Moliyaviy nazoratning mazmuni va ahamiyati


Download 61.6 Kb.
bet4/6
Sana02.12.2023
Hajmi61.6 Kb.
#1780816
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Moliyaviy nazoratni tashkil etishning nazariy va huquqiy asoslari-7

Manbalar

Ta’rif

Nazorat amal qilinuvchi qoidalarning Lima deklaratsiyasi. Oliy nazorat organlari xalqaro tashkilotining
(INTOSAI) IX Kongressida 1977 yil qabul qilingan, 1modda. "Nazoratning maqsadi" [20, 56-b.].

Nazoratni tashkil etish ijtimoiy moliyaviy mablag’larni boshqarishning zaruriy elementi hisoblanadi, chunki bunday boshqaruv jamiyat oldidagi mas’uliyatni keltirib chiqaradi. Nazorat shunchaki maqsad bo’lib kolmasdan, balki tartibga solish tizimining ajralmas qismidir, uning maqsadi ahvolni to’qrilash choralarini ko’rish, ayrim hollarda aybdorlarni javobgarlikka tortish, etkazilgan zarar uchun tovon undirib olish yoki kelgusida bunday buzilishlarning oldini olish yoxud kamaytirish imkoniyatiga ega bo’lish uchun imkoni boricha dastlabki bosqichda qabul qilingan standartlardan chekinishlarni va qonun qoidalarining buzilishlarini, moddiy resurslarning samaradorligi va tejab
sarflanishini aniqlashdan iboratdir

N.S.Malein [22, 103-b,]

Moliyaviy nazorat - moliyaviy, kredit va xo’jalik organlari (tashkilotlari)ning rejalarning bajarilish jarayonida moliyaviy, byudjet, soliq, kredit, hisobkitob va kassa intizomini ta’minlashga o’aratilgan va pul harajatlarining qonuniyligi, asosliligi va oqilonaligini tekshirishdan iborat qonun
normalari bilan tartibga solinuvchi faoliyatidir.

D.A.Allaxverdyan [6, 6-b.]

Moliyaviy nazorat - davlat nazoratining tarkibiy
qismi, iqtisodiy boshqarish va rejalashtirish butun tizimining elementidir.


E.A.Voznesenskiy [14, 43-b.]

Moliyaviy nazorat - davlat va jamoat organlarining; kengaytirilgan takroriy ishlab chiqarishda rejali mutanosiblikka rioya qilish maqsadlarida markazlashtirilgan va mahalliy pul jamg’armalarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish jarayonlarining asosli ekanligini tekshirishdan iborat faoliyatdir.

I.A.Belobjetskiy [7, 7-b.]

Iqtisodiy nazorat qabul qilingan boshqaruv qarorlarining asosliligi va samaradorligini va ular ijrosining natijalarini baholash maqsadi bilan boshqariluvchi obyektning ish olib borish jarayoni va haqiqiy holatini kuzatish kamda tekshirish tizimini
o’z ichiga oladi.


Download 61.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling