Amaliy mashg`ulоt №2 mavzu: ilmiy tadqiqotlarning asosiy turlari va bajarilish bosqichlari. Ishdan maqsad


Download 366.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana23.02.2023
Hajmi366.75 Kb.
#1226001
  1   2   3   4
Bog'liq
2-AMALIY MASHG



AMALIY MASHG`ULОT № 2 
 MAVZU: ILMIY TADQIQOTLARNING ASOSIY TURLARI VA 
BAJARILISH BOSQICHLARI. 
Ishdan maqsad: Ilmiy tadqiqot turlari, fundamental tadqiqotlar amaliy 
tadqiqotlar, ishlanmalar yoki tajriba, ilmiy tadqiqotlarning bajarilish bosqichlari, 
ilmiy bilish metodlari, ilmiy yo`nalish tushunchalari bo`yicha egallangan nazariy 
bilimlarni mustaхkamlash va chuqurlashtirish
Ilmiy tadqiqotlar yoki ilmiy - tadqiqot ishlari (ITI) o`zining maqsad – 
vazifasi - tabiat yoki sanoat bilan aloqasi, bog`liqligi darajasi, ilmiy miqyosiga 
ko`ra uchta asosiy turga bo`linadi: fundamental (nazariy), amaliy (tadbiqiy) va 
ishlanmalar. 
Fundamental tadqiqotlar - borliqning yangi qonunlarini kashf etish, 
voqea-hodisalar orasidagi bog`liqlikni aniqlash, yangi nazariya va tamoyillarni 
yaratishga yo`naltirilgandir. Ular jamiyatning, insonlarning bilimlarini 
kengaytirish, tabiat qonunlarini chuqurroq tushunish imkonini beradi. Bu 
tadqiqotlar fanning asosi (poydevori) bo`lishi bilan birgalikda, ijtimoiy ishlab-
chiqarishning ham asosini tashkil etadi. 
Amaliy tadqiqotlar - yangi ishlab-chiqarish vositalarini yaratish, 
mavjudlarini takomillashtirishga xizmat qiladigan ilmiy bazani ishlab chiqishga 
yo`naltirilgandir (uskuna - jihozlar, mashina - mexanizmlar, materiallar, ishlab-
chiqarish usullari, ishlarni tashkil etish va b.). Bu tadqiqotlar jamiyatning ishlab 
chiqarishning konkret sohasini rivojlantirishga bo`lgan talabini qondirishi kerak. 
Ishlanmalar yoki tajriba - konstruktorlik ishlari (TKI) ning maqsadi - 
texnika namunalarining, ishlab-chiqarish texnologiyalarining yangi turlarini 
yaratish va o`zlashtirish, mavjudlarini takomillashtirishda amaliy (yoki 
fundamental) tadqiqotlar natijalaridan foydalanishdir. TKI jaryonida ilmiy 
tadqiqotlar texnik takliflar ko`rinishini oladi.
Bunday o`zgarishning fan - ishlab-chiqarish integratsiyalangan tizimi
dagi sxemasi 2.1-rasmda keltirilgan.


2.1-rasm. Ilmiy-tadqiqotlarning fan – ishlab-chiqarish integratsiyalangan 
tizimida texnik takliflarga aylanishi sxemasi 
Fundamental va amaliy ITI bajarish jarayoni ma`lum mantiqiy tartibda 
joylashuvchi qator asosiy bosqichlardan tashkil topadi. 
1-bosqich. Tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslash va nomini 
shakllantirish (belgilash): 

mo`ljallangan tadqiqot muammosiga oid bo`lgan, o`zimizda va chet 
ellarda chop etilgan manbaalarda mavjud ilmiy-texnik ma`lumotlar 
bilan tanishish, ularni o`rganish, uning dolzarbligini asoslash; 

muammo bo`yicha eng muhim tadqiqotlar yo`nalishlarini aniqlash va 
tasniflash;

mavzuni shakllantirish va tadqiqot annotatsiyasini tuzish; 

texnik topshiriqni ishlab chiqish va ITIning umumiy sanaviy rejasini 
tuzish; 

kutilayotgan iqtisodiy yoki boshqa samarali foydani boshlang`ich tarzda 
aniqlash. 
2-bosqich. Tadqiqotning maqsad va vazifalarini belgilash: 

tanlangan mavzuga oid ilmiy-texnik hisobotlar, Vatanimiz va chet 
ellarda chop etilgan adabiyotlarni to`plash va bibliografik ro`yxatlarini 
tuzish (monografiyalar, darsliklar, qo`llanmalar, maqolalar, patentlar va 
ixtirolar va b.); 

mavzuga oid manbaalarning annotatsiya va referatlarini tuzish

tadqiqotning maqsad va vazifalarini belgilash. 

Download 366.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling