Moliyaviy nazoratni tashkil etish asoslari
Davlat moliyaviy nazoratining mazmuni
Download 14.88 Kb.
|
Moliyaviy nazoratni tashkil etish asoslari-fayllar.org
3. Davlat moliyaviy nazoratining mazmuni.O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy nazorati davlat mablag‘larini sarflash bo‘yicha qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarga, me’yorlarga, stpndartlarga va qoidalarga rioya etilishi ustidan nazorat bo‘yicha harakatlar va operatsiyalar yig‘indisini bildiradi. Davlat budjetini-shakllantirish va sarflanishidagi rezervlarni, moliyaviy va moddiy resurslarni boshqarishning barcha darajalarida operatsiyalarning maqsadga muvofiqligi va samaradorligini, qonuniylik tamoyillaridan chetga og‘ish va ularni buzishlarni aniqlash nazorat tizimi vazifasiga kiradi. Nazoratning maqsadi - tuzatish choralarini ko‘rish, aybdorlarni javobgarlikga tortish va buzilishlarning oldini olishdan iborat. Davlat nazorat organlarining vazifasi, eng avvalo, davlat qonunlari va Prezident farmonlarining ijrosini; ajratilgan budjet mablag‘lari yo‘naltirilishining qonuniyligi, to‘g‘riligi va maqsadga muvofiqligini; hukumat va uning organlari faoliyatining samaradorligini, moliyaviy va moddiy resurslarni boshqarishning barcha darajalarida davlat mablag‘lari samarali va tejab sarflanishini tekshirishga yo‘naltirilishi kerak.Davlat hokimiyati, birinchi navbatda, qonun chiqaruvchi organlar va ijroiya hokimiyati organlari va nazorat qilish vakolatiga ega bo‘lgan boshqaruv organlari budjet-moliya nazoratining subyektlari sifatida ishtirok etadilar. O‘zbekistonda bu Oliy Majlis, Prezident devoni, Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Markaziy bankdir. Davlat moliyaviy resurslarini boshqarish – jamiyat oldidagi ulkan mas’uliyat, shu sababli budjet–moliya nazorati boshqaruvning zaruriy elementi bo‘lishi shart. Budjet-moliya nazorati – davlat nazoratining asosiy turidir. Budjetning daromad va xarajat qismlarini tekshirish vazifasi faqat budjet-moliya nazoratiga xos bo‘lib, u moliyaviy nazoratning mohiyatini g‘oyat yorqin aks ettiradi. Hozirgi kunda davlat budjeti oldida turgan vazifalarni qay darajada amalga oshirilishi, moliyaviy nazorat tizimining qay darajada shakllanganligi bilan belgilanadi.Download 14.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling