Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish
Soliqlarni rejalashtirisning nazariy asoslari
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
МР ва ТС фанидан Мустақил таълимни амалга ошириш бўйича УҚ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-jadval Soliqlarni rejalashtirishga oid qarashlar
1.Soliqlarni rejalashtirisning nazariy asoslari
Oʼzbekistonda aksionerlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirish masalalarining nazariy, metodologik va amaliy jihatlari maxsus, mustaqil tadqiqot obʼekti sifatida yetarli darajada oʼrganilmaganligi ilmiy maqola uchun tanlangan mavzuning dolzarbligini va ilmiy-amaliy ahamiyatga ega ekanligini belgilab beradi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili Oʼzbekistonda B.Yu.Xodiev, B.B.Berkinov, I.L.Butikov, D.X.Suyunov, M.B.Xamidullin, А.А.Xoshimov, R.X.Karlibaeva, S.S.Gʼulomov, R.I.Yaushev va boshqa olimlar oʼz ilmiy ishlarida aksionerlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimi va uning milliy modeli shakllanishi bosqichlarining oʼziga xos boʼlgan afzallik va kamchiliklarini tavsiflashga katta eʼtibor qaratgan. Mamlakatimizda aksionerlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirish metodologiyasini tadqiq qilishning nazariy-uslubiy asosini aksionerlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv va korporativ soliq menejmenti, soliqlarni rejalashtirishni tashkil etish va boshqarishning makroiqtisodiy va korporativ koʼlami vazifalari, korxonada soliqlarni strategik va taktik rejalashtirish metodologiyasini takomillashtirish kontseptsiyalari tashkil etadi. Bu esa aksionerlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirish metodologiyasini chuqurroq tadqiq etish va uning uslubiy jihatlarini yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Iqtisodiy adabiyotda va mualliflarning ilmiy chiqishlarida soliqlarni rejalashtirish mazmuni sifatida turli tushunchalar talqin qilinmoqda (1- jadval). 1-jadval Soliqlarni rejalashtirishga oid qarashlar Soliqlarni rejalashtirish mazmuni sifatida talqin etilgan tushunchalar Mualliflar Аdabiyotlar manbasi ―Soliqlarni rejalashtirish - soliq toʼlovchining turli usul va vositalardan foydalanish orqali oʼz soliq majburiyatlarini kamaytirish va oʼz oborotidagi pul oqimini koʼpaytirish maqsadida qonun doirasidagi maqsadga yoʼnaltirilgan harakatlarining majmui‖dir. V.V.Semeni xin, Yu.V.Emelь yanova Оптимизация и выбор системы налогообложения: практическое руководство / В.В. Семенихин, Ю.В. Емельянова. – М.: ЭКСМО, 2017. - С. 4 ―Soliqlarni rejalashtirish makro va mikrokoʼlamdagi farqlarga ega, u soliq jarayonining bir qismi boʼlib uning mohiyati - davlat, mahalliy hokimiyat I.V.Sergeev, А.F.Galkin, O.M.Voront sova . Налоговое планирование / И. В. Сергеев, А. Ф. Галкин, О. М. Воронцова. – 26 organlari va soliq toʼlovchilarning berilgan davr mobaynida tegishli byudjetga soliq tushumlarining iqtisodiy asoslangan miqdorlari hamda aniq olingan xoʼjalik subʼekti tomonidan toʼlanishi lozim boʼlgan soliqlar hajmi‖dir. М.: Финансы и статистика, 2018. – С. 85. ―Soliqlarni rejalashtirish mazmuni soliq toʼlovlari nuqtai-nazaridan soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish va soliqlarni toʼgʼri va oʼz vaqtida hisoblash va toʼlashni taʼminlashga qaratilgan normativ koʼrsatkichlar hamda soliq rejalari tizimini ishlab chiqish jarayoni‖dir. V.А.Babanin , N.V.Voronin a Организация налогового планирования в российских компаниях / В.А. Бабанин, Н.В. Воронина // Финансовый менеджмент. – 2016. - №1. – С. 21. 4 ―‖Soliqlarni rejalashtirish tushunchasining mohiyatini keng va tor maʼnolarda tushunish lozim. Xoʼjalik yurituvchi subʼekt darajasida soliqlarni rejalashtirish keng maʼnoda uni iqtisodiy rivojlantirishning yagona strategiyasi doirasida moliya-xoʼjalik faoliyatini boshqarishning bir qismi boʼlib, mablagʼlar cheklanganligi va ulardan mmuqobil foydalanish imkoniyati zarurligi sharoitida korxona istagan kelgusi moliyaviy holatga erishish uchun soliqqa tortishning qonun doirasidagi optimal vositalari va usullaridan tizimli tarzda foydalanish jarayoni‖dir. Tor maʼnoda esa mazkur tushuncha aniq xoʼjalik subʼekti uchun alohida soliq summalarining minimal darajada rejalashtirilishini anglatadi‖. Ye.S. Vыlkova Вылкова Е.С. Налоговое планирование. - М.: Издательство Юрайт, 2018. – С.26-27. ―Soliqlarni rejalashtirish - soliq toʼlovchi tomonidan soliq toʼlovlarini minimallashtirish maqsadida amalga А.M.Аmano v Приоритетные направления совершенствования 27 oshiriladigan tashkiliy xususiyatga ega boʼlgan tadbirlardir‖ налоговой системы Республики Узбекистан. Электр. Ресурс. https://cyberleninka.ru/ article/n/prioritetnyenap ravleniyasovershenstvo vaniya- nalogovoysistemy- respubliki-uzbekistan Soliqlarni rejalashtirish - xalqaro xuquq va amaldagi soliq qonunchiligi talablarini buzmagan holda iqtisodiy subʼekt zimmasidagi soliq yukini keskin pasaytirish imkonini beruvchi murakkab va deyarli legitim tizimlarni ishlab chiqishni oʼz ichiga oluvchi soliq yukini minimallashtirish usuli‖ O.R.Meyliev Налоговые факторы экономического развития регионов. Электр. Ресурс. https://cyberleninka.ru/ article/n/nalogovye- faktoryekonomicheskog o-razvitiyaregionov] Mamlakatimizda ushbu masalalar boʼyicha koʼplab ilmiy tadqiqotlar olib borilgan boʼlsada, lekin aktsiyadorlik jamiyatlarida soliq menejmentini samarali tashkil etish, aktsiyadorlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirish amaliyoti masalalari boʼyicha tadqiqotlar mamlakatimiz miqyosida yetarli darajada olib borilmagan. Soliqlarni rejalashtirish nazariyasi va amaliyotiga bagʼishlangan adabiyotlar tahlili koʼrsatishicha, bu sohaga oid adabiyotlar soni koʼp boʼlishiga qaramay, mualliflarning ―soliqlarni rejalashtirish‖ tushunchasiga bergan taʼriflari har doim ham soliqlarni rejalashtirish, soliqlarni mukammallashtirish va soliqlarni minimallashtirish tushunchalarini aniq farqlashga imkon bermaydi. Masalan, S.Malakeeva mazkur tushunchalarni birday koʼradi va ularning mohiyatini soliq toʼlovchilarning soliq toʼlovlarini kamaytirish yuzasidan harakatlari sifatida talqin etadi 4 . S.Elmirzaev "Soliqlarni rejalashtirish – qonunchilik tomonidan taqdim etilgan yengilliklar va soliq majburiyatlarini qisqartirishning boshqa qonuniy usullaridan foydalangan holda soliq va ularga tenglashtirilgan toʼlovlarni kamaytirish boʼyicha belgilanadigan moliyaviy rejalashtirish turidir" 5 deb 4 Малакеева С. Роль налогового планирования на предприятиях малого бизнеса // Предпринимательство. – 2017. -№ 6. – С. 114. 5 Elmirzaev S.E. Oʼzbekiston Respublikasida korporativ soliq menejmentini rivojlantirish istiqbollari. I.f.n. ilmiy dar.olish uchun taqdim etilgan diss.avtoref. – T., 2012. – 9 28 taʼkidlaydi. X.B.Zaripov fikricha, ―soliqlarni rejalashtirish jarayonida asosiy tijorat va investitsion natijalarga erishish toʼlanadigan soliqlar summasi darajasining asoslangan yoki optimal miqdori orqali taʼminlanmogʼi lozim. А.Zaynutdinov ―Soliqlarni rejalashtirishni mikrodarajada umumiy rejalashtirish tizimining bir qismi sifatida, boshqaruv faoliyatining koʼrinishi sifatida, xoʼjalik subʼekti haraktlarini soliqqa tortish orqali tartibga solish usuli‖ sifatida talqin etadi. Soliqlarni rejalashtirish korxonani boshqarishning umumiy maqsadiga erishishni taʼminlaydi: tang vaziyatlarda - yashab qolish; normal vaziyatlarda – samaradorlikni oshirish, oʼz moliyaviy resurslari hajmini oshirish va raqobatchilar oldida ustunliklarga ega boʼlish‖. X.Djamalov taʼkidlashicha,‖ soliqlarni rejalashtirish moliyaviy resurslarni oshirishga, soliq bazasi tarkibi va miqdorini tartibga solish orqali korxonani moliyaviy sogʼlomlashtirishga qaratilgan rejali faoliyatlar majmuidir‖/ Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling