Moliyaviy nazorat va uni tashkil etishning


Download 63.84 Kb.
bet1/7
Sana22.04.2023
Hajmi63.84 Kb.
#1382151
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
rrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrr


MOLIYAVIY NAZORAT


REJA:



  1. Moliyaviy nazorat va uni tashkil etishning nazariy asoslari.

  2. Umumdavlat nazorat organlari tomonidan moliyaviy nazoratni amalga oshirilishi.

  3. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, uning moliyaviy nazoratni tashkil etishi.

  4. Nodavlat moliyaviy nazorati.

  5. Rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazoratni tashkil etish amaliyoti

  6. Xulosa.

Moliyaviy nazoratni tashkil etish bu moliyaviy resurslarni boshqarishning majburiy elementi hisoblanib,bunday boshqaruv jamiyat oldidagi javobgarlikni aks ettiradi. Nazorat bu oxirgi maqsad hisoblanmaydi, nazorat bu boshqarish tizimining ajralmas qismi bo’lib, mamlakat iqtisodiyoti va moliya tizimining samarali amal qilishining zaruriy shartidir. Moliyaviy nazorat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish ustidan davlat nazoratining tarkibiy elementi bo’lib hisoblanadi. Hozirgi kunda moliyaviy nazoratning asosiy maqsadi tekshirilayotgan obyektda mavjud bo’lgan haqiqiy holatni obyektiv o’rganish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ijro etishga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarni aniqlash yoki oldini olishdan iborat.


Bozor iqtisodiyoti uchun davlat moliyaviy nazorati faoliyatning alohida bir sohasiga aylanib boradi. Davlat moliyaviy nazoratning obyekti bo’lib boshqarishning barcha darajalarida moliyaviy resurslarning shakllanishi va ishlatilishidan taqsimlanish jarayonlari maydonga chiqadi. Bu boradagi davlat moliyaviy nazorati avvalo davlat moliyaviy resurslaridan maqsadga muvofiq va samarali foydalanishi, davlat mulkidan oqilona foydalanishini ta’minlashga xizmat qilmog’i lozim.
Davlat moliyaviy nazoratining mohiyatini ochib berishi uchun bir qator holatlarni hisobga olmoq lozim:

  1. Moliyaviy nazorat davlat hokimiyati va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarini faoliyatining bir shakli, ko’rinishi sifatida namayon bo’ladi.

  2. Moliyaviy nazorat ma’lum darajadagi moliyaviy ishlab chiqarish munosabatlarini boshqarish va tartibga solish shaklida amalga oshiriladi.

  3. Moliyaviy nazoratning ta’sirchanligi uni moliyaning boshqa barcha funksiyalari bilan o’zaro bog’likda amalga oshirilgandagina ta’minlanadi.

  4. Moliyaviy nazorat xo’jalik sub’yektlari va aholi tomonidan me’yoriy- huquqiy hujjatlarga rioya qilinishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Haqiqatan ham, qat’iy va samarali moliyaviy nazoratsiz moliyaviy intizomni mustahkamlash qiyin. Moliyaviy intizom bo’lmagan joyda esa iqtisodiyotni rivojlantirish va aholining yashash darajasini yaxshilashga qaratilgan muhim vazifalarni hal etib bo’lmaydi. Ayniqsa o’sish harakteridagi iqtisodiyotda ilgari ma’lum bo’lmaganlar va uchramagan moliyaviy buzilishlarning aniqlanishi ularni amaliyotda moliyaviy nazoratning barcha dastak va vositalarini qo’llab bartaraf etish talab qilinadi.
O’zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy nazorati o’z ichiga davlat byudjeti va davlatning byudjetdan tashqari fondlari mablag’larining shakllanishi va ishlatilishi ustidan quyidagi vakolatga ega:

      • Pul muomalasini tashkil etish ustidan nazorat;

      • Davlatning ichki va tashqi qarzlari ustidan nazorat;

      • Davlat kredit resurslaridan foydalanish ustidan nazorat;

      • Davlat mulkidan foydalanish ustidan nazorat;

      • Davlat zahiralari ustidan nazorat;

      • Moliyaviy engilliklar va imtiyozlar berish ustidan nazorat.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy nazoratiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: davlat moliyaviy nazorati davlat xokimiyati organlarining hamda mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining huquqiy normalari bilan tartibga solinadigan davlat moliyaviy resurslarining shpkllanishi, taqsimlanishi, maqsadga muvofiq va samarali ishlatilishi ustidan, shuningdek, davlat va mahalliy mulkdan qonuniy tarzda foydalanish ustidan nazorat qilish yuzasidan moliyaviy huquq normalari bilan tartibga solinadigan maqsadli faoliyatdir. Bu faoliyatning asosiy maqsadi nazorat qilinadigan ob’yektlar faoliyatidagi kamchiliklarni topish va mansabdor shaxslarni jazolashdan iborat bo’lib qolmasdan, balki bu kamchiliklarning oldini olish, ularga yo’l qo’ymaslik, ogohlantirishdan iboratdir.


2. Davlat moliyaviy nazorati jarayonida induksiya va deduksiya kabi uslublardan keng foydalaniladi. Ichki xo’jalik (avvalambor buxgalteriyada) nazoratida tadqiqotning induktiv uslublaridan foydalaniladi. Idoraviy va tashqi nazoratda, umumlashtirilgan sintetik ko’rsatkichlardan xususiy va yagona dalillarga o’tish yo’li bilan asoslagan xulosalar olishga mo’ljallangan deduksiya usullari nisbatan samaralidir. Bu yerda nazorat harakatlarining muntazamligi boshqacharoq ko’rinishga ega: sintetik va tahliliy buxgalteriya hisobi registrlari orqali buxgalteriya va statistika hisobotlarining umumlashtirilgan ko’rsatkichlaridan birlamchi hujjatlarni yaxlit yoki ayrim qismlarini ko’rib chiqishni o’z ichiga oladi. Taftishda deduksiya usullaridan foydalanish iqtisodiyotni boshqarish samaradorligi va huquqiy me’yorlarga rioya qilishni har tomonlama o’rganish imkonini beradi.
Ta’kidlab o’tilganlarni hisobga olgan holda davlat moliyaviy nazoratini nazorat ob’yektining haqiqiy holatini tadqiq etish bilan uyg’unlikda hisob, hisobot, me’yoriy va boshqa iqtisodiy ma’lumotlardan foydalanish asosida xo’jalik va moliyaviy operatsiyalar hamda jarayonlarning qonuniyligi, to’g’riligi, maqsadga muvofiqligi va iqtisodiy samaradorligini kompleks, bir- biriga bog’liq tarzda o’rganish kabi ta’riflash mumkin.
Nazorat usullarining mohiyati to’g’risidagi adabiyotlar tahlili ular orasidan ikki guruhni ajratib olish imkonini beradi:

    • umummilliy usullar;

    • o’ziga xos nazorat usullari.

Umummilliy usullar tahlil va sintez, deduksiya va induksiya, o’xshashlik va modellashtirish, tizimli tahlil, funksional- miqdoriy tahlil kabilardir.1
Tahlil (analysus-joylashtirish) – predmetni tarkibiy (uning xususiyatlari, belgilari, munosabatlari bo’yicha) qismlarga ajratgan holda fikriy yoki amaliy o’rganishni o’z ichiga olgan tadqiqot usuli. Ajratilgan qismlarning har qaysisi yagona birlik doirasida alohida-alohida tahlil qilinadi (birlashmaning ishlab chiqarish va moliyaviy- xo’jalik faoliyatini komleks taftishi).
Sintez (cynthesys – birlashtirish, uyg’unlashtirish, tuzish) – ob’yektni yaxlit holatda, birlikda va uning qismlari bilan o’zaro aloqasida o’rganish usuli. Moliyaviy nazoratda sintez tahlil bilan bog’liq, chunki u tahlil jarayoniga ajratilgan ob’yektlarni birlashtirish, ular orasida aloqa o’rnatish va predmetni yagona birlik sifatida anglash imkonini beradi (ishlab chiqarish rejasining bajarilishini nazorat qilish va h.k.).
Deduksiya (deduction umumiydan xususiyga o’tkazish) – ob’yektning holati yaxlit tadqiq etiladi, mantiqiy fikrlar asosida uning tarkibiy elementlari to’g’risida xulosa chiqariladi, ya’ni umumiydan xususiyga aqliy xulosa (masalan, debitorlik qarzlaritekshiruvi dastlab sintetik hisob ma’lumotlari – so’ng tahlil bo’yicha o’tkaziladi).
O’xshashlik (analogia - o’xshashlik) – bir ob’yektni boshqasi bilan o’xshatish asosida o’rganishga erishiladigan ilmiy xulosa chiqarish usuli. O’xshatish usuli turli ob’yektlarning ba’zi tomonlari o’xshashiga asoslangan holda moliyaviy nazoratda qo’llanilgan standartlashtirish va modellashtirish asosini tashkil etadi.
Modellashtirish - ilmiy o’rganilayotgan ob’yektni o’xshashi bilan, aslining muhim qirralariga ega bo’lgan modellar bilan almashtirishga asoslangan ilmiy o’rganish usuli. Moliyaviy nazoratda nazorat–taftish o’tkazish jarayonlari standartlari (modellari) qo’llaniladi.
Tizimli tahlil- tadqiqot ob’yektini tizimni hosil qiluvchi elementlar yig’indisi sifatida o’rganishdir. Moliyaviy nazoratda tizimli tahlil ob’yektning xulq- atvorini ularning amal qilishiga ta’sir etuvchi barcha omillarga ega tizim sifatida baholashni ko’zda tutadi. Ushbu usul moliyaviy nazoratda keng foydalaniladi, chunki iqtisodiyotning barcha bo’g’inlarining ishlab chiqarish va xo’jalik-moliyaviy faoliyatini baholashga tizimli yondashuvga ko’maklashadi.
Funksional-miqdoriy tahlil tadqiqotning amal qilish jarayonida loyihalashtirish va murakkab tizimlar sintezini o’z ichiga oluvchi ishlab chiqarishni injener tayyorlash bosqichida ob’yektlarni o’rganishdir (texnologik jarayonlarning iqtisodiy samaradorligini loyihalashtirish va baholash).

Download 63.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling