Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish
ILMIY LOYIHA TAYYORLASH NAMUNASI
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
МР ва ТС фанидан Мустақил таълимни амалга ошириш бўйича УҚ
- Bu sahifa navigatsiya:
- I L M I Y L O Y I H A
ILMIY LOYIHA TAYYORLASH NAMUNASI
O‗ZBYEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA‘LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TASHKENT MOLIYA INSTITUTI «MOLIYA» KAFEDRASI “MOLIYAVIY REJALASHTIRISH VA TARTIBGA SOLISH” fanidan “Xo„jalik yurituvchi subyektlarda soliqlarni rejalshtirish ” mavzusida I L M I Y L O Y I H A Bajardi: MMT- 93 guruh talabasi Aliyeva Aziza Tekshirdi: Dots. M.Sharapova TOSHKENT –2023 22 Reja: Kirish 1.Soliqlarni rejalashtirisning nazariy asoslari 2.Aksiyadorlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirish tartibi 3.Iqtisodiy islohotlar sharoitida soliqlarni rejalshtirishni takomillashtirish masalalari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yhati 23 Kirish. Iqtisodiyot modernizatsiyasi va liberallashuvi jarayoni, fiskal siyosat va korxonalar soliq salohiyatini oshirish muammolarining keskinlashuvi hamda aksionerlik jamiyatlari taraqqiyotining samarali mexanizmlarini davlat tomonidan qoʼllash koʼp jihatdan soliqlarni rejalashtirishning samarali tashkil etilishiga ham bevosita bogʼliqdir. Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab korxonalar moliyasini samarali boshqarishga qaratilgan moliya-soliq siyosati olib borilmoqda. Chuqur institutsional oʼzgarishlar amalga oshirildi, aksionerlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini kompleks rivojlantirish boʼyicha chora-tadbirlar qabul qilindi, maqsadli kompleks dasturlar amalga oshirilmoqda. Bunda «aksionerlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish foydalanilmayotgan resurslar va moliyaviy imkoniyatlardan yuqori darajada va samarali foydalanish, soliq siyosati sohasida shakllanib qolgan tizimli muammolarni bartaraf etish hamda hozirgi kundagi eng muhim masalalardan biri – korxonalar miqyosida soliq menejmenti samaradorligini oshirish imkonini beradi» 1 . Rivojlangan va izchil taraqqiy etayotgan davlatlar (Yaponiya, АQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Xitoy va boshqalar) tajribasi shuni koʼrsatmoqdaki, korxona raqobatbardoshligi, barqaror rivojlanishi soliqlarni rejalashtirishning samarali vositalarini qoʼllashga toʼlaligicha bogʼliqdir. Bunda tashqi muhitning taʼsiri va raqobat korxonalarni oʼzlarining soliq salohiyatidan yanada samarali foydalanishga undamoqda. Shu sababli, aksionerlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirish metodologiyasini oʼrganish hozirgi zamon fanining yangi va murakkab tadqiq predmeti sifatida namoyon boʼlmoqda. Shu bilan birga aksionerlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirish jarayonini tadqiq qilishning nazariy-metodologik bazasi hali yetarli darajada tizimlashtirilmagan va u asosan korporativ moliya, yuridik shaxlarni soliqqa tortish, fiskal siyosat va soliq maʼmuriyatchiligi kontseptsiyalariga asoslanib qolmoqda. Bu aksionerlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirish boʼyicha strategik qarash va dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqish nuqtai-nazaridan ushbu masalaning metodologik va amaliy jihatlarini tadqiq qilishning zarurligini koʼrsatmoqda. Jahon iqtisodiyotida sodir boʼlayotgan jarayonlar hamda mamlakatni istiqbolda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish borasida aytilganidek: «Jahon bozorlarida raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi sharoitda iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini tubdan oshirish, eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarni qoʼllab-quvvatlashni kuchaytirish, 1 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining ―Oʼzbekiston Respublikasi solik siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi toʼgʼrisida‖ gi 29 iyunь 2018 yildagi PF-5468-sonli Farmoni. 24 aksionerlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv afzalliklari asosida ular moliyasini samarali boshqarish ustuvor ahamiyat kasb etadi» 2 . Bu sohada « iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish koʼlamini kengaytirish, eng avvalo, import oʼrnini bosuvchi va eksport saloxiyatini oshirishni taʼminlovchi ishlab chiqarishni oʼstirishga erishish, aksionerlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv asosida jadal rivojlantirish hisobiga ular moliyaviy va soliq saloxiyatini oshirish» 3 boʼyicha ustuvor vazifalar belgilangan. 2 Mirziyoyev Sh.M. 2017-yil shiddatli islohotlar yili. T.: «Oʼzbekiston», 2018, - 76 b. 3 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning ―Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha xarakatlar strategiyasi toʼgʼrisida‖gi 2017 yil 7 fevralь,PF-4947-sonli Farmoni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling