Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ularni hisobga olish


Download 40.09 Kb.
bet1/2
Sana10.11.2023
Hajmi40.09 Kb.
#1760639
  1   2
Bog'liq
bug\'galteriya 2


Mavzu: Moliyaviy natijalar hisobi
Reja

  1. Moliyaviy hisobot to’g’risida tushuncha va uning tarkibi.

  2. Moliyaviy natijalar hisobi

  3. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ularni hisobga olish

  1. Moliyaviy hisobot to’g’risida tushuncha va uning tarkibi.

Buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy maqsadi ma’lum bir xo‘jalik sub’ektining barcha xo‘jalik muomalalarini rasmiy ravishda hisobda aks ettirish va ma’lum bir davrlarda foydalanuvchilarga zaruriy ma’lumotlarni berish hisoblanadi.


Moliyaviy hisobot alohida mustaqil korxona bo‘lishi yoki xo‘jalik yurituvchi korxonalarning uyushgan guruhiga kirishidan qat’iy nazar, bajaradigan va sub’ektga ta’sir ko‘rsatuvchi moliyaviy voqealarni va muomalalarni ko‘rsatish usuli hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotlarning maqsadi korxonaning moliyaviy ahvolidan, uning faoliyatidan va uning pul mablaG‘lari harakati bo‘yicha ma’lumot berishdan iborat bo‘lib, u foydalanuvchilarning keng guruhiga iqtisodiy qarorlar qabul qilishlari uchun zarurdir.
Moliyaviy hisobot xo‘jalik muomalalari xususiyati va mohiyati jihatidan ularni guruhlarga tuzilmaviy birlashtirish natijasi hisoblanadi. Umumlashtirish va tasnif qilish jarayonining yakuniy bosqichi bu turkumlarga ajratilgan juda qisqa axborotni taqdim etishdir, chunki moliyaviy hisobotlar band sifatida va izohlarda berilgan bo‘ladi. Moliyaviy hisobotlar, shuningdek, korxona imkoniyatlarini rahbariyat tomonidan boshqarilishini amalga oshirish natijalarini ham ko‘rsatadi.
Moliyaviy hisobotda quyidagi axborot bo‘lishi kerak:


  • investitsiya qarorlari va kreditlar berish to‘g‘risida qarorlar qabul qilishda kerak bo‘ladigan axborot;


  • sub’ektning bo‘lajak pul oqimlarini baholashda foydali axborot;


  • sub’ektga berilgan resurslar, majburiyatlar va ulardagi o‘zgarishlar to‘G‘risida axborot.


YUqorida aytib o‘tilgan axborotlardan tashqari, moliyaviy hisobotda batafsilroq ma’lumotlar ham beriladi. 1-BHMAga asosan, moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarga pul mablag‘lari harakati oqimini taxmin qilishga yordam beradigan, korxonaning mulki va ixtig‘ridagi resurslari to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim:




  • korxonaning nazorati ostida bo‘lgan aktivlar haqida;




  • korxonaning passivlari haqida;
  • korxonaning taqsimlanmagan daromadi, korxonaning bir davrdan boshqa davrga o‘tishdagi iqtisodiy imkoniyatlari va majburiyatlaridagi o‘zgarishlar haqida;


  • pul mablag‘larining harakati haqida.


Ushbu ma’lumot moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun korxonaning dividendlarni va foizlarni to‘lash, shuningdek, majburiyatlari bo‘yicha muddati kelgan to‘lovlarni to‘lash imkoniyatini baholashda foydali bo‘ladi.


Moliyaviy hisobotning shakllanishi qisqa vaqtda, hisobot davri muomalalari tugagandan so‘ng ro‘y beradi va korxonadan professional buxgalteriya bilimlari va ko‘nikmalaridan tashqari, qo‘shimcha ma’lumotlar tuzish (izohlar, tushuntirishlar) ketma-ketligiga rioya qilishni talab qiladi.
Moliyaviy hisobotlar tayyorlash va buxgalteriya hisobining o‘ziga xos sig‘sati asoslari to‘g‘risidagi ma’lumot moliyaviy hisobot izohlaridan oldin alohida hisob ko‘rinishida berilishi kerak. Moliyaviy hisobotga beriladigan tushuntirish yozuvida eng kamida lozim bo‘lgan zaruriy ma’lumotlar buxgalteriya hisobining har bir aniq andozasining «Ochib berish» bo‘limida keltiriladi.


1.Moliyaviy natijalar hisobi mazmuni
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘zining moliyaviy resurslarini tashkil qilishi va undan foydalanishi mumkin. Erkin bozor munosobatlariga asoslangan iqtisodiy sharoitda ishlab chiqarish, tijorat va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va yuritishdan eng asosiy maqsad yuqori natijaviylikga erishish hisoblanadi. Xususiy kapital va to‘lov qobiliyati yuqori darajaga ega bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini uzluksiz rivojlantira olmaydi va bozorda vujudga keladigan raqobatga bardosh berish qobiliyati juda past bo‘ladi. Shuning uchun ham xususiy kapitalga ega bo‘lish, uni doimiy tarzda ko‘paytirib borish bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’ektning rivojlanishiga kafolat beruvchi muhim element bo‘lib hisoblanadi.
Bu mablag‘larning manbai esa foyda, amortizatsiya ajratmasi, qimmatbaho qog‘ozlarni sotishdan tushgan mablag‘lar, aksiya egalarining badallari va ta’sischilarning ulushlari, kreditlar, ajratilgan grantlar, maqsadli moliyalashtirish mablag‘lari va shunga o‘xshash yo‘nalishdagi mablag‘lardir.
Sub’ektning xususiy kapitali qonunga muvofiq yoki ta’sis hujjatlari asosida yaratilgan jamg‘armalar va zaxiralar ko‘shilgan holda, ularning harakati va holati o‘rganiladi va nazorat qilinadi.
2016 yil 13 apreldagi yangi tahrir bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi Qonunda ham xususiy kapital hisobiga katta e’tibor berilgan.
Uning 22-moddasiga ko‘ra moliyaviy hisobotlar tarkibida 5 – shakl “Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot” deb nomlanib, bu shakl har yili boshqa hisobotlarga qo‘shilgan holda yuqori organlarga topshirilishi lozim.
Xususiy kapital deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ektga tegishli bo‘lgan mulkning qiymati tushuniladi. Bu kapital jami kapital bilan qarzga olingan kapitalning o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanishi mumkin.
Xususiy kapital xo‘jalik yurituvchi sub’ektning aktivi va majburiyatlari o‘rtasidagi farqni o‘zida mujassamlashtiradi.
Xususiy kapital, ishlab chiqarish va mulk egasiga to‘lash, qo‘shimcha investitsiya va boshqa faoliyatlarning natijalariga bog‘liq holda ko‘payishi yoki kamayishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-son buyrug‘iga 5-son ilovasida xususiy kapital to‘g‘risida hisobot hisobot yilida korxonani xususiy kapitalining shakllanish manbalari kesimida holati va harakatini aks ettiradi.
Barcha mulk shakllaridagi korxonalarda kapital, rezervlar va taqsimlanmagan foyda bo‘yicha buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:
ustav kapitalini shakllanishi va ulardan foydalanishni nazorat qilish;
korxona muassislari, kapitalining shakllanish bosqichlari va aksiyalar turlari bo‘yicha axborot to‘plash:
ustav kapitalininig holati va harakati xususida hisobot to‘zish bo‘yicha ma’lumotlar olishni ta’minlash:
qo‘shilgan kapital hamda rezerv kapitalininig shakllanishi bilan bog‘liq muomalalanii o‘z vaqtida hisobda aks yettirish:
korxona sof foydasining shakllanishi va uning taqsimlanishini o‘z vaqtida hisobga olish hamda nazorat qilish.
Moliyaviy holatni aniqlash bilan bevosita bog‘liq elementlar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, rezervlar, daromadlar va xarajatlar. Ular quyidagi tarzda aniqlanadi:
1. Aktivlar - sub’ekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir.
2. Majburiyatlar - shaxsning (qarzdorning) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakat amalga oshirish, masalan, mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, pul to‘lash va boshqalar yoxud muayyan harakatdan tiyilib turish majburiyatidir, kreditor esa qarzdordan o‘z majburiyatlarini bajarishini talab qilishga haqlidir;
3. Xususiy kapital - sub’ektning majburiyatlarni chegirib tashlagandan keyingi aktivlaridir;
4. Rezervlar - kelgusida muayyan xarajatlarga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan xususiy kapitalning bir qismidir;
5. Daromadlar - hisobot davrida aktivlarning ko‘payishi yoxud majburiyatlarning kamayishidir;
6. Xarajatlar - hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud majburiyatlarning ko‘payishidir;
7. Moliyaviy natijalar - xo‘jalik yurituvchi sub’ektning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan faoliyatining yakuniy iqtisodiy yakunidir.
Baholash - aktivlar va majburiyatlar e’tirof etiladigan va moliyaviy hisobotlarda qayd etiladigan pul o‘lchovining usulidir.
Moliyaviy hisobotlarda baholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
1. Boshlangich qiymat. Aktivlar sotib olti vaqtida erishilgan tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra belgilangan joriy qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. Majburiyatlar majburiyatni bajargunga qadar to‘lanadigan pul mablaglari summasi bo‘yicha majburiyatlarga almashib olingan mablaglar summasida aks ettiriladi.
2. Joriy qiymat. Aktivlar ana shu yoki shunga o‘xshash aktiv endigina sotib olingan bo‘lgandagi holatda to‘lanishi kerak bo‘lgan pul mablaglari summasi bo‘yicha hisobotda aks ettiriladi. Majburiyatlar majburiyatni to‘lash uchun talab etiladigan pul mablaglarining diskontlanmagan summasida aks ettiriladi.
3. Sotish qiymati. Aktivlar sotishdan olinishi mumkin bo‘lgan pul mablaglari summasi bo‘yicha aks ettiriladi. Majburiyatlar ularni to‘lash qiymati bo‘yicha aks ettiriladi, bunday qiymat esa majburiyatlarni to‘lash uchun talab etiladigan pul mablaglarining diskontlanmagan summasidir.
4. Diskontlangan qiymat. Aktivlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektning oldin faoliyati davomida aktivlarni ko‘paytirishi lozim bo‘lgan bo‘lgusi pul mablaglari tushumining diskontlangan qiymati bo‘lgan joriy qiymat bo‘yicha aks ettiriladi.
Majburiyatlar kelgusida o‘tkaziladigan pul mablaglarining diskontlangan qiymatidan iborat bo‘lgan, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning oddiy faoliyati davomida majburiyatlarni to‘lash uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan joriy qiymat bo‘yicha aks ettiriladi.
5. Balans qiymati - hisobot sanasida buxgalteriya balansida aktivlar va majburiyatlarni aks ettirish qiymatidir.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda boshlangich qiymatni baholash uchun asos qilib oladilar. Undan odatda baholashning boshqa asosiy tushunchalari bilan birgalikda foydalaniladi.

Download 40.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling