Korxonalarda soliqlarni rejalashtirish tartibi Annotatsiya


Download 10.71 Kb.
Sana03.06.2024
Hajmi10.71 Kb.
#1843917
Bog'liq
korporatsiyalarda soliiqlarni rejalashtirish


Korxonalarda soliqlarni rejalashtirish tartibi


Annotatsiya. Korxonalarda soliqlar bo`yicha pul oqimlarini boshqarishni tashkil etishning eng asosiy yo`nalishlaridan biri hisoblangan soliqlarni rejalashtirish jarayoni bilan tanishish barobarida “Soliqlarni rejalashtirish” tushunchasining mazmun mohiyati korxonalar moliyasini boshqarish tizimidagi o`rni haqida ham ma’lumotlar keltirib o`tilgan.


Kalit so`z. Soliq tushunchasi, soliqlarni rejalashtirish, soliqqa tortish, obyekti va subyekti, rejalashtirish bosqichlari


Kirish. Xo`jalik subyektlarida soliqlarni rejalashtirish- xo`jalik subyektlari yagona iqtisodiy taraqqiyot strategiyasi doirasidagi moliyaviy- xo`jalik faoliyatini boshqarishning ajralmas qismi bo`lib, resurslarning cheklanganligi sharoitida korxonaning kelajakdagi moliyaviy holatini belgilash uchun optimal qonuniy soliq to`lash usullaridan, metodlaridan hamda soliq to`lashning mumkin bo`lgan muqobil variantlaridan foydalanish tizimidagi jarayonlarni o`zida aks ettiradi deb takidlagan edi Rossiyalik iqtisodchi olimlar Serdyukov, Vilkova va Tarasevichlar. [1]
Ushbu o`rinda yuqoridagi olimlarning fikr mulohazalaridan kelib chiqqan holda shunday xulosaga kelish mumkinki:
Soliqlarni rejalashtirish- qonunchilik tomonidan taqdim etilgan yangilliklar va soliq majburiyatlarini qisqartirishning boshqa qonuniy usullaridan foydalangan holda soliqlar va majburiy ajratmalarni kamaytirish bo`yicha belgilangan moliyaviy rejalashtirish turidir. Soliqlarni rejalashtirishning o`ziga xos ahamiyati esa soliqlar bo`yicha to`lovlarni maksimal darajada qisqartirish uchun qonunchilik yo`l qo`ygan usul va vositalar, shu jumladan qonunchilikdagi bo`shliqlardan soliq to`lovchilar foydalanishi natijasida uning prezumsiya huquqi tan olinishida aks etadi.Shu bilan birgalikda soliqlarni rejalashtirish soliqlarni o`z vaqtida va to`liq to`lash bo`yicha chora-tadbirlarni oldindan belgilashda ham namoyon bo`ladi. Soliqlarni nafaqat korxonalarda yoki tashkilotlarda deyarli har bir soliq solish obyektlarida ham rejalashtirish mumkin va bu orqali juda ko`p imkoniyatlar va yengilliklarni o`zlari uchun yaratib olishadi .
Korxonalarda soliqlarni rejalashtirishni tashkil qilish orqali soliqlar va majburiy ajratmalarni qonun doirasida kamaytirish imkoniyatlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
-soliqqa tortish obyekti bo’yicha (masalan,davlat lotereya va obligatsiyalaridan daromadlar ,omonatlar bo’yicha foizlar );
-soliqqa tortish subyekti bo’yicha (masalan,mikrofirma va kichik korxonalar uchun investitsion soliq kreditining amal qilishi);
-soliqlarni hisoblash va to’lash usuli bo’yicha (masalan kadastrli usulda soliq to’lash inflatsiya sharoitida korxona uchun foydali hisoblanadi);
-soliqqa tortish tizimlari ko’rinishlari bo’yicha (masalan,aksiyalar,obligatsiyalar va bank depozitlaridan daromadlarni soliqqa tortishda turli xil stavkalarning qo’llanishi);
-faoliyatni soliq yuki past davlatlarda tashkil etish orqali soliqlarni butunlay kamaytirish (offshor zonalar orqali soliqlarni kamaytirish).
Ba’zi hollarda, korxona soliq yukining asossiz ravishda oshib ketishiga sabab sifatida korxona o‘z soliq xarajatlarini boshqara olmasligi va noto‘g‘ri rejalashtirishning oqibati ko‘rsatiladi. Buning natijasida, ayrim korxonalar soliq xarajatlarini kamaytirish uchun qisman yoki to‘la yashirin iqtisodiyotga o‘tishning yo‘llarini izlashadi. Bu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-martdagi “Jahon banki ishtirokidagi “Soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Yashirin iqtisodiyot hajmini kamaytirish uchun soliq to‘siqlarini bartaraf etish” [2] loyihasi yo‘lga qo‘yilgan.Bu qaror ijrosi sifatida, tadbirkorlarga soliq rejalashtiruvining ahamiyatini va uning soliq xarajatlarini qisqartirishdagi ijobiy ta’sirini tushuntirish tadqiqot mavzusining asosiy maqsadi va vazifasiga kiradi.
D.Shaulovning nazariy qarashlariga e’tibor beradigan bo‘lsak, “Soliqlarni samarali rejalashtirish soliq xarajatlarini optimallashtirish,korxonaning foydasini oshirish hamda ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish bo‘yicha moliyaviy salohiyatini kengaytirish imkonini beradi, bu esa oxir-oqibat soliq solinadigan bazalarning ortishiga va byudjetga to‘lanadigan soliqlar summasining oshishiga olib keladi.[3]. Xorij va mahalliy olimlarimizning fikrlarini inobatga olgan holda, shunday xulosa qilishimiz mumkinki, soliqlarni rejalashtirish-bu korxona sof foydasini oshirish uchun soliq xarajatlarini optimallashtirishga va qonunchilikdagi mavjud imtiyozlardan foydalangan holda soliq yukini qonuniy ravishda yengillashtirishga qaratilgan hatti-harakatlar majmui deb ifodalasak bo‘ladi

XULOSAIqtisodiyotninggloballashuvi, biznesuchunmilliychegaralarningerkinligi, globalintegratsiyajarayonidayirikkoronalardasoliqyukinirejalashtirilishixalqarodarajadaamalgaoshirilayotganihechkimgasiremas. O‘zbekistonRespublikasidasoliqtizimidajadalyuzberayotganreformalarsoliqto‘lovchilargabirvaqtningo‘zidaturliimtiyozlarvaimkonyatlarochayotganbo‘lsa, boshqatomondanegiluvchanmoslashuvchanliknitalabetmoqda. Xo‘jalikyurituvchisubyektningsoliqrejalashtiruviganisbatanquyidagixulosalargakeldik




1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-martdagi PQ-178-sonli qarori.https://lex.uz/uz/docs/-5921306
Download 10.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling