Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish
Aksiyadorlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirish tartibi
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
МР ва ТС фанидан Мустақил таълимни амалга ошириш бўйича УҚ
2.Aksiyadorlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirish tartibi
Tahlil va natijalar Davlat va korporativ moliya boʼgʼinlari, jumladan aksionerlik jamiyatlari moliyasi samarali faoliyatini taʼminlashda, aksionerlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirishning metodologik va ilmiy asoslarini takomillashtirish va aksionerlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirish imkoniyatlaridan samarali foydalanish mexanizmlari va chora-tadbirlarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat va aktsiyadorlik jamiyatlari oʼrtasidagi moliyaviy munosabatlar umumiy moliya tizimining eng muhim va ajralmas qismi boʼlib, bunday munosabatlar oʼz ichiga soliq, majburiy ajratmalar, davlat investitsiyalari, davlat qimmatli qogʼozlari, litsenziyalash, davlat xaridi, jarima va sanktsiyalarning qoʼllanilishi hamda boshqa munosabatlarni oʼz ichiga oladi. Аktsiyadorlik jamiyatlarining davlat bilan oʼzaro moliyaviy munosabatlar guruhlariga korporativ tuzilmalarning davlat byudjetiga soliqlar toʼlash bilan bogʼliq moliyaviy munosabatlar, byudjetdan tashari maqsadli fondalarga majburiy ajratmalarni toʼlash bilan bogʼliq moliyaviy munosabatlar, davlat va korporativ xaridlarni amalga oshirish bilan bogʼliq moliyaviy munosabatlar, strategik ahamiyatga ega boʼlgan aktsiyadorlik jamiyatlarini davlat byudjeti hisobidandan moliyalashtirish, turli xil investitsiyalar kiritish bilan bogʼliq moliyaviy munosabatlar, korporativ tuzilmalar ustav kapitalida davlatning ishtirok etishi bilan bogʼliq moliyaviy munosabatlar, qimmatli qogʼozlar operatsiyalarini tashkil etish bilan bogʼliq moliyaviy munosabatlar, korporativ tuzilmalar faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish bilan bogʼliq moliyaviy operatsiyalar, aktsiyadorlik jamiyatlariga ayrim holatlarda jarima va sanktsiyalar qoʼllash bilan bogʼliq va boshqa moliyaviy munosabatlar kiradi. Korporativ boshqaruv kompaniyaning 29 haqiqiy egalari mol-mulkidan samarali foydalanish orqali qoʼyilgan maqsadga erishish jarayonini umumiy boshqarishda namoyon boʼlsa, korporativ menejment tashkil etilgan kompaniya mol-mulkini samarali boshqarish orqali qoʼyilgan maqsadga erishishni tashkil etishda koʼzga tashlanadi. Taʼkidlash joizki, mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarini raqobatbardoshligi oshirish maqsadida, maʼnan va jismonan eskirgan uskunalarni yangilash hamda modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni optimallashtirish uchun 2017-2021 yillarda ―Аktsiyadorlik jamiyati shaklidagi tadbirkorlikni rivojlantirish boʼyicha kafolatlash fondini tashkil etish, bunda: - ustav kapitalining boshlangʼich miqdorini Oʼzbekiston banklari assotsiatsiyasi, davlat organlari va tijorat banklari – muassislar ulushlari hisobiga shakllantirish; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlarga tijorat banklari tomonidan yangi texnologik uskunalarni sotib olishga beriladigan kreditlarning garov bilan qoplanmagan qismini taʼminlash‖ vazifalari qoʼyildi. Ushbu vazifalarning bajarish quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etadi: - korxonalarning birlashishi va qoʼshib olinishida monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish talablarini birxillashtirish; - raqobatni cheklovchi kelishuvlar, bitimlar va kelishilgan harakatlarga qarshi kurash mexanizmlarini takomillashtirish; - ustun mavqega ega boʼlgan korxonalarning aktsiya va ulushlarini sotib olishda tadbirkorlik subʼektlarining hujjatlarini koʼrib chiqish tartibini soddalashtirish; - manfaatlar toʼqnashuvini bartaraf etish maqsadida shuʼba korxona tomonidan taʼsischining ustav fondidan ulush sotib olishini va shuʼba korxona vakillarining taʼsischi kuzatuvchilar kengashida aʼzoligini taʼqiqlash; - xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida investitsiyaviy jozibadorlikni yanada oshirish, bunda investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik bazasini, shu jumladan, ―Xorijiy investorlarning huquqlarini himoya qilish choralari va kafolatlari toʼgʼrisida‖gi, ―Investitsiya faoliyati toʼgʼrisida‖gi qonunlarni tanqidiy tahlil qilish, xorijiy mamlakatlarning bu sohadagi tajribasini oʼrganish natijasida toʼgʼridan-toʼgʼri amal qiladigan, investitsiya faoliyati, xorijiy investitsiyalarning kirib kelishini qoʼllabquvvatlaydigan, xorijiy investorlarning huquqlarini kafolatlaydigan ―Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʼgʼrisida‖gi qonun loyihasini ishlab chiqish va kiritish. Dasturda belgilangan muhim tadbir korporativ boshqaruvining zamonaviy standartlar va usullarini joriy etish, korxonlarni strategik boshqarishda 30 aktsiyadorlarning rolini kuchaytirish hisoblanadi. Аktsiyadorlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirishning hozirgi zamon xususiyatlari uning quyidagi jihatlariga eʼtibor qaratishni talab etayotir: - aksionerlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirishning zarurligi, mohiyati va funktsiyalarini tadqiq etish; - korxonada soliqlarni strategik va taktik rejalashtirish metodologiyasi va amaliyotini yoritish; - soliq logistikasining - soliqlarni rejalashtirish belgilovchi komponenti sifatidagi rolini ochib berish; - soliqlarni optimallashtirish - soliqlarni rejalashtirishning asosiy amaliy komponenti sifatidagi ahamiyatini yoritish; -soliq toʼlovlarini minimallashtirish – korxonada soliqlarni rejalashtirishning ziddiyatli komponenti ekanligini asoslash; - korxonada ichki soliq nazorati tizimini tashkil etish tamoyillarini tahlil etish; - korxonada soliqlarni rejalashtirish samaradorligi koʼrsatkichlari tahlilining uslubiyotini yoritish; - soliq risklari va moliyaviy barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan moliyaviy prognozlashning integratsiyalashgan tizimini ilmiy asoslash; - aksionerlik jamiyatlari innovatsion taraqqiyoti va rivojlanishning yangi moliyaviy imkoniyatlarini taʼminlashda soliqlarni rejalashtirish amaliyoti samaradorligi taʼsirchanligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va h.k. Darxaqiqat, soliqlarni rejalashtirish moliyaviy resurslarni oshirishga, soliq bazasi tarkibi va miqdorini tartibga solishga, boshqaruv qarorlari samaradorligiga taʼsir etishga hamda amaldagi qonunchilik boʼyicha byudjet bilan hisob-kitoblarni oʼz vaqtida taʼminlashga yoʼnaltirilgan rejali faoliyatlar yigʼindisidir. Mazkur jarayon bir vaqtning oʼzida lavlat va korxona manfaatlari nuqtai-nazaridan qaralganligi bois soliqlarni rejalashtirishni subʼektlar boʼyicha davlat tomonidan soliqlarni rejalashtirish va korporativ soliqlarni rejalashtirishga ajratgan holda oʼrganiladi (1-rasm). Soliqlarni rejalashtirishning ahamiyati soliqlarni maksimal darajada qisqartish uchun qonunchilik yoʼl qoʼygan usul va vositalar, shu jumladan qonunchilikdagi boʼshliqlardan soliq toʼlovchilar foydalanishi natijasida uning prezumptsiya huquqi tan olinishida aks etadi. Bundan tashqari soliqlarni rejalashtirish soliqlarni oʼz vaqtida va toʼliq toʼlash boʼyicha chora-tadbirlarni oldindan belgilashda ham namoyon boʼladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling