Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish


Download 94.58 Kb.
bet1/3
Sana16.04.2023
Hajmi94.58 Kb.
#1361238
  1   2   3
Bog'liq
MOLIYAVIY REJALASHTIRISH VA TARTIBGA SOLISH


MOLIYAVIY REJALASHTIRISH VA TARTIBGA SOLISH
Reja

1. Moliyaviy rejalashtirish haqida tushuncha.


2. Moliyaviy bashoratlash.
3.Moliyaviy rejalashtirish jarayonining asosiy bosqichlari.

1. Moliyaviy rejalashtirish haqida tushuncha.
Har qanday iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimining asosiy bosqichlaridan biri rejalashtirishdir. Iqtisodiy adabiyotlarda, umumiy shaklda rejalashtirish istiqbolga yo‘naltirilgan qarorlarni qabul qilish bo‘yicha faoliyat deb talqin qilinadi. “Rejalashtirish” tushunchasining ma’no-mazmunini yanada umumiyroq bo‘lgan va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirishning obyektiv zarurligi va imkoniyatini anglatuvchi “rejalilik” orqali aniqlash mumkin. Haqiqatdan ham rejalashtirish amaliyotda rejalilikni amalga oshirishni, ya’ni balanslilik (muvozanat) va proporsionallilikka (mutanosiblikka) erishish bo‘yicha ongli faoliyatni bildiradi. Shu ma’noda, moliyaviy resurslarning balansliligini (muvozanatini) va proporsionalliligini (mutanosibligini) ta’minlashga qaratilgan faoliyatga moliyaviy rejalashtirish deyiladi. Bunda balanslilik (muvozanat) davlatning ixtiyorida bo‘lgan moliyaviy resurslar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ixtiyorida 68 (qo‘lida) qolgan daromadlar o‘rtasidagi optimal nisbatni bildiradi. Proporsionallik (mutanosiblik) esa korxonalar, xo‘jalik tarmoqlari, mintaqalar va davlat subyektlari bo‘yicha daromadlarning soliq to‘languncha va soliq to‘langandan keyingi o‘lchamlari (miqdorlari) o‘rtasidagi oqilona nisbatdan iborat. Ana shu nisbatni ko‘paytirish yoki kamaytirish orqali davlat ularning rivojlanishini rag‘batlantirish yoki cheklab qo‘yishi mumkin.
Umumiy va oddiy ko‘rinishda, moliyaviy rejalashtirish deyilganda moliyaviy rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi. Moliyaviy rejani, huddi uni ishlab chiqish, yaratish yoki tuzish jarayoni kabi moliyaviy ko‘rsatkichlarni ijodiy tahlil qilish, umumlashtirish va o‘zaro bog‘lash tizimi sifatida qarash kerak. Amaliyotda tez-tez foydalaniladigan rejalashtirish ma’lumotlarini, masalan, korxona faoliyatining shakliy modelini ishlab chiqish va shu asosda moliyaviy ko‘rsatkichlarning rejali tizimini aniqlashni, moliyaviy rejalashtirishning ishchi sxemasi sifatida qarash mumkin. Shuni nazarda tutish kerakki, moliyaviy rejalashtirish jarayonida u yoki bu subyekt faoliyat ko‘rsatishi moliyaviy ta’minlanishining hayotchanligini oshiruvchi noshakliy omillar inobatga olinishi kerak. “Moliyaviy rejalashtirish” tushunchasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
 taraqqiyotning asosiy tendensiyalarini aniqlash va moliyaviy tahlil qilish;
 jalb qilingan mablag‘lar va vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni joylashtirish menejmenti;
 firma ichidagi moliyaviy natijalar va pullarni rejalashtirish, hisobga olish va nazorat qilish texnologiyasi;
 investision menejment;
 kapitallar menejmenti;
 faoliyatning boshqa ko‘rinishlari (trast, faktoring, lizing va boshqalar).
Bozor munosabatlariga o‘tilganiga qadar moliyaviy rejalashtirishning mazmuni korxonalarda sof operativ vazifalarni – markazlashtirilgan iqtisodiyot amal qilganligi uchun yetarli darajada formal bo‘lgan korxonalarning besh yillik moliyaviy rejalaridagi ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish, istiqbolga mo‘ljallangan rejalarning loyihasini baholash, korxonaning yillik moliyaviy rejalarini tuzishkabilarni hal etishga qaratilgan edi. Bunday amaliyotning hukm surganligi korxona moliyaviy xizmatlarining obro‘yiga obro‘ qo‘shmas, chunki ularga hech narsa bog‘liq emas edi. Hozirgi sharoitdagi moliyaviy rejalashtirish barcha zaruriy harakatlarni oldindan ko‘zda tutishgina (ko‘ra bilishgina) emas. Bu tegishli ishlarni amalga oshirish jarayonida yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan har qanday kutilmagan holatlarni ko‘ra olish qobiliyati hamdir. Albatta, xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z faoliyatidagi barcha risklarga barham beraolmaydi. Lekin u ana shu risklarni samarali oldindan ko‘ra bilish yordamida boshqarish imkoniyatiga ega. Moliyaviy rejalashtirish amaliyotida quyidagi asosiy metodlardan foydalanish mumkin:
 iqtisodiy tahlil metodi;
 normativ metod;
 balansli hisob-kitoblar va pul oqimlari metodi;
 ko‘p variantlilik metodi;
 iqtisodiy-matematik modellashtirish metodi;
 va boshqa metodlar.
Moliyaviy rejalashtirish mamlakat milliy xo‘jaligini rejalashtirishning tarkibiy qismi bo‘lib, iqtisodiy rivojlanish rejasining ko‘rsatkichlariga tayanadi, moliya tizimi barcha organlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirishga (koordinatsiya qilishga) yo‘naltiriladi. Moliya tizimi alohida bo‘g‘inlarining nisbiy mustaqilligi quyidagilarni o‘zida aks ettiruvchi moliyaviy rejalarning ishlab chiqilishi zarurligini belgilab beradi:
 pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish shakllari va metodlarining o‘ziga xosligi;
 moliyaviy resurslarni tarmoqlar va hududlar bo‘yicha qayta taqsimlash.
Moliyaviy rejalashtirishning bosh obyekti rejada o‘zining miqdoriy ifodasini oladigan moliyaning bo‘g‘inlari(moliyaviy munosabatlar) hisoblanadi. Pul fondlari mablag‘larining harakati yagona tizimga birlashtirilgan tegishli moliyaviy rejalarda ifodalanadi va mustahkamlanadi. Moliyaviy rejalar tizimining markazini byudjet rejasi egallaydiki, unda byudjet fondining harakati, daromadlar va xarajatlarni shakllantirish va ulardan foydalanishning shakllari va metodlari, daromad va xarajatlarning tarkibiy tuzilishi va tuzilmasi o‘zining miqdoriy ifodasini topadi.
Nobyudjet fondlarning harakati, mos ravishda, Pensiya fondi, sug‘urta fondi, tibbiyot sug‘urtasi fondi, yo‘l fondi, aholi bandligi davlat fondi kabilarning moliyaviy rejalarida (smetalarida), ularning daromadlari va xarajatlarida o‘z aks ettiriladi. Ularning daromadlar qismida yuridik shaxslarning majburiy va ixtiyoriy badallari ifodalanadi. Nobyudjet fondlarga qisman byudjet mablag‘lari tushishi, mablag‘lar yetishmaganda nobyudjet fondlari bir-birlaridan qarzga mablag‘lar olishi mumkin. Shunday qilib, nobyudjet fondlari bir-biri va byudjet fondi bilan chambarchas bog‘liqdir. Sug‘urta fondi butun jamiyat, alohida mintaqalar, hududlar va fuqarolar masshtabidagi yo‘qotmalarni tiklash uchun kerak bo‘ladi. Barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ehtiyojlarini hisobga olish uchun sug‘urta fondi ham rejali tarzda shakllantiriladi va undan foydalaniladi. Bu yerdagi moliyaviy rejaning daromadlar qismida korxona, tashkilot va alohida fuqarolarning badallari, boshqa fondlardan (byudjet yo‘nalishidagi) mablag‘larning tushishi, xarajatlar qismida esa tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zararlarni qoplash, sug‘urtalanganlarga sug‘urta to‘lanmalari so‘mmasini to‘lash kabilar aks ettiriladi. Sug‘urta fondini shakllantirish va undan foydalanishning rejasi mablag‘larning yanada samaraliroq foylanilishiga imkon beradi.


Download 94.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling