziladi, hamda ushbu jarayonning hisobi quyidagi buxgalteriya provodkasi orqali aks ettiriladi. Dt “Mamlakat ichidagi valyutaning joriy” schyoti 1900 ming Kt “Mamlakat ichidagi valyutaning tranzit” schyoti 1850 ming Kt 9540 “Kurs o‘zgarishidagi ijobiy farq” schyoti 50 ming. Oldingi schyotlar rejasiga ko‘ra, kurs o‘zgarishidagi farqlarning hisobi 80-4 subschyotda yuritilgan bo‘lsa, yangi schyotlar rejasiga ko‘ra, kurs o‘zgarishi ijobiy farqi boshqa schyotda, kurs o‘zgarishining salbiy farqi esa, boshqa schyotda hisobga olinishini Yuqoridagi misolda kurib o‘tamiz, ya’ni: 9540 “Kurs o‘zgarishidagi ijobiy farqlar” schyoti 9620 “Kurs o‘zgarishidagi salbiy farqlar” schyoti Xuddi Shunday katta o‘zgarishlar moliyaviy natijalarning shakllanishi va ulardan foydalanishlar hisobini yuritishga mo‘ljallangan boshqa schyotlarda ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. 9000 schyot “Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar hisobining schyotlari” 9010 “Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar” 9020 “Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar” 9030 “Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar” 9035 “Sotilgan tovarlarning qaytarilishi va chegirmalar” 9100 schyot “Sotilgan mahsulotlar tannarxi hisobining subschyotlari” 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlar tannarxi” 9120 “Sotilgan tovarlar tannarxi” 9130 “Sotilgan ishlar va xizmatlar tannarxi” 9140 “Sotib olish xarid (o‘quv maqsadlari uchun qoldirilgan) 9150 “TMZ bo‘yicha tuzatishlar (o‘quv maqsadlari uchun qoldirilgan). 9200 schyot “Asosiy vositalar va boshqa aktivlarni sotish va turli chiqimi hisobining subschyotlari” 9210 “Asosiy vositalarni sotilishi va turli chiqimi” 9220 “Boshqa aktivlarni sotilishi va turli chiqimi” 9300 schyoti “Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar hisobining subschyotlari” 9310 “Asosiy vositalarni sotish va turli chiqimdan olingan foyda” 9320 “Boshqa aktivlarni sotish va turli chiqimdan olingan foyda” 9330 “Undirilgan boqimanda, jarima va burdsizlik” 9340 “O‘tgan yillar foydasi” 9350 “Renta daromadlari va Yordam xizmatlardan tushgan daromad” 9360 “Ktorlik va deponentlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan tushgan daromadlar” 9370 “TMZlarni qayta baholash” 9380 “Qaytarilmaydigan moliyaviy yordam” 9390 “Boshqa operatsion daromad” 9400 schyot “Davr xarajatlari hisobining subschyotlari” 9410 “Sotish xarajatlari” 9420 “Ma’muriy xarajatlar” 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” 9440 “Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari (xarajatlarning turlari bo‘yicha) 9450 “Yordam xo‘jaliklar” 9500 schyoti “Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar hisobining subschyotlari” 9510 “Royalti va kapitalning transfertidan olingan daromadlar” 9520 “Divident ko‘rinishidagi daromadlar” 9530 “Foiz ko‘rinishidagi daromadlar” 9540 “Kurs farqlari (ijobiy)dan olingan daromadlar 9550 “Mulkni moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha ijaraga berishdan olingan daromadlar” 9560 “Qimmatbaho qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholashdan olingan daromadlar” 9590 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa daromadlar” 9600 schyot “Moliyaviy faoliyati bo‘yicha xarajatlar” 9610 “Foiz ko‘rinishidagi xarajatlar” 9620 “Kurs farqlaridan zararlar” 9630 “Qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xarajatlar” 9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar”. 9700 schyot “Favqulotda foyda (zarar)lar hisobining subschyotlari” 9710 “Favqulotda foyda” 9720 “Favqulotda zarar” 9800 schyot “Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishi hisobining subschyotlari” 9810 “Daromad (foyda) soligini to‘lash” 9820 “Yig‘imlar va boshqa majburiy ajratmalar” 9890 “Boshqa ajratmalar”. 9900 schyot “Yakuniy moliyaviy natija”. Demak, yakuniy moliyaviy natija schyoti orqali xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy natijasi aniqlanadi. Moliyaviy natija shakllanishida asosiy vositalar ijarasi ham ma’lum bir ma’noda uz urnida ekanligini hisobga olgan xolda, jahon andozalari asosida tuzilgan yangi schyotlar rejasini qo‘llagan xolda, asosiy vositalar ijarasi va uning natijasida aniqlanadigan moliyaviy holat hisobiga misol keltirib utmokchiman. Ijaraning joriy va moliyaviy turlari mavjud bo‘lib, ular muddati, hamda lizing ob’ektiga bo‘lgan sherikchilik huquqi jixatidan bir biridan farq qiladi. Moliyaviy lizingda asosiy vosita uzoq muddatga ijaraga berilib, u ijaraga beruvchi sub’ektning balansidan hisobdan chiqariladi, ijarachi korxonaning esa, balansiga kirim kilinadi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tmoqchimanki, ijarachi sub’ekt balansida aks ettirilgan asosiy vositalar balans qiymatida ijaradagi asosiy vositalar qiymatining ulushi haqidagi ma’lumotni izox tariqasida ko‘rsatib o‘tishi lozim. Ijaraga beruvchi sub’ekt asosiy vositaning ijaraga berishdan olinadigan to‘lov summasini mulkni moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha ijaraga berishdan olingan daromad sifatida aks ettirib hisobga olinadi. Lizing shartnomasi asosida ijaraga berilgan asosiy vositalr qiymatiga. Dt 0920 “Olinadigan lizing” Kt 0120 “Bino, inshoat va uzatuvchi moslamalar” Bizga ma’lumki asosiy vositalar ijarasida olinadigan to‘lov ikki qismdan iboratdir, ya’ni asosiy vositaning qiymati va unga nisbatan belgilangan foiz summalari. Asosiy vositalar Yuzasidan olinadigan lizing to‘lovini olinishi mo‘ljallangan qismiga quyidagi yozuv aks ettiriladi. Dt 4810 “Lizing bo‘yicha olinadigan joriy to‘lov” Kt 9510 “Royalti va kapitalning transfertidan olingan to‘lovlar”. Ijarachidan to‘lov olinganda quyidagi buxgalteriya provodkasi beriladi: Dt 5110 “Hisob kitob” schyoti Kt 4810“Lizing bo‘yicha olinadigan joriy to‘lov” Kt 9550 “Mulkni moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha ijaraga berishdan olingan daromadlar” Xulosa Moliyaviy natijalar - xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ishlab chiqarish jarayonining pirovard mahsulotidir. Ushbu sub’ektda ishlovi batamom nixoyasiga yetgan turli standartlar va texnikaviy shartlar talabiga javob beradigan, texnika nazorati bo‘limi qabul qilib olgan hamda tayyor mahsulot omboriga topshirilgan mahsulot tayyor mahsulot deyiladi. Sub’ektlarda mahsulot hisobi reja bo‘limida natura ko‘rsatkichlarida, omborda esa qiymat ko‘rsatkichlarida olib boriladi. Tayyor mahsulot buxgalteriya hisobida mahsulotning amaldagi ishlab chiqarish tannarxi, reja ishlab chiqarish tannarxi, sotishdagi ulgurji narxlar, erkin sotish narxlari va tariflari, erkin bozor narxlarida baholanishi mumkin. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, tayyor mahsulot korxonaning aylanma mablag‘lari tarkibiga kiradi va Shu boisdan amaldagi buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi milliy standartlarga (BXMS) binoan, haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha balansda aks ettirilishi kerak. Mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish rejasi ishlab chiqarish hajmi, nomenklaturasi, ishlab chiqarish va realizatsiya qilish muddatlari ko‘rsatilgan yoyma tizimli dasturidan iborat bo‘ladi. Download 27.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling