Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari hisobi
Download 64 Kb.
|
1 2
Bog'liqASOSIY VA YORDAMCHI ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI HISOBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish xarajatlari va ularning turkumlanishi.
- Ishlab chiqarish xarajatlari: – mahsulot tannarxi
ASOSIY VA YORDAMCHI ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI HISOBI REJA: Ishlab chiqarish xarajatlari va ularning turkumlanishi Yordamchi xo`jaliklar va ishlab chiqarishlar bo`yicha analitik hisob Ishlab chiqarish xarajatlari va ularning turkumlanishi. Sanoat korxonalarining asosiy faoliyati mahsulot ishlab chiqarishdan iborat bo`lganligi tufayli, birinchi navbatda, shu ishlab chiqarishdagi xarajatlar tarkibi va ularning xususiyatlari bilan tanishib chikish lozim bo`ladi. Ishlab chiqarish xarajatlari deb mahsulotni tayyorlash uchun jonli va moddiylashtirilgan mehnat sarflarning pul shaklidagi ifodasiga aytiladi. Quyidagi narxda ishlab chiqarish xarajatlarining turkumlanishi keltirilgan: Yordamchi ishlab chiqarishda asosiy ishlab chiqarish yoki korxonaning asosiy faoliyati uchun yordamchi (ko`makchi) bo`lgan ishlab chiqarishlar bo`lib, ular quyidagi schyotlarda hisobga olinadi: 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» 2320 «Boshqa ishlab chiqarishlar» Bu schyotlar aktiv bo`lib, debetida yordamchi ishlab chiqarish bo`yicha qilingan xarajatlar, kreditida ishlab chiqarish tugatilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko`rsatilgan xizmatlar haqikiy tannarx summasi aks ettiriladi. Bu schyotlarning debeti hisobot davrida boshiga qolgan tuganlanmagan ishlab chiqarish xarajatlari summasini ko`rsatadi. 2310 va 2320-schyotlarida xarajatlarni hisobga olishda quyidagi yordamchi ishlab chiqarishlar foydalanadi: - turli xil energiyalar, elektroenergiya, gaz va boshqalar bilan xizmat ko`rsatish; - transport xizmatlarini ko`rsatish; - asosiy vositalarni ta`mirlash; - instrumentlar, shtamplar, qurilish detallari, konstruktsiyalar tayyorlash yoki qurilish materiallarini boyitish(asosan qurilish korxonalarida); - tosh, shag’al, qum va boshqa rudasiz materiallar kazib olish; - yogoch tayyorlash va yog’och arralash; - qishloq xo`jalik mahsulotlarini tuzlash, qoqi qilish va konservalash(asosan savdo korxonalarida); - maxsus kiyimlar va maxsus poyafzallarni ta`mirlash ,tikish va boshqalar. Murakkab yordamchi ishlab chiqarishlar – instrumentlar, ta`mirlash tsexlari va transport tsexlari turli ishlarni bajaradi, ko`p texnolologiya operatsiyalaridan iborat mahsulotlar tayyorlaydi yoki xizmatlarni ko`rsatadi. Har bir mahsulot va ishlar bo`yicha rejalashtirish va mahsulot tannarxini hisoblash buyurtmalar va kal’ulyatsiya moddalari bo`yicha olib boriladi. 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish», 2320 «Boshqa ishlab chiqarishlar» schyotlarining debetida mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko`rsatish bilan bevosita bog’liq bo`lgan to`g’ri xarajatlar, yordamchi ishlb chiqarishni bajarish va xizmat ko`rsatish bilan bog’liq bo`lgan egri xarajatlar va brakdan ko`rilgan yo`qotishlar aks ettiriladi. 2310 va 2320 – schyotlar debetlanganda quyidagi schyotlar kreditlanishi mumkin: 0211 – 0290 – schyotlari – yordamchi ishlab chiqarishlarda foydalanilayotgan asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasiga; 1010, 1070, 1090 – schyotlari – yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun sarflangan materiallar summasiga; 1210, 1310 – schyotlari – sarflangan arzon va tez eskiruvchi buyumlar summasiga; YOrdamchi xo`jaliklar va ishlab chiqarishlar bo`yicha analitik hisob quyidagicha tashkil etiladi: 1 – kal’kulyatsiya ob`ektlari doirasida ishlab chiqarishni xisobga olish kartochkalarida – buyurtmalar va kal’kulyatsiya moddalari bo`yicha; 2 – tsexlar bo`yicha (2510 – schyotining moddalar nomenklaturasi bo`yicha 12 – vedomostda); 3 – xarajat summalari bo`yicha (to`g’ri va egri ). Har bir tsex bo`yicha har oyda aloxida 12 – vedomosti yuritilib ,unda hisobot oyi va yil boshidan jamlanib kelinayotgan smeta va haqikiy xarajat ma`lumotlari ko`rsatiladi. Smeta va haqikiy ma`lumotlarni solishtirish yuli bilan tsex jamoasining ishi tahlil qilinadi. Yordamchi ishlab chiqarishlar tomonidan tayyorlangan mahsulot, bajarilgan ish va ko`rsatilgan xizmatlar quyidagi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi: nakladnoylar – omborga topshirilgan tayyorlangan instrumentlar miqdorini ko`rsatib; ta`mirlangan ob`ektlarni qabul qilish – bajarilgan va topshirilgan ta`mirlash ishlariga; yo`l varaqlari – transport tsexining tashigan yuk hajmiga; bosh energetik, bosh texnolog, bosh mexaniqlarning bergan ma`lumotlari (spravkalari) – oddiy ishlab chiqarishlar tomonidan bajarilgan ishlar xizmatlar hajmiga. Yordamchi ishlab chiqarishlar, mahsulotlari xizmat va ishlari korxona ichida asosiy va yordamchi tsexlar, zavod boshqarmasi tomonidan iste`mol qilinishi va chetga sotishi xam mumkin. 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» va 2320 «Boshqa ishlab chiqarishlar» schyotlarining kreditida, ilgari aytilganidek, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot, bajarilgan ish va ko`rsatilgan xizmatlarning haqikiy (hisobot davri ichida reja ) tannarxi summasi aks ettiriladi. 2310 va 2320 – schyotlari kreditlanganda quyidagi schyotlar debetlanadi: 1010, 1070, 1090 – schyotlari – ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlar va ishlab chiqarishdan qaytarilgan chiqitlar kirimga olinganda; 1210, 1220 – schyotlari – yordamchi ishlab chiqarishlarda ATBning kirimga olinishi; YOrdamchi tsexlarning biri – ikkinchisiga ko`rsatilgan xizmatlari muqobil xizmatlar deyiladi. Bu xizmatlarni asosiy iste`molchisi bo`lib, asosiy ishlab chiqarish tsexlari va zavod boshqarmasi hisoblanadi. Muqobil xizmatlar tsexning reja tannarxida yoki oldingi oyning haqikiy tannarxida hisobga olinadi. Asosiy iste`molchilarga ko`rsatilgan xizmatlar yordamchi ishlab chiqarishlar tsexlarning haqikiy tannarxida hisobga olinadi. Uz asbob – uskunalarining kapital ta`miri uchun ko`rsatilgan xizmat, transport vositalarining chetga bajarilgan ishlari ishlab chiqarish tannarxi bo`yicha baholanadi. Murakkab yordamchi ishlab chiqarishlar xarajatlarning hisobi xarajatlarni mahsulot turlari yoki ayrim bajarilgan ishlar va ta`mirlar bo`yicha guruhlashni talab qiladi. Murakkab yordamchi ishlab chiqarishlarda xizmatlar zavod ichidagi buyurtmalar bo`yicha qilinadigan kal’kulyatsiya yordamida taqsimlanadi. Buning uchun kalkulyatsiya vedomosti tuziladi. Buyurtmalar bo`yicha mahsulot tannarxi hisoblanganda yordamchi ishlab chiqarishlar bo`yicha hisoblaydi ish haqi va materiallar qiymati bevosita buyurtmalarga yoziladi, qolgan xarajatlar esa 2310 va 2510 – schyotlariga yig’ilib buyurtmalar orasida to`g’ri xarajatlarga mutanosib taksimlanadi. Ishlab chiqarish xarajatlari: – mahsulot tannarxi: Ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari: mahsulotga qushiladigan xom ashyo va materiallar – sotib olingan materiallar (ishlab chiqarishni me’yorida o’tishini ta’minlash, ehtiyot qismlar, mahsulotlarni urash, joylash uchun materiallar va h.k); ishlab chiqarish xususiyatiga ega xizmatlar va ishlar; tabiiy xom ashyo (suv, yog’och va h.k); energiya va yoqilg’ining hamma turlari; materiallarning tabiiy kamayishi. Ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga to’lovlar: bajarilgan ishlar uchun to’lovlar; qo’shimcha to’lovlar; ishlanmagan vaqtlar uchun to’lovlar. Ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar: ish haqi fondiga nisbatan ajratmalar; nodavlat nafaqa fondiga, ixtiyoriy tibbiy sug’urtaga va boshqa ixtiyoriy to’lovlar. Asosiy fondlar va nomaterial aktivlar amortizasiyasi: asosiy fondlarning eskirishiga qarab bosh birlamchi bahodan ajratma. Ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar: ishlab chiqarish jarayoniga ko’rsatilgan xizmatlar; ishlab chiqarish xom ashyo va materiallar bilan ta’minlash; asosiy fondlarni ishchi holda saqlash xarajatlari; o’t o’chirishni ta’minlash va qorovullar; ishlab chiqarish asosiy fondlarining ijara haqi. Download 64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling