Moliyaviy rejalashtirish va byudjetlashtirish


R.Breyli va S.Mayersning fikricha moliyaviy rejalashtirish jarayoni o‘z ichiga quyidagilarni oladi


Download 125.35 Kb.
bet2/5
Sana01.11.2023
Hajmi125.35 Kb.
#1738844
1   2   3   4   5
Bog'liq
6 MOLIYAVIY REJALASHTIRISH VA BYUDJETLASHTIRISH

R.Breyli va S.Mayersning fikricha moliyaviy rejalashtirish jarayoni o‘z ichiga quyidagilarni oladi

  • investitsion imkoniyatlarning taxlili va korporatsiya ixtiyoridagi mablag‘lardan moliyalashtirish imkoniyatlarining taxlili;
  • qabul qilinayotgan qarorlarning oqibatlarini bashoratlash yoki oldindan ko‘ra olish;
  • bir nechta variantlardan eng optimal sifatida qabul qilingan qarorlarning rejaga kiritilishini asoslay olinishi;
  • rejada belgilangan ko‘rsatkichlar bilan korporatsiyalar tomonidan erishilgan natijalarning nisbatini baxolash

“Moliyaviy rejalashtirish” tushunchasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi: taraqqiyotning asosiy tendensiyalarini aniqlash va moliyaviy tahlil qilish; jalb qilingan mablag‘lar va vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni joylashtirish menejmenti va boshqalar.

  • “Moliyaviy rejalashtirish” tushunchasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi: taraqqiyotning asosiy tendensiyalarini aniqlash va moliyaviy tahlil qilish; jalb qilingan mablag‘lar va vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni joylashtirish menejmenti va boshqalar.

Quyidagilar moliyaviy rejalashtirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • ishlab chiqarish, investitsion va moliyaviy faoliyatlarni kerakli bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlash;
  • - pul mablag‘laridan iqtisod qilib, tejab-tergab foydalanish hisobidan korxonaning foydasini oshirish bo‘yicha ichki rezervlarni qidirib topish;
  • - kapitalni samarali joylashtirish yo‘llarini aniqlash, undan oqilona va samarali foydalanishni baholash;
  • - kontragentlar bilan optimal moliyaviy munosabatlarni o‘rnatish;
  • - korxonaning moliyaviy ahvoli, to‘lovga qobilligi va kreditga layoqatliligi ustidan nazorat o‘rnatish.

Moliyaviy rejalashtirish jarayonining quyidagi asosiy bosqichlarini ajratib ko‘rsatish maksadga muvofiqdir

  • xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining moliyaviy natijalarini tadkik etish;
  • operativ rejalarning o‘zgarishi asosida moliyaviy hisobotlarning bashorat variantlarini ishlab chikish;
  • o‘z reja topshiriklarining bajarilishini ta’minlash uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy resurslarga bo‘lgan konkret extiyojlarini aniklash;
  • moliyalashtirish manbalari (shu jumladan, o‘z va tashqi manbalarning) va ularning tarkibiy tuzilishini bashoratlash;
  • xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasini boshqarishning tizimini yaratish va uni ushlab turish (qo‘llab-quvvatlash);
  • shakllantirilgan rejalarni operativ o‘zgartirish tartibini ishlab chikish.

Download 125.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling